Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 196
MINTAQANI EKSPORT VA IMPORT SALOHIYATINI O‘RGANISH
Muratov Rinat Nurgali o’g’li
Andijon davlat texnika insitituti. Transport va
Logistika yo’nalishi 4-kurs talabasi
Аnnоtаtsiyа:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi eksport va import
salohiyatini o‘rganish bo‘yicha tahlil qilib chiqildi. Bugungi kunda O‘zbekiston chet
davlatlar bilan aloqa qilishi natijasida eksport va import salohiyati belgilab beriladi har bir
davlatga alohida yoki birlashgan tarzda. Biz ushbu qismda O’zbekistonning eksport va
importi umumiy salohiyatini yilllar kesimida ko‘rib chiqamiz. Tadqiqot davomida
omillarni jadvallar va statistik ma’lumotlar orqali tahlil qilish taklif etiladi.
Kаlit sо‘zlаr:
Eksport salohiyati, import salohiyati, tashqi savdo balansi, savdo
aylanmasi, raqobatbardoshlik, mintaqaviy iqtisodiyot, hudud rivojlanishi, mahalliy ishlab
chiqarish, transport-logistika infrastrukturasi, chegara savdosi.
Kirish
Mintaqa infratuzilmasi (hududiy infratuzilma) — bu mintaqa hududida moddiy ishlab
chiqarishning samarali faoliyat yuritishi,barcha turdagi tovar va resurslarning erkin
harakatlanishi va aholining normal muhitda yashashi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishni
ta’minlab beradigan inshootlar va faoliyat turlari kompleksi.
Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi va uning raqobatdoshligi unda ishlab
chiqarish infratuzilmasining rivojlanish darajasiga bog ‘liqdir. Mintaqala rda ishlab
chiqarish infratuzilmasining bozor munosabatlari tizim idan o ‘rni u ning quyidagi uch eng
muhim funksiyalari bilan belgilanadi:
A)
taqsimlash funksiyasi — infratuzilmaning tovar-moddiy zaxiralarni, moliyaviy va
mehnat resurslarini tarmoqlar va mintaqa hududlari bo'ylab taqsimlanishini ta’minlashdagi
qobiliyati;
kommunikatsion funksiya — mehnat mahsulotlarini (tovar, xizmatlar, axborot va
h.k.) teng qiymatli ayirboshlashini tashkil etish;
3)
tartibga solish funksiyasi — turli-tuman mintaqaviy bozorda muvozanatlashgan
talab va taklifni tiklash hamda ta’minlash. Ushbu funksiyalarning rivojlanmaganligi ishlab
chiqarish faoliyati to‘xtab qolishiga va iqtisodiyotda salbiy sur’atlarning oshishiga olib
kelishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining eksport va import salohiyati soʻnggi yillarda sezilarli
darajada kengayib, iqtisodiy oʻsish va xalqaro savdo aloqalarining mustahkamlanishiga
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 197
olib keldi. Quyida 2024-yil yakunlari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar va tahlillar
keltirilgan:
Umumiy tashqi savdo koʻrsatkichlari:
Tashqi savdo aylanmasi: 2024-yilda Oʻzbekistonning umumiy tashqi savdo hajmi
$65,9 milliardni tashkil etdi, bu 2023-yilga nisbatan 3,8% oʻsishni anglatadi.
Eksport hajmi: $26,9 milliard (8,4% oʻsish).
Import hajmi: $39 milliard (0,8% oʻsish).
Tashqi savdo saldosi: $12,037 milliard miqdorida manfiy saldoni tashkil etdi, bu
oʻtgan yilga nisbatan 12% kamaygan.
Eksport salohiyati
Asosiy eksport tovarlari: Oltin: Eksportning 27,8% ini tashkil etadi.
Xizmatlar: 26,7%.
Sanoat mahsulotlari: 15,6%.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari: 8,1%.
