Mualliflar

  • Tojiddinov Kamolidin Sadritdin o‘g’li
  • Sodiqov Jo’rabek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106674

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘z: Qur’oni Karim jamiyat barqarorlik gender tengligi tamoyil oyat adolat.

Annotasiya

Annotatsiya: Maqolada dunyoda jamiyat barqarorligini ta’minlash borasida Qur’oni karimda kelgan oyatlar tahlilini va olimlarning ayrim tadqiqotlari asosida yuzaga xulosalari keltirilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 135

ISLOM MANBALARIDA JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHGA

DOIR OYATLAR TAHLILI (Qur’on karim misolida)

Tojiddinov Kamolidin Sadritdin o‘g’li

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

“Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabasi,

Ilmiy rahbar

:

Sodiqov Jo’rabek

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

“Islomshunoslik va islom svilizatsiyasini o’rganish ICESCO”

kafedrasi dotsenti, Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya:

Maqolada dunyoda jamiyat barqarorligini ta’minlash borasida Qur’oni

karimda kelgan oyatlar tahlilini va olimlarning ayrim tadqiqotlari asosida yuzaga
xulosalari keltirilgan.

Annotation:

The article presents the analysis of the verses of the Holy Qur'an about

ensuring the stability of society in the world and the conclusions based on some researches
of scientists.

Аннотация:

В статье представлен анализ аятов Священного Корана об

обеспечении стабильности общества в мире и выводы, основанные на некоторых
исследованиях ученых.

Kalit so‘z:

Qur’oni Karim, jamiyat, barqarorlik, gender tengligi, tamoyil, oyat,

adolat.

Ключевые слова:

Священный Коран, общество, стабильность, гендерное

равенство, принцип, аят, справедливость.

Key words:

Holy Quran, society, stability, gender equality, principle, verse, justice.


Ma’lumki dunyoda turli tabaqalardagi insonlar umrguzaronlik qiladi. Ularning

dunyoqarashi, dunyoda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va barcha sohalardagi
voqeliklarga bo’lgan munosabati turlicha. Barcha mavjud qonun-qoidalar asosida hayot
kechirilmasa, turli ijtimoiy, g’oyaviy masalalarda ixtiloflar, kelishmovchiliklar yuzaga
kelishi mumkin. Islom ta’limotida Odam yaratilganidan boshlab oxirgi zamon ummatlari
ya’ni Muhammad alayhissalom davrigacha yashab o’tgan xalqlarga shariat, muqaddas
kitoblar yuborilgan. Qur’oni karimda ham ijtimoiy barqarorlik, bag’rikenglik, oilada er-
xotin munosabatlariga oid oyatlar mavjud. Masalan bugungi kunda gender tengligi
masalalariga bo’layotgan munosabatlar turlicha. Lekin Qur’oni Karim oyatlari asosida
tadqiqotchilarimiz bu borada ham o’z munosabatlarini quyidagicha bildirib o’tishgan:

“Ma’lumki Qur’oni karimda jumlalarni qismlarga ajratib ta’riflash an’anaviy

bo’lmagan. Har bir tilde, jumladan arab tilida ham erkak kishilar va xotin-qizlarga
murojaat qilganda soddagina xonimlar va janoblar deya qolishadi. Ammo, oyatlarni


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 136

ko’rganimizda har bir jins vakillarining tengligi, Alloh taolo huzurida hurmatga
sazovorligini ta’kidlash maqsadida, aytaylik, erkak kishining belgilari va xususiyatlarini
tavsiflovchi so’zlar (sifatlar) bekam-ko’st, aynan ayollarga ham tegishli tarzda ifodalanadi.

Ya’ni:

Erkaklar

Ayollar

Muslim

Muslima

Mo’min

Mo’mina

Itoatli

Itoatli

Rostgo’y

Rostg’oy

Sabrli

Sabrli

Tavozu’li

Tavozu’li

Sadaqa qiluvchi

Sadaqa qiluvchi

1


Qur’on karimda jamiyat barqarorligini ta’minlashga oid ko‘plab oyatlarni uchratamiz.

Ularning barchasi qadimdan musulmonlar o’rtasida asosiy ijtimoiy qadriyatlarni, insonlar
o‘rtasidagi adolatli munosabatlarni va ma’naviy tarbiyani ta’minlash orqali jamiyatning
barqarorligini mustahkamlaydi. Quyida Qur’onda jamiyat barqarorligini ta’minlashga
qaratilgan ba’zi asosiy oyatlar va ularning tahlili keltirilgan:

1.

