Mualliflar

  • Xolmatova Ro’zixon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106694

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: ritm ruhiyat temperament xarakter ayol psixologiyasi evolyutsiya dinamika statika psixologizm

Annotasiya

Men bu maqolam orqali ayol ruhiyatining ritmik xususiyatlarini asar misolida atroflicha ochib bermoqchiman.Ruhiyatdagi ritmiklik inson   ruhiy olamining muvozanatsizligini ya’ni inson ruhiyatida  o’sish hamda pasayish ,davomli va o’zgaruvchan ruhiy ritmik holatlarning nomoyon bo’lishidir.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 242

RUHIY RITMIKLIKNING BADIIY-ESTETIK MOHIYATI

Xolmatova Ro’zixon

FarDU 1-bosqich magistranti

rozixonxolmatova289@gmail.com

ANNOTATSIYA

Men bu maqolam orqali ayol ruhiyatining ritmik xususiyatlarini asar

misolida atroflicha ochib bermoqchiman.Ruhiyatdagi ritmiklik inson ruhiy
olamining muvozanatsizligini ya’ni inson ruhiyatida o’sish hamda pasayish
,davomli va o’zgaruvchan ruhiy ritmik holatlarning nomoyon bo’lishidir.

Kalit so’zlar:

ritm, ruhiyat, temperament, xarakter

,

ayol psixologiyasi,

evolyutsiya, dinamika, statika, psixologizm

KIRISH

Ritm-borliqdagi eng kichik zarradan tortib eng yuksagiga qadar bo’lgan

jamiki jonli va jonsiz mavjudotllarning kundalik hayotida mavjud bo’lgan
hodisadir.,,Xaqiqatdan ham ,mavj ud borliqdagi har bir harakatda o’ziga xos ritm
bo’ladi .Inson ham tabiatdagi bir jism sifatida qaralsa ,uning har bir harakatida
,jumladan, nutqida ham ritm mavjud bo’ladi.Izohda qism butun aloqasidagi
nutqiy bo’laklar –bo’g’in’ turoq, misra, band ritmik bo’lak yoki ritmik birlik,
deb yuritilishi hamda ritm vositalari haqida ham ma’lumot berilgan,,1 Biz ritm
haqida so’z yuritilganda avvolambor lingvistik tomonlama ritm tushunchasiga
izoh beramiz. Lingvistik lug’atlarda ,,nutq hosil bo’lishida tezlik va sek inlik,
balandlik va pastlik, cho’ziqlik va qisqalik, o’xshashlik va noo’xshashlik bir
meyorda almashinib turishi,,2 ,,urg’uli va urg’usiz ,cho’ziq va qisqa
bo’g’inlarning almashinishi,,3 deb belgilanadi.Biz faqatgina ritm hodisasini
lingvistik tarafdan qarashimiz tor doiradagi fikrlar majmuasi bo’lib, bu
masalaga kengroq yondashmog’imiz zarur. Adabiyotshunoslikning nazm
yo’nalishida ritm bo’yicha juda ko’p tadqiqotlar ishlangan va va yetarlicha ilmiy
ishlar mavjud.Ritmik qurulishni she’riyatda aniqlashda avvalo,,ritmik bo’lak va
ritmik vositalarni belgilab olish’’va ,,ritmik bo’laklar sifatida bog’in
[hijo],turoq[rukn] misra va band’’kerakligi haqida yozadi D. Quronov .Nasrdagi
ritm

nazmda bolgani

singari

ohang

va

qofiyada

nomoyon

boladi.

,,Adabiyotshunoslikda nasriy nutqning ritmik bo’laklariga ajralishi qadim
zamonlardayoq anglangangan.Antik ritorikadan boshlab nasriy nutqning eng
kichik

ritmik

bo’lagi

kolon

istilohi

bilan

yuritilgan.Zamonaviy

adabiyotshunoslikda ham ushbu termin yuqorida tariflangan sintagma istilohi
o’rnida qo’llanadi .Aslida bu termin o’zaro ,,umumiylik -xususiylik


