Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 250
VAQFNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Abdulhayev Bekmurod
Toshkent Islom Instituti 4-kurs talabasi
Annotatsiya (O'zbekcha):
Ushbu maqolada islom tarixida muhim o‘rin tutgan vaqf
tizimi va uning bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif vaqfning musulmon
jamiyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy roliga, xususan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, infratuzilma va
qashshoqlikka qarshi kurashishdagi o‘rniga eʼtibor qaratadi. Tarixiy misollar va
zamonaviy tajribalarga tayangan holda, vaqf muassasalarining zamonaviy shakllari,
jumladan, cash waqf va vaqf banklari haqida ham so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar (O'zbekcha):
Vaqf, musulmon jamiyati, cash waqf, islom iqtisodiyoti,
xayriya, taʼlim, sog‘liqni saqlash, qashshoqlik, infratuzilma.
Annotation (Inglizcha):
This article analyzes the Islamic institution of waqf and its
relevance in the modern era. The author focuses on the socio-economic role of waqf in
Muslim societies, particularly in education, healthcare, infrastructure, and poverty
alleviation. Drawing on historical examples and contemporary practices, the article
discusses modern forms of waqf institutions, including cash waqfs and waqf-based
banking.
Keywords (Inglizcha):
Waqf, Muslim society, cash waqf, Islamic economy, charity,
education, healthcare, poverty, infrastructure
Аннотация (Ruscha):
В данной статье рассматривается система вакуфов в
исламской истории и её актуальность в современности. Автор акцентирует
внимание на социально-экономической роли вакуфов в мусульманском обществе,
особенно в сфере образования, здравоохранения, инфраструктуры и борьбы с
бедностью. На основе исторических примеров и современных практик освещаются
современные формы вакуфных учреждений, включая денежные вакуфы и вакуфные
банки.
Ключевые слова (Ruscha):
вакуф, мусульманское общество, денежный вакуф,
исламская экономика, благотворительность, образование, здравоохранение,
бедность, инфраструктура.
Tarixda vaqfning musulmon jamiyati shakllanishi va rivojiga katta ta’sir qilganini,
bugungi kunda ham vaqf mulklarining musulmon jamiyati taraqqiyotiga ta’siri salmoqli
ekanini aytib o‘tishimiz darkor. Qadimdan badavlat musulmonlar dunyo va oxirat
yaxshiliklarini qo‘lga kiritish uchun Alloh ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-
ehsonlar qilishda peshqadam bo‘lganlar. Vafotlaridan so‘ng ham qiyomatga qadar
savobidan bahramand bo‘lishlari uchun o‘z mulklaridan bir qismini Alloh yo‘lida vaqf
qilganlar. Zero, vaqf bu sadaqai joriyaning bir turidir.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 251
Vaqflar ijtimoiy himoyaning barcha turini o‘zida qamrab olgan. Vaqf shifoxonalari,
vaqf madrasalari, vaqf mehmonxonalar, rabotlar, masjidlar, yo‘llar, ko‘priklar,
ehtiyojmandlarni taom bilan ta’minlovchi vaqflar, qarzdorlarga yordam beruvchi vaqflar,
musofirlar uchun ajratilgan vaqflar va boshqa ko‘plab yo‘nalishda faoliyat yurituvchi vaqf
tashkilotlari bor edi.
Vaqf mulklari xususiy mulkchilik shaklidan chiqadi. Shu bilan birga, davlatga ham
tegishli hisoblanmaydi. Vaqflarni jamiyatning ma’lum ehtiyojlarini qondiradigan jamoa
mulki deyish mumkin. Zotan, vaqf qilishdan ham maqsad Alloh taoloning roziligini istab,
boshqalarga manfaat yetkazadigan xayrli loyiha qilishdir.
Vaqf shifoxonalari mudarris va talabalar uchun ham tadqiqot markazi bo‘lib xizmat
qilgan. Masalan Roziy (841-926), Zahraviy (931-1013), Ibn Sino (980-1037), Ibn Rushd
(1126-1198), Ibn Nafis (1208-1288) kabi yetuk allomalarning yetishib chiqishida ham
bunday muassasalarning xizmati beqiyos bo‘lgan. Vaqf shifoxonalari tibbiyot talabalari
uchun o‘z davrining eng yaxshi uskunalari bilan jihozlangan va ilmiy meros jihatidan ham
juda boy hisoblangan. Masalan, XIV asrda Misrdagi Ibnu Tulun shifoxonasi qoshidagi
kutubxonada 100 mingdan ortiq tibbiyotga oid kitoblar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha
davrda Yevropadagi eng katta kutubxonaga ega Parij universitetida atigi 400 turdagi
kitoblar saqlangan.
