Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 124
ISLOM HUQUQIDA OZODALIKNING MAZMUN-MOHIYATI
VA ASOSIY VAZIFALARI
Mansurov Umar Foruq
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Тел:
+998977501254
Email:umarforuqmansurov1
THE CONTENT AND MAIN FUNCTIONS OF
FREEDOM IN ISLAMIC LAW
Mansurov Umar Foruq
International Islamic Academy of Uzbekistan
4nd stage student of Islamic studies
Phone:
+998977501254
Email: umarforuqmansurov1
Islomda musulmonlarning pokiza, toza bo‘lishlariga, hamisha har joyda pok yurish-
turishlariga katta e’tibor bilan qaraladi. Chunki Alloh taolo Payg‘ambar Muhammad
(s.a.v)ga shunday buyurgan. Sababi Islom dini pokizalik, go‘zallik ustiga qurilgan. Poklik
– mo‘minnig ko‘zgusi
. “
Poklik – iymondandir”
,-
degan Rosululloh (s.a.v).
Islom musulmonlarning toza, pok bo‘lishlarini ta’minlashda eng mayda-chuyda “ikir-
chikir”larigacha aralashgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v) sunnatlari orqali bu sohadagi yo‘l-
yo‘riq va ko‘rsatmalarni targ‘ib qiladi.
ASOSIY QISM
Allohning mo‘min zimmasidagi haqqi yetti kunda barcha a’zosini to‘la yuvib, g‘usl
qilishdir. Islom dinida er-xotin munosabatidan keyin, bulg‘anib qolganda ham g‘usl qilish
vojib amal hisoblanadi. Mo‘ylovlarni qisqartirish, tirnoq olish, qo‘ltiq va kindik osti
mo‘ylarini tozalash, xatna qildirish, misvok tutish kabi ishlar musulmonlarga shart qilib
qo‘yilgan.
Og‘iz-tishlarni toza tutishga alohida e’tibor berilgan. Arok daraxtining
shoxchalaridan tayyorlangan maxsus tish tozalash vositasi sifatida misvokdan foydalanish
sunnatdir.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 125
Payg‘ambar (s.a.v): “
Tishlaringizni misvok bilan tozalab yuringlar va tozalikka odat
qilinglar”, “Agar ummatimga mashaqqat bo‘lmaganida edi har namozdan oldin misvok
qilishga
(
ya’ni tish tozalashga
)
buyurar edim”,
deb ta’lim berganlar
1
.
Rosululloh (s.a.v)ning bu ko‘rsatmalari bejizga bo‘lmagan. Misvok tekshirib
ko‘rilganda, unda ko‘plab foydali va xushbo‘y moddalar borligi aniqlangan. Vaholanki,
hozirgi zamonaviy tish cho‘tkalari G‘arbda 1806-yildan urfga kira boshlagan
2
.
Musulmonlar kuniga bir necha marta yuvinib tozalanadilar, haftasiga albatta
hammomda yoki uylarida g‘usl qiladilar. Kiyimlarini, hovli-joylarini, ibodat o‘rinlarini
toza tutadilar. Chunki bu - islomning talabi. Islom esa tozalik dini, pokizalik esa dinning
yarmidir.
Musulmonlar tozalik haqida ana shunday bosh qotirib yurishganida, Yevropada
kishilar yuvinmasdan, yiliga bir marta paxtani ho‘llab artinishgan, cho‘qintirish paytidagi
maxsus “vaftiz” suvining ta’siri ketib qolmasin, deb suvdan seskanishgan. Hattoki
mashhur Versal saroyida umuman hojatxona bo‘lmagan. O‘rta asrlar Fransiyasida saroy
va teatrlarning birortasida ham hojatxona bo‘lmagan bir paytda, Istanbulda 1400 ga yaqin
shunday joy bo‘lgan.
