Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 268
OʻQUVCHILARNING KASB TANLASHLARIDA YUZAGA KELADIGAN
TOʻSIQLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Xudoyqulova Nigora Abdug‘aniyevna
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani
31- sonli umumta'lim maktabi psixologi
Annotatsiya:
Kasblar ko’p, lekin ular orasidan sevimli kasbni tanlashimiz– bu
hayotga qo’ygan ilk qadamimiz hisoblanadi. Har bir inson dunyoga kelibdiki, hayotda
oʻz oldiga qoʻygan maqsadi boʻladi. Bu maqsad orqasidan nimalarga erishish mumkin?
Hayotda oʻzi xoxlagan narsalarga erishishi , buning natijasida baxtli yashashi mumkin.
Sevimli kasbni tanlashda avvalo odam oʻzining his-tuygʻulariga eʼtibor berishi lozim.
Odam jamoat oldida oʻzini tutishi ham muhim oʻrin egallaydi. Odamlar bilan bevosita
aloqada boʻladiganlar shirinso’z va gapga usta boʻlishi kerak. Shunda ish vaqtida har bir
gapga javob topib keta oladi. Masalan, shifokorlarni oladigan boʻlsak, ular sovuqqon
boʻlishi bilan xarakterlanadi. Chunki, shifokorda achinish tuygʻusi boʻladigan boʻlsa,
bemorga toʻgʻri yordam koʻrsata olmaydi. Oʻqituvchilarni oladigan boʻlsak, ular
oʻquvchilarni darsga, oʻziga va atrofdagi narsalarga qiziqtirib qurishi kerak. Shunda shu
oʻqituvchining darsi doimo qiziqarli, mazmunli va har doim bolalarni oʻziga jalb qiladigan
boʻladi. Yoshlarni oʻzi yoqtirgan kasbga qanday jalb qilsa boʻladi?
Kalit so`zlar:
xodim, xodim, jamoa, kasb, mehnat, tasavvur, tanlash, muammo,
ruhiyat, baxt, maqsad,ruhiyat, psixika
KIRISH
Respublikamizda turli kasblarga qo’yilgan talablar O’zbekiston Respublikasi
“Mehnat kodeksi”da ham o’z aksini topgan .”Xavfsizlik va gigiena talablariga javob
beradigan sharoitlarda mehnat qilish;Kasbga tayyorlash,qayta tayyorlash va malakasini
oshirish».Avvalo hamma yoshlar ham oʻzi qiziqqan sohasini toʻliq bilmaydi, yaʼni, kasblar
haqida toʻliq maʼlumotga ega emas. Buning uchun oʻqituvchilar koʻmagida, ishini
sevuvchi va oʻz ishini ustasi boʻlgan xodimlar bilan uchrashuvlar, “ochiq eshiklar kuni”
kabi ochiq muloqotlarda oʻquvchi yoshlarga kerakli bilimlarni berish lozim. Bunda
o’qituvchilar qanday yordam berishadi ,– degan savol tug’ilishi tabiiydir. Suhbat o’tqazgan
ishchi xodim suhbatidan o’quvchi ruhiyatiga bog’liq bo’lgan tomonlarini aytib o’tish,
o’quvchi bilan individual ishlash va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda o’quvchi
yoshlarga maslahat berish kerak bo’ladi. Bu ishni ko’proq sinf rahbarlari va psixolog
o’qituvchilarga topshirish tavsiya etiladi.
Negaki, o’quvchi ichidagi gaplarini hammaga ham aytavermaydi. Agar o’quvchi
bilan ko’proq suhbat o’tkazilsa, bunday hollarda o’quvchi o’qituvchiga ishonishni
boshlaydi. Buning orqasidan uning nimaga qobiliyati bor, nimaga ko’proq qiziqadi degan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 269
savollarga javob olish mumkin, lekin shu narsani esdan chiqarmaslik lozimki,bunday
vaziyatda har bir aytilgan gap o’quvchini yo ishontiradi yo butunlay o’z qobig’iga o’ralib
olishiga sabab bo’ladi. Bu qobiqni hammaga ham ochavermaydi.
O’quvchi o’smirlik davrida hammaga narsaga tanqidiy ko’z bilan qaraydigan,
hammaga ham ishonavermaydigan bo’lib qoladi. Psixolog shunaqa o’quvchilar bilan
gaplashganda uning har bir so’ziga ishonishni boshlaydi. Shu tariqa o’quvchi o’z
qiziqishlarini bilib olishga intiladi. O’quvchi uchun hamma kasblar haqida to’liq ma’lumot
berilganda, uning fikri o’zgarib, o’zini boshqa kasblarda namoyon qilishi aniq bo’ladi.
