95
O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA, MATAL VA IBORLARIDA “CHOL”
KONSEPTINING TALQINI
Hasanov Husniddin Kamol o‘g‘li,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute o‘qituvchisi
hasanovhusniddin1704@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslik, uning o‘rganish doirasi bevosita
paremiologik birliklar orqali o‘rganilgan. “Chol” konseptining lingvokognitiv xususiyatlari maqol,
matal, iboralar orqali ifodalangan.
Kalit so‘zlar
. Maqol, matal, ibora, konsept, kognitiv tilshunoslik, sfera, “chol” konsepti.
ÖZBEK HALK ATASÖZLERI, DEYIŞLERI VE DEYIMLERINDE
“YAŞLI ADAM” KAVRAMININ YORUMLANMASI
Hasanov Hüsniddin Kamal’ın oğlu,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğretmeni
Özet.
Bu makale bilişsel dilbilimi ve çalışma alanını doğrudan paremiyolojik birimler
aracılığıyla incelemektedir. “Yaşlı adam” kavramının dilsel-bilişsel özellikleri atasözleri, deyimler
ve deyimlerle dile getirilmektedir.
Anahtar kelimeler.
Atasözü, deyim, ifade, kavram, bilişsel dilbilim, küre, “yaşlı adam”
kavramı.
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПОНЯТИЯ “СТАРИК” В УЗБЕКСКИХ НАРОДНЫХ
ПОСЛОВИЦАХ, ПОГОВОРКАХ И ВЫРАЖЕНИЯХ
Хасанов Хусниддин Камол оглы,
ассистент Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация.
В данной статье когнитивная лингвистика и ее предмет изучения
рассматриваются непосредственно через паремиологические единицы. Лингвокогнитивные
свойства концепта «старик» выражены через пословицы, поговорки и выражения.
Ключевые слова.
Пословица, идиома, выражение, концепт, когнитивная
лингвистика, сфера, концепт “старик”.
INTERPRETATION OF THE TERM “STARIK” AND UZBEK PEOPLE
Hasanov Husniddin Kamol oglu,
assistant at the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Abstract.
This article studies cognitive linguistics, its field of study directly through
paremiological units. The linguocognitive properties of the concept of "old man" are expressed
through proverbs, sayings, and expressions.
Keywords.
Proverb, saying, expression, concept, cognitive linguistics, sphere, concept of
“old man”.
Kirish.
Barchamizga ma’lumki, azal-azaldan xalqimizninng donishmandlik haqidagi maqol,
matal, afsona, rivoyat va ertaklarida yoshi ulug‘ qariyalar, nuroniy chollar, kampirlar, otalar va
ularning aqlli va aqlsiz, o‘z bilganidan qolmaydigan farzandlari haqida ko‘plab hayotiy voqelarga
yuzma-yuz kelamiz. Negaki, bizning ota-bobolarimz o‘zlari misqollab yiqqan milliy qadriyatlarini
96
ko‘z qorachig‘idek asragan va bularni hayot yo‘llarida katta mashaqqatlar bilan sayqallab,
tajribalarini mustahkamlashda unumli foydalanishgan, xalqimizda
“Qari bilganni – pari bilmas”
kabi maqollarning o‘ziyoq yuqoridagi fikr-mulohazalarimizni to‘laqonli quvvatlashga asos bo‘la
oladi. Chunki qariya, nuroniy oqsoqol, mahalla yoshi ulug‘i, choli-yu, kampiri ana shu milliy
o‘gitlarimizni har doim yodimizga soladi. “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” kabi o‘lmas
maqollarimizning o‘zida qanchadan qancha ma’no o‘z tajassumini topadi. Inson boshiga har qanday
vaziyatda Alloh taolo mislsiz sinovlar yuborib turadi. Ana shunday og‘ir vaziyatlarda har qanday
ShAXSning kamarbastasi, habibi yoki uning suyanishga, madad olishga katta ishongan insoni
bo‘ladi. Bu ham bo‘lsa, xalqimizning, vatanimizninng qariyalari, otalari, bobolari va nuroniylaridir.
