SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
210
TALABALARNING INTELLEKTUAL SAVIYASINI O‘STIRISHDA KITOBXONLIK
MADANIYATINING ROLI
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15354425
Nosirova Zahroxon Latibjon qizi
Annotatsiya:
Maqola “Talabalarning intellektual saviyasini oshirishda kitobxonlik
madaniyatining roli”da kitobxonlikning talabalarning bilim olishdagi ahamiyati va uning intellektual
rivojlanishga ta’siri haqida so’z yuritiladi. Muallif, kitobxonlikni nafaqat bilim manbai, balki
o’quvchilarning tanqidiy fikrlash, analitik qobiliyat va ijodiy yondashuvlarini rivojlantirishda muhim
rol o’ynashini ta’kidlaydi. Maqolada kitoblarni o’qishning talabalarning dunyoqarashini
kengaytirishi, ularni ma’naviy va madaniy jihatdan boyitishi, shuningdek, ilmiy faoliyatga
yo’naltirishdagi o’rni haqida so’z boradi. Yozuvchi, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini
shakllantirish uchun ta’lim tizimi, o’qituvchilar va ota-onalarning roli muhimligini hamda
kitobxonlikning yosh avlodni intellektual jihatdan boyitishga qaratilgan muhim vosita ekanligini
ta’kidlaydi.
Kalit so’zlar:
Intellektual saviyani oshirish, kitobxonlik madaniyati, ta’lim va tarbiya,
o’qishning ahamiyati, kitoblarni o’qish, o’qish madaniyati, kitoblar va bilim, o’qish va rivojlanish,
intellektual o’sish, kitob va shaxsiy rivojlanish.
Аннотация
:
В
статье
«
Роль
культуры
чтения
в
повышении
интеллектуального
уровня
учащихся
»
обсуждается
важность
чтения
в
обучении
учащихся
и
его
влияние
на
интеллектуальное
развитие
.
Автор
подчеркивает
,
что
чтение
является
не
только
источником
знаний
,
но
и
играет
важную
роль
в
развитии
критического
мышления
,
аналитических
навыков
и
творческого
подхода
учащихся
.
В
статье
рассматривается
роль
чтения
книг
в
расширении
кругозора
учащихся
,
их
духовном
и
культурном
обогащении
,
ориентации
на
научную
деятельность
.
Автор
также
подчеркивает
важность
роли
системы
образования
,
учителей
и
родителей
в
формировании
культуры
чтения
,
а
также
то
,
что
чтение
является
важным
инструментом
интеллектуального
обогащения
подрастающего
поколения
.
Ключевые
слова
:
Повышение
интеллектуального
уровня
,
культура
чтения
,
образование
и
воспитание
,
важность
чтения
,
чтение
книг
,
культура
чтения
,
книги
и
знания
,
чтение
и
развитие
,
интеллектуальный
рост
,
книги
и
личностное
развитие
.
Annotation:
The article “The role of reading culture in improving the intellectual level of
students” discusses the importance of reading in students’ knowledge acquisition and its impact on
intellectual development. The author emphasizes that reading plays an important role not only as a
source of knowledge, but also in developing students’ critical thinking, analytical abilities and
creative approaches. The article discusses the role of reading books in broadening students’
worldview, enriching them spiritually and culturally, and directing them to scientific activities. The
author also emphasizes the importance of the role of the education system, teachers and parents in
forming a reading culture, and that reading is an important tool for intellectually enriching the younger
generation.
Keywords:
Improving intellectual level, reading culture, education and upbringing, the
importance of reading, reading books, reading culture, books and knowledge, reading and
development, intellectual growth, books and personal development.
Ma’lumki, o‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning
ahamiyati beqiyosdir. Kitob asrlarni-asrlarga, zamonlarni-zamonlarga, rishtalarni-rishtalarga ulovchi
vosita. Shuning uchun har bir inson, har bir kitobxonda kitob o‘qish, axborot olish madaniyatini
yanada rivojlantirishimiz kerak. Kitob o‘qish madaniyati juda keng tushuncha va murakkab muammo
bo‘lib, taxminan quyidagi holatlarni o‘z ichiga oladi:
Ø kitob tanlab olish;
Ø kitobni qanday o‘qishni bilish;
Ø kitob o‘qiganda nimalarga e’tibor berish va nimalarni esda saqlab qolish;
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
211
Ø kerakli ma’lumotlarni qayerdan, qanday, qaysi vositalardan foydalanib topish;
Ø olingan bilimni yoki xabarni qanday yetkazib berish;
Ø qayta o‘qish-kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish;
Ø kutubxonada katalog va kartotekalar bilan ishlay bilish;
Ø kitobni tez va sekin o‘qishni farqlay olish;
Ø kitobni o‘qib, uning fusunkor olamiga kira bilish;
Ø kitobni mustaqil o‘qiy bilish.
Demak, biz soha mutaxassislari oldiga ham yuksak mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun
kitobxonlar bilan doimiy ravishda savol javoblar, ko‘rgazma oldida suxbat va eng asosiysi OAV bilan
hamkorlikda turli tadbirlar tashkil etish orqali targ‘ibot ishlarini yanada ta’sirchanligini oshirishimiz
kerak.
Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat
qiladigan kitoblarga bo‘lgan talabni o‘rganish, shu jumladan, badiiy, ma’rifiy, yoshlarning
dunyoqarashini kengaytirishga doir adabiyotlarning umumiy buyurtma ro‘yxatini shakllantirish
tizimini takomillashtirish ayni kunning dolzarb vazifasi hisoblanib, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni
yuksaltirishda eng ta’sirchan omillardandir.
Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona
faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga
va xalqaro amaliyotga mos bo‘lishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin
foydalanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon
madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo‘lishini ta’minlaydigan aholiga
axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda
saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishni
takomillashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish
to‘g‘risida”gi farmoyishi ayni vaqtida qabul qilingan zaruriy hujjat bo‘ldiki, unda belgilangan
vazifalarning bandma-band bajarilishi jamiyatimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotida tub burilish yasaydi
deyishimizga to‘la asos bera oladi. Matbuot va axborot hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi
yagona davlat siyosatini yurituvchi vakolatli davlat organini belgilanganligi, butun mamlakat bo‘ylab
nashr etilayotgan kitoblarning
(elektron shakli bilan birgalikda)
o‘z vaqtida kitobxonlarga yetkazib
berilishini ta’minlash bilan birga mamlakatimiz aholisi va ayniqsa yoshlarimiz orasida kitob
mutolaasi va kitobxonlik darajasining yanada ortishiga mustahkam huquqiy zamin yaratdi.
Shuningdek, bugun yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yuksaltirish maqsadida
keng ko‘lamli ishlar amalga oshirish maqsadida 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini
nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish
hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-son[1]
qarorlari, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkil yetish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar
ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasidagi ishlarimizda
dasturil amal bo‘lmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga,
ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida
e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon
adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib
qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
212
Sohaning rivojlanishiga va yuqoridagi huquqiy me’yoriy hujjatlarda belgilab berilgan
vazifalarini ijrosiga qaratilgan axborot-kutubxona markazida maxsus reja ishlab chiqilgan holda
faoliyat olib borilmoqda. Aholi, ayniqsa yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, intellektual saviyasini
o‘stirish, ma’naviy olamini boyitishga oid ilmiy-ma’rifiy, badiiy adabiyotlar, jumladan, elektron
shaklda o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyotining buyuk badiiy
namunalarining audio va video variantini yaratish va ijtimoiy tarmoqlarga ya’ni “Bilim”AKMning
bilim.natlib.uz saytiga, instagramga, bilim_akm telegramga va feysbukdagi “Toshkent shahar Bilim
axborot-kutubhona markazi”sahifalariga joylashtirish ishlari muntazam amalga oshirilishi kitob
o‘qishga, mutolaa madaniyatini oshirishda mustahkam zamin yaratmoqda.[2]
O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga
olib chiqish, infratuzilma va o‘quv tizimi, kitobxonlik bilan bog‘liq muammolarga samarali yechimlar
ishlab chiqish maqsad qilingan. Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qarori
loyihasi qilingan.[3]
[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.06.2019-yildagi PQ-4354-son.
https://lex.uz/ru/docs/4372449
[2]
https://uza.uz/posts/34423
[3] https://pravacheloveka.uz/uz/news/kitobxonlik-madaniyatini-rivojlantirish-milliy-dasturi-
tasdiqlanadi
Quyidagilar:
2020-2025-yillarga mo‘ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlash milliy dasturi;
Dasturni 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.
Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda moddiy-texnik
bazasini takomillashtirish;
xalqimiz, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan
kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilash;
joylarga, ta’lim muassasalariga vaqtida va maqbul narxlarda kitob yetkazish tizimini tubdan
takomillashtirish choralarini ko‘rish;
milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini
yuksaltirish bilan bog‘liq muhim masalalarni hal etishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etishning
huquqiy asoslarini yaratish;
ta’lim muassasalari va hududiy kutubxonalarni markazlashgan kutubxona - “Yagona elektron
kutubxona” loyihasi asosida birlashtirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni belgilash;
hududlar, aholi punktlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan aniq
mexanizmlar ishlab chiqish;
har yili yosh ijodkorlarning innovatsion loyihalarini amaliyotga joriy qilish orqali
mamlakatimizga kiritilayotgan investitsiyalardagi yosh ijodkorlarning ulushi oshishini ta’minlash;
o‘quvchilarning qiziqishini o‘rganish, sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish orqali kitob mahsulotlari
ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish;
kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni,
ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
choralarini belgilash;
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston
Respublikasi Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasining O‘zbekiston Respublikasida 2021-yildan boshlab har yili aprel oyining
birinchi haftasini “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
213
Belgilanishicha, Dastur quyidagilarni nazarda tutuvchi uch bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich
– 2020-2021-yillarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratish va chora-
tadbirlar ishlab chiqish;
ikkinchi bosqich
– 2022-2023-yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash;
uchinchi bosqich
– 2024-2025-yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal
rivojlantirish, ularning madaniy savodxonligi o‘sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash.
Dastur ijrosini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari
va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
xarajatlarining har yillik parametrlarini shakllantirishda ajratiladigan byudjet mablag‘lari doirasida
Dasturni amalga oshirish uchun mablag‘lar nazarda tutilishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirzi
уоу
ev Sh. “T
а
’lim tizimini tubd
а
n isl
о
h qilish t
о
‘g’risid
а
”gi F
а
rm
о
ni., 2017
2.
D.Mo’minova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitobxonlik ko’nikmalarini
rivojlantirish metodikasi” 2019
3.
Yo’ldoshev E “Kutubxona va yosh kitobxon” 2010
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.06.2019-yildagi PQ-4354-son.
https://lex.uz/ru/docs/4372449
5.
https://uza.uz/posts/34423
6.
https://pravacheloveka.uz/uz/news/kitobxonlik-madaniyatini-rivojlantirish-milliy-
dasturi-tasdiqlanadi
