Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 41
OʻSMIRLIK DAVRIDA KASB TANLASH
MUAMMOLARINING YUZGA KELISHI
Rahimova Dilorom Isaqovna
Farg'ona viloyati Buvayda tumani
39-umumiy oʻrta taʼlim maktabning psixologi
Annotatsiya
: Kasb tanlash o‘smirlar uchun muhim muammolardan biridir. Tanlov
doirasi qanchalik keng bo‘lsa, u shunchalik psixologik jihatdan murakkablashib boradi.
Shaxsning subyektiv moyilliklari hamda u yoki bu faoliyatga qobiliyatliligi bir butunlikni
tashkil etadi.
Kalit so’zlar
:
qiziqish, kasbiy yo’nalganlik, motivatsiya, maktab bitiruvchilari, kasb,
ehtiyojtalab kasblar, psixik jarayonlar, ruhiyat.
KIRISH
Qiziqish va moyillik faoliyat jarayonida shakllanadi va o‘zgarib boradi. Biroq
o‘smirlarda yaqqol ifodalangan, barqaror va faol moyillik har doim ham kuzatilmaydi.
Kasb tanlash arafasida turgan o‘smirlarning mazkur sohaga qanchalik mos, moyil ekanligi
faqatgina faoliyat kuzatuv, nazariy tajriba jarayonidagina aniqlanadi. Kasb tanlash
motivlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar juda ko‘p bo‘lib,
ular bir-biri bilan o‘zaro mutanosiblikka ega.
O‘smirning kasb tanlashiga ta’sir etish kuchiga ko‘ra asosiy o‘rinni do‘stlari va
o‘rtoqlari bilan bir-birini tushunish munosabatlari tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinni tez ta’sir
etuvchi ommaviy axborot vositalari - kitoblar, gazeta, jurnal, kinofilm, teleko‘rsatuvlar,
ayniqsa, Internet egallaydi. Uchinchi o‘rinda pedagogik jamoa, sinf rahbari, fan
o‘qituvchilari, ta’lim muassasasi direktori va o‘rinbosarlari, mahalladoshlari turadi.
To‘rtinchi o‘ringa oiladagi bevosita ma’naviy-ma’rifiy muhitni qo‘yish mumkin.
Beshinchi o‘rinni o‘quv fanlarini o‘zlashtirish jarayoni egallaydi. Ya’ni, o‘spirin qanchalik
yuqori darajada o‘zlashtirsa o‘quv fanlari uning kasb tanlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib o‘z
samarasini beradi. Keyingi navbatda darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar, ijtimoiy-foydali va
ishlab chiqarish mehnatini ko‘rsatish mumkin.
O‘smirlarda biror o‘quv faniga ishtiyoq natijasida ularda har xil kasblarga qiziqish
paydo bo‘lgach, tanlangan kasbni o‘zlashtirish bilan bog‘liq fanga qiziqish tobora ortib
boraveradi. Natijada fan to‘garak mashg‘ulotlariga va fakultativ kurslarga qatnashish
ishtiyoqi vujudga keladi. O‘smir bu imkoniyatdan unumli foydalanishi maqsadga muvofiq,
deb ta’kidlamoqchimiz.
Kasb tanlash o‘smirda kasblar olami va ularning insonga hamda uning xususiyatlariga
qo‘yiladigan talablar haqida tasavvurlar bo‘lishini taqozo etadi. Ba’zan ularning har ikkisi
ham o‘smirlarda yetishmasligi mumkin. O‘smirlarda kasblar haqida yaqqol tasavvur
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 42
bo‘lmasligi sababli, ular ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur
bo‘lgan kasb qanday shaxsiy fazilatlarni talab qilishini tushunib yetmaydilar. O‘z
qobiliyatlarini oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun
qanchalik tez va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini
bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish va bartaraf etish
imkoniyatlari mavjud. Bular: kasblarni o‘rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tavsiflash
va aniq qilib ifodalash; o‘qituvchining kasblar bo‘yicha batafsil targ‘ibot ishlari olib
borishi, kasblar yuzasidan maslahatlar berish, o‘smir va uning ota-onasi bilan birga kasbga
yo‘naltirish tadbirlarini ko‘rib chiqishi; o‘smirlarni kasbning asosiy turlari bilan
tanishtirish; psixodiagnostik va kasb tanlash usullarining amaliyotga tatbiq qilishga
moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish; joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash
xonalarini tashkil etish; kasb tanlash targ‘iboti yuzasidan o‘smirlarni ommaviy axborot
vositalariga jalb qilish va psixologik jihatdan tayyorlashdan iborat ta’lim konsepsiyasining
asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
O‘smirlarning qiziqishi, mayli, intilishi, qobiliyati, iste’dodlari asosida tanlagan
kasblariga to‘g‘ri yo‘naltirish ular uchun katta hayotiy masaladir. Kasb tanlash jarayonida
o‘spirinlarga o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik, o‘z kasbining ustalari, murabbiylar
alohida e’tibor berishlari, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishlari kerak. Zero, bu amaliy faoliyat
fuqarolik jamiyati rivojlanishiga xizmat qiladi.