1
Mashhur musulmon sayohatchisi Ibn Battuta sakkizinchi hijriy yuz yillikda Bahriy
Mamluklar hukmi ostidagi Damashq shahrida ko‘rgan o‘nlab turdagi, yuzlab vaqf
muassasalarini ko‘rgandagi hayratini quyidagicha ifoda etadi: “Damashqdagi vaqflarning
turi va saflanish jihatlari shu qadar ko‘pligidan, ularning sanog‘iga yetib bo‘lmaydi.
Masalan, hajga borolmaydiganlar uchun ularning nomidan haj qiluvchilarni yetarli
mablag‘ bilan ta’minlaydigan vaqflar, qizlariga sep qilishga kuchi yetmaydigan oilalarning
qizlariga barcha sep va jihozlarini tayyorlab, to‘yini o‘tkazib beradigan vaqflar, asirlarni
ozod qilish uchun kerakli mablag‘larni beruvchi vaqflar, musofir yurtda puli tugab
qolganligi tufayli uyiga qaytib ketolmayotgan musofirlar uchun xoslangan vaqflar bor.
Bunday turdagi vaqflar musofirlarga taom, kiyim-kechak va yurtlariga qaytish uchun
kerakli narsalarni taqdim etadi. Shuningdek, yo‘llarni to‘g‘rilash va ularga tosh yotqizish
uchun mo‘ljallangan vaqflar ham bularga misol bo‘la oladi. Chunki, Damashq ko‘chalari
shunday tarzdaki, uning ikki chetida piyodalar yuradigan yo‘lkalar bo‘ladi, o‘rtasidagi
(kattaroq) yo‘lkada esa otliqlar yuradi. Yana, sanaganlarimizdan boshqa xayr ishlari uchun
ochilgan turli xil vaqflar bor”.
2
Musulmon mamlakatlarida davlat va din arboblarini yetishtirish maqsadida maktab
va madrasalar, diniy ibodatlarni ado etish uchun masjidlar, aholi uchun musofirxona,
1
“Vaqfning ijtimoiy-iqtisodiy adolat va taraqqiyotni ta’minlashdagi o‘rni”
https://islommoliyasi.uz/uz/vaqfning-ijtimoiy-
2
A. Sultonxo‘jayev. Ibn Battutaning sayohati. 99-bet.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 252
yetimxona, kasalxona, langar va boshqa xayriya muassasalari bunyod etilgan. Ana shu
bino va muassasalarda bo‘ladigan xarajatlar (imom, muazzin haqi, joynamoz, ta’mir,
shogirdlarning nafaqasi, tabiblar va boshqa xizmatchilarning maoshi, kitoblardan nusxa
ko‘chirtirish haqi va boshqa chiqimlar)ni shu binoni qurdirgan kishilar ta’minlab turganlar.
Bino egasi (muassis) doimiy daromad berib turadigan joylar (er, tegirmon, objuvoz, savdo
do‘koni, karvon saroy, hammom, hunarmandchilik korxonalari va b.)ni shu bino
(muassasa) ma’muriyatiga qozixonada rasmiylashtirilgan hujjat – vaqfnoma bilan o‘tkazib
bergan. O‘z mulkini vaqfga topshirgan shaxs mazkur mulkka nisbatan egalik huquqini
yo‘qotadi. Lekin uning o‘zi yoki oila a’zolari yoxud u tomonidan tayinlanadigan uchinchi
bir shaxs vaqf mulkidan vaqfnomada qayd etilgan maqsadlarda foydalanilishini nazorat
etish va ta’minlash uchun vaqf mulkini boshqarish huquqini saqlab qolishi mumkin. O‘z
mulkini vaqf mulki sifatida topshirgan shaxsning farzandlari yoki boshqa avlodlari mazkur
vaqf mulkidan keladigan daromadlardan nafaqa olib turishi mumkin.
Demak, vaqf mulklari musulmon jamiyatining rivoji uchun tayanch bo‘lib xizmat
qilgan. Xususan ta’lim tizimi rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan. Shuningdek, jamiyatdagi
beva-bechoralar va miskinlarni kunlik ozuqa bilan ta’minlashda ham alohida ahamiyatga
ega bo‘lgan. Masjidlar ibodat uchun vaqf qilingan. Qisqacha aytganda jamiyatdagi har bir
soha rivojida vaqf mulklarining o‘ziga xos ahamiyati bo‘lgan.
