Mualliflar

  • Nozimov Muzaffar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.101033

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: milliy daromad kichik va o'rta biznes rivojlantirish subsidiya innovatsiya tavar aylanmasi invistitsiya tavar aylanmasi makroiqtisodiy barqarorlik investor yalpi ichki maxsulot xususiy sektor iqtisodiy resurslar kapital.

Annotasiya

 Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faol bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini faoliyatini oshirish xamda xorij tajribalarini qo'llash mamlakatimizda. Bugungi davrda davlatimiz tomonidan kichik va o'rta biznesga juda katta imkoniyatlar berilyapti. 2024 yilni Yoshlar va biznesni qo'llab quvatlash yili deb elon qilindi. Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda katta axamiyat berilmoqda.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 139

KICHIK BIZNESDA RISKLARNI BOSHQARISH VA UNING STRATEGIYASI

Nozimov Muzaffar

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 3-BB-21-guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faol bo'lgan kichik biznes

va xususiy tadbirkorlik subektlarini faoliyatini oshirish xamda xorij tajribalarini qo'llash
mamlakatimizda. Bugungi davrda davlatimiz tomonidan kichik va o'rta biznesga juda katta
imkoniyatlar berilyapti. 2024 yilni Yoshlar va biznesni qo'llab quvatlash yili deb elon
qilindi. Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda
katta axamiyat berilmoqda.

Kalit so'zlar:

milliy daromad kichik va o'rta biznes rivojlantirish, subsidiya

innovatsiya tavar aylanmasi invistitsiya tavar aylanmasi, makroiqtisodiy barqarorlik,
investor, yalpi ichki maxsulot, xususiy sektor, iqtisodiy resurslar, kapital.

ANNOTATION

This article discusses the issue of increasing the activities of small businesses and

private entrepreneurship entities active in various sectors of the national economy and the
application of foreign experience in our country. Today, our state provides great
opportunities for small and medium-sized businesses. 2024 has been declared the Year of
Youth and Business Support. Great importance is attached to attracting foreign investments
for the development of small and medium-sized businesses.

Keywords:

national income, small and medium-sized business development,

subsidy, innovation, turnover, investment, turnover, macroeconomic stability, investor,
Gross Domestic Product, Private sector, economic resources, capital.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается важность активизации деятельности малого бизнеса

и частного предпринимательства в различных отраслях народного хозяйства и
применения зарубежного опыта в нашей стране. Сегодня наше государство
предоставляет большие возможности малому и среднему бизнесу. 2024 год объявлен
Годом поддержки молодежи и бизнеса. Большое значение придается привлечению
иностранных инвестиций для развития малого и среднего бизнеса.

Ключевые слова:

национальный доход, развитие малого и среднего бизнеса,

субсидия,

инновации,

товарооборот,

инвестиции,

товарооборот,

макроэкономическая стабильность, инвестор, валовой внутренний продукт, частный
сектор, экономические ресурсы, капитал.