Kundan kunga jadal suratlarda taraqqiy topib, yangi nazariy-ilmiy o‘zanlar “kashf”iga keng
imkoniyatlar ochib berayotgan global dunyo modifikatsiyasida mislsiz evrilishlar ro‘y bermoqda.
Otaning oilada o‘rni qanchalik ulug‘ bo‘lsa, qariyalar, chollar va nuroniylarning keskir o‘gitlari,
so‘zlari, bir so‘z bilan aytganda hayotiy tajribalari shunchalik muhimdir. Bunday o‘tkir haqiqatni
hech qachon unutmasligimiz kerak. Mana shu munosabatga diqqat qaratadigan bo‘lsak, birgina –
chol konseptining turli xil janrlar-u, shakllarda o‘ziga xos modifikatsion qamrov jadalligiga
aylanganini ko‘ramiz. Xalqimizning azal-azaldan qadriyatga aylangan, donishmandlik va halollik,
poklik va ulug‘lik, mehr-muhabbat va odamiylik kabi o‘lmas tushunchalarining bir-biridan
farqlanishini, o‘ziga xos kriteriyalar chegarasida namoyon bo‘lish strukturasini talqin qilishga
diqqat qaratamiz.
“Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy,
obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi.
Maqol
o‘zbek tilida
maqol
, tojiklarda
zarbulmasal
, ruslarda
poslovitsa
, arablarda (jonli so‘zlashuvda)
naql
, turklarda
ata so‘zi
atamasi
bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [
ڶو ق
] – qavlun – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan.
Maqollarda so‘z qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi so‘zlarni boshqasi bilan
almashtirish, biron so‘z qo‘shish mumkin emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda
namoyon bo‘ladi. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida bor bo‘lib, hajm, shakl,
yaratilishi maqsadiga ko‘ra mushtarak hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi.
Jumladan, arablarda “
qavlun
” –
gap, so‘z
ma’nosini ifodalasa, tojiklarning “
zarbulmasal
”
atamalarida misol keltirish, ruslar “
poslovitsa
”sida so‘zlar bilan fikrni ifodalash, turklardagi “
ota
so‘zi
”da esa ajdodlar fikrini eslash ma’nosi yetakchi.
Maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani tilshunos olimlar paremiyalogiya deb atashadi.
Uning qisqa va ko‘pincha she’riy misralar kabi bo‘lishi, aniqlik, lo‘ndalik hamda sermazmunlik
kasb etishini, bir so‘z bilan qanchadan-qancha ma’no beruvchi xususiyatini ham unutmaslik lozim.
Maqollarning turli xil mazmuniga qarab tasniflash mumkin. U qanday vaziyatda va qay o‘rinda
ishlatilishiga qarab ajratib, uning ma’nolarni talqin qilish ishonchni oqlaydi.
O‘zbek tilinining yashirin xazinasi haqida tushuncha.
Dunyodagi barcha tillarning bir-
biriga o‘tib, rivojlantirib turuvchi nihoyatda keng atamalari borki, uni nazariy jihatdan tadqiq etish
joriy lingvo-kognitiv tilshunoslikning muhim vazifalaridan biri sanaladi. Shu ma’noda,
tilshunoslikdagi har bir so‘z o‘zining ma’no anglatuvchi xususiyatiga ega bo‘lishi bilan bir qatorda,
juumlalarni semantik-stilistik tomondan bog‘lovchi muhim kategoriyalar hisoblanadi. Chol –
konseptiga e’tibor beraylik. Maqollarda, iboralarda, matallarda aks etish konsepsiyasi jihatidan turli
xil ma’noviy qatlamlarni o‘zida tajassum qiladi. Ertakdagi obrazlar va metaforalar, tasviriy-badiiy
san’atlar, umuman xilma-xil vositalarning yuzaga chiqishida, insonning o‘zak tomiri – ruhiga ta’sir
qilishida, tarbiyaviy ahamiyati bilan alohida ajralib turishini unutmaslik lozim. “O‘zbek tili mana
shunday imkoniyati keng til. Unga hadeb chet tillardan so‘zlarni tashib kelaverish o‘rinsiz. Buning
o‘rniga o‘sha tushunchani ifodalash uchun til imkoniyatidan foydalanishga harakat qilish kerak. Bu
o‘rinda tillardagi mavjud so‘zlarning ko‘p ma’noliligiga ham e’tiborni qaratish yaxshi natija berishi
mumkin” [1, 36]. Ko‘rinadiki, o‘zbek xalq maqollari-yu, xalq og‘zaki ijodidagi turli xil janrlarda
akslangan chol konsepti ham insonning shakllanish moduslarini, tarbiya va axloq kategoriyalarini,
shaxsning donishmandlik konsepsiyasini yagona estetik markazda uyushuvini to‘laqonli
dalolatlaydi. Maqolning har bir ma’noga, tarbiyaga, axloq va komillikka, o‘zlikni anglashga
97
ko‘maklashuvchi, boshlang‘ich tasavvurlarni o‘tkirligini ta’min etuvchi miqyoslarininng turfaligiga
kafforat bo‘ladi.