Nega biz tanlaydigan kasbimizni sevishimiz kerak; ishlasak, pul topsak, oila tebratsak
bo’ldimasmi? degan savollar o’smirlarda ko’p paydo bo’ladi. Biz o’z kasbimizni
sevishimiz orqali kasbiy toliqishni orqaga surishimiz mumkin. O’zimizga yoqadigan
kasbni egallashimiz orqali hayotdan rozi bolib yashaymiz. Ammo muammoning ikkinchi
tomoni ham bor , moddiy tomondan qiynalsak, und anima bo’ladi? Tasavvur qilaylik
,oldimizda ikkita tanlov turibdi. Birinchisi sevimli kasbimiz va yana bitta kasb. Sevgan
kasbimizdan qoniqamiz, lekin moddiy tomondan qiynalishimizni bilamiz. Ikkinchi kasbda
esa sevmaymiz, lekin ishlasak bo’ladi. Moddiy tomondan ham qiynalmaymiz. Shu
vaziyatda ikkinchisini tanlab qolganiga e’tibor bermasak, tez orada, ya’ni 30-45 yoshlar
oralig’ida kasbiy toliqish paydo bo’ladi. Odam o’zini kasbini sevmaganidan keyin o’zini
ustida ishlaganini foydasi kam bo’ladi. Bunday vaziyatda nima qilishim kerak?
To’g’ri hozirgi tez o’zgarib ketayotgan zamonda moddiy tomondan yetishmovchilik
bo’lishi ancha orqada qolishga sababbo’lishi turgan gap. Ayniqsa hozir ko’pchilik
yurishturishingga, kiyinishingga va topayotgan daromadingga qarab muomala qilishadi.
Shuning uchun bu yerda berilgan ikkinchi kasbni tanlab, sevgan kasbimizni tashlab
qo’ymasligimiz kerak. Moddiy tomondan o’zimizni qoniqtiradiganini tanlab, sevgan
kasbimizni shunchaki qiziqish bo’lsa davom ettirish mumkin. Sevgan kasbimizdagi
yutuqlarimiz tufayli kasbiy toliqishni anchagini orqaga suramiz. Sevgan kasbingiz hech
qachon armon bo’lib qolmasin, chunki 45-50 yoshga kirib “Eh, shu ishni qilganimda hozir
baxtli yashardim.
Moddiy tomondan ozgina qiynalsam ham o’tib ketardi”,- deb qolishingiz turgan gap.
Buni eslab har safar ezilish, qila olmagan ishlaringizni keyinchalik farzandlaringiz,
nabiralaringiz egallashini hohlashingiz orqali ularni ham o’zingiz singari afsuslanadigan
qilib qo’yishingiz mumkin. Ularga faqatgina “Shu kasbni taklif qilaman”,– deb tavsiya
berishingiz orqali juda katta yordam bergan bo’lasiz. Hamma shunaqa maslahat berib, bu
kasb orqali erishilishi mumkin bo’lgan yutuqlarni sanab va oxirida “Bu senga oddiygina
maslahat, bunaqa yutuqlarga hamma sohada erishsang bo’ladi. Men faqat shu sohani
bilganim uchun shu soha haqida gapirdim. Tanlov o’zingni qo’lingda”,– deydigan bo’lsak
o’smir kasb tanlashda qiynalmay o’z yo’lini osongina topib ketadi. “O’z qobiliyatlarini
oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tez va aniq
harakat qila olishlarini,bu ishga moslasha olishlari mumkunligini bilmaydilar. Biroq
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 270
mazkur ko’ngilsiz holatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud.”Endi
kasb tanlashni huquqiy va qonuniy tomonlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak.” Mehnat
faoliyatida amaliy ko’nikmalar barqarorlashadi,nazariy fikr ,g’oya,mulohaza vujudga
keladi.Mehnat faoliyati individual xususiyat kasb etsada,lekin uning mohiyati ijtimoiydir”
XULOSA
Mehnat qobiliyati– xodimning sog’ligidagi holatdan kelib chiqib, uning qanday ish
baja olish qobiliyatiga aytiladi. Ish ko’lamiga qarab to’liq mehnat va cheklangan mehnat
qobiliyati mavjud. 16 yoshga yetgan har bir fuqaro mehnat qobiliyatiga ega deb
qaraladi. Uni ishga qabul qilish mumkin. Ishga qabul qilishda istisno tariqasida 15
yoshga to’lgan o’smirlar ham mehnat qobiliyatiga ega deb e’tirof etiladi. Qonunga
binoan 14 va 15 yoshga to’lgan shaxslar ota-onasining biri yoki ularning o’rnini
bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Yoshlarni
mehnatga tayyorlash maqadida umumtalim maktablari va o’rta maxsus, kasbhunar
yurtlarining 14 yoshga to’lgan o’quvchilarini ota-onalaridan birining yoki ularni o’rnini
bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan o’quvchi sog’ligiga, kamol topishiga ziyon
yetkazmaydigan va ta’lim jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni o’qishdan bo’sh
vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
E.G’oziev. Ontogenez psixologiyasi. ”Noshir”, -T.:-2010.
2.
E.G’oziev. Psixologiya. -T.: 2010. 76-bet.
3.
Internet materiallari
4.
Ziyo.net