Mualliflar

  • Asadullayeva Muslima Xayrullo qizi
  • Z.Faxriddinov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106646

Kalit so‘zlar:

Tayanch so‘zlar: Shamoil suvrat siyrat axloq fazilat sahih sunnat hadis.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatlari hamda  “ash-Shamoil an-nabaviyya” asarining yozilishi uslubi va unga sabab bo‘lgan tamoyillar bilan bir qatorda asarning batafsil tavsifi uning tarkibiy qismi yoritilgan. Siyrat hamda hadis ilmidagi zaruriy ma’lumotlarni jamlovchi asar hisoblangan ushbu kitobda bo‘lgan Muhammad payg‘ambarning tashqi ko‘rinishlari, ulug‘ hislatlari, yuksak xulqlari va go‘zal muomalalari batafsil yoritib berilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 87

IMOM TERMIZIYNING “ASH-SHAMOIL AN-NABAVIYYA”

ASARINING TAVSIFI

Asadullayeva Muslima Xayrullo qizi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

“Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi,

Telefon raqami: +998917000649

Ilmiy rahbar:

Z.Faxriddinov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish

ICESCO” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi,

Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)


Annotatsiya:

Mazkur maqolada Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatlari

hamda “ash-Shamoil an-nabaviyya” asarining yozilishi uslubi va unga sabab bo‘lgan
tamoyillar bilan bir qatorda asarning batafsil tavsifi uning tarkibiy qismi yoritilgan. Siyrat
hamda hadis ilmidagi zaruriy ma’lumotlarni jamlovchi asar hisoblangan ushbu kitobda
bo‘lgan Muhammad payg‘ambarning tashqi ko‘rinishlari, ulug‘ hislatlari, yuksak xulqlari
va go‘zal muomalalari batafsil yoritib berilgan.

Tayanch so‘zlar:

Shamoil, suvrat, siyrat, axloq, fazilat, sahih, sunnat, hadis.


Muqaddas zaminimiz azal-azaldan insoniyat tamadduni, ayniqsa, Islom dini va

madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ mutaffakirlarga beshik bo‘lgan.
Xususan, hadisshunoslik ilmi VIII asr va XI asrlarda asosiy va zaruriy ilmlardan biriga
aylangan. Bu davrda Sharqning turli mamlakatlaridan bo‘lgan to‘rt yuzdan ortiq
muhaddislar shu ilm bilan shug‘ullangan. Zamonamizning buyuk muhaddislari sanalmish
Imom Buxoriy (810-870), Imom Muslim (817-875), Imom Dorimiy (789-869), Imom Abu
Dovud (817-889) va Ahmad ibn Hanbal (780-855)dek zotlar aynan shu davrda o‘zlarining
din uchun, ayniqsa, hadis uchun buyuk xizmatlarini olib borgan edilar. Bu muhaddislar
boshlab bergan xayrli ishlarni Imom Termiziy (824-892) ham chuqur mas’uliyat va katta
idrok bilan davom ettirdi.

Buyuk vatandoshimiz muhaddis olim Imom Abu Iso Termiziy hijriy 209 (824)-yili

Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida tavallud topgan. Yoshlik chog‘idanoq ilmga bo‘lgan
qiziqishi hamda idrokli va zakovatli bo‘lganligi bois o‘z tengqurlaridan ajralib turgan.
Ilmga bu darajada muhabbat ortidan, yosh bo‘lishiga qaramay Termiz, Samarqand, Marv,
Buxoro va Movarounnahrning boshqa sharharlarida istiqomat qilib, u yerlardagi muhaddis
va diniy ulamolardan fiqh, tafsir, hadis ilmlarida tahsil olgan. Minglab hadislarni yoddan


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 88

bilgan buyuk muhaddis va hofiz, Islom huquqini qunt bilan o‘rgangan – faqih va olim
bo‘lib o‘zining buyuk xizmatlari bilan islom ravnaqi uchun hissa qo‘shgan

1

.