Psixologiya fanida kasbiy shakllanish jarayonini davrlashtirishning bir necha
variantlari ishlab chiqilgan. Bu borada rus olimi T.V.Kudryavsev shaxsning kasbga
munosabati va faoliyatni bajarish darajasi mezoniga ko‘ra kasbiy shakllanishning quyidagi
bosqichlarini ajratib ko‘rsatgan:
1)
kasbiy moyillikning paydo bo‘lishi va shakllanishi;
2)
kasbiy ta’lim va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish;
3)
kasbiy faoliyatga kirishish, jamoada o‘z o‘rnini topishga faol intilish;4) kasbiy
mehnatda shaxsning o‘zini to‘liq namoyon etishi [2; 16].
Mazkur tasnifda keltirilgan har bir bosqichda kasb tanlashga undagan motivlarning
kuchi va sifati muhim ahamiyatga egaligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Rus olimi E.A.Klimov esa insonni mehnat subyekti sifatida talqin etib kasbiy
yo‘nalgan davrlashtirishni quyidagicha asoslab bergan:
1)
o‘yindan oldingi bosqich (4 yoshgacha bo‘lgan davr) – kishining keyingi
rivojlanishi va mehnatga kirishuvi uchun asos bo‘lgan idrok qilish vazifalarini
o‘zlashtirish;
2)
o‘yin bosqichi (5-8 yosh) – inson faoliyatining “asosiy mazmuni”ni
o‘zlashtirish;
3)
o‘quv faoliyatini o‘zlashtirish bosqichi (8-12 yosh) - faoliyatni rejalashtirish,
o‘zini-o‘zi nazorat va tahlil qilish;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 43
4)
optasiya bosqichi (12-17 yosh) – kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasb
tanlash davri;
5)
adept bosqichi (17-20 yosh) –tanlangan ixtisoslik bo‘yicha kasbiy
tayyorgarlik;
6)
adaptant bosqichi (20-23 yosh) –kasbning ichiga kirish va unga ko‘nikish;
7)
Internal bosqich (23-26 yosh) – kasbiy tajriba to‘plash;
8)
kasbiy mahorat bosqichi – mehnat faoliyatini malakali bajarish;
9)
obro‘-e’tibor bosqichi – mutaxassis tomonidan yuqori malakani o‘zlashtirish;
10)
ustozlik bosqichi –mutaxassis tomonidan kasbiy tajribani shogirdlarga berish,
o‘z maktabini yaratish.Shaxsda kasbiy o‘zligini anglash shakllanishini kasbiy mahoratning
vujudga kelishidagi asosiy mezonlardan biri sifatida ham bir nechta bosqichlarni ajratish
mumkin:
1.
Kasblar olami haqidagi aniq – ko‘rgazmali tasavvurlarning paydo bo‘lish
davri.
Bu davr 2,5-3 yoshdan boshlanib 10-12 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Taraqqiyot davomida bolaning ongida kasblar olami haqidagi turli-tuman tasavvurlar
shakllanib boradi. Boshlang‘ich ta’limda esa yetakchi o‘quv-biluv faoliyatida
o‘quvchining kasblar haqidagi tasavvuri va tafakkuri yanada kengayib boradi.
2.
O‘zini kasbiy bilish davri.
Ko‘plab kasblar haqidagi tasavvurlarni o‘zlashtirib olgach, o‘quvchi ularni u yoki bu
shaklda qo‘llay olishi kerak. Kasblar haqida yetarli bilim, ko‘nikma va tayyorgarlikka ega
bo‘lmaganlari sababli ba’zi o‘quvchilar o‘zlarini biror kasbiy sohada namoyon eta
olmaydilar. Biroq ularda yangi yetakchi faoliyat – tengdoshlari bilan muloqot jarayonida
o‘zini bilishga bo‘lgan ehtiyoj yanada kuchli namoyon bo‘ladi. Aynan mana shu ehtiyoj
o‘zini kasbiy sohada ham aniqlashiga ta’sir ko‘rsatadi.
