Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 291
UMUMTA’LIM MAKTABLARINING CHET TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY
O‘QITISH METODLARI ORQALI O‘QUVCHILARNING TINGLAB
TUSHUNISH VA GAPIRISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Mingboyev Jasurbek Faxriddin o‘g‘li
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani 2-maktab
Nemis tili fani 1-toifali o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining chet tili (nemis tili)
darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlaridan foydalanish
orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish hamda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish
va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Interaktiv metodlar, CLT (Communicative
Language Teaching), task-based learning, audio-lingual yondashuv va boshqa ilg‘or
strategiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilar tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish, muloqotga
kirishishiga turtki berish va real hayotiy vaziyatlarda chet tilidan foydalanish
imkoniyatlarini kuchaytirish yo‘llari tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy
texnologiyalar, mobil ilovalar va raqamli resurslarning o‘rni va ahamiyati ham yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
chet tili ta’limi, tinglab tushunish, og‘zaki nutq, zamonaviy metodlar,
CLT, task-based learning, interaktiv yondashuv, kommunikativ kompetensiya, o‘quvchilar
faolligi.
Bugungi kunda chet tillarini o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor faqat grammatik
qoidalarning o‘zlashtirilishiga emas, balki o‘quvchilarning real muloqotga kirishish,
eshitgan matnni anglash va o‘z fikrini erkin bayon qila olishiga qaratilmoqda. Ayniqsa,
umumta’lim maktablarida chet tili darslarida tinglab tushunish va gapirish
ko‘nikmalarining rivojlantirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Til – bu insoniyat uchun asosiy aloqa vositasidir. U jamiyat a’zolari o‘rtasida fikr
almashish, axborot yetkazish va o‘zaro tushunishni ta’minlab beruvchi kuchli ijtimoiy
vosita bo‘lib, tilsiz inson jamiyatining mavjudligi va taraqqiyoti tasavvurga sig‘maydi.
Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida ijtimoiy munosabatlarda ro‘y
berayotgan keskin o‘zgarishlar, ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
kirib kelishi, o‘quvchilardan yuqori darajadagi kommunikativ malaka va faol muloqot
qobiliyatini talab qilmoqda. Ular kundalik hayotda, turli ijtimoiy va madaniy vaziyatlarda,
boshqa shaxslar bilan samarali fikr almashish, o‘z fikrini aniq va ravon bayon qilish, til
me’yorlariga rioya etgan holda muloqotda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishi zarur.
Shu sababli, xorijiy tilni o‘rgatishning zamonaviy maqsadi oddiy grammatik bilim
berish bilan cheklanmaydi. Asosiy e’tibor chet tilida erkin va samarali muloqot qilish,
ya’ni shaxslararo hamda madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 292
qaratilgan. Bu esa o‘quvchilarning chet tillarini nafaqat o‘qib-tushunishi, balki real hayotiy
vaziyatlarda mustaqil ravishda foydalanishi, global muloqot muhiti talablariga javob bera
olishini ta’minlaydi.
Maktab ta’limining hozirgi bosqichida esa ta’lim tizimida muhim pedagogik
o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu o‘zgarishlar pedagogik faoliyatning deyarli barcha
yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatib, o‘qituvchilardan yangicha yondashuv va innovatsion
fikrlashni talab qilmoqda. Endilikda ta’lim jarayoniga aniq maqsad va vazifalar belgilab
qo‘yilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi uchun zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan
samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, o‘qituvchining zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi, uning
pedagogik mahoratini yuksaltirishda muhim vosita hisoblanadi. Yangi texnologiyalarni
ta’limga tadbiq etish, nafaqat dars jarayonining interaktivligini oshiradi, balki pedagogik
faoliyatda yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga, metodologik yondashuvlarda aniqlik va
tizimlilikning yuzaga kelishiga, shuningdek, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini
oshiradigan samarali usullarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Zamonaviy metodlar orqali o‘quvchilar faolligini oshirish va kommunikativ
kompetensiyani shakllantirish mumkin. Quyidagi metodlar samarali hisoblanadi:
Nemis tilini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatuvchi bu metod orqali o‘quvchilar kundalik
hayotiy mavzular doirasida muloqotga kirishishni o‘rganadilar. Masalan: “Im Restaurant”,
“Meine Familie”, “Freizeit und Hobbys” kabi mavzular asosida rolli o‘yinlar, suhbatlar
tashkil etiladi.
Task-Based Language Learning (TBL)-Mazkur yondashuv o‘quvchilarning til
ko‘nikmalarini rivojlantirishda real hayotiy topshiriqlar orqali tilni qo‘llashga imkon
yaratadi. Masalan, biror buyumni taqdim qilish, yo‘nalishni tushuntirish, suhbat qurish
kabilar.