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 243

‘’munosabatida;agar sintagma umuman nutqqa xos ritmikbo’lak manosida
qo’llansa ,kolon badiiy nasrga xos ritmik bo’lakni anglatadi’’ bu izo hlar orqali
biz ritm qanday hodisa ekanligini ,tilshunoslik va adabiyotshunoslikda tutgan
o’rnini bilib oldik.o’zimning ilmiy tadqiqotim davomida ruhiyatdagi ritmik
hodisani badiy asarlar orqali izohlab berishga harakar qildim. Avvalo ritm nima
degan savolga adabiyotshunos sifatida javob topa olgan bo’lsak ,psixaligik
tarafdan ruhiyat atamasining ma’nosini anglamog’imiz zarur . Ruhiyat –yuksak
darajada tashkil topgan materiya [miya]ning voqealikni alohida shaklda aks
ettirishdan iborat xususiyati . Ma’lum vaqt oraligida ijobiy va salbiy
harakterning o’sish va pasayishi ,davomli va o’zgaruvchan holatda inson ichki
va tashqi dunyosiga ta’sir etuvchi omil sifatida ruhiy ritmiklik terminini bemalol
qo’lay olishimiz mumkin.Ruhiyatdagi ritmiklik istilohi bugungi kun adabiyoti
uchun mavhum tushuncha bo’lib qolmasligi kerak. bilamizki psixalogiyada
temperament degan tushuncha bor .’’Har qaysi kishidagi hissiyotning
qo’zg’alish tezligi ,kuchi va barqarorligi har xil bo’ladi .Bir xil odamlarning
hissiyoti tez ,kuchli qo’zg’aladi va barqaror bo’ladi .Ba’zi kishilarda esa bunday
qo’zg’alish sust ,zaif bo’lib uzoqqa bormaydi.Temperamentning bunday
xususiyatlari kishidagi hissiyotning qo’zg’alishlari bilan birga ,organizmning
atrofidagi muhit tasiriga javoban ko’rsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida
,ayniqsa,yaqqol ko’rinadi.,Ruhiy ritmiklik tushunchasini psixalogiyadagi
temperament terminaga o’zaro hamohang termin sifatida qo’llay olsak
bo’ladi.bu ikki fanning ozaro bog’liklik holatlarini bir nuqtada tutashtirish yangi
bir ilmiy izlanishlarga turtki bo’ladi .Temperament qadimdan to’rt guruhga
bolinadi 1]xolerik 2]sangvinik 3]melanxonik 4]flegmatik

Xolerik

temperament

hissiyotning

tez

va

kuchli

qo'zg'aluvchanligi,barqaror bo'lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli
kishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va
nutqlarida yaqqol ko'rinib turadi. Xoleriklar qizg'inlik va tajanglikka moyil
bo'ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman ha rakatchan
,serg’ayrat va va har doim urunuvchan bo’ladilar.

Sangvinik temperament — hissiyotning tez, kuchli qo'zg'aluvchanligi,

lekin beqaror bo'lishi bilan farq qiladi. Sangvinik temperamentli
kishi­larning kayfiyati tez-tez o'zgarib, bir kayfiyat o'ziga teskari bo'lgan
ik­kinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog'i mumkin. Sangviniklardagi
psixik jarayonlar, xoleriklardagi singari, tez o'tadi. Bu xil temperamentli
kishilar ildam, chaqqon, serharakat va jo'shqin bo'ladilar.

Melanxolik temperament — hissiyotning sekin, lekin kuchli

qo'zg'aluvchanligi va barqaror bo'lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar
barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo'ladilar, lekin hissiyotlarining


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 244

tashqi ifodasi juda zaif bo'ladi. Melanxolik temperamentli odamlar sust - kash
bo'ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan kirishmas - ligi
mumkin, lekin bir kirishsa— hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo'zg'alishi va
uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi.

Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuc

boshlagan ishni oxiriga yetkazmay qo'ymaydi. Flegmatik temperament hsiz
bo'ladi. Bu xil temperamentli odam larni xursand qilish, xafa qilish yoki
g'azablantirish ancha qiyin.

Har bir asarda qahromonning ruhiy olami xarakter darajasiga ko’tariladi

.Asardagi qahramonning ruhiy olami asarning qay yo’sinda ketishiga, syujetiga
ahamiyatli ravishda ta’sir etadi.Asar qahramonining ruhiy kechinmalari
asarning ham mazmun mohiyatini belgilab beradi.Insonning umr yo’lini
qahramon evalutsiyasi deb olsak mana shu evalutsiyasini shartli ravishda
3davrga bo’lamiz:1 bolalik, 2 yoshlik, 3 keksalik. Mana shu davr mobaynida
insonning ruhiy olamida ham ritm hodisasi yuz beradi. Ma’lumki, inson butun
hayoti davomida o’zgarishlarsiz yoki muttasil siljishlardan xoli bo’la olmaydi.
Bundan kelib chiqadiki, qahramon ruhiyati ham davr va ijtimoiy mu hit
silsilalaridan omon-eson o’tgan holda, ma’lum ma’noda oqim bo’ylab suzadi
yoki aksincha, isyonkorlik ruhi bilan sug’orilgan g’oyalarni qabul qilib, o’z
hayotida keskin burilishlar yasaydi. Misol tariqasida oladigan bo’lsak, havaskor
yozuvchilarimizdan biri Mehrinozaning qalamiga mansub ”Aks” hikoyasi bosh
qahramoni Qurbonoyni olishimiz mumkin. Mo’jaz hikoya Qurbonoyning yosh
qizaloqlik payti, bo’y yetgan payti va nihoyat, farzandlari voyaga yetgan davrni
o’z ichiga oladi. Yozuvchining tahsinga sazovor mahoratidan biri aynan bir xil
voqeaga uch yosh nuqtayi nazaridan yondashishida hisoblanadi. Hikoya interyer
tasviri bilan boshlanadi, ya’ni: “Bolaxonaning og’ir yopiluvchi eshigi kuchli
shamol ta’siridan qars etib yopildi va zar bilan yopilgan eshik taxmon da
taxlangan burungi ko’rpalarning taxini buzdi. Ijirg’anib turganga o’xshovchi
qiyshiq xontaxta ustida ikki dona chirishni boshlagan olma, aftidan bu uyga
ikki-uch kunlab odam kirmaydiganga o’xshaydi. Eski uvadalarning hidi anqib
turgan xona xonadon egalarining kayfiyati kabi mung’ayib turar edi.”