Har qanday maqollarning muallifi, yaratilish tarixi va makon hamda zamoni bo‘lmaganidek,
uning har bir xalq udumlarida namoyon bo‘lish o‘lchovi ham turlicha vaziyat, sabab va ehtiyoj
yuzasidan dunyoga kelgani ayonlashadi. “Keyingi yillarda til birliklarining kognitiv jihatiga katta
e’tibor qaratilib, bu sohada olib borilayotgan izlanishlarda mavjud til birliklarining inson tomonidan
qayta anglanishi natijasida paydo bo‘layotgani ilmiy asoslab berildi. J.Lakoff va M.Jonson
metaforik hosila ma’noning paydo bo‘lishida ikki kognitiv maydon, ya’ni manba maydoni hamda
maqsad maydoni ishtirok etishini ko‘rsatadilar. Manba maydoni insonning tajribasi orqali borliqni
idrok etishidagi aniq bilimlar yig‘indisidir. Maqsad maydoni esa nisbatan kam oydinlashgan,
aniqlanishi muqarrar bilimdir” [2, 60]. Chol – konsepti haqida ham shunday manba va maqsadning
hosil bo‘lish talqiniga e’tibor qaratilsa, o‘z-o‘zidan insonning faoliyati bilan bog‘liq ko‘pgina
jihatlar oydinlashadi:
“Aqlli qariya – oqib turgan daryo”.
Keltirilgan maqolda ikki jihat ko‘z oldimizda
konseptning mohiyatiga yetaklaydi. Birinchidan,
aqllining
– antitezasi –
aqlsiz
bilan aniqlashtirilsa,
oqib turgan daryoning foydali xususiyatlari jozibadorlik hissini uyg‘otadi.
Qariya
– konsepti,
cholninng o‘zakdoshidan, sinonimik qatorni hosil qilsa, mavjud masalaga aql va aqlsiz, bilimli va
bilmisiz singari antitezalar aniqlanishiga, lingvokoginitiv tasnifning yechimi sari yetaklaydi.
Xalqimizda aqlli qariyadan, donshmand choldan, nuroniy oqsoqoldan hikmat o‘rgan, tajriba orttir,
uning ko‘rsatmalariga amal qil kabi o‘nlab purma’no o‘gitlar mavjud. Mana shu purma’no
o‘gitlardan vaqtida xulosalar olish, har bir mo‘min-musulmonninng hayotiy aqidasiga aylanishi
lozimdir. “Hayotni tahlil va talqin qilish, borliqni sezgilar vositasida idrok qilish hamda uni tilda
ifodalashda verbal sistema ishga tushadi. His etish va anglab yetish jarayonlari pirovardida
hayotning perseptiv ko‘rinishi paydo bo‘ladi; bu manzara maqollarda tiriklik – baxt, yuk – tashvish,
o‘tkinchi, kurash, harakat, o‘zgaruvchan, mas’uliyat, birlik, oila, farzand, mehr-muhabbat, boylik,
tajriba, mehnat, qarz, shafqatsiz leksemalari bilan voqelangan” [3, 5]. Binobarin, qariyalar. Chol va
yoshi ulug‘ kishilarning mehnat va hayot tajribasid aks etgan ma’nolar, donishmandlik
qobiliyatlarining umumiy yig‘indisi maqollarning turli xil variantlarda verballashuviga olib keladi.
