174
OT SO‘Z TURKUMINING KO‘MAKCHILASHISHI
Mamarasulova Iroda,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Ilmiy rahbar: Sh.U.Erbutayeva O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika
instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqot ishimizda so‘z turkumlari o‘rtasida sodir bo‘luvchi
ko‘makchilashish hodisasi va ot so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan ayrim so‘zlarning o‘zining leksik
ma’nosidan tashqari ko‘makchi vazifasida ham kelish holatlari ayrim misollar orqali ko‘rsatib
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar.
Transpozitsiya, ko‘makchilashish, ot so‘z turkumi, qo‘yin, og‘ush, lab, yoqa,
kift kabilar.
İSIMLERIN YARDIMCILARA DÖNÜŞÜMÜ
Mamarasulova Iroda
, Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
Bilimsel danışman: Sh.Ü. Erbutayeva - kıdemli öğretim görevlisi, özbek dili ve edebiyatı
bölümü, Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü
Özet
. Bu araştırmada, sözcük sınıfları arasındaki yardımcı ilişki olgusu ve isim sınıfına ait
bazı sözcüklerin, sözlüksel anlamlarının yanı sıra yardımcı sözcük olarak da işlev gördüğü
durumlar örneklerle gösterilmiştir.
Anahtar kelimeler.
Aktarma, tamamlama, isim tamlaması, koyun, ogʻush, lab, yaka, omuz.
СТАНОВЛЕНИЕ СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫХ В ПОСЛЕСЛОГИ
Мамарасулова Ирода
,
студентка Узбекско-Финского педагогического института
Научный руководитель: Ш.У. Эрбутаева - старший преподаватель кафедры
узбекского языка и литературы Узбекско-финского педагогического института
Аннотация.
В данном исследовании на примерах демонстрируется явление
вспомогательных отношений между классами слов и случаи, когда некоторые слова,
принадлежащие к классу существительных, в дополнение к своему лексическому значению
выполняют также функцию вспомогательных слов.
Ключевые слова.
Транспозиция, дополнение, именная группа, овца, огуш, лаб,
воротник, плечо и т. д.
THE FORMATION OF NOUNS INTO SLOGS
Mamarasulova Iroda
, Uzbek-Finnish pedagogical institute
student of the Uzbek language and literature department
Abstract.
In this research, the phenomenon of auxiliary relations between word classes and
the cases where some words belonging to the noun class, in addition to their lexical meaning, also
function as auxiliary words are shown through some examples.
Keywords.
transposition, complementation, noun phrase, hug, sleeve, lab, collar, shoulder,
etc.
175
Bizga ma’lumki, transpozitsiya hodisasi tilshunoslikning muhim mavzularidan biri bo‘lib,
so‘z turkumlarining bir turkumdan ikkinchi turkumga o‘tish jarayonini o‘rganadi. Ma’lum bir
turkumga mansub so‘zning o‘ziga xos bo‘lgan atash , vazifa semasini kuchsizlantirib, boshqa so‘z
turkumiga xos semantik va grammatik belgiga ega bo‘lishiga transpozitsiya deyiladi. U so‘z
turkumlari o‘rtasidagi o‘zaro almashinuv natijasida vujudga keladi. Ana shunday jarayonlarda
turkumlar o‘rtasida ko‘makchilashish hodisasi ham sodir bo‘ladi.
Ma’lum bir turkumga tegishli bo‘lgan so‘zning o‘zining leksik ma’nosidan tashqari boshqa
bir turkumdagi so‘zning vazifasini bajarib kelishiga ko‘makchilashish deyiladi. Ko‘makchilar
tarixan mustaqil so‘zlar bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi o‘zbek adabiy tilida leksik ma’nosini yo‘qotgan.
Grammatik ma’no va grammatik vazifaga ega. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar, shu jumladan,
ko‘makchilar, shakliy-funksional tomondan ancha o‘rganilgan. 20-asrning 20-yillarida yaratilgan
Abdurauf Fitratning “Sarf”; M.Qori, Q.Ramazon, Sh.Zunnunlar muallifligida nashr qilingan
“O‘zbekcha til saboqligi” asarlarida bog‘lovchi atamasi keltirilmaydi. Bu turdagi so‘zlar ko‘makchi
deb yuritiladi.[2,3.]
