Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 46
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CHOLG’U IJROCHILIGI
TO’GARAKLARINI TASHKIL QILISH
O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti
Farg’ona mintaqaviy filiali
Cholg’ushunoslik va nazariy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
Mamarahimov Rustamjon Ibrohimovich
Akademik vokal xonandaligi 1-bosqich Magistratura talabasi
Mamarahimova Sarvinozxon Shuhratjon qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqola prizidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 112-sonli
qaroriga muvofiq umumta’lim maktablarida o’quvchilarning musiqiy ta’limi va
estetikasini rivojlantirishda sinfdan tashqari cholg’u ijrochiligi to’garaklarini tashkil etish
faoliyati,metodikasi,ish olib borish uslublari va o’quvchilar maktabni tamomlaguncha
milliy musiqa cholg’ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahoratini shakllantirish va
bu orqali o’quvchilarda milliy musiqa asboblariga qiziqish uyg’otish va ijrochilik
mahoratini rivojlantirishga qaratilgan maqsad ilgari surilmoqda.
Abstract.
This article focuses on the organization of extracurricular instrumental
performance clubs in general education schools in accordance with Presidential Decree
No. 112 by Shavkat Mirziyoyev. It highlights the activities, methodologies, and
approaches aimed at developing students' musical education and aesthetics. The goal is to
ensure that by the time students graduate, they have mastered the ability to perform at least
one melody on a national musical instrument. Through this, the aim is to spark students'
interest in traditional musical instruments and enhance their performance skills.
Аннотация.
Данная статья посвящена организации внеурочных кружков
инструментального исполнительства в общеобразовательных школах в
соответствии с Постановлением №112 Президента Шавката Мирзиёева. Основное
внимание уделено деятельности, методике и подходам, направленным на развитие
музыкального образования и эстетического воспитания учащихся. Цель состоит в
том, чтобы к окончанию школы учащиеся овладели навыком исполнения хотя бы
одного произведения на национальном музыкальном инструменте. Таким образом,
предполагается пробудить интерес школьников к традиционным музыкальным
инструментам и развить их исполнительское мастерство.
Kalit so’zlar;
pedagogika, musiqiy ta’lim, estetika, to’garak, metodika ,cholg’u
ijrochiligi, musiqiy cholg’u asboblari, ansambl, individual ta’lim.
Keywords:
pedagogy, musical education, aesthetics, club, methodology,
instrumental performance, musical instruments, ensemble, individual education.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 47
Ключевые слова:
педагогика, музыкальное образование, эстетика, кружок,
методика, инструментальное исполнительство, музыкальные инструменты,
ансамбль, индивидуальное обучение.
Maktablarda o’quvchi yoshlarni milliy va estetik ruhda tarbiyalsh uchun ularda
musiqa madaniyati darslariga qiziqish uyg’otish o‘zbek milliy musiqa cholg’u asboblari
va cholg’u ijrochiligiga qiziqishini orttirish maqsadida prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tarafidan qarorlar ishlab chiqilmoqda. 2022/2023 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta
ta`lim muassasalarida milliy musiqa cholg`ularidan kamida bittasida kuy ijro etish
mahorati o`rgatiladi hamda bu haqda ularning ta`lim to‘g`risidagi hujjatiga
(shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Bu borada Davlatimiz rahbari tomonidan –
“Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar
to`g`risida”gi qarori imzolandi. Qarorga ko`ra, 2022/2023 o`quv yilidan musiqa fani uchun
haftasiga belgilangan bir o`quv soati hamda unga qo`shimcha ravishda har hafta milliy
musiqa cholg`ularida kuy ijro etish amaliy to`garaklari va o`tkaziladi. Shuningdek, milliy
cholg`ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o`quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida
kuy ijro etish mahoratiga ega bo`lish musiqa fani o`qituvchilari uchun majburiy
hisoblanadi[1].Shundan ko’rinib turibdiki, an’anaviy musiqa asboblarini asrash va ularni
keyingi avlodga yetkazish dolzarb masaladir va bunda o’qituvchining mahoratli bo’lishi
va bir necha cholg’u asboblarini ijro eta olishi muhim ahamiyatga egadir. Milliy xalq
cholg‘u asboblari ansambli to‘garagining rahbari oldida turgan muhim vazifalardan biri
ishtirokchilarni tanlash va dastlabki ishlarni amalga oshirishdir. Musiqa fani ta'limida xalq
cholg'ularini o'rgatish, milliy madaniyat va merosni saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Xalq cholg'ulari milliy musiqiy madaniyatning ajralmas qismi bo'lib, ular orqali avloddan-
avlodga boy musiqa an'analari yetkaziladi. Zamonaviy ta'limda esa interfaol usullar
yordamida xalq cholg'ularini o'rganish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish
mumkin[2]. Musiqiy to’garaklarni amalga oshirish metodikasi fanning predmeti, bo’lajak
tarbiyachi-o’qituvchilariga kelajak avlodni ma’naviy jihatdan yuksak fazilatlar egasi qilib
tarbiyalash, san’atning qirralari, shakl va yo’llari to’g’risida bilim , ko’nikma va malaka
hosil qilish haqida baxs yuritadi. Musiqiy to’garaklarni tashkil qilish va uni amalga
oshirish metodikasi ijtimoiy fan bo’lib , milliy ong va istiqlol mafkurasini shakllantirishga
hizmat qiladi. To’garaklar tuzish murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir. To’garak
tuzish dastlab tashkiliy ishlardan boshlanadi va o’z doirasiga qator muamolarni qamrab
oladi. Bular ;
-to’garak tuzish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni dastlabki muhokamadan o’tkazish;
-to’garakka qatnashuvchilarni jalb qilish va uning tarkibini to’ldirish;
-yangi tuzilgan to’garak bilan raxbarlarning uchrashuvlarini tashkil qilish;
-to’garakka kiruvchilarning musiqiy bilimlarini tekshirib chiqish[3].
