Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 4–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 137
TARBIYASI OGʻIR OʻQUVCHILAR BILAN ISHLASHNING
PSIXOLOGIK MUHIM VAZIFALARI
Rajabova Gavxar Karimboyevna
Olmaliq shahar 13-umumiy o'rta ta‘lim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
O`smirning xulq-atvori uning harakterini shakllantirishning murakkab
jarayonining tashqi ko`rinishidir. Jiddiy xulq-atvor buzilishlari, odatda, bu jarayondagi
og`ishlar bilan bog`liq. Ko`incha bolalarning hissiy rivojlanishi buziladi va xatti-harakati
qiyinlashadi. Shu munosabat bilan psixologik rivojlanishning asoratlari ko`pincha yuzaga
keladi va bu asoratlarning aksariyati psixologik kasalliklar alomati emas, balki normadan
chetga chiqishdir.
Kalit so`z:
o`smirlik, organik, psixotik, nasliy buzuqlik, delikvent, addiktiv,
pataxarakterologik, psixopatologik, giperpatiya,ruhiy barqarorlik,psixika
KIRISH
O`smirlarning deviant axloqi mahalliy va tibbiy adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan.
U, qoidagidek, delikvent xloq, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni barvaqt
iste’mol qilish, jinsiy axloq deviatsiyasi, suitsidal axloq, uydan qochib ketish va daydilik
kabi shakllarni o`z ichiga oladi. Ma’lumki, balog`at yoshi hisoblangan (12-14 yosh
davrida) o`smirlik davrida keskin psixofiziologik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Ushbu
o`zgarishlar ko`pincha o`smir ruhiyatiga ham ta’sir o`tkazadi. Bu o`smirda tajanglik,
serzardalik, injiqlik, ta’sirlanuvchanlik holatlarining kelib chiqishiga sabab bo`ladi. O`smir
ruhiy dunyosida paydo bo`lgan bunday o`zgarishlar balog`at davri o`tishi bilan bir
me’yorga kelib qoladi. Shuning uchun balog`at yoshi davrida ota-onalar o`smirlar
tarbiyasiga alohida e’tibor berishlari, ularda kechayotgan psixofiziologik o`zgarishlarni
hisobga olishlari maqsadga muvofiqdir. Ko`pincha oilaviy tarbiyada bolalarning yosh va
individual-psixologik xususiyatlarining inobatga olinmasligi ularning noto`g`ri, yomon
yo`llarga kirib ketishlariga sabab bo`ladi. Shu boisdan ota-onalar oilaviy tarbiyada,
farzandlari bilan bo`ladigan shaxslarlaro munosabatlarda, ular bilan muomala qilishda
shaxs va yosh davri xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutsalar oilaviy tarbiyaning
samarasi yuqori bo`lishligini ta’minlagan bo`lar edi.
Shaxs rivojlanishida eng og`ir va murakkab davrlardan biri bu o`smirlik davridir.
Shaxsning qadriyatlari, e’tiqodi, ideallari va ijtimoiy yo`nalganligi shakllanadigan ushbu
davr og`ishgan xulq-atvor ko`rinishlarining namoyon bo`lishi uchun ham eng qulay davr
hisoblanadi. Shuning uchun ham o`smirlarda deviant xulq shakllanishining psixologik
xususiyatini tadqiq qilish va o`rganish katta ahamiyat kasb etadi
O`smirlik – bu
harakterning shakllanish davri. Aynan shu davrda atrofmuhitning ta’siri juda katta kuchga
ega. O`smirlik 10-11 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan rivojlanish davri bo`lib, u bolaning
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 4–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 138
bolalikdan kattalikka o`tish boshlanishiga to`g`ri keladi va “o`smirlik inqirozi” kabi
tushuncha bilan tavsiflanadi. O`smirlik inqirozi tashqi (ta’lim faoliyati tabiatining
o`zgarishi, kattalar tomonidan talablar birligining yo`qligi, bolaning ijtimoiy holatining
o`zgarishi va boshqalar) va ichki (biologik va psixologik determinantlar) old shartlar bilan
tavsiflanadi. O`smirlarda og`ishlar giyohvandlik, o`z joniga qasd qilish, dissotsial
shakllarda, shuningdek, giperkinestik kasalliklarda, oilada cheklangan xatti-harakatlarning
buzilishida, jinsiy og`ishlarda va boshqalarda namoyon bo`ladi.
O`smirning
xulq-atvori
uning
harakterini
shakllantirishning
murakkab
jarayonining tashqi ko`rinishidir. Jiddiy xulq-atvor buzilishlari, odatda, bu jarayondagi
og`ishlar bilan bog`liq. Ko`incha bolalarning hissiy rivojlanishi buziladi va xatti-harakati
qiyinlashadi. Shu munosabat bilan psixologik rivojlanishning asoratlari ko`pincha yuzaga
keladi va bu asoratlarning aksariyati psixologik kasalliklar alomati emas, balki normadan
chetga chiqishdir. Deviant xulq-atvor o`smirlar orasida tarqalishi 40-65% ni tashkil qiladi.