Ko‘makchilarning til tizimidagi tutgan o‘rni xususidagi bir nechta ilmiy xulosalarga tayanib,
aytish mumkinki, ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar hisoblanib, o‘z leksik ma’nolariga ega
bo‘lgan , ammo davrlar o‘tishi bilan bu leksik ma’nolarni yo‘qotib, ularning ma’lum qismi
o‘zgarmas bo‘lib, hech qanday grammatik shakllarni qabul qilmaydigan holga kelib qolgan, o‘zidan
oldin kelgan so‘zlar bilan birgalikda vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon, obyekt, o‘xshatish, payt,
masofa, yo‘nalish singari grammatik ma’nolarni ifoda etadigan va yordamchi vosita sanaladigan til
birliklaridir.[2,4.] Ushbu maqolada bir nechta so‘zlar haqida fikr yuritiladi.
Hozirgi kunda o‘zbek tilida shunday so‘zlar borki, bir o‘rinda o‘zining atash, leksik-
semantik ma’nolarini saqlagan holda ma’lum vazifalarni bajarib keladi, boshqa holatlarda
ma’nolarni yo‘qotib, transpozitsiya hodisasi ta’sirida ko‘makchilashish sodir bo‘lib, ko‘makchi
vazifasini bajarib keladi. Ayniqsa ot so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan bir nechta so‘zlarni
keltirishimiz mumkin.
Qo‘yin
– soʻzi oʻz leksik maʼnosidan tashqari koʻmakchi vazifasida ham keladi.
Koʻmakchilashayotgan bu soʻz “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da qoʻyin- 1). Koʻkrak va uni yopib
turgan kiyim orasidagi joy. Boʻtaboy qoʻynidagi gazetalarni olib otboqarga berdi. 2). Koʻchma.
Quchoq, ogʻush degan maʼnolarni anglatadi.
Yodlaringga olurmisan sirli damlarni
Yodlaringga olurmisan shirin gʻamlarni
Yoqib qoʻyib tun qoʻynida yoki shakllarni
Meni yodga olurmisan, ey goʻzal ayol?!
[3,12.]
Ushbu misrada keltirilgan tun qoʻynida soʻz birikmasi tarkibidagi qoʻyni soʻzi oʻzining asl
denotativ maʼnosini yoʻqotib, tun vaqtida degan maʼnoni yuzaga chiqargan. Aslida qoʻyin soʻzi
shaxs va tabiatdagi jonli narsalarga tegishli boʻlgan soʻz hisoblanadi. Jonsiz predmetlarga nisbatan
qoʻllanilib , koʻmakchi vazifasini bajarib keladi. Masalan, Choʻlponning “Qor qoʻynida lola” deb
nomlangan hikoyasini keltirishimiz mumkin.
Ogʻush
- soʻzini izohli lugʻatda quchoq, qoʻyin, bagʻir kabi maʼnolari aytib oʻtilgan.
Masalan, Raʼno javob bermay, Anvarning ogʻushidan oʻzini qutqazib oʻrnidan turdi. [A.Qodiriy ]
Derazangni chertganida yomgʻir-u shamol
Ogʻushiga olganida cheki yoʻq xayol
Sochlaringdan sirgʻalarkan qirmizi roʻmol
Meni yodga olurmisan, ey goʻzal ayol?! [ Xurshid Davron]
Ushbu misrada uchrovchi xayol ogʻushi birikmasi tarkibidagi ogʻush soʻzi ot soʻz turkumiga
mansub boʻlib, bu yerda asl denotativ maʼnosini yoʻqotib, mavhumlashib metaforik yoʻl bilan
koʻchma maʼno ifodalab, koʻmakchi vazifasini bajarib kelgan. Aslida xayol ogʻushi boʻlmaydi.