Muallifning yirik asarlaridan biri “Ash-shamoil an-Nabaviyya” (“Payg‘ambarning

alohida fazilatlari”)dir. Bu asar ba’zi manbalarda “Ash shamoil Muhammadiyya”, “Ash-
shamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vasallam” nomlari bilan ham ataladi. Asar
Payg‘ambar alayhissalomning tashqi suratlari, shaxsiy hayotlari, u zotning siyratlari,
fazilat va odatlariga oid to‘rt yuz sakkiz hadisi sharifni jamlagan qimmatli asardir. Shu
o‘rinda bir manbani aytish kerakki, payg‘ambar alayhissalomning fazilat va odatlari,
shaxsiy hayotlari haqidagi hadislarni to‘plash bilan ko‘plab olimlar, muhaddislar
shug‘ullangan edilar. Lekin Termiziyning bu asarida o‘zgacha fazilat va himmat bilan
yozilgan bo‘lib, u zot Payg‘ambar alayhissalomning fazilatlari va odatlariga oid hadislarni
muntazam ravishda to‘plab, aniq bir tartibga keltirib, yaxlit kitob shaklida tasnif qilgan.
“Ash-Shamoili al-Muhammadiya” asari avvaldan islomning ulug‘ mutafakkir olimlar va
tadqiqotchilar tomonidan turli sharh va tasniflar yozilgan.

Ulardan Abdurauf al-Munoviy al-Misriyning “Sharh ush-Shamoil”, Ali ibn Sulton al-

Haraviy al-Qorining “Jama’ul-vasoil fi sharhi ash-Shamoil”, Sulaymon ibn Umar Mansur
al-Jumalning “Al-Mavohib al-Muhammadiya bi sharhi ash-Shamoil at-Termiziy” kabi
sharhlarni ko‘rsatish mumkin. Bu asarning uslubi aniq va soddaligi bilan ko‘pchilik
asarlardan juda farqlanib turadi. Bu asar muhim tarixiy manba sifatida turkiy va fors
tillariga ham tarjima qilingan. Imom Termiziyning ushbu asariga sharh yozgan mashhur
olim al-Azharning shayxlaridan biri bo‘lgan Ibrohim al-Bojuriy: “Imom Termiziyning
“As-Shamoil al-Muhammadiya” kitoblari o‘z bobida yakkayu yagona asardir. Tartibi va
o‘z ichiga olgan mavzulari jihatidan yagona bo‘lib, nodir kitoblar jumlasidan hisoblanadi.
Asar mazmunan ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, uning birinchi qismiga mansub hadislar
Payg‘ambar alayhissalomning tashqi qiyofalari (suvrat)ga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra,
Payg‘ambar novcha ham, past bo‘ylik ham bo‘lmay, balki o‘rta bo‘yli, peshonalari keng,
har doim yuzlaridan nur yog‘ilib turgandek bo‘lgan, ko‘zlari katta-katta zot bo‘lganlar.
Asarning ikkinchi qismida keltirilgan hadislarda esa Payg‘ambarimiz alayhissalomning
ichki dunyolari va axloqiy fazilatlari bayon qilingan bo‘lib, ularda Muhammad
alayhissalomning axloqiy jihatdan namunaviy, mukammal bir zot ekanliklari, muomalada
u zotning hammaga bir xil bo‘lishliklari va samimiy ekanliklarini bilamiz.

Ushbu asar olim Said Mahmud Taroziy (vafoti 1992-milodiy yil) tomonidan o‘zbek

tiliga tarjima qilingan bo‘lib arab alifbosi va krill yozuvida Toshkent shahrida bir necha
marta nashr qilingan. Har bir mo‘min umri davomida payg‘ambar alayhissalomga
o‘xshashni, u Zot kabi hayot kechirishni xohlaydi. Muhim emasdek, tuyuladigan kunlik
yumushlarda ham u Zot bilan bir xil bo‘lishni chin qalbdan istaydi

2

. Alloh taolo

1

https://mirarabmadrasa.uz/oz/news/558

2

https://mirarab.uz/ruknlar/1950


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 89

Muhammad payg‘ambarni haq din bilan mo‘minlarga rahnamo etib yubordi, chiroyli
xulqlar, oliy fazilatlar bilan ziynatladi. Dunyo va oxirat saodatiga boshlaydigan eng to‘g‘ri
yo‘l Rosuli Akram yo‘llaridir. Eng chiroyli odob u Zot alayxissalom odoblaridir. Shuning
uchun Alloh taolo Rasulullohga ergashishni, u Zotni hurmatlashni mo‘minlar zimmasiga
yuklagan. Sunnati mutaxxaraga ergashish uchun siyratni, jumladan, shamoili nabavviyani
o‘rganish lozim. Bu ilmning fazilati ulug‘, ahamiyati katta. Buyuk muhaddis, Imom
Termiziy “Shamoil nabaviyya” kitobi o‘z bobida tengsiz manbadir. Bu muborak kitob 56
bob, 415 hadisdan iborat. Unda bashariyatning eng afzal vakili, anbiyolar sayyidi
Muhammad payg‘ambardan ulug‘ hislatlari, yuksak xulqlari, go‘zal muomalalari haqidagi
rivoyatlar jamlangan

3

. Ushbu kitob Nabiy alayhissalom shamoillari borasida yozilgan eng

ulug‘ va foydali manba hisoblanadi. Muallif ushbu kitobda mavzuning asl chashmasi, duru
gavharlari va barcha qirralarini keltirib, chiroyli uslubda tartibga solgan va muxtasar holda
jamlagan.