O`quvchilar xulq-atvoridagi salbiy og`ishlar borasida olimlar bir qator
tipologiyalarni yaratishgan. Quyida psixolog V.Klanynning o`smirlardagi salbiy
og`ishlarga oid qarashlariga to`xtalib o`tamiz.
1.
“Esi past”. O`smirlarning xulq-atvorida sho`xlik, yoqimsiz xattiharakatlar
yetakchilik qiladi. Uyga kech kelish, aldash, ta’lim muassasasidagi har xil nizoli vaziyatni
kelib chiqishiga sababchi bo`lishlari, kinoga biletsiz kirishlari, doim janjallashish,
atrofdagilarni ko`nglini qoldirish, narkotikni tatib ko`rishga moyil bo`lishlari.
2.
“Ota-oaning dushmani”. Bu toifadagi o`smirlar o`z xatti-harakatlari bilan ota-
onalarini qiyin holatga qoldriadilar, ularga norozilik hissini ochiq oydin bildiradilar. Ular
ota-onasini munosabatini tushunmaydilar. Bu davrda salbiy hislari ortib boradi.
3.
“Axloqsiz bola”. Bunday o`smirlar asotsial yo`nalishga ega. Ularning hissiy
va intellectual taraqqiyotida o`zgarishlar yo`q, xulq-atvorida ham yaqqol o`zgarish
kuzatilmaydi. Ularda qonunbuzarlar bilan aloqada bo`lishga moyillik bor. Bu holat bolaga
nisbatan oiladagi e’tiborsizlik yoki nomaqbul oilada tarbiya topganligi zamirida vujudga
kelishi mumkin.
4.
“Organik”. Bu toifadagi bolalarda miyaning lat yeyishi yoki aqliy
taraqqiyotida ortda qolish yuzaga keladi. Bu esa tartib-intizomni hamda xulqatvorning
buzilishiga olib keladi. Bunda bolalar ko`pincha o`z tengdoshlari bilan janjallashadilar.
5.
“Psixotiklar”. Aqliy yetilmagan, kasalmand bolalar bo`lib, ular uchun
gallyutsinatsiya, jinoiy harakatlardan hursand bo`lish, buzg`unchi fikrlar hukmronlik
qiladi.
6.
“Nasliy buzuqlik”. Bu toifadagilar birlamchi psixopatlar hisoblanadilar. Ular
uchun jinoiy xatti-harakat qilish odatiy holga aylanadi. Nasliy buzuqlarda xatti-harakatlar
ilk yoshdayoq namoyon bo`ladi. Ularda mas’uliyat hissi yo`q va ishonib bo`lmaydi. Ularni
tuzatish va yordam ko`rsatish ancha mushkuldir
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 4–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 139
O`smirning deviant xatti-harakatlarini tasniflashning bir nechta variantlari mavjud.
Tibbiy yondashuv doirasida rus psixiatri, psixoterapevti va patopsixologi
V.D.Mendelevich tomonidan taklif qilingan tipologiya keng tarqalgan. U voqelik
bilan o`zaro ta’sir qilish usullariga, ijtimoiy me’yorlarning buzlishi tabiatiga asolanadi:
•
Delikvent tip. Jinoiy deb hisoblangan harakatlar: o`g`irlik, talonchilik,
zo`ravonlik kabilar kiradi.
•
Addiktiv tip. Haqiqatdan qochish, kuchli his-tuyg`ularni saqlab qolish istagi
shakllanadi. Sun’iy ravishda o`smirlar o`zlarining ruhiy holatida o`zgarishlarga erishadilar,
ular: kimyoviy moddalardan foydalanadilar (alkogolizm, giyohvandlik taksikomaniya),
diqqatlarni ma’lum stimullarga, harakatlar (trans, mastrubatsiya)ga qaratadilar.
•
Patoxarakterologik tip. Xulq-atvor ta’lim jarayonida shakllangan patologik
harakter belgilari bilan belgilanadi. Bu guruhga harakter urg`usi – psixopatiya (gisteroid,
schizoid, epileptoid va boshqalar) kiradi.
•
Psixopatologik tip. O`smirning xulq-atvor reaksiyalari psixopatologik
sindromlarning namoyon bo`lishi va ruhiy kasallik belgilaridir. Misol uchun:
apatiya – depressiya alomati, gipomaniya – bipolyar buzilishning namoyonidir.