XVI asrda Xollandiya
3
elchisi Baron de Busbek Usmoniylar mamlakatiga safaridan
so‘ng shunday degan ekan:
“E, bu odamlarning kasal bo‘lishi aniq baliqlar kabi suvda
“shalop shulup” qilib yuvinishadi, shunchalar ham ko‘p yuvinish mumkinmi?”
4
.
Usmonli saltanati shaharlarida sardobalarga o‘xshash, har biri san’at darajasiga
ko‘tarilgan yuzlab chashmalar
5
bo‘lgan. Ibrohim Rafiqning “
Tarix shuuri
” kitobida
yozilishicha, Valiy laqabli Boyazid ikkinchi hukmronligi davrida Istanbulga Moskva
Knyazining Mixail Plachnet ismli elchisi tashrif buyurgan. Undan yoqimsiz hid anqib
turgani sababli uni yuvintirish uchun hammomga olib borishgan. Umrida hammomni
ko‘rmagan elchi yuvinishga, ich kiyimlarini almashtirishga ko‘nikolmay, hammomdan
qochib chiqqan va tezda Istanbulni tark etgan
6
.
1600 yillarida Ispaniya inkvizitsiya
7
si musulmonlarni ommaviy qirg‘in qilgani
tarixdan ma’lum. G‘arb tadqiqotchilarning kundaliklarida yozilishicha, johil hukmdorlar
musulmon ispanlarni tozaliga, qo‘ltiq osti mo‘ylarining olinganiga qarab, nasroniylardan
ajratib qatl qilgan ekan
8
.
Payg‘ambar (s.a.v) kechqurun yotishdan oldin suv va taom solingan idishlar ustini
yopishni, siniq, darz ketgan idishlarni ishlatmaslikni buyurganlar. O‘sha joylarda turli
1
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. – Toshkent.: Hilol nashr, 2009. – 72 b.
2
G‘. G‘ofurov. Sharq javohirlari. – Toshkent.: Ma’naviyat, 2000. – 84 b
3
Hozirgi Niderlandiya davlati, ya’ni Gollandiya.
4
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. – Toshkent.: Movarounnahr, 2009. – 299 b.
5
Zamonaviy tahoratxonalar.
6
Ahmad Bobomurodov. Komil insonlar yo‘lidan. – Toshkent.: Movarounnahr, 2003. – 73 b.
7
Katolik cherkovi erkin fikrlilarga, papa hokimiyati dushmanlariga qarshi kurashish uchun ta’sis etilgan maxsus muassasa.
XIII
asrda tuzilgan
.
8
N.Komilov. Tasavvuf. G‘oyiblar xaylidan yongan chiroqlar / to‘plam /. – Toshkent.: O‘zbekiston, 1994. – 22 b.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 126
zararli narsalar (mikroblar) bo‘lishini hali zarrabin
9
kashf etilmasdan o‘n to‘rt asr avval
aytganlar. U zot ovqat oldidan va keyin qo‘l yuvish, ovqatga puflamaslik, xotirjam o‘tirib
ovqatlanish, taomni issig‘icha iste’mol qilmaslikka ham targ‘ib qilganlarki, bularning
hammasida hikmat bor.
Vaholanki, g‘arbda ovqatlanish sohasidagi madaniyat juda orqada edi. Birgina misol
keltirib o‘tish kifoya: o‘rta asrlarda Brandenburg shahzodasi aslzodalarni o‘z saroyidagi
ziyofatga chorlar ekan, taklifnomaga:
“Go‘sht yegandan keyin suyakni orqaga otish yo‘q,
yog‘li og‘izni yeng bilan artish yo‘q, tovoqni ko‘tarib, ostiga tupurish yo‘q”
, deb izoh
yozishga majbur bo‘lgan ekan.
Poklikning fazilati.
Poklik –
“tahorat”
so‘zi lug‘atda “tozalik va ozodalik”
ma’nosini anglatadi. Shariatda esa, u tahorat, g‘usl, tayammum kabi namoz o‘qish uchun
poklanishga aytiladi
10
.