Ya’ni dono, zukko, aqqli, ko‘pni ko‘rgan, bilimdon, zakiy kabi so‘zlarninng bir ma’no doirasida
uyushganlik darajasi maqollardagi mantiqninng nima haqida borayotganiga qarab, shaxsning
intelleutual kapitalini, tafakkur va tushuncha semalarini kengayib, sayqallanib borishiga zamin
hozirlaydi. Mana shu tariqa maqollar, iboralar, matallarda uzviylik, aks ettirilayotgan
konseptlarning bir-birini to‘ldiruvchi mohiyat kasb etishi ayon bo‘ladi.
Devor bino bo‘lmas,
Qari bo‘lgan bilan dono bo‘lmas.
Mazkur maqoldagi tushunchani ham inson faoliyatidagi tajriba, hayotiy anglamlar sifatida
talqin qilish mumkin. Ya’ni maqolninng tabiatidagi
devor
so‘zi yoshi bir joyga borgan har qanday
odamdan aqqlli fikr, donolik chiqmaydi degan xulosa kelmoqda. Devorning binoga evrilishi uchun
uning ustunlari va tomi bo‘lishi lozimligi, qariyaning xatti-harakati, so‘zlari, muomalasi, tajribasi
bo‘lmasa – donoga aylanishi mumkin emas degan ko‘pma’nolilik yuzaga kelmodqa. Maqol va
matalning verballashuvida
chol
konseptini ifodalashga doir tushunchalar yig‘indisini quyidagi
misolar bilan talqin qilib chiqamiz.
Ma’lumki, xalqimizning juda uzoq tarixiy-milliy qadriyatlariga aylangan maqollari-yu,
matallari mavjud. Uning zamirida yoshlarni mehnatsevarlikka, to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslikka,
haqiqat yo‘lida birlashishga, hayotning achchiq-chuchugini anglashda muhim aqidalarga amal
qilishga o‘rgatadi. Ana shu mezon har bir inson qalbidagi orzu-umidlarning vaqtida ro‘yobga
chiqishini ta’minlashga xzmat qiladi. Adabiyotshunoslik lug‘atida ham bu borada janrning umumiy
ifodasiga alohida e’tibor qartilgan. Maqolning mataldan farqini quyidagicha izohlash mumkin:
“Xalq maqollari shakl va mazmun jihatdan matallarga yaqin janr hisoblanadi. Matallar ham ixcham
matnga ega ekanligi bilan maqolga o‘xshaydi. Matal, odatda, notiq nutqi tarkibiy qismini tashkil
etadi, ammo mustaqil qo‘llanganda tugal fikr anglatmaydi. Masalan, xalqimizda
“Yaxshi gap bilan
98
ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqar”
degan maqol bor. Agar maqolning yarim
matnini
“Falonchi ilon inidan chiqadigan qilib gapirdi”
tarzida qo‘llasak, biz matal aytgan
bo‘lamiz. Haqiqatdan ham, maqolning strukturaviy semantikasida hal qiluvchi birgina so‘z mavjud
bo‘lib, shaxsning tabiatini yanada ochib, uning qanday mavqeda bo‘lishini, nima maqsadda bunday
vaziyatdagi maqolni uning xarakteriga moslanganligini lingvodidaktik tushunchalar doirasida
yuzaga chiqadi. Quyidagi maqolda esa yosh xususiyatidan qat’iy nazar insonning hamisha baxtli
hayot kechirishi kim bilan yurishiga bog‘liq ekanligi bilan bevosita belgilanishni tushunamiz:
Dono bilan yursang, dono bo‘lasan,
Ahmoq bilan yursang, rasvo bo‘lasan.
Dono va axmoq orasidagi tazod (zidlanish) xuddi kun va tun kabi yorug‘lik hamda zulmatni
ko‘z oldimizga keltiradi. Chunki axmoq o‘z bilganidan qolmay, yonidagi hamrohini ham tubsiz
jarlik sari yetaklashi, rasvoi olam qilishi, o‘zgalar oldida obro‘sizlantirishi mumkin. Negaki, dono
inson hayotning achchiq-chuchugini va ziyon-zahmatlarini ko‘proq totgan bo‘ladi. Bizda
donishmand ota bobolarimiz deb boshlanuvchi ko‘plab ibratli hikoyalar, maqollar va matallar
mavjud. Shunday ekan, har bir inson tushunchalar va terminlarni farqlashda hayotiy tajribalarga ega
insonlar bilan hayot kechirsa, ularning ilmu ma’rifatiga amal qilishsa, maqsadga muvofiq ish qilgan
bo‘ladi. Dunyoning jadal suratlarda taraqqiy etishi bilan bog‘liq xilma-xil hayotiy ma’no kasb
etuvchi maqollar, matallar o‘ylab topishmoqda. Yangidan-yangi epizodlar ham inson qismatini
butunlay tubdan o‘zgartirib yuborishi tayin gap.