3.
O‘zini kasbiy aniqlash davri.
Ushbu bosqichda kasbiy o‘zlikni anglash yakunlanadi. Bu davr maktabni tugatgandan
keyin ham davom etishi mumkin. O‘quvchida kasbni o‘rganishning aniq yo‘nalishi,
barqaror qiziqishlar, kasbning talablariga mos bo‘lgan shaxs xususiyatlarining shakllanishi
kuzatiladi.
Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o‘ta muhim bosqichi
bo‘lajak kasbni tanlash, ya’ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo‘lgan davrni o‘z
ichiga oladi. Yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi faqatgina yosh xususiyatiga
bog‘liq emas, u ma’lum yoshga kelib o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi.
nsonning kasbiy shakllanishida ijtimoiy vaziyatlar, ma’naviy muhit va yetakchi
faoliyat muhim omil hisoblanadi. Kasbiy ta’lim oila va ta’lim muassasalarida amalga
oshiriladigan kasb tanlangunga qadar davom etgan ta’lim-tarbiya negizida, ya’ni kasb
tanlashga psixologik tayyorlash hamda mehnat faoliyatiga ruhan tayyorgarlikka
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 44
ko‘maklashadigan amaliy vosita, omil sifatida davom ettirilgach, u albatta ijobiy natija
beradi, deb ta’kidlamoqchimiz.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ertangi yosh avlodni
har tomonlama tarbiyalab, kelajakda komil insonlar bo’lib yetishishlarini ko’zda
tutadi.Mustaqilligimizga erishgan yillarimizdanoq yurtimiz ertasi bo’lgan yoshlarga katta
e’tibor qaratila boshlandi va ularga birqator keng imkoniyatlar yaratildi. Mamlakatimiz
prezidenti Sh.Mirziyoyevning yoshlarnning kasb hunar egallashi borasida bildirgan
quyidagi fikrlari ayniqsa etiborga molikdir:
- Mahallalarda 1000 dan ziyod kasb-hunarga o’qitish markazlari tashkil etiladi;
-Kasb-hunarga o’qitilgan har bir shaxs uchun o’quv markazlarida 1 million
so’mgacha subsidiya beriladi.Buning uchun budjetdan 100 milliard so’m ajratiladi;
-O’quv kurslarini tamomlab,o’z biznesini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolarga
uskunalar xarid qilish uchun 7 million so’mgacha subsidiyalar beriladi;
Shuningdek,umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilari ta’lim
olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o’rgatish, o’quvchilarning qiziqish va
qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limini davom ettirishlari yoki
egallagan kasblari bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlariga sharsharoitlar
yaratish bo’yicha chora tadbirlar tashkil qilindi.Ushbu chora tadbirlarga muvofiq umumiy
o’rta maktab,akademik litsey bitiruvchilarida aniq bir maqsadli kasbiy motivlarni
shakllantirish,kasbga yo’naltirish bo’yicha aniq metodikalar o’tkazish va qaysi kasbga
qobiliyatlari borligini aniqlash zarur.
Chunki hozirgi kunda ko’plab holatlarda farzandlar ota-ona majburiyatlaridan kelib
chiqqan holda kasb tanlashga majbur bo’lib kelmoqda. Bilamizki,ota-onalar o’zlari erisha
olmagan kasbini farzandlarida ko’rishni hohlaydi.Bu esa, ertangi kunda farzandlarining
majburan tanlagan sohalarida na yutuqqa erisha olishlarini bildiradi na kelajagiga foyda
berishiga ishonish mumkin.Bunda ,albatta, jamiyatimizda psixologik bilimlarning
yetishmasligini takror va takror ko’ramiz.Shuning uchun ham har biro ota-ona
farzandlarini qiziqish va qobilyatlariga e’tiborli bo’lishlari kerak.Farzandlarining
kelajagiga bee’tibor bolmasliklari zarur va shart deb hisoblayman.Qiziqish-insonlarning
dunyoqarashi,e’tiqodlari,idealari,ya’ni uning oliy maqsadlari,orzu niyatlari,orzu umidlari
bilan bevosita muhim rol o’ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlash
uchun xizmat qiladi.