Islomda poklik asosiy omillardan hisoblanadi. Islom poklik va poklanish ishlariga
o‘ta jiddiy qaraydi. Dunyoda islomdan boshqa hech bir din, tuzum yoki falsafa poklikni va
ozodalikni iymon darajasiga ko‘tarmagan.
Islomda ibodatlarning qabul bo‘lishi poklik asosida ado etilishiga bog‘liq. Alloh
nazdida poklik yo‘lida qilingan har bir ish, yuqori baholanadi va uni qilgan kishiga ulkan
ajr-savoblar, oliy martabalar beriladi.
Alloh taoloning kitobida:
“Unda poklanishni yaxshi ko‘radigan erlar bor. Alloh
poklanuvchilarni yaxshi ko‘radi”,-
deyilgan
.
11
Bu oyati karimaning o‘zi barcha insonlar poklik uchun intilib, butun dunyo poklanish
sari yuz tutishi uchun yetarli! Musulmonlar Qur’onga amal qilib yashasalar ana shundoq
bo‘ladi!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘zlarining muborak hadislaridan birida :
“Poklik iymonning
yarmidir”,
deganlar
12
.
Islomda iymonning qadr-qimmati qanchalik yuqori ekanini yaxshi bilamiz. Poklik
iymonning yarmiga tenglashtirilgandan ham Islom dini ozodalik, poklik va tozalikka
qanchalar e’tibor berganini bilib olsak bo‘laveradi.
Payg‘ambar (s.a.v):
“Albatta, ummatim qiyomat kuni tahoratning asaridan
peshonalari oppoq va oyoq-qo‘llaridan nur taralib turgan hollarida chaqirilurlar. Bas,
sizdan kim o‘z peshonasidagi qashqasini uzaytirishga qodir bo‘lsa, shuni qilsin”,-
dedilar
13
.
Payg‘ambar (s.a.v):
“Vaqtiki, musulmon yoki mo‘min banda tahorat qilsa, bas, u
yuzini yuvganida o‘sha suv yoki o‘sha suvning oxirgi qatrasi ila uning ikki ko‘zining nazari
orqali qilgan xatolari yuzidan to‘kiladi. Vaqtiki, ikki qo‘lini yuvsa, o‘sha suv yoki o‘sha
9
Mikroskop
10
Jaloliddin Rumiy. Ichindagi ichinda. – Toshkent.: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2018. –212
11
Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Sano standart, 2021. – 124 b.
12
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. – Toshkent.: Hilol nashr, 2009. – 42 b.
13
Rizouddin ibn Faxriddin. Javome’ul kalim. – Toshkent.: Movarounnahr, 2004. –38 b.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 127
suvninig oxirgi qatrasi ila uning ikki qo‘li bilan qilgan xatolari to‘kiladi.Vaqtiki, ikki
oyog‘ini yuvsa, o‘sha suv yoki o‘sha suvning oxirgi qatrasi ila ikki oyog‘i bilan yurib
qilgan xatolari to‘kiladi. Shundoq qilib, u gunohlardan pok bulib chiqadi”,
-
dedilar
14
.
Tashqi a’zolarni pok tutish.
Tahorat, eng avvalo, Alloh taolo tomonidan amr qilingan
ibodatdir. Tahorat poklik demakdir. U insonni go‘zal qiladi. Sog‘lom bo‘lishini
ta’minlaydi va yana boshqa ko‘plab foydalar keltiradi. Tahorat qilish faqat Allohga qurbat
hosil qilishdan oldin badanini poklashdan iborat emas, balki tahoratning o‘zi Allohga
qurbat hosil qilishdir. Namozdek ulug‘ ibodatga, Alloh taolo bilan bevosita muloqotga,
munojotga jisman va ruhan poklanib, tayyorgarlik ko‘rishdir. Alloh taolo Moida surasi 6-
oyatida shunday marhamat qiladi;
“Ey iymon keltirganlar, namozga turgan vaqtingizda
yuzlaringizni va qo‘llaringizni chig‘anoqlarigacha yuving, boshlaringizga mas’h torting
va oyoqlaringizni to‘piqlarigacha (yuving)”.