Hozirgi kunda ham dunyodagi kambag‘allik darajasini kamaytirish va ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarga yechim topishda vaqf mulklaridan foydalanish mumkin. Masalan,
ta’lim maskanlari, sog‘liqni saqlash markazlari, chekka hududlardagi aholi uchun quduqlar
qazish, shu hududlardagi yuqumli kasalliklar oldini olish uchun suv tozalash texnikalarini
ishga tushirish va boshqalar.
Vaqf tizimining inson va jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdagi o‘rniga quyidagilarni
misol qilib keltirish mumkin:
1. Vaqf ham zakot kabi boyliklar taqsimoti va ularning samaradorligi oshishiga
xizmat qiladi;
2.
Sog‘liqni saqlash, infratuzilma/shaharsozlik, ta’lim tizimi rivojiga kiritilgan
vaqf ko‘rinishidagi beminnat sarmoyalar, davlat budjetining ijtimoiy himoyaga
ajratilayotgan qismining muayyan darajada o‘rnini qoplaydi va shu orqali davlat
xarajatlarining bir qismini o‘ziga oladi (davlat budjetidan tejab qolingan mablag‘larni esa
iqtisodiyotning boshqa sohalarga yo‘naltirish imkoniyati paydo bo‘ladi);
3.
Mamlakat infratuzilmasining yaxshilanishi iqtisodiyot o‘sish sur’atlarining
tezlashishiga va barqaror iqtisodiyotga erishishga yordam beradi;
4.
Mamlakat fuqarolari (va hatto boshqa yurtlardan kelgan qiynalib qolgan
musofirlar)ning davlat va yurtning badavlat kishilaridan (ularning vaqf uchun ajratgan
boyliklari sababli) roziligi sabab jamiyat a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va
umumiy muhit yaxshilanadi;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 253
5.
Vaqfning sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi
mamlakat fuqarolari uchun imkon qadar teng imkoniyatlar yaratishga yordam beradi, teng
imkoniyatlar esa ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qiladi.
3
Vaqf muassasalari vaqf mulklaridan olinadigan foydani xayriya maqsadlariga
yo‘naltirishda juda katta imkoniyatlarga ega deyish mumkin. Vaqf muassasalari shaxsiy
vaqf jamg‘armasi, jamoaviy vaqf jamg‘armasi, vaqf banki, xayriyaga ixtisoslashgan
alohida vaqf tashkiloti kabilardan biri ko‘rinishida tashkil etilishi mumkin.
Vaqf banklari mikromoliyalash va xayriya ishlarini yuritish maqsadida tuziladigan
alohida bankchilik shakli bo‘lib, undagi barcha moliyaviy amaliyotlar shariat talablariga,
shu jumladan, islom bankchiligi tamoyillariga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Vaqf banklariga mablag‘lar naqd pul ko‘rinishidagi vaqflar (cash waqfs)ni jalb etish,
shuningdek, aholi va tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining bo‘sh turgan
mablag‘larini “muzoroba, vakolat” kabi shartnomalar asosida omonat hisob raqamlariga
(depozit sifatida) qabul qilish, hamda zakot, ehson va sadaqalar yig‘ish hisobiga
shakllantirilishi mumkin. Bankka yig‘ilgan mablag‘lar qarzi hasana ko‘rinishida aholining
kam ta’minlangan qismiga yoki ishonchli va istiqbolli loyihalarga ega mikrofirmalarga
ajratilishi, shu bilan bir qatorda yuqori daromadli sohalarga investitsiya ko‘rinishida
kiritilishi ham mumkin.
Vaqf muassasasini bank darajasigacha olib chiqish Turkiya va Bangladeshda amalga
oshirilgan bo‘lib, Bangladeshdagi bir qancha islom banklarida alohida “Cash waqf based
Mudaraba deposit accaunts” (naqd pul ko‘rinishidagi vaqflarga asoslangan Mudoraba
depozit hisob varaqlari) yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayonda mablag‘ ajratuvchilar robb ul-mal-
sarmoyadorlar, islom banki esa ish yurituvchi-mudorib sifatida faoliyat yuritadi hamda
olingan foyda ma’lum nisbatda tomonlar o‘rtasida taqsimlanishiga kelishiladi, zarar esa
mudoraba bitimining mohiyatiga ko‘ra sarmoya egasining zimmasida bo‘ladi. Bank
olingan foydaning o‘ziga tegishli qismini ma’muriy xarajatlarini qoplashga ishlatadi,
sarmoya egalari esa o‘zlariga tegishli foydani yana hisob-varaqqa qaytarib qo‘yishlari yoki
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ishlarga sarflanishiga rozilik berishlari mumkin.