Yosh avlodni kasb-hunarga yo'naltirish orqali, bo'lajak kasbiy qarorlarni
shakillantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb-hunarga yo'naltirish
ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu tizim
orqali har bir o'quvchi shaxsini kasbga yo'naltirishda individual xususiyatlarni ham xalq
manfaatlari nuqtai nazardan mehnat reurslarini to'laqonli ta'minlash zaruratini hisobga
olish kerak. Lekin bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarni kasbga
yo'naltirishning ilmiy amaliy tizimi yetarlicha ishlab chiqilmagan, ilmiy pedagogik
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 45
asoslari talab darajasida yaratilmagan. Bundan tashqari hozirgi kun talablari asosidagi
tezkor yangiliklar, zamonaviy texnologik o'quv qo'llanmalar, dars ishlanmalari,
ko'rgazmali vositalarning kamligi,kasb tanlash mezon va me'yorining belgilanganligi, kasb
tanlash bo'yicha tezkor aloqning o'rnatilmaganligi kabi muammolar dolzarb masalardan
biridir. Kasb tanlash uchun o'quvchi o'z imkonoyatlarini baholay olish ko'nikmasiga, ya'ni
qiziqishi mos kasblar bo'yicha ma'lumotga ega bo'lishi, bu kasblarning imkoniyatlari,
kelajagi haqida axbort va yangiliklardan xabrdor bo'lishi zarur.
Kasbga yonaltirishda har bir shaxsning individual xususiyatlari, qiziqishlarini,
shuningdek, jamiyatning qaysidir kasbga nisbatan ehtiyojini ta'minlash zarurligini
inobatga olgan holda tanlashni taqozo etadi. Kasbga to'g'ri yonaltirish shaxsning hayotida
to'g’ri yo'lni topishiga imkon beradi.
O'quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash va ularning kasb-hunarni
o'zlarining qobiliyatlariga yarasha to'ri tanlashlariga erishish uchun maktab
o'qituivchilarining
pedagogik
mahorati,
bilim
saviyasi,
perseptiv,
akademik,
kommunikativ kabi qobiliyatlari yuqori bo'lishi, kasblar bilan bog'liq fan to'garaklarining
faoliyatini rivojlantirish, maktablarda kasb - hunar to'risidagi ma'ruzalarni tashkillash o'z
natijasini beradi, shuningdek, maktablarda " Kasbim faxrim", "Kasbim kelajagim dasturi"
kabi mavzularda seminar - trening mashg'ulotlari, suhbatlar va munozaralar o'tkazilishi,
uchrashuvlar, kasb - hunarga oid ko'rgazmalar tashkil etilishi, o'quvchilarda kasb tanlashga
qiziqish hamda ishtiyoqini uyg'otadi. Umumta'lim maktablarida o'quvchilarni kasb
hunarga yo'naltirish ishlari maktab rahbariyati bilan birgalikda maktabning amaliy
psixologi, kasbga yo'naltiruvchi mutaxassislar va o'qituvchilar bilan birgalikda amalga
oshiriladi.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, respublikamizda amalga oshirilayotgan
bunyodkorlik ishlarining zamirida davlatimizni yetakchi demokratik davlatlar
ko'rsatkichiga chiqarish bosh maqsadi yotibdi. O'quvchilarda o'zlarining qiziqishlari
asosida kasb tanlashga yo'llash bugunning dolzarb masalalaridir. Mehnat ta'limi darslari
va tabiiy fanlarni o'qitishda o'quvchilarni kasbga yo'llash imkoniyatlari chegaralanganligi
sababli ularni to'garak faoliyatida amalga oshirish mumkin.To'garaklarda o'quvchilarni
bajaradigan faoliyatidan kelib chiqib kasblarga yo'naltirish imkoniyatlari kattadir.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
“O'QUVCHILARNI KASBGA YO'NALTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI” Aziza
Mirzabekovna Sayubova
2.
Abduvakilovna K. U. et al. O'SMIRLARDA SALBIY XULQ-ATVOR NAMOYON
BO'LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI //Journal of new century innovations. – 2022. –
Т. 19. – №. 2. – С. 87-90.
3.
Abduvakilovna K. U. et al. OLIY OʻQUV YURTI TALABALARIDA KASBIY VA AXLOQIY
SIFATLARI
SHAKLLANISHINING
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
TAJRIBA
ISHLARI
NATIJALARI //Journal of new century innovations. – 2022. – Т. 19. – №. 2. – С. 95-98.