15
She’riyat sultoni Alisher Navoiy o‘zlarining “Arba’iyn” deb nomlangan kitoblarida
poklik haqidagi Payg‘ambar (s.a.v.)ning hadislarini she’riy tarzda ifodalaganlar
16
:
Gar hamisha tahorating bo‘lsa,
Arig‘ay foqa
17
chirki ul suvdin.
Tohir o‘l, istasang fuzun
18
ro‘ziy
19
.
Xosir
20
ulkim, iturdi
21
bu so‘din
22
.
Alloh taolo Moida surasi 6-oyatida:
“ Agar junub bo‘lsangiz, bas, poklaning”,
dedi
23
.
“G‘usl” so‘zi lug‘atda biror narsaning ustidan suv oqizmoq degan ma’noni anglatadi.
Shariatda esa, Alloh taologa qurbat niyatida badanning hammasiga suv oqizishga aytiladi.
G‘uslning shariatimizda vojib qilinishining hikmatlari ko‘p.
G‘uslning farzlari bayoni
24
Har kimsa bo‘lsa gar donoyu oqil,
G‘uslda uch narsa farzdir unga bil:
Og‘izu burunni chaymoq avvalo,
So‘ng barcha uzvni yuvgay jo-bajo.
Alloh taolo:
“Va junub holingizda, to g‘usl qilmaguningizcha (masjidda turmang)
magar yo‘ldan o‘tsangiz”
,
degan
25
.
Ichki dunyosini pok tutish.
14
Rizouddin ibn Faxriddin. Javome’ul kalim. – Toshkent.: Movarounnahr, 2004. –42 b.
15
Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Sano standart, 2021. – 124 b.
16
Alisher Navoiy. Arba’in. – Toshkent: Meros, 1991. – 42 b.
17
Qashshoqlik
18
Ortiq, ziyoda
19
Rizq
20
Ziyon ko‘rguvchi
21
Yo‘l yo‘qotdi
22
Poklik yo‘li
23
Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Sano standart, 2021. – 424 b.
24
Alisher Navoiy. Arba’in. – Toshkent: Meros, 1991. – 52 b.
25
Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Sano standart, 2021. – 419 b.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 128
Chun aylasang tahorati zohir,
Botiningni ham Haq qilur tohir.
26
Payg‘ambar (s.a.v):
“
Alloh taolo yoqimlidir, yoqimlilarni yaxshi ko‘radi. Pokizadir
pokizalarni yaxshi ko‘radi. Saxiydir, saxiylikni sevadi. Jo‘marddir, jo‘mardlikni suyadi.
Eshiklaringiz oldini ozoda tutinglar, yahudiylarga o‘xshab axlat va iflos narsalarni
eshiklaringiz oldida yig‘ib turmanglar
”, - dedilar
27
.
Islom dinida birinchi maqsad qalbni yomon xulqlardan poklash bo‘lsa, tashqi
poklikning qalb poklanishiga katta ta’siri bor. Ushbu hikmat uchun bo‘lsa kerak,
Rosululloh (s.a.v) eshik oldini, uy atroflarini pok tutish, axlat yig‘maslik haqida nasihat
qiladilar.
Rosululloh (s.a.v) zamonlarida yahudiylar ozodalikka ko‘p ahamiyat bermas edilar.
Modomiki, shunday ekan, demak tariqat va haqiqat
Ichki dunyosini pok tutish
zaruriy
ehtiyoji, shari’at darajasi qoniqtirmaydigan, jondan kechib ishq sharobini ichishga tayyor
turgan alohida shaxslarning tanlagan yo‘lidir.
Alloh taolo Hijr surasi, 29-oyatda marhamat qiladi:
“Uning ichiga o‘z
(dargohimdagi) ruhimdan kiritdim”.
28
Shunday qilib, ruh ilohiy bo‘lib, u bu dunyoga imtihon va poklanish uchun
yuborilgan. Ruh Allohni qalban zikr qilish va ishq orqali poklanadi. Ruh o‘zining ilohiy
makoniga qaytishi uchun poklanishi zarur.
