Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 260
BOLALARGA NISBATAN ZOʻRAVONLIK HOLATLARINING
SODIR ETILISHI HAMDA ULARGA PSIXOLOGIK YORDAM
KOʻRSATISH MASALALARI
Samsakova Madinaxon Kosimjonovna
Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani
1- umumiy oʻrta ta' lim maktabi psixologi
Annotatsiya
: Bolaga loqayd munosabatda bo‘lish – ota-onalar yoki ularni o‘rnini
bosuvchi kishilar, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan bolalarni boqish, tarbiyalash,
sog‘lom turmush kechirish sharoitlarini yaratish, to‘la ma’lumot olish va shu kabilarni
ta’minlashga doir o‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmasliklari.
Кalit so`zlar:
zulm, zarar, exploitation, beparvolik, bevosita zulm, bilvosta zulm,
jismony zuravonlik, jinsiy zuravonlik,ruhiy rivojlanish, psixika, tushkunlik
KIRISH
Farzand ota-onaning “shaxsiy mulki”, degan qarash bilan yashashni bas qilaylik. Ota-
onalar bolaga egalik qiladigan emas, aksincha, unga g‘amxo‘rlik va mehr ko‘rsatadigan,
farzandining jismonan, ruhan va aqlan kamol topishi uchun barcha zarur shart-sharoit
yaratadigan insonlardir. Har bir bolaning huquq va manfaati qonun himoyasida. Mana shu
qoida yurtdoshlarimiz tafakkuriga singishi kerak.Bolalarga g‘amxo‘rlik dunyoning barcha
mamlakatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Jumladan,
yurtimizda ham ertamiz egalarining jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib kamol
topishi uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda. Ayniqsa, bolalar huquqini himoya
qilishning qonuniy asoslari yaratildi.Bu yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham
mustahkamlandi. Jumladan, Bosh qonunimizda ota-onalarning farzandlari oldidagi
majburiyati alohida ko‘rsatildi. Davlat va jamiyat ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan va
yetim bolalarga g‘amxo‘rlikni o‘z zimmasiga olishi qayd etildi.
Onalik va bolalik davlat muhofazasida ekani ta’kidlandi. Bu xalqimizning nechog‘liq
bolaparvar ekaniga yana bir dalildir.2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga
oshirishga oid davlat dasturida bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazishning
oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish vazifasi belgilangan. Bu
borada yangi qonun loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Haqiqatan, bolalar
huquqlarini himoya qilish dunyodagi muhim masalalardan. Shu bois, davlatimiz mustaqil
bo‘lganidan keyin ratifikatsiya qilingan dastlabki hujjatlardan biri Bola huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiyadir. O‘zbekistonda aynan bolalar haq-huquqini ta’minlash
jarayonida xalqaro standartlarga rioya qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan
biri etib belgilandi.Bugungi kunda adabiyotlarda sinonimlar sifatida «zulm» va
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 261
«nomunosib munosabat» so‘zlari ishlatiladigan «bolalarga nisbatan zulm» tushunchasi
(ingl. Child Abuse) Butunjahon Sog‘liqni saqlash Tashkiloti tomonidan 1999 yilda taklif
etilgan quyidagi ta’rifga tayanadi: «Zulm» yoki «bolalar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish»
«…bolaning sog‘lig‘iga, yashashiga, rivojlanishi va layoqatiga amaliy zarar keltiradigan
yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi jismoniy yoki emotsional salbiy
munosabat, jinsiy zulm, ehtiyotsiz yoki befarq munosabat, kommersiya yoki boshqa
maqsadlardagi ekspluatatsiya»ni anglatadi.
Demak, xalqaro amaliyotda qabul qilingan «bolaga nisbatan zulm» atamasi o‘zida
«ehtiyotsiz munosabat» hamda «tashlab qo‘yilganlik» (ingl. Neglect) tushunchalarini ham
o‘zida mujassam etadi.
