Mualliflar

  • Sa'dullayeva Nodira Abduraxmonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106691

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: koping xulq-atvor koping strategiya yenga olish ruhiy holat tushkunlik psixik jarayonlar muloqot.

Annotasiya

Annotatsiya: Jamiyat a’zolari o‘zlarining ma’lum doiradagi psixologik imkoniyatlari, yutuq va kamchiliklari haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lsalar, bu ularning hayotda uchraydigan turli qiyinchilikliklarni osonlik bilan yenga olishga, o‘z imkoniyatlaridan yanada unumli foydalana olishga, o‘zlari haqida yanada chuqur, ijobiy va o‘ziga xos tasavvurlarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. 


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 256

OʻSMIR YOSHDAGI OʻQUVCHILARDA XAVOTIRLILIK HAMDA STRESSLI

VAZIYATLARNI BARTARAF ETISH VA XULQ-ATVOR XUSUSIYATLARINI

RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Sa'dullayeva Nodira Abduraxmonovna

Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani 36-maktab psixologi

Annotatsiya:

Jamiyat a’zolari o‘zlarining ma’lum doiradagi psixologik

imkoniyatlari, yutuq va kamchiliklari haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lsalar, bu ularning
hayotda uchraydigan turli qiyinchilikliklarni osonlik bilan yenga olishga, o‘z
imkoniyatlaridan yanada unumli foydalana olishga, o‘zlari haqida yanada chuqur, ijobiy
va o‘ziga xos tasavvurlarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi.

Kalit so‘zlar:

koping xulq-atvor, koping strategiya, yenga olish,ruhiy holat,

tushkunlik, psixik jarayonlar, muloqot.

KIRISH

Psixologiyada koping xulq-atvor XX asrning 2 yarmida vujudga kelgan. Koping

xulq-atvor ingliz tilidan olingan bo‘lib “cope, to cope” - yenga olish, bartaraf qilish degan
ma’nolarni anglatadi. Ushbu termini birinchi bo‘lib L.Merfi 1962 yil bolalarda inqiroz
davrida muammoni qanday qilib yengishni o‘rganish vaqtida foydalangan. A.Maslau esa
bu terminni fanga kiritgan. Umuman olganda koping xulq-atvor individning hayotiy
muammolarni yechishga tayyorgarligi bilan xarakterlanadi.

U o‘zida muammolarni yenga olish imkoniyatlaridan, vositalaridan foydalanishni

namoyon etadi, bu esa stressli xulq-atvorni bartaraf etish bilan tavsiflanadi.Ko‘pchilik
xorijlik mutaxassislarning fikriga tayanib shuni aytishimiz mumkinki, koping xulq-
atvorning turli-tuman strategiya va uslublari mavjud bo‘lib, insonlar ulardan hayotiy
murakkab vaziyatlarga duch kelganlaridagina foydalanadilar. Koping xulq-atvorning
rang-barang ko‘plab klassifikatsiyalari mavjud bo‘lib, uni bir necha tadqiqot
yo‘nalishlariga ko‘ra taxlil qilinadi. Ulardan bir nechalarini ko‘rib chiqamiz. Koping
uslublarini tadqiq etgan yetakchi mutaxassislaridan biri R.S.Lazarusning fikricha, koping
strategiyalarining ikkita global tipi mavjud: (stressni bartaraf etish usuli) - muammoga
mo‘ljal olmoq, sub’ektiv mo‘ljal olmoq.

Muammoga mo‘ljal oluvchi tip, qiyin vaziyatni rasional hal qilishga yo‘nalgan

bo‘lib, ularning xulq-atvorida holatni mustaqil tahlil qilishga, boshqalardan yordam
olishga, qo‘shimcha manbalardan ma’lumot izlashga nisbatan moyillik kuzatiluvchi tipdir.

Sub’ektiv mo‘ljal oluvchi tip esa, stressni yengishda vaziyatni emotsional hal

qiladilar, ularda aniq ishni bajarishga, muammo haqida o‘ylashga mutlaqo xohish istaklari
yo‘q, ular o‘zlarining qayg‘ularini salbiy emotsiya vositalari bilan kompensatsiya qilib
alkogol, uyqu, ovqat vositasida chiqaradilar. Ular o‘zlarining emotsional balanslarini


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 257

tiklashda passiv strategiyalardan jadalroq foydalanadilar, agar insonda vaziyat haqida
hech qanday bilimi bo‘lmasa yoki real imkoniyatlaridan foydalana olmasa stressor bosimi
pasayadi.

