SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
88
SUN’IY INTELLEKT- TEXNOLOGIK RIVOJLANISH ASOSI YOKI
INSONIYAT UCHUN TAHDIDMI?
Yunusova Ulmasxon Jo`rayevna
Andijon viloyati Baliqchi tumani
54-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi,
Abdullayev Farhodbek Xursandbekovich
Andijon viloyati Baliqchi tumani
54-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15351523
Matematika fani o`qituvchisi
Annotatsiya.
Zamonaviy dunyoda ta’lim sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari jadal
rivojlanmoqda. Sun’iy intellekt bizning kundalik vazifalarimizni osonlashtirishga yordam beradi.
To‘g‘ri so‘rovlar bilan siz bajarmoqchi bo‘lgan har qanday harakat bir necha soniya ichida
bajarilishi mumkin. Bu sun’iy intellektning ko‘plab afzalliklaridan biri. Sun’iy intellektni
o‘rganish va u haqda ma’lumotlarga ega bo‘lish davr talabidir. Bu maqolada sun’iy intellekt va
uning imkoniyatlarini ta’lim tizimidagi afzalliklari haqida qisqacha ma’lumotlar berildi.
Kalit so’zlar
: sun’iy intelekt, strategiya, interfaol ta’lim, IT, AI, Chat GTP.
A
ннотация
.
В
современном
мире
технологии
искусственного
интеллекта
стремит
e
льно
развиваются
в
сфере
образования
.
Икусственный
интеллект
помогает
нам
упростить
повседневные
задачи
. C
помощью
првильных
запросов
можно
выполнить
любое
дейтсвие
за
считанные
секунды
.
Это
одно
из
многих
преимуществ
икусственного
интеллекта
.
Изучение
икусственного
интеллекта
и
получение
информации
о
нем
является
требованием
времени
.
В
этой
статье
кратко
изложены
сведения
об
икусственном
интеллекте
и
его
возможностях
в
образовательной
системе
.
Ключевые
слова
:
искусственный
интеллект
,
стратегия
,
интерактивное
обучение
,
ИТ
.
Annotation.
In the modern world artificial intelligence technology is papidly developing in
the field of education. Artificial intelligence helps us simplify our daily tasks. With the right
requests, you can perform any action in seconds. This is one of the many advantages of artificial
intelligence. Learning about artificial intelligence and gaining information aboit it is a requirement
of the times. This article provides a brief overview of artificial intelligence and its carabilities in
the education system.
Keywords
: artificial intelligence,strategy,interactive learning, IT, AL.
Sun’iy intellekt
— informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan
bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu
kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
Sun
ʼ
iy
intellekt
(
SI
; inglizcha:
artificial intelligence, AI
) – inson intellektiga taqlid qilishga qodir
bo
ʻ
lgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi. Bugungi kunda keng
qo
ʻ
llanilib
kelinayotgan
sun
ʼ
iy
intellekt
texnologiyalariga
aqlli veb-qidiruv
tizimlari (masalan, YouTube Search), tavsiya tizimlari (YouTube, Amazon va Netflix), tabiiy
tilni
tushunish (Google
Assistant,
Siri
va Alexa), o
ʻ
zini-o
ʻ
zi
boshqaradigan
avtomobillar (masalan, Waymo) va boshqalarni misol qilish mumkin.
Hozirda sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy
tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan
chiqa oladi.
Sun’iy intellekt tushunchasi qanday paydo bo‘lgan?
Sun’iy intellekt atamasi 1955-yilda Jon Makkarti (John McCarthy) tomonidan
kiritilgan. 1956-yilda Makkarti va boshqalar
Sun’iy intellekt bo‘yicha Yozgi Dartmut Tadqiqot
Loyihasi
konferensiyasini tashkil etishdi. Ushbu tashabbus mashina o‘rganishi, chuqur o‘rganish,
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
89
bashoratli tahlillar kabi ko‘p ixtirolar qilinishiga olib keldi. Undan tashqari, bu tashabbus
yangidan-yangi sohani — ma’lumotshunoslikni (data science) keltirib chiqardi. 1990-yillarda
sun’iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997-yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri
shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.