Ta’kidlash o‘rinliki, har bir maqol va matal mohiyatida insonni ezgulikka chorlovchi dono
nasihatlar bo‘lishi tabiiydir. Jumladan, “Adabiy-tarixiy yodgorliklarimizning har bir zarvarag‘ida,
keksalarimizning ikki gapini birida xalq maqollari va ibratli so‘zlarga duch kelaverasiz. Bu
tushunarli, albatta. Chunki turmush tajribalari asosida shakllangan maqollar tarbiya masalalarida
hamisha muhim o‘rin tutgan. Bugun esa qalin-qalin kitoblarda ham, zamondoshlarimiz nutqida ham
ular juda kam qo‘llaniladigan bo‘lib qoldi. Ayni paytda andishasizlik, imon-e’tiqodning yo‘qligi
kabi g‘ayriinsoniy xislatlar ko‘paydi. Bu ikki hodisaning bir vaqtga to‘g‘ri kelishi tasodifmi yoki
ularning oz bo‘lsa-da, o‘zaro bog‘liqligi bormi?
“Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda maqollar mazmunida ham turli
darajadagi o‘zgarishlar – torayish yoki kengayishlar yuz beradi. Mana shu faktning o‘ziyoq
maqolning jamiyat hayoti, xalq turmushi bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Demak, maqollar
xalq hayotini, uning o‘tmishdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmush darajasini o‘rganishda
asosiy vazifani bajaradi. Haqiqatdan ham, maqollar turli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni, xalqning
etik va estetik normalarini, e’tiqodiy tasavvurlarini, maishiy turmushi va mehnat tarzini, sevgi va
nafratini, orzu va intilishlarini obyektiv baholaydi” [4, 678]. Mazkur manbaga shuni qo‘shimcha
qilish mumkinki, maqol va matallardagi inson shaxsining surati va siyratini, muomalasi va
madaniyatini, olijanobligi hamda bag‘rikengligini, millatlararo hamdo‘stligini his qilamiz.
Jumladan, islom dinida sabr konseptining kengroq tushuncha hosil qilishiga doir juda ko‘plab diniy-
ilohiy, falsafiy-psixologik manbalar mavjud. Sabr – inson tadqiriga juda jozibali bir idrok va mayoq
tuhfa qiladi. Sabrli bo‘lishga o‘rgatish, chol konseptida ham, qariya yoki nuroniy taqdiriga oid
tajribalar yig‘indisida ham juda katta ma’nolar maydonini azim maqsadga evrilishida alohida o‘rin
egallaydi:
“Bir donishmand Ka’bani tavof qilarkan, soch-soqollari oqargan bir kishini yelkasiga
opichlab olgan odamga duch kelibdi. Haligi odam hadeb yelkasidagi qariyaga:
– Yoshligimdagisi kamlik qilgandek, endi keksayganimda ham boshimga dard bo‘lding! –
dermish. Buni eshitgan donishmand hayratini yashirolmabdi:
– Ey do‘st, afsus, sen bu minnatlaring bilan otangga qilgan yaxshiliklaringni savobidan
judo bo‘lyapsan. Otangni e’zozlash sening burching-ku!
– Ey birodar! Nimalar deyapsiz? Yelkamdagi otam emas, o‘g‘limdir. Men uning otasiman, -
debdi haligi kishi.
Donishmand battar hayratlanibdi:
– Axir uning soch-soqollari oppoq, sendan qari ko‘rinadi-ku!
99
– Ha-a, – debdi boshini chayqab u odam. – O‘g‘lim noma’qul, badfe’l xotinga uylanib
qo‘yib shu ko‘yga tushdi...