background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 140

KIRISH

Hozirgi paytda jahon hamjamiyatining rivojlangan mamlakatlarida an'anaviy ilmiy

texnika taraqqiyotida innovatsion, ilmiy texnologik tartibga jadal o'tish jarayoni ro'y
bermoqda. Ayniqsa diversifikatsiya sharoitida bunday jarayon ko'lami yanada kengayib
borishi tabiiy. Innovatsion tartibning avvalgisidan farqi shundaki, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning rivojlantirilishi, shakllanishi va davlat tomonidan moliyalashtirish
tizimidan texnologik va ilmiy innovatsiyalar barcha turlarini davlat tomonidan
rag'batlantirishga o'tish kuzatilmoqda. Hozirda AQSHda va xususan, Farbiy Yevropada
eng avvalo Fransiya, Germaniyada xususiy mulkni ko'paytirish xamda ularni moddiy
texnika bazalarini rivojlantirish muxim axamiyat kasb etmoqda. Uning asosiy vazifasi -
ilmiy va texnologik innovatsiyalar, eng avvalo, kichik va o'rta korxonalar uchun,
shuningdek, o'rta va qisqa muddatli dasturlar sohasida tezkor diversifikatsiya uchun eng
qulay sharoitlar yaratishdir. Kichik biznesni moliyalash bo'yicha AQSH jahonda yetakchi
o'rinlardan birini egallaydi. Yangiliklarni joriy etish jarayonlari juda tez amalga oshirilib
ularning raqobatchilari ham topiladi. Ko'plab rivojlangan mamlakatlarda diversifikatsiya
sharoitida ilmiy tadqiqot ishlari va muhandislik tadqiqotlari (ITIMT)ni moliyalashdagi
davlatning roli ancha faol bo'lib, faqat davlat tashkilotlari tomonidangina amalga
oshirilmaydi. Buning uchun xususiy korxonalar ham o'z xissalarini qo'shib boradilar.
Hozirgi vaqtda AQSHda federal hukumat ulushi (moliyalash manbai sifatida) barcha
xarajatlar salmog'ining 50 foizini tashkil etadi. Bu ko'rsatkich Buyuk Britaniya, Shvetsiya
va Germaniyada 40 foiz atrofida, Fransiyada 57 foiz, Yaponiyada 28 foizga to'g'ri keladi.
Ilmiy tadqiqot ishlari va muhandislik tadqiqotlari (ITIMT) sohasining davlat tomonidan
bunday e'tibor bilan ko'llab quvvatlanishi qonuniy bo'lib, bir qator dalillar bilan izohlanadi.
Diversifikatsiya sharoitida ilmiy tadqiqot konstruktorlik ishlari davlat tomonidan turli
shakllarda qo'llab-quvatlanishi mumkin, jumladan:

Hududlarda axoli turmush tarzini yaxshilash va xududning ijtimoiy iqtisodiy

ko'rsatgichlarini oshirib borish judaxam zarur hisoblanadi. Yangi korxonalarni qo'llab
quvatlash shart-sharoitlar yaratilib borishi uchun bevosita byudjet mablag'larini ajratish
(davlat tashkilotlari orqali moliyalash, shartnomalar tuzish, subsidiyalar ajratish). Ayni
holatda davlat yirik xarajatlar talab qilinadigan va ko'plab tavakkalchilikka ega bo'lgan
tashkilotlarni yetakchi yo'nalishlaridagi ko'p kapitalli tadqiqotlarni moliyalashni o'z
bo'yniga oladi;

Ilmiy tadqiqotlarni (ITIMT) bilvosita moliyalashning turli usullari: xususiy

kompaniyalar, innovatsiya jarayonini rag'batlantirish, shuningdek, ular investitsiyasini
yangi asbob-uskunalar olish uchun kengaytirish maqsadlarida soliq va ammortizatsiya
imtiyozlaridan foydalanish. Davlat ayni vaqtda kichik tadqiqot biznesi uchun shart-sharoit
yaratishga ko'maklashadi, davlat tomonidan fan-texnika taraqqiyotini bevosita moliyalash
xususida to'laroq to'xtab o'tamiz. Rivojlangan davlatlarda innovatsiyalarni amalda qo'llash


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 141

uchun subsidiyalar (grantlar) beriladi, subsidiyalarning o'ziga xosligini quyidagicha
belgilash mumkin:

- ular kichik ijrochilarning asosiy ish joyida oylik ish haqidan va unga bog'liq

bo'lmagan holda beriladi;

- subsidiyalar qaytarib berilmaydi;
- subsidiya olgan olim yoki ilmiy jamoa, olgan mablag'larni mustaqil sarflaydi. AQSH

davlat innovatsiya siyosatining obyekti - bu asosan xususiy biznesdir.

Masalan, yuqoridagi ma'muriyat tasnifiga ko'ra, mashinasozlikda 41 ta quyi tarmoq

mavjud bo'lib, ularning 18 ta quyi tarmog'ida 250 kishigacha, 12 quyi tarmog'ida 500
kishigacha, 11 quyi tarmog'ida 1000 kishigacha ishchilar band bo'lsa kichik kor- xona
hisoblanadi.

