Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 264
SHAXSLARDA O‘Z-O‘ZIGA NISBATAN IJOBIY FIKRLARNI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Murodov Sanjar Abdivahobovich
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani
51- maktab psixologi
Annotatsiya
: Psixologik muhofaza qilish muammosi hamisha insoniyat oldida turgan
eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Zero, insonning har jihatdan ijtimoiy
taraqqiyoti, shaxs sifatidagi faolligi va o‘zini o‘zi rivojlantira borishi ko‘p jihatdan ushbu
jarayonga bog‘liqdir.
Kalit so‘zlar:
kreativ tafakkur, ehtiyojlar, motivatsiya, maqsad, psixologik
muloqot,qobiliyat, streotip,guruh, ruhiy holat, tushkunlik, psixik taraqqiyot, qiziqish,
qobiliyat
KIRISH
O‘smir shaxsida namoyon bo‘luvchi har bir individual xususiyat darajasidan (quyi,
o‘rta,
yuqori) kelib chiqib umumiy psixologik muhofaza ko‘rsatkichlariga izoh beriladi.
Binobarin mazkur mezon ko‘rsatkichlarining tanlanishi va tadqiq qilinishi tadqiqotning
empirik salohiyatini ochib berishga xizmat qiladi.Olib borilgan nazariy-ilmiy tahlillar
mavzu doirasidagi muammolarni, xususan, o‘smirlik davrida o‘zini o‘zi psixologik
muhofaza qilish haqidagi tasavvurlarni nazariy tadqiq qilinishiga bag‘ishlangan ishlarning
bugungi kunda taqchilligi va shu bilan birga dolzarbligini ko‘rsatdi. Dunyodagi ko‘plab
ilg‘or psixologiya namoyandalarining psixologik, fiziologik muhofazaga oid qarashlari
tadqiq qilinganda bu jarayon shaxs ijtimoiylashuvi va rivojlanishi uchun o‘rganilishi
muhim bo‘lgan tadqiqot yo‘nalishi ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi.
Alohida ta’kidlash joizki, shaxslar o‘zlarining ma’lum doiradagi psixologik
imkoniyatlari, yutuqlari, kamchiliklari haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lsalar, bu
ularning hayotda uchraydigan har qanday muvaffaqiyatsizliklarni osonlik bilan bartaraf
etishga, o‘z imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalana olishga, bir so‘z bilan aytganda,
o‘zlari haqida yanada teran, ijobiy va o‘ziga xos ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan
tasavvurlarning shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. O‘smirlik davri esa xuddi
shunday imkoniyatlar ko‘lamini yanada kengaytirish uchun muhim bosqich hisoblanadi.
Shu bois mamlakatimizda yoshlar va ularning tarbiyaviy imkoniyatlari alohida qadriyat
sifatida tobora yuksaklarga ko‘tarilmoqda. O‘smirlarda psixologik, fiziologik muhofaza
mezonlarining tanlanishi va tadqiq qilinishi asosan psixologik muhofaza haqidagi nazariy-
metodologik tushunchalarga tayanadi. Jumladan, har bir mezon ma’lum darajada o‘smir
shaxsidagi psixologik muhofaza imkoniyatlarining u yoki bu jihatlarini ochib berishga
xizmat qiladi.Binobarin, har bir tadqiqotni olib borish, uning natijalarini ilmiy tahlil qilgan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 265
holda xulosalar qilish uchun shartli ravishda u yoki bu mezonlar qabul qilinadi. Xuddi shu
qabul qilingan mezonlar yordamida tadqiqot maqsadi, vazifalari, ilmiy xulosalar ochib
beriladi.
Shu an’anaga amal qilgan holda olib borilishi lozim bo‘lgan tadqiqotimizning ilmiy
salohiyatini yaqqolroq ko‘rsatish maqsadida o‘smirlar uchun xarakterli bo‘lgan o‘zini o‘zi
psixologik muhofaza qilish jarayonini ochib beruvchi mezonlarni tanlash va tadqiq qilish
uslubi belgilab olinadi.