Endi bosh qahramonimizga keladigan bo’lsak, yozuvchi uning portretini

chizmaydi, shunchaki qizaloqning “Chillak” o’yinidagi holatidan kelib chiqib,
ba’zi fe’l-atvorini aytib o’tadi va shu orqali kitobxon o’zi ga umumiy xulosa
chiqarib oladi. Masalan, uning besh yosh ekanligi, bitta toshchani talashib,
o’g’il bola bilan yuz timdalashgacha borganligidan uning shaddod, yerga ursa,
ko’kka sapchiydigan qiz ekanligini anglash mumkin. Bir kun shunday voqea yuz
beradiki, sevimli kitobini olmoqchi bo’lib, onasidan uni olib berishini iltimos
qiladi, lekin onasi kitob olgandan ko’ra do’kondan non olib kelishini buyurib,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 245

“Qorningni o’yla, shuning o’zi yetadi” degan javobni beradi. U yosh qizaloq
istaklarining dastlabki rad etilishi bo’ladi. Lekin, qizaloq non olmasdan kitob
sotib olganini ko’rgan otasi uni ayovsiz kaltaklaydi va ko’chaga chiqishini
ta’qiqlab qo’yadi.

Oradan bir necha yil o’tadi, qiz ulg’ayib, ko’zni quvnatadigan ravishda

go’zallashadi. Uylaridan sovchilarning keti uzilmaydi va otasi Qurbonoyni
savdogar boyning o’g’li Qulmurodga turmushga bermoqchi bo’ladi. Qizning
ko’ngli esa o’sha bolalikda yuzlarini tirnab, bir-biri bilan tinmay urushadigan
Erkinda edi.qiz onasiga ko’nglidagini aytgan zahoti, ona: “Otang bilan akalaring
kallangni oladi”- deydi. Qurbonoy muhabbati uchun kurashish uchun qilgan
yagona harakati – zahar ichish bo’ldi, lekin buning ham oldi olindi va Qurbonoy
taqdir izmiga “qurbon” bo’ldi. Oradan yillar o’tdi, alam va zahmat larga to’la
hayotda u uch farzandni dunyoga keltirib, voyaga yetkazdi. Zolim erning aysh -
u ishrat, zulm va kayf-u safoga qurilgan hayotida zaqqum tortgan ayni shu
qahramonimiz bo’ldi. So’nggi zarba esa qaqshatqich bo’ldi: uch o’g’il otasining
xurmacha qiliqlarini davom ettirib, butun boylikni kulini ko’kka sovurdi. Bu
ham yetmaganidek, hech vaqosiz qolgan onani otasidan o’rgangan “yuksak
hurmat” vositasida tashlab ketishdi. Tashlab ketish ham onaning bo’ynidagi tilla
zanjirni yulqishasnosida yuz berdi, xirqirab, chalajon qilib do’pposlab, ortiga
bir bora ham qayrilmay ketdi. Ana endi asarning kulminatsion nuqtasiga yetib
keldik: joni bo’g’ziga kelgan onaizorning ortga-o’tgan umriga razm solishi va
o’z istaklarida sobit tura olmagani, bu vositasida butun hayoti bu dunyoning
do’zaxida kuyib kul bo’lgani ko’z oldidan bir-bir o’tdi. Xulosa esa bugungi
qadam ertaning zaminiga aylanishi, ko’z yumish oxir-oqibat o’z hayotidan qo’l
yuvishga qadar olib borishi ochiqlandi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek,
arzimagan bir xohishda sobit tura olmaslik bir inson hayotini butunlay barbod
bo’lishiga olib keldi. Dastlab o’zboshimchalik bilan qilingan isyon ham tashqi
omillar vositasida borib-borib yo’qoldi, ayol hayotini “ko’nikish kerak, sabr
qilish kerak, chidash kerak” qabilidagi erkinlikdan mahrum qiluvchi g’oyalar
mahv etdi. Yakunda esa onasidan yodgorlik bo’lgan zanjirni bermaslik
vositasida hayotdan ko’z yumdi.