Insonlarni adolatga chaqirish bo’lib, unga Qur’ondagi Niso surasi, 135-oyat

oyat misol bo’ladi:

“Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing xamda agar o’zingiz, ota-onangiz va

qarindoshlaringiz ziddiga bo’lsa ham, Alloh uchun to’g’ri guvohlik beruvchi bo’ling. Agar
u boy bo’lsa xam, kambag’al bo’lsa ham, Alloh unga yaqinroqdir, Havoyi nafsga ergashib,
adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o’girib ketsangiz, albatta, Alloh
nima qilayotganingizdan xabardordir”

2

.

Bu oyatda adolatli bo’lish muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof qiladi. Zero

Allohning “al-Adl” sifati bilan barchaga munosabat qilishi haqidagi ma’lumotlar kishini
xulosa qilishga undaydi. Adolat jamiyat barqarorligining eng asosiy unsurlaridan biri
hisoblanadi, chunki u kamsitish, zo‘ravonlik va tengsizliklarning oldini olishga yordam
beradi. Qur’on adolatni nafaqat yaqinlariga nisbatan, balki har qanday holatda, xatto o‘z
manfaatlariga qarshi ham amalga oshirishni talab qiladi. Bu esa jamiyatda barqaror va
sog‘lom munosabatlarni mustahkamlaydi.

1

N.J.Yusupova, B.B.Mamadiyev, M.M.Haydarov. Islomda gender tengligining o'ziga xos tamoyillari. [Matn]: qo’llanma/ –

Toshkent: Baktria press, 2022. – 176 b.

2

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qur’oni karim va o’zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi”. - Istanbul: “ACAR

BASIM VE CILT SAN.TIC.A.Ş” bosmaxonasi, 2017. – B. 399.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 137

2.

Halollik va boshqalarning haqqiga rioya qilish haqida Baqara surasining 188-

oyatida quyidagicha aytiladi:

“Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo’l bilan yemang. Bilib turib odamlarning

mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun xokimlarga gunoxkorona tashlamang”

3

.

Bu oyat insonni halollikka, boshqalarning haq-huquqlarini buzmaslikka chaqiradi.

Mol-mulkni nohaq yo‘l bilan olish, pora berish kabi illatlar jamiyatning ijtimoiy
muvozanatini buzadi. Qur’oni karimda bunday amallardan tiyilish kerakligi, jamiyatda
barqarorlik va o‘zaro ishonchning kafolatlanishi ta’kidlangan.

3.

G‘iybat va ig‘vogarlikdan tiyilish haqida Hujurot surasining 12-oyat-oyatida

quyidagicha qaytariq bor:

“Ey, iymon keltirganlar! Ko’p gumonlardan chetda bo’linglar, chunki ba’zi gumonlar

gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g’iybat qilmanglar. Sizlardan
birortalaringiz O’zining o’lgan birodarining go’shtini yeyishni yaxshi ko’rurmi? Xa,
yomon ko’rasizlar. Allohdan qo’rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko’p qabul qiluvchi va
rahimlidir”

4

.

G‘iybat, ig‘vo va gumon jamiyatda bo‘linish va nizo keltiradigan salbiy

xususiyatlardir. Qur’on bu kabi xulqlarni taqiqlaydi, chunki ular ijtimoiy aloqalarni
zaiflashtiradi va odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yo‘qotadi. Bu oyat jamiyat a’zolarini
tinch-totuvlikda yashashga undaydi.

4. Mo’tadil bo’lish va kechirimlilik fazilati haqida Baqara surasining 143-oyatida

shunday deyiladi:

“Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo’lishingiz va Pay’ambar sizlarning

ustingizdan guvoh bo’lishi uchun o’rta millat qildik. Sen avval yuzlangan qiblani, faqat,
ortga burilib ketadiganlar kim-u, Payg’ambarga ergashuvchilar kim ekanini bilish
uchungina qilganmiz. Garchi bu ish Alloh hidoyatga solganlardan boshqalarga og’ir bulsa
ham. Alloh iymoningizni zoye qilmas. Albatta, Alloh odamlarga Mehribon va
Rahimlidir”

5

.