Vaqfning ta’rifiga binoan, iste’mol qilinsa, yo‘q bo‘lib ketadigan narsalarni, masalan,
bir qop un, go‘sht, bir kosa ovqat kabilarni vaqf qilib bo‘lmaydi. Chunki bu kabi
narsalardan doimiy manfaat olib turilmaydi, balki iste’mol qilinishi bilan manfaati ham
tugaydi. Lekin doimiy manfaat kelib turadigan narsalarni vaqf qilish joizdir. Misol uchun,
bir gektar yer yoki 10 sotix bog‘ kabilar vaqf qilinsa, o‘sha yer va bog‘dan chiqadigan
hosillar sadaqa qilinishi nazarda tutiladi.
Bu o‘rinda ayrim insonlarda savol tug‘ilishi mumkin: naqd pulni vaqf qilish
mumkinmi? Avval naqd vaqflarga berilgan ta’riflarni o‘rganib chiqsak.
3
“Vaqfning ijtimoiy-iqtisodiy adolat va taraqqiyotni ta’minlashdagi o‘rni”
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 254
Hanafiy ulamolaridan Imom Zufar (110-158 hijriy) naqd vaqfga “naqd pulni vaqf
sifatida ajratish va uni sarmoya ko‘rinishida biror ishga tikish, undan olingan foydani esa
vaqfning muayyan xayriya loyihasiga yo‘naltirish” deb tavsiflagan (Ibn Nujaym).
Xuddi shu ma’noda, ba’zi zamondosh olimlar naqd vaqfni “pul mablag‘lari bilan
tashkil etilgan xayriya yordami” deb ta’riflagan bo‘lishsa, boshqa birlari “ma’lum
miqdordagi pulni xayriya qiluvchining tasarrufidan chiqib, undan keladigan manfaatni
jamiyat farovonligini ta’minlash maqsadida safarbar etish” deb izohlashgan.
Naqd vaqflarning joiz ekanligiga vaqfning Kitob, Sunnat va ijmoga muvofiq ekanligi
dalil qilib keltiriladi. Hozirgi davrdagi naqd pullardan ularni yo‘qotmasdan, zarar
yetkazmasdan foydalanish/manfaat olish mumkin: bunda ular qarzga beriladi va ma’lum
muddatdan so‘ng qaytarib olinadi. Yoki pulning aslini investitsiya qilish bilan olingan
foyda o‘zaro taqsim qilinadi. Vaqf mulki yaroqsiz holga kelib qolsa yoki ishlatilmay tursa,
uni sotib, o‘rniga boshqa vaqf mulkini sotib olish mumkin. Bu bilan ham vaqfdan qasd
qilingan narsa amalga oshaveradi. Naqd vaqflarda ham vaqf qilingan pulning o‘rni boshqa
pul bilan to‘ldiriladi.
Islom Hamkorlik Tashkiloti qoshidagi Islom fiqhi akademiyasi doimiy va
vaqtinchalik naqd vaqflarni joiz deb qaror chiqargan (1425-hijriy 14-19-muharram,
Maskat, Ummon sultonligi, 15-majlis).
Shuningdek, Islom moliya muassasalari uchun buxgalteriya va audit tashkiloti
(AAOIFI) 33-shariat standarti 3/4/3 bandida naqd pul vaqfi, ulush va sukuk ko‘rinishidagi
vaqflar joizligi ta’kidlangan.
Fatvolar va tadqiqotlar bo‘yicha Yevropa kengashining (European Council for Fatwa
and Research) 1431-hijriy (2010-milodiy) sanada o‘tkazgan 20-majlisida ham naqd pul
ko‘rinishidagi vaqflarning joizligi yuzasidan 20/1 sonli qaror qabul qilgan.