Sun’iy intellekt — tezkor hisoblash muhitida algoritmlar yaratish va qo‘llash orqali insonning aql-
idrok jarayonlariga taqlid qilishga asoslanadi. Sodda qilib aytganda, sun’iy intellekt
kompyuterlarni odam kabi o‘ylash va ulardek yechim topishga yo‘naltiradigan texnologiyadir.
Sun’iy intellekt inson aqliga qanchalik yaqin bo‘lsa, uni yaratish shunchalik ko‘p ma’lumot va
hisoblash resurslarini talab qiladi. Sun'iy intellekt (AI) — bu texnologiya olamidagi eng tez
rivojlanayotgan sohalardan biri bo'lib, u hayotimizning ko'plab jabhalariga sezilarli ta'sir
ko'rsatmoqda. AI ning imkoniyatlari juda katta bo'lishiga qaramay, uning rivojlanishi bilan bog'liq
muammolar va xavflar ham mavjud. Keling, sun'iy intellektning ijobiy va salbiy tomonlarini
batafsil ko'rib chiqamiz.
Sun'iy intellektning ijobiy tomonlari:
* Avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirish: AI rutin va takroriy vazifalarni
avtomatlashtirish orqali inson mehnatini yengillashtiradi va ish jarayonlarini tezlashtiradi. Bu esa,
insonlarga yanada murakkab va ijodiy vazifalarga e'tibor qaratishga imkon beradi.
*Misol uchun, ishlab chiqarishda robotlar va avtomatlashtirilgan tizimlar inson ishtirokisiz
ko'plab operatsiyalarni bajarishi mumkin. Sun’iy intellekt faqatgina supat generatsiyasi yoki
qo‘shiq aytish uchun xizmat qilmaydi. Sun’iy intellekt juda yaxshi yordamchi. Masalan, chet elda
sun’iy intellekt yordamida robotlar operatsiyalar o‘tkazyapti, kasallarga tashxis qo‘yyapti.
* Katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish: AI katta hajmdagi ma'lumotlarni tez va
samarali tahlil qilish qobiliyatiga ega. Bu esa, turli sohalarda, masalan, tibbiyotda kasalliklarni erta
tashxislash, moliyada firibgarlikni aniqlash, marketingda mijozlar xatti-harakatlarini tahlil qilish
kabi muhim qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
* Xatolik darajasini kamaytirish: Inson omili bilan bog'liq xatolarni kamaytirish orqali AI
aniqlik va ishonchlilikni oshiradi.
* Yangi imkoniyatlar yaratish: AI yangi mahsulotlar, xizmatlar va texnologiyalarni
yaratishga turtki beradi.
* Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish: AI ilmiy tadqiqotlarni tezlashtirish va yangi kashfiyotlar
qilishga yordam beradi. Masalan, genetik tadqiqotlar va yangi dori-darmonlarni ishlab chiqishda
AI dan foydalanilmoqda.
* Imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berish: AI nogironligi bo'lgan insonlarga
yordam beradigan texnologiyalarni yaratishda muhim rol o'ynaydi. Masalan, ko'zi ojizlar uchun
ovozli yordamchilar va harakatlanish qiyin bo'lganlar uchun aqlli protezlar.
Sun'iy intellektning salbiy tomonlari:
* Ish o'rinlarini yo'qotish: AI ning avtomatlashtirish qobiliyati ba'zi kasblarning yo'qolishiga
va ishsizlikning oshishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, rutin va takroriy vazifalarni bajaradigan
ishchilar xavf ostida.
* Maxfiylik muammolari: AI tizimlari ko'p miqdordagi shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va
qayta ishlashni talab qiladi. Bu esa, shaxsiy hayot daxlsizligi va ma'lumotlar xavfsizligi bilan
bog'liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
* Qaramlik va nazoratning yo'qolishi: Insonlarning AI ga haddan tashqari qaramligi
ularning mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatini susaytirishi mumkin. Bundan tashqari,
AI tizimlarining murakkabligi ularni nazorat qilishni qiyinlashtirishi mumkin.
* Lekin sun’iy intellekt yordamida haydovchisiz boshqariladigan mashinalarga ishonmagan
bo‘lardim. Hali u qadar ideal darajaga yetgani yo‘q.
Media sohaga urg‘u beraman. Yana masalan, 3D multifilmlarni ishlash uchun oldin bir
necha oylab vaqt ketgan bo‘lsa, hozir esa sun’iy intellekt yordamida ancha tezlashdi jarayon.