Bu oyat ummatga mo’tadillikni buyuradi. Mo’tadillik– ortiqcha talablardan va

haddan oshirishdan tiyilishdir. Jamiyatdagi muvozanat va barqarorlikni saqlash uchun
Qur’on mo’tadillikni targ‘ib qiladi, bu orqali har bir kishi bir-birining haq-huquqini tan
oladi va murosali yashaydi.

3

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qur’oni karim va o’zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi”. - Istanbul: “ACAR

BASIM VE CILT SAN.TIC.A.Ş” bosmaxonasi, 2017. – B. 399.

4

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qur’oni karim va o’zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi”. - Istanbul: “ACAR

BASIM VE CILT SAN.TIC.A.Ş” bosmaxonasi, 2017. – B. 399.

5

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qur’oni karim va o’zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi”. - Istanbul: “ACAR

BASIM VE CILT SAN.TIC.A.Ş” bosmaxonasi, 2017. – B. 399.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 138

5. Yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish haqida Oli Imron surasi 104-

oyatda quyidagicha chaqiriq bor:

“Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, amru ma’ruf, nahiy munkar qiladigan bir ummat

bo’lsin. Ana o’shalar, o’zlari najot topuvchilardir”

6

.

Qur’oni karim jamiyatda yaxshilikni targ‘ib qiladigan, odamlarga yomonlikdan

qaytaradigan bir guruhning bo‘lishini tavsiya etadi. Bunday jamoa yomonliklarning oldini
olish va jamiyatda ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarni tarbiyalashda muhim ro’l o‘ynaydi.
Qur’oni karimdagi bu oyatlar insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi va har bir a’zosi yaxshi
munosabatda bo‘lishi uchun yo‘riqlar beradi. Yolg‘on va nifoqdan tiyilish, muhtojlarga
yordam, adolatni saqlash, va mehr-oqibatni kuchaytirish orqali Qur’oni karim insonlarni
jamiyat barqarorligini mustahkamlashga chaqiradi.

Shundan kelib chiqib, yoshlarda ijtimoy tarbiya muhitini shakllantirish zarur. Bu

haqda Shayx Usmonxon Temurxon o’g’li Samarqandiy quyidagicha yozadi:

Ijtimoiy tarbiyaning amaliy uslublari nimalardan iborat? Bu uslub to’rt ishda

ko’rinadi.

1. Fazilatli qalbni tarbiyalash.
2. Boshqalar haqiga rioya qilish.
3. Umumijtimoiy odoblarni o`rgatish.
4. Nazorat va ijtimoiy tanqid

7

.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ijobiy xulosa chiqarib, amaliyotga tatbiq qilsak,

dunyoda jamiyat barqarorligini ta’minlashga hissa qo’shgan bo’lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qur’oni karim va o’zbek tilidagi
ma’nolari tarjimasi”. - Istanbul: “ACAR BASIM VE CILT SAN.TIC.A.Ş”
bosmaxonasi, 2017. – B. 399.

2.

N.J.Yusupova, B.B.Mamadiyev, M.M.Haydarov. Islomda gender tengligining o'ziga
xos tamoyillari. [Matn]: qo’llanma/ – Toshkent: Baktria press, 2022. – 176 b.

3.

Shayx Usmonxon Temurxon o‘g‘li Samarqandiy. Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi
ma’nolar tarjimasi. Turkiya, Ankara, 2021.

6

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qur’oni karim va o’zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi”. - Istanbul: “ACAR

BASIM VE CILT SAN.TIC.A.Ş” bosmaxonasi, 2017. – B. 399.

7

Shayx Usmonxon Temurxon o‘g‘li Samarqandiy. Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi. Turkiya, Ankara,

2021.

Bibliografik manbalar

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qur’oni karim va o’zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi”. - Istanbul: “ACAR BASIM VE CILT SAN.TIC.A.Ş” bosmaxonasi, 2017. – B. 399.

N.J.Yusupova, B.B.Mamadiyev, M.M.Haydarov. Islomda gender tengligining o'ziga xos tamoyillari. [Matn]: qo’llanma/ – Toshkent: Baktria press, 2022. – 176 b.

Shayx Usmonxon Temurxon o‘g‘li Samarqandiy. Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi. Turkiya, Ankara, 2021.