4
Ma’lumki, qashshoqlikni kamaytirish muammosi bugungi kunda dunyodagi eng katta
muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu borada cash vaqf – naqd pulga asoslangan vaqf
turidan samarali foydalanish mumkin, chunki bunday vaqflar kichik korxonalar uchun
foizsiz qarz berish uchun ishlatiladi, shuningdek vaqf boshqaruvchilarining qaroriga
binoan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ham vaqf hisobidan beg‘araz boshlang‘ich
moliyaviy yordam ajratilishi mumkin.
Sobiq Usmonli imperiyasida juda uzoq vaqt davomida bunday vaqflar muvaffaqiyatli
qo‘llangan va qashshoqlikni kamaytirishga hissa qo‘shgan. Shuningdek, Marokashning
Fes shahrida ham hech qanday ustamalarsiz qarz berish va qarz olish uchun cash vaqf
amaliyoti mavjud bo‘lgan. Hozirgi kunda ba’zi mamlakatlarda, jumladan, Kuvayt, Omon,
BAA va Saudiya Arabistonida cash vaqfning ushbu imkoniyatidan unumli
foydalanishmoqda, ya’ni vaqf mablag‘lari xayriyaning bir ko‘rinishi bo‘lgan qarzi hasan
(muayyan muddatga foizsiz beriladigan qarz) sifatida ishlatilmoqda.
4
“Naqd pul ko‘rinishidagi vaqflar (Cash Waqfs) – II qism”
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 255
Osiyo mamlakatlari, xususan Malayziyada ham cash vaqflardan foydalanishga ruxsat
berilgan. Malayziya Milliy Fatvo Kengashi (the Malaysian National Fatwa Council) 2007
yilda cash vaqf joizligi bo‘yicha fatvoni qabul qilgan. Malayziyaning Yayasan Waqaf
tashkiloti ham cash vaqflarni boshqarish bo‘yicha tajriba ega. Bundan tashqari, Agama
Islam Selangor (MAIS, Selangor davlat diniy kengashi) tomonidan to‘plangan ulkan naqd
pul vaqf jamg‘armasi islom iqtisodiyotini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni
moliyalashtirish, uy-joylarni bo‘lib to‘lashga sotish, mol-mulklarga sarmoya kiritish (ijara
asosida moliyalashtirish) kabi mahsulot va xizmatlar taqdim etib kelmoqda.
Tadbirkorlik qobiliyati bor, lekin moddiy jihatdan ko‘makka muhtoj insonlarga biroz
turtki berilsa, ular kambag‘allik darajasidagi hayotdan tezroq chiqib ketishlari mumkin
bo‘ladi. Bu borada cash waqf lar beradigan imkoniyatlardan foydalanish ayni muddao
bo‘ladi.
5
Xulosa qilib aytganda, vaqf mulklari musulmon jamiyati rivojida ulkan ahamiyatga
ega bo‘lgan. Vaqf mulklari mavjud bo‘lgani uchun ham ta’lim tizimi gullab-yashnagan,
aholining muhtoj qatlami oziq-ovqat bilan ta’minlangan. Turli xil inshootlar – manfaatli
binolar, ko‘priklar, yo‘llar, hammom va karvonsaroylar hamda shu kabi binolar vaqf
mulklari hisobidan qurilgan. Bu esa davlat g‘aznasi tejalishiga, aholi orasida birdamlik
oshishiga xizmat qilgan va boshqa yaxshiliklarga sabab bo‘lgan. Shuning uchun bugungi
kunda ham vaqf mulklarini ko‘paytirishi jamiyat rivoji uchun faqat va faqat foyda keltiradi.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Qur’oni Karim.
2. Qur'oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. Shayx Abdulaziz Mansur tarjimasi.
“Sharq” nashriyot-matbaasi. “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi.
2007y.
3. “Tafsiri hilol”. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Toshkent: “Hilol
nashr” 2008.
4. “Kifoya” 3-juz yangi nashr. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Toshkent: “Hilol nashr” 2015.
5. “Hadis va hayot” 11-juz. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Toshkent:
Sharq nashriyot-matbaa birlashmasi.
6. “Sahihi Buxoriy” Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Toshkent:
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2008.
7. Doktor Muhammad ibn Ibrohim al-Xotib. “Asarul vaqf fit-tamniyyatil
iqtisodiyyati” asari,
8. Saloh Muhammad abul-Hoji. “Al-isa’fu fi axkomil avqof” asari. Ummon: “Darul-
faruq” 2010.
5
“Naqd pul ko‘rinishidagi vaqflar (I qism)”
https://islommoliyasi.uz/uz/naqd-pul-korinishidagi-vaqflar-1-qism-2/