Lab
– soʻzi aslida ot soʻz turkumiga kiruvchi soʻz boʻlsa-da, u bundan tashqari boshqa
turkum vazifasini ham bajarib keladi. Lab soʻzining oʻzbek tilining izohli lugʻatida bir nechta
izohlari keltirilgan.
176
1. Ogʻiz atrofining yuqori va quyi tomonidagi et-mushakdan iborat harakatchan qismi;
dudoq. Yoʻlchi nayni labiga qoʻyib, butun zavqi bilan chala ketdi. [ Oybek, Qutlugʻ qon.]
2. Idish ogʻzining aylana cheti; zih. Qozon labi. Lab urmoq labini qaytarib himarmoq.
3. Qirgʻoq, yoqa, chet. Daryo labi.
4. Yerdan baland yassi sathning cheti, chekasi. Tomning labi. [1,424] Lab soʻzining izohli
lugʻatda shunday maʼnolari berib oʻtilgan.
Salqin saharlarda, bodom gulida
Binafsha labida , yerlarda bahor
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor ...
Ushbu misrada uchrovchi labida soʻzi oʻzining leksik maʼnosini yoʻqotib, mavhumlashib
koʻmakchi vazifasini bajarib kelgan.
Bel
– soʻzining oʻzbek tilining izohli lugʻatida bir nechta izohlari keltirilgan.
1. Orqa suyakning pastki qismi. Yerni belingiz qayishib chopganingizda joningiz achir edi. [
Abdulla Qahhor, Qoʻshchinor].
2. Gavdaning koʻkrak qafasi bilan buksa oʻrtasidagi eng xibcha qismi. “Tortishmachoq”
boshlandi: qiz tomondan yum-yumaloq xotin belini belbogʻ bilan mahkam bogʻlab, oʻrtaga tushdi. [
Oybek, Qutlugʻ qon].
3. Kiyimning eng xibcha, oʻrta qismi. Beli burma koʻylak.
4. Koʻchma, yon ,choʻntak yoki belbogʻ haqida. Besh- oʻn qogʻozni belimga tugib, ust-
boshimni but qilib, yurtimga joʻnab ketay degandim. [Oybek, Qutlugʻ qon].
5. Yer qazish, sochilgan narsalarni olish, solish, toʻplash uchun ishlatiladigan yogʻoch sopli
temir qurol. Belni peshlagan bilar, yerni ishlagan bilar. [1,424]
Burungi oʻtgan zamonda, el-yurti omonda, Buxorodan tumanda, Taka- yovmit deganda,
Yovmit elida, Chambilning belida Goʻroʻgʻlibek davrini surib, dushmanning dodini berib
oʻtdi.[3,132.]
Ushbu gapda keltirilgan bel soʻzi aslida ot soʻz turkumiga tegishli hisoblanadi. Biroq bu
yerda Chambilning belida ya’ni Chambilning markazida maʼnosini ifodalab, koʻmakchilashish
hodisasi natijasida koʻmakchi vazifasini bajarib kelgan. Aslini olganda biror bir joyning beli
boʻlmaydi, bu oʻsha joyning markazida, oʻrtasida kabi maʼnolarni ifodalab kelgan.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘z turkumlari o‘rtasida
transpozitsiya hodisasi sodir bo‘lib, bir turkumga doir bo‘lgan so‘z boshqa turkumga ko‘chib, uning
vazifasini bajarishi mumkin. Shunday birliklar borki, ular mustaqil turkum va yordamchi turkum
funksiyalarini bajarish xususiyatiga ega. Ular yozuvchi tanlovi bilan nasriy va nazmiy matnlar
tarkibida qo‘llaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати, – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси
нашриёти, 2006-2008, I том.
2.
Erbutayeva Sh.U. Ko‘makchi so‘zlarning badiiy matndagi leksik tahlili. / Journal of new century
innovations. Volume – 6_ Issue-1_May_2022 102.
3.
https://tafakkur.net/sherlar/xurshid-davron
4.
Zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov. Adabiyot, 7-sinf, – Toshkent.: Respublika taʼlim markazi,
2022. 132- bet.
5.
https://tafakkur.net/namatak/muso-toshmuhammad-ogli-oybek.uz