Bunga Ibn Kasir “Bidaya-van-nihoya” kitobida ishora qilib shunday degan: “Insonlar

Rasululloh alayhissalomni shamoillari borasida qadimda ham, hozirda ham aynan shu
mavzuda va bu mavzuga aloqador kitoblarni bitganlar. Mulla Ali Qori kitob haqida:
“Nabiy alayhissalomning axloqlari va shamoillari borasida yozilgan kitoblarning eng
go‘zali Termiziyning Rasululloh siyratlari borasida mukammal tarzda yozilgan jome
muxtasar kitobdir. Bu kitobni o‘qigan kishi U janobning tashqi ko‘rinishini ko‘rgandek va
har bobda U zotning sharafli xislatlarini tasavvur qiladi”, degan. Kitobning yaxshiliklari,
foydalari va samaralari haqida ko‘p naqllar rivoyat qilingan. Shuningdek, oldin ham,
keyinchalik ham ahli ilmlar tomonidan bu kitobga xizmat qilish maqsadida muxtasar,
sharh, tahqiq qilish va nazmga solish kabi turli yo‘nalishlarda katta mehnatlar amalga
oshirildi

4

.

“Shamoil” arabcha “shamila” so‘zining ko‘pligi bo‘lib, “fazilat”, “tabiat”, “xulq-

atvor” ma’nolarini anglatadi. Shamoilning ahamiyati shundaki, kishi unda Rasululloh
sifatlarini ko‘radi, u Zotning Alloh bilan munosabatlari, oila a’zolari, sahobalari bilan
muomalalari qanday bo‘lganini biladi, mahfiy va oshkora xolatlaridan, farovon va qiyin
damlardagi ahvollaridan voqif bo‘ladi. Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: Rasululloh
alayhissalomdan eng katta mezondirlar. Hamma narsa u Zotning xulqlariga, siyratlariga,
yo‘llariga qiyoslanadi. Agar biron ish, xolat yoki fikr u Zot sunnatlariga muvofiq bo‘lsa,
haqdir. Bordi-yu zid kelsa, botildir. Ya’ni har bir so‘z, har bir amal, va xulq uchun sunnat
o‘lchov hisoblanadi. Ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘rililigi sunnat tarozisida tortiladi.
Kimning so‘zi hatti-xarakati, o‘zini tutishi sunnatga muvofiq bo‘lsa, u haq yo‘ldadir.
Kimniki xilof bo‘lsa, uning yo‘li noto‘g‘ri. Rasulullohni tanigan sari u Zotga imon

3

Imom Abu Iso Muhammad Termiziy. Shamoili Muhammadiya. -Sharq: nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2022.-

B.4

4

https://sammuslim.uz/articles/actual/siyrat-ilmining-buyuk-ustozi


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 90

mustahkamlanadi, muhabbat, hurmat ortadi. Chunki banda mahbubini ko‘p eslasa, ko‘z
o‘ngida uning timsoli gavdalanadi, go‘zal siymosini, maqtalgan hislatlarini ko‘rgandek
bo‘ladi va mahbubiga shavqi oshadi.

Xulosa, o‘rnida shuni aytmog‘imiz darkorki, Imom Termiziy biz uchun katta ilmiy

me’ros sifatida qoldirgan bu asarini o‘rganmog‘imiz hamda u orqali nafaqat diniy balki
falsafa, tarix kabi fanlarni chuqur o‘rganish uchun katta poydevor sifatida ko‘rilishini bilib
olish mumkin. Alloh u kishidan va boshqa oldin o‘tgan diniy va dunyoviy bilimlar uchun
o‘z hissalarini qo‘shgan buyuk olimu ulamolardan rozi bo‘lsin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Imom Abu Iso Muhammad Termiziy. Shamoili Muhammadiya. -Sharq:

nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2022. – 528 b.

2.

https://mirarabmadrasa.uz

3.

https://mirarab.uz/

4.

https://sammuslim.uz/


Bibliografik manbalar

Imom Abu Iso Muhammad Termiziy. Shamoili Muhammadiya. -Sharq: nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2022. – 528 b.