•
Giperpatiya. Iqtidor, iste’dod, daho me’yordan chetga chiqadigan
harakatlarda namoyon bo`ladi.
O`smirlikdagi og`ishlar aniq ifodalangan bosqichga ega emas. Rivojlanish yagona
og`ish harakatlaridan muntazam takrorlanadigan harakatlarga, uyushgan faoliyatga,
turmush tarziga o`tadi. Taraqqiyot bir necha hafta, oy, yil davom etishi mumkin.
Tadqiqotchi K.E.Igoshevning ta’kidlashicha, “Bolalar va o`smirlar ayniqsa, o`smir
va o`spirinlarning yosh va o`tish davri xususiyatlari impulsivlik, qo`zg`aluvchanlik
holatining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Impulsiv xattiharakat birinchi navbatda o`ziga
xos affektiv kechinmalar tufayli yuzaga keladigan affektiv holatni ifodalaydi. Bunday holat
mazmunida qisqa muddatli va kuchayib boruvchi emotsional hissiyotlar yotadi”
Zamonaviy mahalliy tadqiqotchi Yu.A.Kleyberg o`smirlar deviantligi misolida
shaxsning madaniy normalarga munosabati orqali deviant axloqni ochib beradi. Og`ishgan
xulq- bu “shaxsning unga qadrli munosabatni namoyon qilishi vositasida ijtimoiy me’yor
va kutishlarni o`zgartirishning maxsus usuli”. Buning uchun alohida usullardan
foydalaniladi: sleng, simivolika, moda, manera, harakat va hokazo. O`smirlarning deviant
harakatlari ahamiyatli maqsadlar, o`z-o`zini tasdqilash va razryadka vositasi sifatida
chiqadi. 1932-yili N.I.Ozerskiy tomonidan voyaga yetmagan qonunbuzarlar tipologiyasini
bugungi kunda ham dolzarb bo`lgan ifodalanganlik darajasi va harakteri bo`yicha
deformatsiyasini taklif qildi: tasodifiy, odatiy, turg`un va professional qonunbuzarlar.
Qonunbuzarlikni sodir etgan o`smirlar orasida A.I.Dolgova, Ye.G.Gorbatovskaya,
V.A.Shumilkin va boshqalar, o`z navbatida, quyidagi uch tipni ajratadi:
1)
Izchil-kriminogen – ijtimoiy muhit bilan o`zaro ta’sirda jinoiy axloq
shaxsning kriminogen “hissasi” hal qiluvchi hisoblanadi, jinoyat axloqning odatiy usulidan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 4–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 140
kelib chiqadi, u sub’yektning maxsus qarashlari, ko`rsatmalari va qadriyatlari bilan
shartlanadi;
2)
Vaziyatli-kriminogen – axloqiy me’yorlarning buzlishi, jinoiy bo`lmagan
xarakterdagi qonunbuzarlik va jinoyatning o`zi ahamiyatli darajda notinch vaziyatlar bilan
shartlangan; jimoiy axloq sub’yektning rejalariga mos tushmasligi, uning nuqtai nazarida
ekssess bo`lishi mumkin; bunday o’smirlar ko`pincha qonunbuzarlikning tashabbuskori
hisoblanmay, spirtli ichimliklar kayfidagi holatda guruhda jinoyat sodir etadilar;
3)
Vaziyatli tip – salbiy axloqning ahamiyatsiz ifodalanganligi; individ aybi
bilan yuzaga kelmagan vaziyatning hal qiluvchi ta’siri; bunday o`smirlar hayotining usuli
ijobiy va salbiy ta’sirlar kurashi bilan xarakterlanadi
XULOSA
Deviant xulq-atvor tajovuzkorlik, sadism, o`g`rilik, yolg`onchilik, sargardonlik,
tashvish, tushkunlik orqali namoyon bo`ladi. Bunday xulq-atvorga ega bo`lgan o`smirlar
ko`pincha o`zlarini jamiyatdan maqsadli ravishda ajratib qo`yishadi, o`z joniga qasd
qilishga urunishadi, turli xil fobiyalardan aziyat chekishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.
N.G`.Komilova. Xulqi og`ishgan yoshlar psixologiyasi. O`quv qo`llanma. Toshkent
2013.
2.
Yadgarova G.T., Avlayev O.U. Tarbiyasi qiyin, qaltis guruhga mansub bolalar bilan
ishlash (Uslubiy qo`llanma) T.: 2007 y.
3.
Hakimova I.M. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2007.
4.
Игошев
К.Е.
Опыт
социально-психологического
анализа
личности
несовершеннолетних правонарушителей. М. 1967
5.
Менделеевич В.Д. «Психология девиантного поведение». Учебное пособие для
вузов. Речь. Санкт-петербург – 2005.
6.
Ziyo.net