Personajni oddiy so‘zlar yordamida yozib uni yaratish mumkin. Animatsiyada ham sun’iy intellekt
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
90
juda rivojlanib bormoqda. 2024 yil sun’iy intellekt sohasida animatsiya va jonlashtirish yili
bo‘ladi, deb o‘ylayman.
— O‘zbekistonda ChatGTP'da!
ChatGTP asosan matn bilan ishlaydi, yaqinda suratlar generatsiyasi ham qo‘shildi. ChatGTP
katta ma’lumotni tez tahlil qilib, matn tarzida taqdim etoladi. Ikkinchi jihati ChatGTP'ga bir
maqolani yuklasangiz, faktcheking qilib beradi.
ChatGTP bilan yaxshi ishlash uchun rus va ingliz tillaridan foydalansa bo‘ladi. ChatGTP
birinchi chiqqanida O‘zbekistonda ishlamas edi, yarim yil bo‘ldi ruxsat berildi. Lekin o‘zbeklar
qanchalik ko‘p ChatGTP bilan muloqot qilsa, u o‘zbek tilini o‘rganib boradi. ChatGTP'da shunday
imkoniyat paydo bo‘ldiki, siz o‘z chatingizni yaratishingiz mumkin.
Hozircha sun’iy intellektda hissiyotlar yo‘q, faqat ma’lum algoritmlar asosida ishlaydi,
matnlarni o‘rganadi. Hissiyotlaring bormi, deb savol berilsa ham, menda hissiyot yo‘q degan
javobni beradi. Internetda tarqalayotgan hissiyoti bor degan ma’nodagi videolar hazil tariqasida
qilingan materiallar bo‘lsa kerak.
Xulosa
Sun'iy intellekt — bu insoniyat uchun katta imkoniyatlar yaratadigan kuchli texnologiya.
Biroq, uning salbiy oqibatlarini minimallashtirish uchun ehtiyotkorlik bilan rivojlantirish va
tartibga solish zarur.
AI ning rivojlanishi bilan bog'liq axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish,
uning insoniyat manfaati uchun xizmat qilishini ta'minlash uchun muhimdir. Sun’iy intellektning
o‘zidan qo‘rqish kerak emas, kimningdir ishini olib qo‘ymaydi, lekin uni ishlata olgan odam olib
qo‘yishi mumkin. Shuning uchun ham sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rganish kerak, shunda
ishini oldirmaydi odamlar. Agar zamon bilan hamnafas yurmoqchi bo‘lsak, sun’iy intellektni
o‘rganishimiz kerak. O‘zi shundoq ham kech qolyapmiz, har kuni yangilik bo‘lyapti bu sohada.
O‘rganmasdan iloj yo‘q, o‘rganish kerak. Avvalambor sun’iy intellekt vositalaridan qanday
foydalanishni o‘rgatish kerak. Masalan, ChatGTP o‘sha xabarni baholab bera oladi, qanday
reaksiya bo‘ladi, qanday qaraladi, ijobiy-salbiy baholash kabilarni tahlil qiladi.
Ta’lim sohasida ham sun’iy intellektning o‘rni katta. Har qanday fanni sun’iy intellekt
yordamida o‘rganish mumkin, baholab ham boradi, qanday xato qilayotganini ham ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. „AlphaGo – Google DeepMind“. asl nusxadan arxivlangan.
2.Russell, Stuart J.; Norvig, Peter.
. Artificial Intelligence: A Modern Approach
, 4th,
Hoboken: Pearson, 2021. ISBN 978-0-13-461099-3.
3. Dildora R., Muxlisa P. (2022). ZAMONAVIY TA’LIM MUHITINI YARATISH.
4..Rakhimov M., Yuldashev A., Solidjonov D. (2021).SUN’IY INTELLEKTNING
ASOSLARI VA BAZASI . 1(9)
5.Kamilova R.Sh. Abdulatipova M.A. “
ИСКУССТВЕННЫЙ
ИНТЕЛЛЕКТ
” May 2013yil
, “
ЭКОНОМИЧЕСКИЕ
НАУКИ
”
6 . https://lex.uz/docs/-5297046#-5297465