Ma’lumki, “hayotiy muammolarni yengish” tushunchasining o‘zi ham turli

ahamiyatlar kasb etadi. Avvalo bu doimiy o‘zgaruvchi jarayondir. Uills T. va Shifman S.
bu jarayonni uch bosqichga bo‘lish mumkin deb hisoblaydilar.

Birinchi bosqich - ogohlantirish. Bu bosqichdagi faoliyatda inson hayotiy negativ

holatni bartaraf etish orqali yana bir yaqinlashayotgan murakkablikni bartaraf etadi.

Ikkinchi bosqich - muammoni to‘g‘ridan to‘g‘ri xal qilish. Bunda aniq muammoni

hal qilishda kognitiv va xulq-atvor kuchidan foydalaniladi.

Uchinchi bosqich - inson hodisa natijalariga tanqidiy yondashadi. Ushbu bosqichning

maqsadi - o‘ziga oladigan zarblarni kamaytirib, oldingi normal holatiga tezroq qaytish. Bu
tiklanish bosqichi hisoblanadi.

Izohlarga qo‘shilgan holda, koping xulq-atvor o‘zida individning stressga nisbatan

o‘ziga hos javob reaksiyasini namoyon etadi. Bu shuni anglatadiki, qachon inson stressni
his qilsa, muammoli vaziyatda kognitiv va xulq-atvor jihatidan bartaraf etishga urinadi.
Bunday yondashuv sub’ekt xulq-atvorining kundalik va avval erishgan jihatlarini inobatga
olib, odatdagi negativ qirralarini yengishdagi jihatlarini inobatga olmaydi. Masalan,
mazkur yondashuv individning stressdan qochish imkoniyatlaridan mustasno hisoblanadi.
Shuningdek, bu talabga ko‘ra, inson stress bilan reaksiyaga kirishmaguniga qadar hayotiy
muammoni yengish sifatida qarab bo‘lmaydi.

“Koping strategiyasi” tushunchasi jarayon resurslarini boshqarish sifatida ham keng

tahlil qilinadi. Taxminlarga ko‘ra hayotiy murakkabliklarni bartaraf etish mohiyatan shaxs
resurslarini safarbar etish orqali amalga oshiriladi.

Koping strategiya va uning usullari himoya mehanizmlaridan farqlanganda

konstruktiv faol zarurat nazarda tutiladi va vaziyat orqali yoqimsizliklardan chetlashishga
harakatdir. Psixologiyada kopingning predmeti mavjud bo‘lib, u maxsus tadqiqot
hududida insondagi emotsional mexanizm va rasional regulyatsiyani o‘rganishda o‘zining
maqsadli optimal xulq-atvoriga ko‘ra hayotiy holatlarni o‘zining maqsadlariga muvofiq
qayta qurishni amalga oshiradi.Shaxsning stressli vaziyatlardagi koping xulq-atvori
ma’lum darajada stressli vaziyatlarda javob reaksiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa o‘smirlik davrida bu jarayonga jiddiy qarash kerak bo‘ladi. Shuni hisobga olib
o‘smirlarda koping xulq-atvor va stressli vaziyatlarda javob reaksiyasi o‘rtasidagi
mutanosiblik bilan bog‘liq ijtimoiy psixologik omillarni empirik jihatdan o‘rganish va
shartli ravishda qabul qilingan mezonlar asosida uning natijalarini tahlil qilish ko‘zda
tutilgan edi. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun tadqiqot metodikalari tanlandi.

Yana shuni ta’kidlash joizki, ba’zan har bir o‘smir stressli vaziyatlarda o‘z

imkoniyatlariga adekvat baho bera olishga ma’lum ma’noda qiyinchilikka uchrashi


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 258

mumkin. Bizningcha, bunday qiyinchilik zamirida stressli vaziyatlar haqida yetarli
tasavvurga ega emasligi bilan izohlash mumkin.

Endi bevosita mazkur metodikalar yordamida olingan empirik ma’lumotlar tahliliga

o‘tamiz. O‘smirlarda stressli vaziyatlarda stressni yenga olish xulq-atvor ko‘rsatkichlarini
tahlil qilish o‘smir shaxsi ijtimoiy psixologik taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Shuningdek, bu jarayonning kechishida jins va yoshga oid omillarning ham
o‘ziga xos o‘rni bo‘lishi tabiiy. Shu nuqtai nazardan o‘smirlarga xos bo‘lgan stressni
yenga olish xulq-atvori va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish
uchun o‘smirlarda alohida tadqiqotlar olib borildi.

Har bir olingan natija maxsus tartibda qabul qilingan mezonlar va ballar tizimiga

kiritilib, quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini berdi: muammoni hal qilish,
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kutish, muammodan qochish kabi tayanch koping
strategiyalari.