Nemischa audio materiallar (masalan, “Deutsch lernen mit Dialogen”, “Nicos Weg”
seriali) orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish va talaffuz qobiliyati oshiriladi.
O‘qituvchi talabalar bilan birgalikda matnlarni takrorlaydi, savollarga javob beradi,
so‘zlarni intonatsiya bilan o‘qitadi.
Interaktiv ilovalar (Duolingo, Quizlet, Anki, Deutsche Welle), nemischa podkastlar
va videodarslar (Easy German, Learn German with Jenny) o‘quvchilarning darsdan
tashqari mustaqil o‘rganishiga zamin yaratadi.
Shuningdek, differensial yondashuvda har bir o‘quvchining til darajasi va qiziqishiga
mos topshiriqlarni tanlash ularning darsdagi ishtirokini kuchaytiradi va mustaqil
o‘rganishga undaydi.
Shuni ham aytish joizki, ta’lim jarayonida xorijiy tilni o‘rgatishda kommunikativ
yondashuv va innovatsion metodlar muhim o‘rin tutadi. Chet tilini o‘qitish samaradorligini
oshirish maqsadida qo‘llanilayotgan uslublar tilni faqat nazariy jihatdan emas, balki amaliy
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 293
tarzda ham o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Quyida xorijiy til o‘rgatishda keng
qo‘llaniladigan metodlar tafsilotlari bilan keltirilgan.
Kommunikativ yondashuv – bu o‘quvchilarga chet tilini real hayotiy vaziyatlarda
qo‘llashni o‘rgatishga qaratilgan metod bo‘lib, uning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning
muloqot qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu yondashuvda grammatik qoidalarni yod
olishdan ko‘ra, tilni faol muloqot vositasi sifatida qo‘llash muhim sanaladi. O‘quvchilar
turli muloqot shakllarida, jumladan, suhbatlar, rolli o‘yinlar, munozaralar va jamoaviy
topshiriqlar orqali o‘z fikrlarini chet tilida erkin ifoda etishni o‘rganadilar. Bu esa ularning
til ko‘nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.
Qo‘llaniladigan usullar:
Rolli o‘yinlar orqali ijtimoiy rollarni bajarar ekanlar, o‘quvchilar o‘zaro erkin
muloqotga kirishadilar;
Dialoglar va munozaralar orqali fikr almashish va eshitish-ko‘rish kompetensiyalari
shakllanadi;
Jamoaviy topshiriqlar esa ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirib, chet tilida faol
ishlashga undaydi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim jarayonini
tubdan o‘zgartirdi. Endilikda xorijiy tillarni o‘qitishda turli kompyuter dasturlari, mobil
ilovalar va onlayn ta’lim platformalari keng miqyosda foydalanilmoqda. Bu texnologiyalar
nafaqat darslarni jonli va interaktiv tarzda o‘tkazish, balki o‘quvchilarga mustaqil
o‘rganish imkonini ham beradi.
Mashhur ilovalar va platformalar:
Duolingo, Babbel, Memrise – o‘quvchilarga interaktiv mashqlar orqali mustaqil
ravishda til o‘rganish imkoniyatini yaratadi;
Zoom, Skype, Google Meet – masofaviy darslar orqali o‘quvchi-o‘qituvchi
o‘rtasidagi jonli muloqotni ta’minlaydi.
Bu texnologiyalar yordamida darslar yanada qiziqarli, interaktiv va o‘quvchiga
yo‘naltirilgan shaklga ega bo‘ladi.
Audio-lingvistik metod - Bu metod 20-asr o‘rtalarida til o‘rganishga yangi yondashuv
sifatida paydo bo‘lib, asosan, eshitish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga
qaratilgan. Unda o‘quvchilarga turli gaplar va iboralar bir necha bor takrorlanadi, shundan
so‘ng ular o‘sha iboralarni o‘zlashtirib, mustaqil qo‘llay boshlaydilar. Bu metod til
sezgisini kuchaytiradi va tabiiy muloqotda avtomatik javob qaytarish qobiliyatini
shakllantiradi.
Bundan tashqari, interaktiv metodlar darsda o‘quvchilarni faol ishtirokchi sifatida jalb
etadi. Ular orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, hamkorlikda ishlash va muloqotga
kirishish ko‘nikmalari rivojlanadi. Bu uslublar darslarni jonlantiradi, har bir o‘quvchini
dars jarayoniga jalb etadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 294
Samarali interaktiv usullar:
Mind mapping – mavzuni vizual tarzda tahlil qilish orqali fikrlarni tizimlashtirish;
“Fallstudie” (Case-study) – hayotiy muammoli vaziyatlarni hal qilish orqali real
tajriba orttirish;
Debatlar – o‘quvchilarning tanqidiy va analitik fikrlash qobiliyatini shakllantirish,
fikrni asoslash va himoya qilish malakasini kuchaytiradi.