Ruh Rabboniy ish hisoblanadi. Haq taolo Isro surasi, 85-oyatdamarhmat qiladi: Alloh
taolo:
“(Ey, Muhammad) Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: Ruh faqat Robbimning
ishidandir. Sizlarga esa oz ilm berilgandir”,
- deb marhamat qildi.
29
Ham ruhan, ham jismonan poklangan, qalbini poklagan inson go‘zal axloq, yuksak
odob sohibiga aylanib, komil inson darajasiga yetadi
30
.
Yuksak ongli va ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, jismonan va ruhan poklangan
insonni komil inson deyish mumkin.
Poklik - iymon belgisi.
Hanafiy mazhabining asoschisi Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit
ya’ni, Imom A’zam rohmatullohi alayhining, naqadar zukko, oliy idrok sohibi, taqvoda
va halollikda komil inson bo‘lganliklarini musulmon olami yaxshi biladi. U zotninig otalari
Sobit haqida bir rivoyat borki, u bir necha asrdan buyon halollikning, poklikning yorqin
timsoli sifatida tildan-tilga o‘tib kelayotir.
Sobit tahoratni ham to‘xtatib, olma oqib kelgan tomonga yuribdilar. Biroz yursa
ro‘paradan bir bog‘ chiqibdi. Bog‘da suv tarab yurgan bog‘bondan so‘rabdilar:
-Mana shu olma sizning bog‘ingizdanmi?
-Ha, mening bog‘imning hosilidan.
26
Alisher Navoiy. Arba’in. – Toshkent: Meros, 1991. – 48 b.
27
Rizouddin ibn Faxriddin. Javome’ul kalim. – Toshkent.: Movarounnahr, 2004. – 76 b.
28
Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Sano standart, 2021. – 386 b.
29
Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Sano standart, 2021. – 512 b.
30
A. Razzoqov. Tariqatga yo‘llanma (Naqshbandiya ta’limoti asosidir). – Toshkent.: Movarounnahr, 2003. – 55 b.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 129
-Unda yo olmaning haqqini oling yoki rozi bo‘ling. Men olmani bexosdan yeb
qo‘yibman.
Bog‘bon ro‘parasida halol va odil, insofli yigit turganini sezib, dilida tug‘ilgan niyati
tiliga ko‘chibdi:
-Bitta sharti bor. Agar shu shartga ko‘nsangiz, men olma uchun rozi bo‘laman.
-Shartingizni ayting, - debdi Sobit.
-Bir qizim bor: ikki ko‘zi ko‘r, tili gung, ikki oyog‘i va ikki qo‘li shol. O‘shani
nikohingizga olasiz.
Oqshom guvohlar ishtirokida nikoh o‘qilib, kuyov qiz haramiga kiribdi. Ne ko‘z bilan
ko‘rsinki, qarshisida bir parivash qiz ta’zim bilan salom berib turibdi.
- Ey, go‘zal, siz kimsiz, - deya so‘rabdi Sobit.
- Men bog‘bonning qiziman, bugun sizga nikohlashdi-ku,- debdi parivash.
Voqea sababini bog‘bondan so‘rabdilar. U “sizni aldamadi, ko‘r degani qizim esini
taniganidan buyon – harom ishlarni ko‘rmadi, gung, soqov degani – hanuzgacha yomon
va beodob so‘zlarni tilga olmadi, ikki qo‘li shol degani – o‘zgalar haqqiga qo‘l uzatmadi,
ikki oyog‘ining sholligi – ostona hatlab gunoh ishlarga qadam qo‘ymaganidir”, - debdi.
Sobit bu nogahoniy baxtdan xursand bo‘lib, o‘ziga bunday halol juftni ro‘para qilgani
uchun Alloh taologa behad shukronalar aytibdi. Ana shu ikki pokiza va halol insonlardan
Imom A’zam (r.a.)dek buyuk zot dunyoga kelgan ekanlar
31
.