Eksport bozorlarining diversifikatsiyasi:
Yevropa Ittifoqi: 2024-yilda savdo hajmi $6,4 milliardga yetdi. Eksport asosan
toʻqimachilik, meva-sabzavot va rangli metallarni oʻz ichiga oladi.
Toʻqimachilik va kiyim-kechak: 2022-yilda eksport hajmi $3,3 milliardga yetib,
umumiy eksportning 22% ini tashkil etdi. Asosiy bozorlar Rossiya, Turkiya, Xitoy va
Yevropa Ittifoqi hisoblanadi.
Import salohiyati
Asosiy import tovarlari:Mashina va uskunalar: Importning 34,6% ini tashkil etadi.
Sanoat mahsulotlari: 15,5%.
Kimyo mahsulotlari: 12%.
Oziq-ovqat mahsulotlari: 9,5%.
Xizmatlar: 9,6%.
Asosiy import hamkorlari:
Xitoy: Importning 28,2% ini tashkil etadi.
Rossiya: 22,5%.
Yevropa Ittifoqi: 12,1%.
Qozogʻiston: 7,3%.
Janubiy Koreya: 5,8%.
Turkiya: 4,7%.
Eksport
— bu bir mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar yoki xizmatlarni boshqa
mamlakatlarga sotish va jo‘natish jarayonidir. Eksport orqali mamlakat o‘z mahsulotlarini
xalqaro bozorlarga chiqaradi va shu tariqa valyuta daromadi oladi hamda iqtisodiyotini
rivojlantiradi.
Import
— bu boshqa mamlakatlardan tovarlar yoki xizmatlarni sotib olib,
o‘z mamlakatiga kiritish jarayonidir. Import yordamida mamlakat o‘zida yetishmaydigan
yoki kerakli mahsulotlarni tashqi bozordan oladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 198
Oddiy qilib aytganda, import — chetdan mahsulot yoki xizmat sotib olish demakdir.
Bugungi kunda O‘zbekiston chet davlatlar bilan aloqa qilishi natijasida eksport va
import salohiyati belgilab beriladi har bir davlatga alohida yoki birlashgan tarzda. Biz
ushbu qismda O’zbekistonning eksport va importi umumiy salohiyatini yilllar kesimida
ko‘rib chiqamiz. 2019-yilda O‘zbekistonning umumiy eksport summasi 17458687,7
AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda esa 15102281,2 $ dollarni tashkil etgan.
Bunda ko‘rinib turibdiki eksport miqdori ham kamaygan. 2021-yilga kelib 2020-yildagiga
nisbatan biroz eksport summasi ko‘tarilgan, ya‘ni 16662804,3 $ dollarga yetkanini
kuzatishimiz mumkin. Endi Respublikamizda import salohiyatini yillar kesimidagini
ko‘rib chiqamiz. Bunda ham eksport salohiyati singari 2019-yildan boshladim. 2019-
yildagi umumiy import summasi 24292321,3 AQSH dollarini tashkil etgan va 2020-yilda
esa bu ko‘rsatkich kamayib ketganligini ko‘rsak bo‘ladi, ya‘ni 21153773,6 $ dollarga
yetkan. 2021-yilda import salohiyati keskin darajada oshganini ko‘rsak bo‘ladi, ya‘ni
quyidagi summa orqali 25507715,7 $ dollarni tashkil qilgan bunda asosan 100 tadan ortiq
mamalakatlar bilan aloqa qilingan. Shuni aytib o‘tish joyizki eksport va import salohiyati
yildan yilga o‘zgarib bormoqda, buni yanada oshirishimiz uchun yangi texnologiyalar va
Respublikamizdagi bor mahsulotlarni eksportga jo‘natishimiz kerak. Import salohiyati esa
ko‘p mamlakatlar bilan o‘zaro shartnomlar tuzib mamlakatimizga kerakli texnologiyalar,
rivojlangan
va endi ishga tushmoqchi bo‘lgan transportlarni olib kelish
kerak.Oʻzbekistonning xalqaro yuk tashish oqimi sohasida 2024–2025-yillarda sezilarli
oʻzgarishlar va yutuqlar kuzatildi. Quyida ushbu sohadagi asosiy koʻrsatkichlar, yangi
yoʻnalishlar va infratuzilma rivojlanishi haqida batafsil maʼlumotlar keltirilgan:
Umumiy yuk tashish koʻrsatkichlari
Jami yuk tashish hajmi: 2024-yilda Oʻzbekistonda 1,52 milliard tonna yuk tashildi,
bu soʻnggi besh yildagi eng yuqori koʻrsatkichdir.