Tabiiy jarayonlardan ma’lumki, evolyutsiya rivojlanish asosiga

quriladi, ya’ni bugungi kundan ko’ra ertaning yaxshiroq bo’lishi kabi. Lekin
ko’rib o’tgan hikoyamizda evolyutsiya o’sishga emas, ko’nishga xizmat qildi,
o’zlikni yo’qotishga-da xizmat qildi. Dastlabki voqeada isyon bor edi, qaysarlik,
o’z istaklarida sobitlik bor edi. Ikkinchi holatda isyon cho’qqiga
chiqdi:hayotdan voz kechish yagona choraga aylandi. So’nggi vaziyatda esa
kuchdan qolgan vujudga navqiron uch yigitning nafsi yakun yasadi, kuchsiz


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 246

qarshilik ham kuchli zarbaga sabab bo’ldi. Bu sabab esa bir “o’zini baxshida
qilgan” ona, rafiqa, INSON umriga zomin bo’ldi.

Ritm bu-musiqiylik bilan bevosita aloqador jarayon hisoblanadi. Xuddi

musiqada bo’lganidek, dastlab sokin temp, keyin avj, oxiri esa yana tempning
sustlashishi bilan yakunlanadi. Yuqoridagi hikoyada ham ayni shu voqelik o’z
tasdig’ini topayotir: dastlab so’roqsiz kitobni oldi, cheklov o’tib tushganidan
hatto o’limgacha bordi, yakunda esa unsiz yig’i va baxshida umrga achinishgina
ro’y berdi xolos. Yuqorida sanab o’tilgan uch holat ruhiyatning ritmikligini, go h
baland, goh past, goh isyonkor, goh itoatkor bo’lishidan dalolat bermoqda.
Xuddi shuningdek, ruhiy evolyutsiya ham rivojlanish va to’xtash, yuksalish va
cho’kish kontrastligidan yuzaga keladi, yuqori-quyi, flegmatik-sangvinik,
xolerik-melanxolik xarakter tiplarini o’zida namoyon qiladi. Demak, inson
ruhiyati ham barqaror emas, barcha -barchasi vaziyat taqozosidan vujudga
keladi, xuddi inson yashayotgan hayot kabi doimiy harakatda, doimiy o’zgarish
tempida inson borlig’ini tashkil etadi. Ruhiyatning asosida esa erkinlikka
intilish, zindon bo’lgan jasaddan xoli bo’lish g’oyasi yotadi. Ruh zindonband
ekan, muttasil kurash ham, muttasil o’zgarish ham, muttasil isyon ham, muttasil
ko’nish ham davom etaveradi. Shu jihatdan “Aks” hikoyasi bir ayol misolida
tug’yon va istak, sabr va g’azab, bardosh va bariga qo’l siltash psixologik
tendensiyalarini mohirona aks ettira olganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi
va ruhiy ritmiklik, ruhiy evolyutsiya, xarakter tipini mo’jaz hikoya bag’riga
singdira olganligi bilan ajralib turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Quronov

D.

va

boshqalar.

“Adabiyotshunoslik

lug’ati”

–T.:

Akademnashr,2013. 46-bet

2. Solijonov Y. Detallar tilga kirganda// O’zbek adabiy tanqidi. –T.: “Turon-

Iqbol”,2011

3. Normatov U. Bugunning hikoyalari. Jahon adabiyoti, 1997 -yil,3-son
4. Imomova G. Hikoyada badiiy sintez va ramziy tasvir, Sharq yulduzi, 2005 -

yil, 3-5-fasl

5. Belinskiy V.G. Tanlangan asarlar. –T.: O’zdavnashr, 1955, -B.150
6. Grifsov B.A. Psixologiya pisatelya. –M.: Xud.lit.,1988



Bibliografik manbalar

Quronov D. va boshqalar. “Adabiyotshunoslik lug’ati” –T.: Akademnashr,2013. 46-bet

Solijonov Y. Detallar tilga kirganda// O’zbek adabiy tanqidi. –T.: “Turon-Iqbol”,2011

Normatov U. Bugunning hikoyalari. Jahon adabiyoti, 1997-yil,3-son

Imomova G. Hikoyada badiiy sintez va ramziy tasvir, Sharq yulduzi, 2005-yil, 3-5-fasl

Belinskiy V.G. Tanlangan asarlar. –T.: O’zdavnashr, 1955, -B.150

Grifsov B.A. Psixologiya pisatelya. –M.: Xud.lit.,1988