Tabiiyki, har bir tanlanilgan mezon yoki uslub o‘smirlar guruhi uchun xarakterli
bo‘lgan psixologik muhofaza ko‘rsatkichlari dinamikasining u yoki bu jihatini ochib
berishga xizmat qiladi. Endi har bir mezonning tanlanishi va tadqiq qilish uslubi xaqidagi
mulohazalarni qisqacha bayon etishga o‘tamiz:
1.
Ko‘pgina adabiyotlardan ma’lumki, har qanday psixologik muhofaza
ko‘rsatkichlarining namoyon etilishi eng avvalo shaxsning hissiy bezovtalik darajasi,
asabiylik holatlarining kechishi va bu jarayonga adekvat harakatlarni yo‘naltira olish bilan
bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan o‘smirlardagi psixologik muhofaza
ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning birinchi mezoni sifatida “O‘smir bezovtaligi va asabiylik
holati” tanlab olindi. Mazkur mezonni aniqlash uslubi Kondashning (1973 yil) ijtimoiy
holat bezovtaligi shkalalari talabiga mos ravishda ishlab chiqildi. Ushbu mezon
ko‘rsatkichlari orqali har bir o‘smirning maktab hayoti bilan bog‘liq bezovtalik darajasi –
“a” , o‘zini o‘zi baholash bilan bog‘liq bezovtalik darajasi – “b”, shaxslararo muloqot bilan
bog‘liq bezovtalik darajasi – “v” aniqlanadi va tadqiqot talablariga mos ravishda tahlil
qilinadi.
2.
Psixologik muhofazaning ikkinchi mezoni sifatida tanlangan uslub bu o‘zini
o‘zi hissiy baholash shkalasidir. Mazkur mezon Riks- Uessman shkalasi talablariga mos
ravishda tanlandi. Ushbu mezon ko‘rsatkichlari orqali o‘smirlardagi o‘zini o‘zi hissiy
baholash bilan bog‘liq tasavvurlar ko‘lamiga baho berish mumkin. Bu tasavvurlarning
shakllanishi esa Riks-Uessman shkalasida qayd etilgan asabiylik-xotirjamlik, toliqqanlik-
g‘ayrat-shijoatlilik, tushkunlik-ko‘tarinkilik, ishonchsizlik-o‘z-o‘ziga ishonch kabi shaxs
hissiy holatidagi mazkur sifatlarning nechog‘lik namoyon etilayotganligi bilan bevosita
bog‘liqdir.
3.
Psixologik muhofazaning ko‘rsatkichlarini aniqlashning uchinchi mezoni
ziddiyatli holatni yengishga bo‘lgan individual xulq-atvor motivatsiyasining namoyon
etilishidir. Mazkur mezon Tomas testi talablari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib o‘smirning
ziddiyatli holatdan o‘zini muhofaza qiluvchi individual uslubi harakterini aniqlashga va
shu asosda o‘smirdagi individual yondashuv imkoniyatlarini o‘rganishga yordam beradi.
Mazkur mezon ko‘rsatkichlari Tomas testida qayd etilgan quyidagi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha
tahlil qilinadi. A) bahs-munozara
B) hamkorlik
V) kelishuv (kompromiss)
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 266
G) o‘zini chetga olish
D) o‘zini moslashtirish
Tabiiyki, ushbu yo‘nalishlarning qaysi biri u yoki bu o‘smir uchun xarakterli
ekanligiga qarab shu o‘smirdagi ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari haqida
tegishli ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish mumkin bo‘ladi.