Frantsiyada kichik va o'rta tadbirkorlar umumiy konfederatsiyasi kichik va o'rta

korxonalarga quyidagicha ta'rif beradi:

«korxona egasi kapitalning katta qismiga ega bo'lgan, o'z xodimlarini shaxsan nazorat

qiladigan va ular bilan doimiy bevosita aloqada bo'ladigan korxonalar kichik va o'rta
korxonalar deb yuritiladi»

Kichik va o'rta korxonalarning miqdoriy mezonlari quyidagilardan iborat: 10 kishidan

50 kishigacha yollanma ishchiga ega bo'lgan korxonalar kichik, 50 dan 500 gacha o'rta va
500 dan ortiq ishchiga ega bo'lgan korxonalar yirik korxonalar. Germaniyada ham kichik
va o'rta korxonalarning miqdoriy mezonlari Fransiyadagi singari belgilangan.

Fransiyada boshqa bir qator yevropa mamlakatlari (Ger- maniya, Italiya va boshqalar)

kabi hunarmand maqomi mav- jud. odatda ishchilar soni 10 kishigacha bo'lgan korxonalar
hunarmand maqomiga ega bo'ladilar. AQshda bunday tushuncha mavjud emas. Bunday
korxonalar u yerda kichik korxonlar deb yuritiladi.

Fransuz hunarmandi o'z hisobidan korxona tashkil etuvchi, kasbiy malakaga ega

bo'lgan, o'z korxonasini shaxsan boshqaruvchi va uning ishida bevosita qatnashuvchi
kishidir. Hunarmand yollanma mehnatdan ham foydalanishi mumkin, biroq ularning
umumiy soni oila a'zolarni ham qo'shib hisoblaganda 10 kishidan oshmasligi lozim.
Hunarmandchilik ishlab chiqarishining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda
korxona egasi ayni vaqtda ishchi vazifasini ham bajaradi. Boshqacha qilib aytganda,
hunarmandchilikda mulkning mehnatdan ajralishi yuz bermagan bo'ladi.

Fikrimizcha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini faqat bitta mezon

bo'yicha aniqlash maqsadga muvofiq emas. Buning sababi shundan iboratki, yirik, ammo
to'liq avtomatlashtirilgan sanoat korxonasi ko'p ishchi kuchini talab qilmaydi. Ayni vaqtda,
masalan, alkogol ichimliklari ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishchilar soniga nisbatan
tovar aylanmasi muhimroq ko'rsatkich hisoblanadi.

Yana shuni alohida ta'kidlash lozimki, iqtisodiyotni yanada liberallashtirish sharoitida

kichik biznes va xususiy tadbirkor- lik sub'ektlarini yagona mezon asosida aniqlash bandlik
muammo- sini ijobiy hal etishga aks ta'sir ko'rsatadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 142

Biznes bilan shug'ullanuvchi shaxs foyda olishni maqsad qilib olar ekan, u yangi va

yangi sohalarni o'zlashtirishga intiladi. Bu esa investitsiyalar joriy etishni talab etadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi investitsiyalarni kiritishga va
investitsiyalardan foydalanishga juda moyil bo'ladilar. Chunki ular bozordagi
o'zgaruvchan muhitda elastik harakat qila oladigan qobiliyatga ega bo'ladi. Agar
rivojlangan mamlakatlardagi kichik biznes korxonalarini tahlil etadigan bo'lsak, ularning
aksariyati investitsiyalarni erkin joriy eta oladi, shu bilan birga, investitsiyalardan unumli
foydalana oladilar ham. Kichik biznes korxonalarida investitsiyalarni amalga oshirish
asosan ikki maqsadga yo'naltiriladi:

1. Yangi kichik korxona tashkil etish.
2. Bankrot bo'lgan kichik korxonalarni hayotiyligini saqlab qolish.
Rivojlangan mamlakatlardagi kichik biznes korxonalari investitsiyalar asosida