Demak, D.Amirxanning “Stressli vaziyatlarda yenga olish strategiyalari” nomli

modifikatsiya

qilingan

holda

qo‘llanilgan

metodika

natijalari

yuqorida

ta’kidlaganimizdek, o‘smirlarning stressli vaziyatda yenga olish strategiyalari yuzasidan
juda muhim empirik ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini berdi. Bu ma’lumotlar
o‘smirlarning stressli vaziyatlarda stressni yenga olish strategiyalari bilan bog‘liq
tasavvurlarini bilishga va shu tasavvurlar orqali o‘smirga to‘g‘ri psixologik yondashuv
yo‘llarini belgilab olishga imkon yaratadi. Keltirilgan jadvaldagi raqamlardan shu narsa
ma’lum bo‘ladiki, 5 va 9-sinf o‘quvchilari orasida, ya’ni o‘smirlikning boshlanishi va
oxirida stressni yenga olish strategiyalari turlicha darajada namoyon bo‘lishini ko‘rishimiz
mumkin.

Umuman, shaxsdagi xavotirlanish xususiyatlari va psixologik himoya imkoniyatlari

mutanosibligining o‘rtacha umumiy va qiyosiy tipik ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda 9-
sinf o‘quvchilariga nisbatan 5-sinf o‘quvchilarida ham shaxsiy, ham reaktiv xavotirlik
darajasi ham yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

1.

O‘smirlarda stressli vaziyatlarda javob reaksiyasi namoyon etilishi

(S.Norman, D.F.Endler, D.A.Djeyms, M.I.Parker; T.A.Kryukovaning moslashtirilgan
varianti) bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarda stressni yenga olish ko‘rsatkichlarining
namoyon etilishi, aksariyat hollarda topshiriqni hal qilishga, emotsiyaga va qochishga
yo‘nalgan koping (a) qochish shkalasi ichidan bosh tortish, chalg‘ish subshkalasi, b)
qochish shkalasi ichidan ijtimoiy chalg‘ish subshkalasi sifatlarining o‘smir shaxsida qay
tariqa tarkib topganligining belgilanish va baxolanishiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Ayni
paytda bu “bog‘liqlik” stressli vaziyatlarda yenga olish strategiyalari va shaxsning o‘zini
o‘zi adekvat individual hissiy baholash asosida kechishi mumkinligini tasdiqladi.

2.

D.Amirxan metodikasi asosida o‘rganilgan o‘smirlarda stressli vaziyatlarda

yenga olish strategiyalari namoyon etilishi oid ko‘rsatkichlar ko‘lamining tadqiq qilinishi
o‘smirlik davrining boshlanishi (5-sinf) hamda o‘smirlik davrining oxirgi bosqichi (9- sinf


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 259

o‘quvchilari misolida) uchun yangi empirik ma’lumotlarni tadqiq qilish imkoniyatini
yaratdi.

XULOSA

Demak, ta’lim muassasalarining rahbarlari, maktab o‘qituvchilari, psixologlari, sinf

rahbarlari va ota-onalar bu holatni inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yishlari talab qilinadi. Aks holda ekstremal vaziyatlarda shaxsning psixologik
himoya imkoniyatlari pasayib ketishi mumkinligini qayd qilish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:

1.

Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of
Psychological Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник
интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С
233237.

2.

Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA
International Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 |
November 2021 75-76

3.

Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of law-
enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol 5 2017

4.

Elov Z.S. Psychological influence of speech disorders and the causes that cause them
on the child's psyche. Academicia globe: inderscience research volume: 3, issue 1,
january-2022 39-42

5.

Олимов Л.Я, Махмудова З.М. Психодиагностикани автоматлаштириш ва
фанни ўқитишда инновацион педагогик ва ахборот-коммуникацион
технологиялардан фойдаланишнинг ўзига хослиги. Масофавий таълимни
ташкил этишнинг педагогик-психологик жиҳатлари мавзусидаги Республика
илмий-амалий анжуман материали. Тошкент., 2021. –Б. 489-493.

Bibliografik manbalar

Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of Psychological Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С 233237.

Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 | November 2021 75-76

Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of law-enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 5 2017

Elov Z.S. Psychological influence of speech disorders and the causes that cause them on the child's psyche. Academicia globe: inderscience research volume: 3, issue 1, january-2022 39-42

Олимов Л.Я, Махмудова З.М. Психодиагностикани автоматлаштириш ва фанни ўқитишда инновацион педагогик ва ахборот-коммуникацион технологиялардан фойдаланишнинг ўзига хослиги. Масофавий таълимни ташкил этишнинг педагогик-психологик жиҳатлари мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман материали. Тошкент., 2021. –Б. 489-493.