4. Psixologik muhofaza ko‘rsatkichlarini aniqlashning 4-mezoni shaxsdagi dinamik
xususiyatlar(ekstroversiya, introversiya) va uning psixologik muhofaza ko‘rsatkichlariga
ta’siri darajasini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Bunda ilmiy psixologiyada ma’lum va
mashhur bo‘lgan Ayzenk metodikasi asos qilib olinadi. Jumladan, o‘smir shaxsi xulq-
atvori yoxud faoliyatida yaqqol namoyon bo‘luvchi xususiyatlar (ekstroversiya,
introversiya, neyrotizm, hissiy beqarorlik, hissiy barqarorlik) psixologik muhofaza
imkoniyati sifatida qaraladi. Darhaqiqat, o‘smirdagi mavjud dinamik xususiyatlari o‘z
hissiyot dunyosini jiddiy ravishda jilovlay olish bilan ham belgilanadi. Chunonchi,
Diomond ta’limotida bu xususiyat faollik darajasida va ko‘p jihatdan his – tuyg‘uning ortiq
darajada bo‘lishi deb qaralsa, G. Ayzenk bu hususiyat ekstroversiya – introvesiya va
neyrotizm tushunchalari orqali izohlaydi. V.S. Merlin asarlarining mazmuniga ko‘ra shaxs
dinamik xususiyatlari yoxud temperamentlarning har bir xususiyati ba’zi sharoitlarda ish
faoliyatining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, xuddi shu xususiyatning o‘zi boshqa
sharoitlarda ish faoliyatiga moslashuvni qiyinlashtirib, uning ijtimoiy samaradorligiga bir
muncha salbiy ta’sir etishi mumkin. Masalan, diqqatning qo‘zg‘aluvchanligi bir tomondan
yangi sharoitlarda to‘g‘ri yo‘lni tanlab olishni yengillashtirsa, ikkinchi tomondan
qo‘zg‘atuvchilar bular diqqatning chalg‘ishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘smir shaxsining
o‘zini o‘zi ayrim muvaffaqiyatsizliklardan psixologik muhofaza qilish tizimiga ma’lum
darajada ta’sir etmay qolmaydi. Bu ta’sirning “adekvat” yoki “noadekvat”ligini tadqiq
qilish juda muhimdir, deb o‘ylaymiz.
Ayni paytda, Rossiyadagi olimlar hamda mamlakatimiz olimlari ham aynan shu
muammoning ayrim xususiyatlarini yoritishga va tadqiq qilishga o‘z e’tiborlarini
qaratmoqdalar. Bu boradagi qator izlanishlar va ilmiy mushohadalarning tahlili quyidagi
xulosalarni chiqarish imkonini beadi.Umuman, shaxsning o‘zini o‘zi psixologik muhofaza
qilish shakllariga nisbatan tarixda va bugungi kunda turli xil munozarali fikrlar mavjud
bo‘lib, bu qarashlar turli manbalarda, sharq va g‘arb mutafakkirlari ijodida, ilg‘or
psixologiya vakillarining ilmiy asarlarida asrlar davomida ilmiy sayqal topib kelgan.
XULOSA
Ayni paytda, psixologik, fiziologik muhofaza shaxs o‘zligini anglashning, o‘zini o‘zi
rivojlantirishning va o‘z imkoniyatlariga adekvat baho berishning muhim omili sifatida
olimlar
e’tiborini
tortgan
doimiy
tadqiqotlar
ob’ekti
hamda
sub’ektiga
aylantirilgan.O‘smirlar guruhida psixologik, fiziologik muhofaza jarayonini tadqiq qilish
bilan bog‘liq nazariy-ilmiy manbalarning o‘rganilishi psixologik muhofaza omillari
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 267
haqida batafsilroq mushohadalar yuritish imkonini beradi. Bu imkoniyat esa o‘smirlardagi
psixologik muhofaza motivatsiyasi va dinamikasini o‘rganishni taqozo etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:
1.
Андреева Г.М. Психология социалного познания: Учебное пособие. М., 1997.
2.
Асеев В.Г. Мотивация поведения и формирования личности. М.: Мысл.1976.
3. Баротов Ш.Р. Социално- психологические и научно-практические основы
создания психологической службы в Узбекистане: Автореф. дис. ... док. психол.
наук. - Тошкент: 1998.
4.
Узнадзе Д.Н. Эксперименталние основы психологии установки. – Тбилиси.
1961.212 с.
5.
Umumiy psixologiya /A.V.Petrovskiy tahriri ostida 3-qayta ishlangan va to‘ldirilgan
ruscha nashr tarjimasi. –Toshkent : O‘qituvchi, 1992. - 512 b.
6.
Umumiy psixologiyadan amaliy mashgulotlar. A.I.Shcherbakov tahriri ostida-
T.:O‘qituvchi, 1984.- 336 b. http://interscience.uz