rivojlanib, tarmoqlanib boradi. Masalan, AQShning aksariyat korxonalari Yaponiya
investitsiyalari asosida o'z faoliyatini tiklab olgan. Angliyadagi kichik korxonalar
Niderlandiyalik investorlardan ko'p bora foydalanishgan. Hozirgi kunga kelib AQSh
iqtisodiyotida faoliyat ko'rsatayotgan kichik korxonalarning iqtisodiy aloqalarida Xitoy
investorlarining ulushi juda katta. O'zbekistonda ham kichik biznes korxonalari rivojlanib
borar ekan, dastlab savdo, maishiy xizmat sohalarida investitsiyalar kirib kela boshladi.
Ammo mamlakatimizda investitsiyalarning asosiy qismi ishlab chiqarish va mahalliy
sanoat, ijtimoiy soha korxonalarini rivojlantirishga sarflanmoqda. Davlat mulkini
xususiyga aylantirish jarayonlarida asosan ichki kapitalning ulushi katta bo'ldi. Hozirgi
kunda O'zbekistondagi kichik biznes korxonalari asosan Koreya, Angliya, AQSh,
Germaniya kabi mamlakatlarning investitsiyalaridan keng foydalanmoqdalar.

Investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda kichik korxonalar va

mikrofirmalar uchun muhim ahamiyatga ega. Xorijiy investitsiyalarga asosan moliyaviy
muammolarni yechish uchun murojaat qilinadi. Xorijiy korporatsiyalarning moliyaviy
bo'limlari mablag'lardan qisqa muddatli investitsiyalar qatorida yuqori foyda olish
maqsadida foydalanish moddiy manfaatdorlikni belgilashga olib keladi. Bunday
investitsiyalar ko'pincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan, ba'zida esa o'z
qimmatbaho qog'ozlarini chiqaradi va xorijiy qimmatbaho qog'ozlarini sotib oladi.
O'zbekiston xorijiy investorlar bilan tengma-teng iqtisodiy aloqalar olib borish asosida
sherikchilik munosabatlarini olib boradilar. Har qanday investitsiyalar mamlakatimizga
kirib kelishiga yo'l qo'yilmaydi. Agar kirib kelayotgan investitsiyalar mamlakatimiz
iqtisodiyotiga uning rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratsa, bunday xorijiy
investitsiyalar yurtimizga birinchilar qatorida kirib keladi. Jahon tajribasi shuni
ko'rsatmoqdaki, qulay investitsion iqlim shakllanmasdan va xorijiy investitsiyalarni milliy
iqtisodiyotga faol jalb etmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlar jahon
iqtisodiy hamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalasha olmaydi. O'zbekiston xukumati
tomonidan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik va


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 143

biznesni rivojlantirish sari tutgan izchil yo'li xorijiy investitsiyalarni mamlakat
iqtisodiyotiga jalb etish jarayonini faollashtirish uchun real shart-sharoit yaratmoqdalar.
Respublika iqtisodiy tuzilmasini tubdan o'zgartirishning hozirgi bosqichida bevosita xorjiy
investitsiyalar katta qiziqish uyg'otmoqda. Ularni jalb etishning asosiy usullari
quyidagilardir: qo'shma korxonalar ochish (shu jumladan, xorijiy investorlarga o'zbek
emitentlari aktsiyalar paketlarni sotish yo'li bilan); O'zbekiston hududida sof xorijiy
kapitalli korxonalarni ro'yxatdan o'tkazish; Kontsessiyalar asosida xorijiy kapitalni jalb
etish; Xorijiy investorlarni mamlakatning muayyan mintaqalariga faol jalb etishga
qaratilgan erkin iqtisodiy zonalar yaratish. Hozirda jalb etilgan xorijiy investitsiyalar
tuzilmasini tahlil etish shuni ko'rsatmoqdaki, bunday investitsiyalarning katta qismi
eksportga mo'ljallangan tarmoqlarga: yoqilg'i-energetika majmui, neft-kimyo, oltin qazib
olish va paxtani qayta ishlash sanoatiga, yoxud o'z-o'zini qoplash muddatlari qisqa bo'lgan
va ko'p fond talab qilmaydigan yuqori rentabelli loyihalarga: savdo, telekommunikatsiya,
umumiy ovqatlanish, yirik shaharlarda ofis va mehmonxona binolari qurish, oziq-ovqat
sanoati va moliya xizmatiga yo'naltirilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakat iqtisodiyoti
tarmoq tuzilmasining takomillashib borayotganligi yangi ishlab chiqarishdagi bevosita
xorijiy investitsiyalarning o'sish tendentsiyasini kuchaytirmoqda. Avtomabilsozlik,
elektron, elektrotexnika sanoati rivojlandi. Qurilish industriyasi aloqa korxonalarida va
qishloq xo'jaligida eng yangi texnologiya joriy qilinmoqda.