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 48
Yoshi, musiqiy bilimi hamda biror cholg‘u asbobini chala olishi, qo‘shiq kuylay
olishi, raqsga tusha olishi yoki shu soha bo‘yicha tayyorgarligi bor-yo‘qligidan qat’i nazar
barcha xohlovchi o‘quvchilar musiqa to‘garagiga qabul qilinadi. Ular bilan bir necha
marotaba mashg‘ulot o‘tkazish orqali har birining musiqiy qobiliyati darajasi aniqlanadi
va bir necha guruhga ajratiladi[4].
Cholg’u ijrochilgi to’garaklarini tashkil qilish va uni amalga oshirishning asosiy
tizimi quyidagilar bo’lishi lozim.Maktablarda sinfdan tashqari ommaviy tadbirlarni
amalga oshirish uchun avvalambor to’garak ishlarini keng yo’lga qo’yish muhim ahamiyat
kasb etadi. To’garak O’qituvchisining ijro mahoratini ko’rgan o’quvchilarda musiqaga va
cholg’u ijrochiligiga qiziqishi ortib boradi. Darsdan tashqari cholg’u ijrochiligi
to’garaklarini tashkil qilinishi maqsadga muvofiqdir. Darsdan tashqari to’garaklarning
tashkillanishining asosiy sababi 40 daqiqalik dars davomida rejalashtirilgan dars mavzusi
hamda qo’shiq o’rgatishdan tashqari cholg’u ijrochiligini o’rgatish uchun vaqt yetarli
emas.Chunki cholg’u ijrochiligini o’rgatish uchun iqtidorli va qiziquvchan o’quvchilar
uchun to’garaklar ochib ma’lum vaqt oralig’ida individual shug’ullanish kerak. Cholg’u
asboblarida kuy ijro etishni o’rganayotgan o’quvchi uchun va o’rgatayotgan o’qituvchi
uchun guruhli darslar muvofiq emas chunki yangi o’rganayotgan o’quvchi bilan ma’lum
vaqt davomida individual shug’ullanish unda boshlang’ich ko’nikmalarni osonlikcha
o’zlashtirishiga poydevor bo’ladi. To’garaklar tashkil qilinishining asosiy maqsadlaridan
yana biri o’quvchi yoshlarning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishi va vaqtini
qadrlantirish. To’garak ishlarini reja asosida tashkil qilish to’garakning ijobiy natijalarga
erishishini taminlab beradi. O’quvchilarni to’garakka jalb qila olish o’qituvchining ijro
mahoratiga bog’liq.Musiqa ijrochiligini o‘rgatishda o‘qituvchining roli juda muhimdir.
O‘qituvchi uchun boshqa fanlardan ortiqcha bilim, ko‘nikma va qobiliyatlar talab etiladi.