Donishmand uyga qaytgach, bu voqeani shogirdlariga ayta turib, debdi:
Erkakning aft-angori uning xotini haqidagi eng ishonchli hujjat ekan! [5,34].
Mana shu rivoyatda birgina so‘zga teng maqol o‘z ifodasini topsa,
ya’ni “Qari bilganni –
pari bilmas”
ni yodimizga tushiradi. Doshinmandning o‘z o‘g‘li haqidagi qarashlari universallik
kasb etib, qariya-cholning xarakter xususiyatlarini estetik jihatdan bo‘rttirib ko‘rsatadi. Natijada
hayotning pastu balandini totgan qariya xarakteri yanada tiniqlashib, hayotning og‘riqlaridan xulosa
chiqarishni, yaxshi xotin erning qaro yer emas, baxtli qilishini dalolatlashga yo‘naltiriladi. Dunyo
xalqlarida maqol va matallar, iboralarning verballashuvi xususida juda ko‘plab tadqiqotlar
yaratilgan. Ya’ni bitta so‘z doirasida konseptlar olamning lisoniy manzarasini lingvokognitiv
tilshunoslik miqyosida qaytadan kashf etishga zamin hozirlaydi. Ayni paytda, maqollarning har bir
kasbga, shaxsga, vaziyatga, holatga, tabiatga bog‘liq juda ko‘plab qirralari keng va tor doirada
inson psixikasini ham badiiy-tasviriy vositalar negizida anglash imkonini beradi. Maqol va
matallarda milliy o‘ziga xoslikni ifodalash xususida kelsak, bu – g‘oyat og‘ir ish. Aynan milliy
o‘ziga xoslik stilistik bo‘yoqlarda katta rol o‘ynaydi. Kitobxon asliyatda yoki tarjimada o‘qishiga
bog‘liq ravishda stilistik kolorit turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan, fransuzlar eng avvalo maqol va
matallarning nutq uslubiga mansubligiga e’tibor qiladi. U qo‘llanayotgan maqol va matalning
asarning umumiy fabulasi, muayyan shartlari, obrazdagi tipik qahramonlar bilan uyg‘unligi haqida
o‘ylaydi” [6, 32]. Darhaqiqat, o‘zbek xalq maqollarida ham bunday nutqiy uslub fragmentlariga
diqqat qaratish tinglovchining obrazli tafakkur yuritishga olib keladi. Natijada, maqol, matal va
iboralarning juda ko‘pchiligida chol konsepti – donishmandlik, zukkolik va donolik semalariga
borib tutashishini tasdiqlaydi:
Ma’rakada topib gapirgan – dono,
O‘zini tutib o‘tirgan ham – dono.
O‘zbek xalqi azal-azaldan yoshi ulug‘larni o‘zaro hurmat-izzatda saqlash, ularning dono
fikr-mulohazalariga zimdan quloq solish, hayotiy tajribalaridan tayinli ibratlar olishga keng diqqat
qaratishi bilan boshqa xalqlardan mental xususiyatlari ajralib turadi. Negaki, bizda yoshi ulug‘
odam biror tadbirga kelsa-yu, u yerda tinglovchilar asosan yoshlar bo‘lsa, hamda gapiruvchi (va’z
aytuvchi) dono-qariyalarning suhbatlarini tinglashni o‘zlariga odat deb bilishadi. Yuqoridagi
maqolda donolikning ikki jihati qabarib ko‘rinadi. Masalan, ma’raka, biror tadbirda o‘zini nutqida
munosib davraga mos so‘zlarni, maqollaru hikmatlarni o‘rni-o‘rnida foydalana olishi donolik
belgisi, o‘zini tinglab, tutib o‘tirgan ham donolik ekaniga mantiqiy urg‘u berilmoqda.
Topib
gapirgan bilan,
tutib
o‘tirgan jumlasida –
donishmandlik
alomati zuhur etilishini ko‘ramiz.