O'zbekiston iqtisodiyotiga mablag' solishga yoki kiritishga tayyor turgan xorijiy

investitsiyalarning asosiy toifasini qarab chiqadigan bo'lsak, ular quyidagicha
ko'rinishlarni o'z ichiga oladi:

1. Eng yirik transmilliy korporatsiyalar - bular O'zbekistonga investitsiya kiritishda

mamlakatning tabiiy-xom ashyo resurslarga hamda halqaro standartlar bo'yicha ancha
salmoqli bo'lgan ichki iste'mol bozoriga

kirib borish imkoniga ega bo'lgan kompaniyalardir. Bunday kompaniyalarning bosh

idoralari rivojlangan mamlakatlarda joylashgan bo'lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda
ularning yirik ofislari yoki korxonalari faoliyat ko'rsatadi va shu tarzda o'zlarining
investitsiyalarini jalb etadilar. Bunday yondashuv investitsiyalar uchun uzoq muddatli
global investitsion strategiyaning nisbatan katta bo'lmagan qismini qamrab oladi. Bu esa
korporatsiyalarga investitsiyalar kiritishning muayyan xatarliligi va qo'shimcha foyda
bermasligi mumkin. Bu toifalarga quyidagi xorijiy investorni kiritish mumkin: yoqilg'i
energetika majmuida - "N'yumont", "Teksaks" (AQSh); "Mitsui", "Marubeni" (Yaponiya);
kimyo sanoatida - AKA (Germaniya); "Krebs" (Frantsiya); Oziqovqat sanoatida-"Koka-
Kola" Bat Indastries; biznesda- ABN AMRO banki; telekommunikatsiya sohasida-
"Siemens", Atsatel Deu;

2. Xususiy va kichik xorijiy kapital - O'zbekistonda eng avvalo savdo, qurilish va

xizmat ko'rsatish sohasidagi ayrim loyihalarning odatda, juda yuqori kapital sarflash talab
qilmaydigan loyihalarning o'rta yuqori rentabelli bo'lishi va o'z-o'zini qoplashini ta'minlash


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 144

uchun jalb etiladi. Bunday kapital kiritish yoki jalb etish orqali ko'riladigan afzalliklar
shunday iborat bo'ladiki, bunda investorlar ko'z o'ngida o'tish davri iqtisodiyotining
iqlimiga xos noqulayliklar va xatarlarni yopib ketadi. O'zbekistonda kichik biznes
korxonalariga investitsiyalarni jalb etilar ekan, investorlar uchun birinchi navbatda, yuqori
rentabelli va tez qoplanadigan loyihalarga mablag' solish xarakterlidir. Ular uchun
investitsiya xatari mahalliy xususiyatni yaxshi bilish hamda mamlakatdagi keng amaliy
status kontraktlar hisobidan ancha kamayadi. Kichik biznes korxonalariga investitsiyalarni
joriy etish shunisi bilan ajralib turadiki, ularni qaytadan qoplanishi tez amalga oshadi.
O'zbeksiton Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, bevosita xorijiy
investitsiyalar respublika hududi bo'yicha quyidagicha taqsimlangan: - xorijiy
investitsiyalarning qariyb 45 foizi Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga to'g'ri kelgan; -
35 foizdan ko'prog'i Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Andijon viloyatlariga to'g'ri
kelgan. Shunday qilib, xorijiy investitsiyalarning katta ulushi savdo, transport va
informatsion infratuzilmasi rivojlangan va iste'mol talabi yuqori bo'lgan mintaqalarga
(Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlariga) yoxud yonilg'i-
energetika mahsulotlarining eksport uchun ishlaydigan korxonalari ko'p bo'lgan
mintaqalarga (Qashqadaryo va Navoiy viloyatlariga) ketadi.

Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarning kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikni rivojlantirish aholi turmush darajasini yaxshilash kichik va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish soxasidagi xorij tajribasini o'rganish aloxida axamiyat kasp
etadi.