Bu rivoyatdan bir necha hikmatlarni olish mumkin.
Eng avvalo, Islom dini kishilarning halol va pokiza bo‘lishlarini Islomiy hayot
tarzining eng zarruriy sharti, deb qo‘ygan.
Ikkinchidan, agar kishilar halol va pok bo‘lmasalar, haromdan hazar qilmasalar,
odamzod nasli buzilib, ular yashab turgan jamiyat inqirozga uchraydi.
Uchinchidan, farzandining qanday inson bo‘lib tug‘ilishi va kamol topishi eng avvalo
ota-onaning halolligiga va bolani halol topilgan taom bilan rizqlantirishiga bog‘liq.
XULOSA
Xulosa qilib aytamizki, hozirgi davr tili bilan aytganda, Qur’oni karim ikki tomoni
tig‘lik qurolga o‘xshab ketadi. Kezi kelganda foyda uchun ham, zarar uchun ham guvohlik
berar ekan. Qur’oni Karimni o‘z foydasi yoki zarariga ishlatish bandaning o‘ziga bog‘liq.
Alloh taolo bandani yaratib, rizqu ro‘z berib, aql berib, uning ustiga lutfu-marhamat
ko‘rsatib, ikki dunyo saodati yo‘lini topishi uchun ko‘rsatmalar dasturi sifatida Qur’oni
karimni berib, uni guvoh ham qilib qo‘yibdi. Agar banda ilohiy dastur sifatida o‘ziga
berilgan Qur’oni karimni o‘qib, unga amal qilib yashasa, qiyomat kuni Qur’on uning
foydasiga guvohlik beradi. Ammo banda nobakorlik qilsa, o‘ziga berilgan ilohiy dasturni
o‘qimasa yoki amal qilmasa, Qur’oni karim qiyomat kuni uning zarariga guvohlik beradi.
Oqibatda o‘sha bandaning ishi rasvo bo‘ladi.
31
N.Komilov. Tasavvuf. G‘oyiblar xaylidan yongan chiroqlar / to‘plam /. – Toshkent.: O‘zbekiston, 1994. – 22 b.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 130
Alloh taolo uni qadrlab, ikrom qilib, hayotida amal qilishi lozim bo‘lgan, ikki dunyo
saodatiga erishtiradigan dasturni taqdim qilib qo‘yibdi. Bu o‘zini bilgan banda uchun
cheksiz ilohiy lutfu-karam va mehribonlikdir.
Shundan ko‘rinib turibdiki, Qur’oni karim bandalarni razolatdan hidoyatga,
najosatdan poklikka buyuradi. Poklik esa tahorat bilan bo‘ladi.
Tahorat qilganda to‘kiladigan gunohlar Allohning haqqiga taalluqli kichik gunohlar
ekanligini unutmaylik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Sano
standart, 2021. – 624 b.
2.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. – Toshkent: Hilol nashr, 2009.
– 162 b.
3.
Rizouddin ibn Faxriddin. Javome’ul kalim. – Toshkent: Movarounnahr, 2004. –158 b.
4.
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. – Toshkent: Movarounnahr, 2009. – 447 b.
5.
G‘. G‘ofurov. Sharq javohirlari. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000. –184 b.
6.
Ahmad Bobomurodov. Komil insonlar yo‘lidan. – Toshkent: Movarounnahr, 2003. –
153 b.
7.
Jaloliddin Rumiy. Ichindagi ichinda. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi,
2018. – 212 b.
A.
Razzoqov. Tariqatga yo‘llanma (Naqshbandiya ta’limoti asosidir). – Toshkent:
Movarounnahr, 2003. – 157 b.
8.
N.Komilov. Tasavvuf. G‘oyiblar xaylidan yongan chiroqlar / to‘plam /. – Toshkent:
O‘zbekiston, 1994. – 234 b.
9.
Alisher Navoiy. Arba’in. – Toshkent: Meros, 1991. – 142 b.