Vazifaga asoslangan ta’lim-Bu metodda til o‘rganish amaliy vazifalar asosida amalga
oshiriladi. O‘quvchilar real hayotga oid topshiriqlarni bajarish davomida lug‘at boyligini
oshiradilar, grammatik strukturalarni amaliyotda mustahkamlab boradilar. Ushbu
yondashuv chet tilini bevosita kundalik ehtiyojlar uchun foydali vosita sifatida qabul
qilishga yordam beradi.
Misollar:
Savdo qilish, mehmonxonaga buyurtma berish, yo‘l ko‘rsatish kabi mavzularda
topshiriqlar;
Intervyu tayyorlash yoki og‘zaki taqdimotlar qilish orqali ko‘nikmalarni
mustahkamlash.
Bundan tashqari, tinglab tushunish — til o‘rganishning ajralmas va muhim tarkibiy
qismlaridan biridir. Bu ko‘nikma orqali o‘quvchilar nutqni eshitib, uning mazmunini
anglab olishni o‘rganadilar. Odatda chet tili ta’limida tinglab tushunishga katta e’tibor
qaratiladi, biroq hozirgi kunda ona tili o‘qitilishida bu ko‘nikma yetarlicha
rivojlantirilmayapti degan qarashlar ham uchraydi. Aslida esa, ona tilini o‘rganishda ham
tinglab tushunish muhim ahamiyat kasb etadi. Faqatgina o‘qitish uslubi va baholash
mezonlari jihatidan chet tiliga nisbatan ayrim o‘ziga xos farqlar mavjud.
Tinglab tushunish malakasini rivojlantirish samarali bo‘lishi uchun uni amaliy
faoliyat doirasida o‘rgatish muhimdir. Bu esa quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Audiomatnni tanlash yoki tuzish — matn o‘quvchilarning yoshiga, til darajasiga va
qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim.
Eshitish sharoitlarini belgilash — bu jarayon butun sinf bilan, kichik guruhlarda yoki
individual tarzda olib borilishi mumkin.
Tushunganlikni baholash — maxsus topshiriqlar orqali o‘quvchilarning matnni
qanday darajada anglaganliklari tekshiriladi.
O‘qituvchi audiomatn ustida ishlashdan avval uni o‘zi eshitib chiqishi va murakkab
joylarini aniqlab, ular uchun zaruriy izoh yoki yordamchi vositalarni tayyorlashi kerak.
Masalan, darsda rasm, grafik, doskaga yozilgan asosiy so‘zlar, audio qurilmalar yoki video
materiallardan foydalanish mumkin.
Dars jarayonida tinglab tushunishni o‘rgatish quyidagi ketma-ketlikda amalga
oshiriladi:
Dastlab tinglashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar bartaraf etiladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 295
O‘quvchilarga audiomatnni birinchi bor tinglashdan avval aniq va tushunarli
ko‘rsatmalar beriladi.
Birinchi tinglashdan so‘ng tushunganlik maxsus savollar yoki topshiriqlar yordamida
aniqlanadi.
Keyin audiomatn ikkinchi bor tinglanadi, bu safar chuqurroq anglash va detalga
e’tibor qaratiladi.
Yakunda tinglangan matn asosida baholash ishlari amalga oshiriladi va zarurat
tug‘ilsa, matn bo‘yicha og‘zaki yoki yozma nutq mashqlari bajariladi.
Metodik izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, matnni ikki yoki uch marta tinglash orqali
o‘quvchilar uni yaxshiroq tushunadilar. Shundan ortiq tinglash esa ko‘p hollarda samarasiz
bo‘lishi mumkin. Tinglangan matn asosida dialoglar qurish, fikr bildirish yoki voqealarni
qayta hikoya qilish orqali og‘zaki nutq ham rivojlantiriladi. Shuningdek, audiofilmlar, kino
lavhalaridan foydalanish darsni yanada qiziqarli va jonli qiladi.
1
Xulosa qilib aytganda, tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalari — til o‘rganishning
asosiy omillaridan biridir. Zamonaviy metodlar yordamida nemis tili darslarini jonlantirish
va o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash mumkin. Ayniqsa, eshitish va og‘zaki nutqni
rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar — o‘quvchilarda chet tilini amaliy qo‘llashga
bo‘lgan ishonchni oshiradi. O‘qituvchilar zamonaviy yondashuvlarni dars jarayoniga
integratsiya qilish orqali yuqori natijalarga erishishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Richards, Jack C., and Theodore S. Rodgers. Approaches and Methods in Language
Teaching. Cambridge University Press, 2014.
2.
Nunan, David. Task-Based Language Teaching. Cambridge University Press, 2004.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Chet tillarni o‘qitish metodikasi”.
Toshkent, 2022.
4.
Mavlonova, R. H. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Fan, 2021.
1
Mavlonova, R. H. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Fan, 2021.