Annotatsiya. Ushbu maqolada tilshunoslik sohasida qo‘llaniladigan kinoya va tag maʼno tushunchalari tahlil ostiga olindi. O‘zbek tilining so‘zlashuv uslubida keng qo‘llaniladigan kinoya va tag ma’noni bildiruvchi lingvistik birliklar badiiy uslubga xos janrlarda ham o‘z ifodasini topadi. Badiiy asarning salmog‘ini, ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladigan bunday birliklar mashhur yozuvchimiz Abdulla Qahhor hikoyalari matnida qo‘llanilganligi ko‘rsatib o‘tildi.