O‘zbekistonda «bolalarga nisbatan zulm va ehtiyotsiz munosabat» tushunchasi avvalo
qonuniy asosga tayanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, zulm deganda
ehtiyotsiz va loqayd munosabatda bo‘lish nazarda tutilmaydi. Zulm va loqayd munosabat
quyidagicha ta’riflanadi: Bolaga nisbatan zulm – bolaning ixtiyoriga zid ravishda yoki
uning ko‘makka muhtoj holatidan foydalanib, uning shaxsiy dahlsizlik huquqini buzuvchi
jismoniy, jinsiy va ruhiy ta’sir ko‘rsatishdir. Mazkur ta’rifga binoan, zulmning jismoniy,
jinsiy va ruhiy ko‘rinishlari ajratib ko‘rsatiladi. Bolaga loqayd munosabatda bo‘lish – ota-
onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi kishilar, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan
bolalarni boqish, tarbiyalash, sog‘lom turmush kechirish sharoitlarini yaratish, to‘la
ma’lumot olish va shu kabilarni ta’minlashga doir o‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki
lozim darajada bajarmasliklari.
Bolalarga nisbatan noloyiq munosabat turlari
Jismoniy zo‘ravonlik – shafqatsizlik va bolaga og‘riq keltiruvchi hamda uning
sog‘lig‘i va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi insoniyatga mos bo‘lmagan maqsadga
yo‘naltirilgan boshqa xatti-harakatlar:
bolaga yetkazilgan har qanday tana jarohati yoki og‘riq berish (urish,
chimchilash, tishlash, kuydirish, bolani bo‘g‘ish yoki cho‘ktirish)
bolaga tana jarohati yetkazilishiga qarshilik qilmaslik
bolani har qanday jismoniy jazolash – tarsaki, kaltaklash, tahqirlash
bolani dori yoki boshqa kimyoviy vositalar yordamida zaharlash
Jinsiy zo‘ravonlik – kattalarning jinsiy ehtiyojlarini qondirish uchun
bolalardan foydalanish. Bolani jinsiy faoliyatga jalb qilish uchun tahdid, kuch, ayyorlik va
ishonchdan foydalanish.
bola bilan har qanday jinsiy aloqa yoki munosabatlar (kuch ishlatgan holda
yoki ishlatmasdan)
bolani jinsiy aloqaga jalb qiluvchi har qanday xulq-atvor
seksual tavsifdagi har qanday xatti-harakatlar – o‘yinlar, suhbatlar, foto va
video tasvirlarni tomosha qilish
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 262
seksual g‘arazgo‘ylik – bolani seksual maqsadda sotish, pornografik foto va
videotasvirlardan foydalanish
fohishabozlikka jalb qilish
Emotsional (ruhiy) zo‘ravonlik – bolaga lozim darajada e’tibor bermaslik,
g‘amxo‘rlik qilmaslik, qo‘llab-quvvatlamaslik, hissiy yaqinlik ko‘rsatmaslik. Bola doimiy
ravishda e’tibor va mehrning yetishmasligini his qilib turadi, tahdid va kamsitishlarga
duchor bo‘ladi va bu o‘z qadr-qimmatini bilmaslik va o‘ziga ishonchsizlikni oshishiga olib
keladi. Ehtiyotsiz munosabat (befarqlik) – bolaning jismoniy, ruhiy, aqliy va ijtimoiy
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatilishga olib keluvchi hayotiy ehtiyojlarni qondirilmasligi:
e’tiborsiz, qarovsiz qoldirish, xavf ostida qoldirish;
bola ehtiyojlariga nisbatan befarqlik (ovqatlanishga, tibbiy ko‘makka, ta’limga,
muloqotga, rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilmasligi);
hissiy yaqinlikning yo‘qligi (undan voz kechish)
mavjud tahdiddan bolani himoya qila olmaslik (istamaslik)
Ekspluatatsiya – boladan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish – og‘ir mehnat, seksual
foydalanish, trafik (foydalanish maqsadida bolalarni olib chiqib ketish, sotish).