Sozanda bo‘lishning yanada o‘zida pedagogik fikrlash, o‘quvchining ichki dunyosini
tushunish, uning individual xususiyatlarini hisobga olish kabi sifatlarga ega bo‘lish ham
talab etiladi. Cholg‘u ijrochiligidan ta’lim berish o‘qituvchi uchun umumiy pedagogika va
psixologiya sohalaridan ham xabardor bo‘lishi kerak[5].Avvalo o’qituvchi iste’dodli va
cholg’u asboblarida ijro eta oladigan bo’lishi lozim Agar o’qituvchi faqatgina 1 yoki 2
cholg’uda ijro etsa musiqa va san’at maktablaridan mutaxasislarni targ’ibot ishlari uchun
jalb qilish lozim. Ansambl ijrosi ham to’garak tashkil qilinishi uchun muhum ahamiyatga
ega. Ansambl ijrosida milliy kuylarimizni tinglagan o’quvchida tog’arakka qatnashish fikri
paydo bo’ladi.To’garakda bir oy davomida o’quvchilar bilan yakka tartibda shug’ullanib
ularda ko’nikma hosil bo’lgandan keyin o’rgatilgan boshlang’ich kuylarini birgalikta
ansambl bo’lib cholish yo’lga qo’yiladi. Ansambl bo’lib ijro qilayotgan o’quvchining
qalbida milliylikka musiquy cholg’u asboblarimizga mehri oshadi. Bir cholg’u ijrochiligini
o’rganish orqali kelajakka ilk qadamlarini qo’ya oladi.
Xulosa o’rnida aytib o’tish joizki, Har bir xalq o`zining milliy musiqiy merosini
sevsa, ajdodlar an`anasini ardoqlasa, uni munosib tarzda o`zlashtirsa va qadriga yetsa,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 49
o`zga xalqlar san`atini ham baholay oladi. Zero, bizgacha yetib kelgan musiqiy an`analar
avlodlar zanjirining mustahkamligidan dalolatdir. Bu borada xalqimizning ma`naviy
boyligi bo`lgan maqomlar, maqom yo`llariga mansub mumtoz musiqa asarlari hozirgacha
o`zining badiiy va estetik imkoniyatlarini yuqori darajada saqlab kelayotganligini alohida
ta`kidlab o`tish joiz. Ularni o`rganish, tadqiq etish va kelajak avlodlarga yetkazish
zamonamizning talab va eshtiyojida bilgan dolzarb masalalardan biridir. Ma`lumki, o`zbek
xalqining musiqiy madaniyati milliy cholg`ularga boy bo`lib, tanbur, dutor, g`ijjak, nay,
qo`shnay, surnay, chang, qonun, ud, rubob, doira va nog`ora kabi cholg`ular o`zining
mukammalligi bilan mohir ijrochilar amaliyotida munosib o`rin topgan. Chunki har bir
cholg`u o`zining shakllanish tarixi, ijro imkoniyatlari, betakror, jozibali sadolanishi va
muxlislariga ega. Ularning barcha siru—sinoatlarini ilmiy-nazariy tadqiq etish va yosh
avlodga yetkazish har bir murabbiyning muqaddas burchidir[6]. Cholg’u ijrochiligi
to’garaklarini tashkil qilish orqali o’quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash va milliy cholg’u
asboblariga bo’lgan mehr-muhabbatini uyg’otish orqali milliy cholg’uchilik an’analarini
saqlab qolish va avlodlarimizga yetkazib berilishini ta’minlashimiz mumkin. Bu albatta,
kelajak avlodga ma’lum bir kasb-hunar egasi bo’lishlariga zamin yaratish bilan birgalikda
ularda kasb-hunarga yo’naltirish uchun muhim omillardan biri hisoblanadi . Har qanday
to’garak tashkil qilish zamirida o’quvchilarni , yosh avlodni bo’sh vaqtlarini unumli
foydalanish va bilim va ko’nikmalarni egallash, qonunbuzarliklarni oldini olish bosh
masaladir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Nurqanatovna, D. J. (2024, April). BOLALARDA CHOLG'U MUSIQA
IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH. In
Proceedings of International Conference on
Scientific Research in Natural and Social Sciences
(Vol. 3, No. 4, pp. 286-292).
2.
Jurayeva, G. (2024). MUSIQA FANIDA XALQ CHOLG'ULARINI
O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH.
Universal Science
Perspectives International Scientific Practical Journal
,
1
(1).
3.
E.B.Qobilova , Musiqa O’qitish metodikasi
4.
Ro’ziyev, U., & Urunova, M. (2023). MUSIQA TO ‘GARAGINI TASHKIL
ETISH USULLARI.
Центральноазиатский журнал образования и инноваций
,
2
(6
Part 2), 17-21.
5.
Abduraxmonjon, E., & Shavkatovich, T. B. (2024). CHOLG’U IJROCHILIGIDA
IJRO USLUBI KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH.
JOURNAL OF ARTS AND
HUMANITIES
,
7
(1), 90-95.
6.
Nurqanatovna, D. J. (2024, April). BOLALARDA CHOLG'U MUSIQA
IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH. In
Proceedings of International Conference on
Scientific Research in Natural and Social Sciences
(Vol. 3, No. 4, pp. 286-292).