XULOSA

Bugungi kunda O'zbekistonning xududlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

faolligi natijasida bir jon boshiga to'g'ri keladigan YaIM, resurslardan samarali
foydalanish, sanoati rivojlangan davlatlar orasi iqtisodiy rivojlanish darajasi va aholining
eng uzoq umr ko'rishi bo'yicha jahonda birinchi o'rinni egallab turibdi. Mamlakatimizda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlar uchun judayam ko'p imkoniyatlar yaratilgan masalan
viloyatlarda yer va binolarning hamda davlatga tegishli noturar joylarning auksion orqali
10 yil, 20-30 yilga sotilishi juda xam katta imkoniyatlar yaratildi. Xududlardagi
tadbirkorlar bunday imkoniyatlaridan samarali foydalanib yashash turmush tarzini
yaxshilab boryaptilar. Respublikada iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni boshqarish, rag'batlantrish va qo'llab-quvvatlash siyosati
kompleks amalga oshirilmoqda. Bu jarayonni muvaffaqiyatli yuritish uchun respublikada
qator farmonlar, qonunlar, va me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida «Xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari va
ularning faoliyat ko'rsatishi to'g'risida»gi Prezident Farmoni ham mavjud bo'lib, ushbu
me'yoriy hujjat tadbirkor va ishbilarmonlarning rejali ish olib borish istaklarini ishonchli
kafolatlashni ta'minlaydigan huquqiy asosni yanada mukammal tarzda shakllantirdi. Ana
shu qonun-qoidalarga asoslanib, pul kreditlarining taqchilligi tufayli milliy iqtisodiyotni


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 145

rivjlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda kuchli rag'batlantiruvchilik tadbirlarini
olib borish davom etmoqda.

ADABIYOTLAR:

[1] Ичитовкин Б.Н. Малые формы хозяйствования. - М.: «Экономика», 2006. -

с. 11.

[2] Рубе В.А. Малый бизнес: история, теория, практика. 2. М.: ТеИС, 2000. - с.

31

[3] «Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тугрисида»ги

Узбекистон Республикаси конунида; Узбекистон Республикаси Биринчи
Президентининг 2014 йил 7 апрелдаги ПФ-4609-сонли

[4] Эшов М.П.Узбекистонда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликнинг

ривожланиши: омиллар, натижалар ва истикболлар. Монография. -Т.. «Маънавият»,
2017. - 16 б.

[5] "Иктисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий электрон журнали. № 4,

июль-август, 2017 йил, Макола муаллифи Юлдашев Абдухаким Абдукаримович,
ТДИУ Илмий тадкикот ва ИПКТ булими му^андиси.

[6] "Иктисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий электрон журнали. № 4,

июль-август, 2017 йил, Макола муаллифи Юлдашев Абдухаким Абдукаримович,
ТДИУ Илмий тадкикот ва ИПКТ булими му^андиси.

[7] Малое предпринимательство в России прошлие, ностаящее и будущее. Под

ред Б.Г.Ясина, А.Ю. Чупуренко, В.В.Буево.-М.:Фонд "Либеральная миссия" 2003.-
Стр -137

Bibliografik manbalar

Ичитовкин Б.Н. Малые формы хозяйствования. - М.: «Экономика», 2006. - с. 11.

Рубе В.А. Малый бизнес: история, теория, практика. 2. М.: ТеИС, 2000. - с. 31

«Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тугрисида»ги Узбекистон Республикаси конунида; Узбекистон Республикаси Биринчи Президентининг 2014 йил 7 апрелдаги ПФ-4609-сонли

Эшов М.П.Узбекистонда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликнинг ривожланиши: омиллар, натижалар ва истикболлар. Монография. -Т.. «Маънавият», 2017. - 16 б.

"Иктисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2017 йил, Макола муаллифи Юлдашев Абдухаким Абдукаримович, ТДИУ Илмий тадкикот ва ИПКТ булими му^андиси.

"Иктисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2017 йил, Макола муаллифи Юлдашев Абдухаким Абдукаримович, ТДИУ Илмий тадкикот ва ИПКТ булими му^андиси.

Малое предпринимательство в России прошлие, ностаящее и будущее. Под ред Б.Г.Ясина, А.Ю. Чупуренко, В.В.Буево.-М.:Фонд "Либеральная миссия" 2003.-Стр -137