Temir yoʻl orqali tashilgan yuk: 2024-yilda Oʻzbekistonning davlat temir yoʻllari
orqali 73,9 million tonna yuk tashildi.
Havo yuk tashish hajmi: 2024-yilda Oʻzbekistonning havo yuk tashish hajmi 85 ming
tonnaga yetdi, bu 2020-yildagi 40 ming tonnaga nisbatan ikki baravardan ortiq oʻsishni
koʻrsatadi.
Xalqaro yuk tashish yoʻnalishlari va loyihalar
1. Trans-Kaspiy xalqaro transport yoʻlagi (TITR)
Yuk oqimi: 2024-yilda Oʻzbekiston va Yevropa oʻrtasida Kaspiy dengizi orqali yuk
tranziti 1,1 million tonnaga yetdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 55% oʻsishni bildiradi.
2. Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston yoʻlagi
Yangi yoʻnalish: 2024-yilda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida Qingdao shahriga yangi
yuk tashish yoʻnalishi ishga tushirildi, bu tezkor va xavfsiz yuk tashishni taʼminlaydi.
3. Oʻzbekiston–Afgʻoniston–Pokiston temir yoʻl loyihasi
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 199
Loyiha tafsilotlari: Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasida 573 km
uzunlikdagi temir yoʻl loyihasi amalga oshirilmoqda, bu yuk yetkazib berish vaqtini
taxminan besh kunga qisqartiradi.
Havo yuk tashish infratuzilmasi
My Freighter Airlines: 2025-yilda My Freighter Airlines kompaniyasi Air Europa
bilan hamkorlikda Tashkent orqali Osiyo va Yevropa oʻrtasida yuk tashishni kengaytirdi.
Bu hamkorlik orqali kompaniya Panama, Mayami, Nyu-York va San-Paulu kabi
yoʻnalishlarga yuk tashishni yoʻlga qoʻydi. Yoʻl transporti va infratuzilma rivoji
Ashxobod bitimi: Oʻzbekiston Ashxobod bitimiga aʼzo boʻlib, Markaziy Osiyo va
Fors koʻrfazi oʻrtasidagi multimodal transport yoʻlagini rivojlantirishda ishtirok etmoqda.
CKU xalqaro avtomobil yoʻlagi: Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston yoʻlagi orqali yuk
tashish faoliyati oshib bormoqda, bu yoʻl Xitoyning Kashgar shahridan Oʻzbekistonning
Andijon shahrigacha choʻzilgan.
FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR:
1.
1.Rustamov, D. (2020).
Transport va logistika infratuzilmasi
. Toshkent: Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti. Transport turlarini o‘zimga kerak bo‘lgan qismini
keltirib o‘tdim.
2. O‘zbekiston iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish akademiyasi.
3.O'zbekiston
Respublikasining
eksport
salohiyati"
RESPUBLIKASINING EKSPORT SALOHIYATI | Архив научных исследований
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy jurnali
4."Qishloq xo'jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyati va uning tashkil etuvchilari"
- ResearchGate platformasida
5."Investitsiyaviy muhit, barqaror o'sish va mintaqaviy savdo" - NORMA.UZ nashri