Bola bilan shafqatsiz munosabatning to‘rtta turini ajratadilar:
Shafqatsiz jismoniy munosabat
Jinsiy zo‘ravonlik
Bola ehtiyojlariga e’tiborsizlik
Psixologik zo‘ravonlik
Shafqatsiz jismoniy munosabat – bolaga yetkazilgan tasodifiy bo‘lmagan har qanday
tan jarohati.
Bolalar ustidan jinsiy zo‘ravonlik – bola yoki o‘smirdan shaxsiy jinsiy lazzat olish
uchun foydalanish.
Bola ehtiyojlariga e’tiborsizlik – ota-ona yoki parvarishni amalga oshiruvchi
shaxslarning 18 yoshga to‘lmagan bolaning asosiy ehtiyojlarini ta’minlashga surunkali
noqodirligi. Psixologik zo‘ravonlik, o‘z navbatida, ikki turda bo‘lishi ham mumkin:
psixologik beparvolik – bu ota-ona yoki parvarishni amalga oshiruvchi
shaxslarning bolaga zaruriy ko‘mak, e’tibor, psixologik himoyani ta’minlashga qodir
emasliklari, unga mehrning yo‘qligi.
psixologik shafqatsiz muomala – kattalar tomonidan bolani tahqirlash, uni
kamsitish, xaqoratlash, mazax qilish maqsadida sodir etiladigan surunkali harakat. Dastlab
bolaga zo‘ravonlik namoyon etishning sababi ota-onalarning psixologik og‘ishi deb
hisoblandi, keyin diqqat ijtimoiy kontekstga ko‘chirildi, bundan xatar omili ota-onaning
bolaga zo‘ravonlik munosabatini shartlovchi qadriyatlar tizimi hamda ijtimoiy
yakkalanishda yashirin ekanligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. So‘ng zo‘ravonlikni ota-
ona va bola o‘rtasidagi munosabatlarning buzilgan interfaol ijtimoiy modeli orqali
sharhlashdi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 263
XULOSA
Xulosa o’rnida aytish zarurki, tadqiqotchilar xatar omillarini shaxs, oila va jamiyat
darajasida aniqlaydilar va bir omil emas, balki ularning o‘zaro ta’siri bolalar ustidan
zo‘ravonlik o‘tkazishga olib kelishini isbotlaydilar. Shuningdek, ular u yoki bu xatar
omilining mavjudligi zo‘ravonlikni namoyon etish degani emas, balki uning paydo bo‘lish
ehtimoli yoki imkoniyati borligini ta’kidlaydilar. Bunda bir necha ijobiy omillarning
mavjudligi (ijtimoiy ko‘nikmalar, “Men” ning ijobiy identifikatsiyasi va h.k.) xatar
omilining ta’sirini kamaytiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Абдурахмонова, М. М. (2021). Необходимость изучения общественного мнения
для принятия эффективных решений в школе. Человек. Наука. Социум, (1), 33-
46.
2.
Абдурахмонова, М. М., & Маллабоев, Ш. А. (2016). Узбекская модель развития
малого предпринимательства. Ученый XXI века, 62.
3.
Абдурахмонова, М. М., & Содикова, Д. Ш. (2020). Efficiency of management of
higher education institutions in the preparation of qualified personnel. Человек.
Наука. Социум, (2), 8-27.
4.
Абдурахмонова, М. М. (2021). Мактабларда самарали қaрoр қaбул қилиш учун
жaмoaтчилик фикрини ўргaниш зaрурияти. Журнал Социальных Исследований,
(SPECIAL ISSUE 1).
5.
Абдурахмонова, М. М., & Орипов, А. (2019). Основные направления и
приоритеты научной актуализации информационной парадигмы гражданского
общества. Мировая наука, (12), 56-59.
6.
Абдурахмонова, М. М., & Мирзажонов, Ж. (2020). Роль конституции в
построении правового государства и гражданского общества. Теория и
практика современной науки, (3), 9-11.