Biz olamni u yoki bu yo‘sinda (boshqacha emas) qismlarga ajratishimiz, tushunchalar
vositasida ifodalashimiz va ma’nolarga taqsimlashimizning sababi biz ham bunday tizimlashtirishga
undovchi kelishuv ishtirokchilarimiz. Bu kelishuv ma’lum bir lisoniy jamoa uchun majburiy va
bizning lisonimiz tizimidan joy olgan. Shunday qilib, nisbiylik tamoyilining yangi ko‘rinishiga
duch kelamiz va uning mazmuni quyidagicha: bir xil fizik hodisalardan tarkib topgan olamning bir
xildagi tasviriga faqatgina til tizimlarining bir xil yoki hech bo‘lmaganda o‘xshashligidagina
erishish mumkin” [7, 59-68]. Zero, nutqiy ong va tuyg‘u nisbati obrazli tafakkur sarhadlarini
kengaytirib, yangidan-yangi atamalarning zuhur etilishiga oydinlik kiritib boradi. Til – voqelikni
inson tuyg‘ulari bilan birga namoyon etgandagina, uning ta’sir kuchi alohida mavqe kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Миртожиев М., Маҳмудов Н. Тил ва маданият. – Т: “Ўзбекистон”. 1992. – Б.36.
2.
Юлдашев А.Г.Кўчма маъноли сўзларда когнитив механизмларнинг ўрни //
―Ўзбекистонда хорижий тиллар‖ илмий-методик электрон журнал journal.fledu.uz №
3/2019. – Б.60.
3.
Комилова Г. Ўзбек тилидаги мақолларнинг аксиолингвистик таҳлили. Филология
фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.автореферати. – Тошкент, 2022. – Б.15.
100
4.
Мадалов Н. Инглиз тилшунослигида мақолларнинг лингвистик тадқиқи. // Academic
Research in Educational Sciences. 2022. №3. – Б.678-682.
5.
https://www.facebook.com/groups/nasihat1/permalink/43584294342106
Гўзал панд
насиҳатлар китобидан олинди.
6.
Шекуров Г.П. Некоторые вопросы перевода с русского языка на французский,
Автореферат канд. дисс., – Л., 1956. – Б. 32.
7.
Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. – Жиззах: “Сангзор”. 2006. – Б. 59-68.
8.
Normo‘minov, S. T. (2023). Til tizimi va so ‘z turkumlari paradigmasida yadro-periferiya
munosabatlari haqida.
2016 no. 6 (100/1)
,
100
(66), 5-10.
9.
Нормуминов, Ш. Т. (2020). Взаимосвязи и развитие парадигм частей речи.
Вестник
Таджикского национального университета. Серия филологических наук
, (6), 142-147.
10.
Anorqulova, O. N. K. (2021). Interpretation of the concept of father in some oral and written
sources.
Current research journal of philological sciences
,
2
(07), 20-24.
11.
Yoqubov,
I. (2025). Uzbek Spelling Rules:
History, Principles, and Modern
Applications.
Pedagogika, psixologiya va ijtimoiy tadqiqotlar jurnali
,
4
(2), 20-26.
12.
Yoqubov, I. (2025). O‘zbek va turk tillaridagi gap bo‘laklarining qiyosiy tavsifi.
fars
International Journal of Education, Social Science & Humanities.
,
13
(2), 9-14.
13.
Alikulova, D.O., & Pardayev, S. S. (2024). Increasing students'vocabulary by using didactic
games and interactive methods in teaching synonyms.
Journal of Science, Research and
Teaching
,
3
(12), 15-18.
14.
Shokir o‘g‘li, P. S. (2024). Omonim so ‘zlarni o ‘qitishda interfaol metodlardan
foydalanish.
Miasto Przyszłości
,
54
, 1744-1746.
15.
Erbutayeva, S. U. (2021). About some auxiliary words in Uzbek language.
Academicia: An
International Multidisciplinary Research Journal
,
11
(5), 1294-1300.
16.
Utkirovna, E.S., & Pardayev, A. B. About New Assistants in Uzbek Language.
JournalNX
,
333-336.
17.
Utkirovna, E.S. (2023). Badiiy matnni shakllantirishda funksional ko‘makchilarning o
‘rni.
Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси http://mamun. uz/uz/page/56
,
4
, 43-45.
18.
Kamol o‘g‘li, H. H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of
Phraseological Units. In
International Conference on Adaptive Learning Technologies
(Vol.
10, pp. 55-56).