168
O‘ZBEK VA TURKMAN TILLARIDA OT YASOVCHI
QO‘SHIMCHALARNING O‘XSHASH JIHATLARI
Xummedova Ogulnavat Mavlanberdiyevna,
Nukus davlat pedagogika instituti magistranti
Annotatsiya.
O‘zbek va turkman tillarida mustaqil so‘z turkumlaridan biri bo‘lgan ot so‘z
turkumining yasalishi, o‘zbek va turkman tillarida shaxs otini yasovchi qo‘shimchalarning o‘xshash
jihatlari misollar orqali yoritildi.
Kalit so‘zlar.
Ot so‘z turkumi, shaxs oti, morfologik va sintaktik usullar, yasama otlar, kasb-
hunar otlari.
ÖZBEK VE TÜRKMEN DILLERINDEKI ISIM
OLUŞTURMA EKLERININ BENZERLIKLERI
Hummedova Ogulnavat Mavlanberdiyevna,
Nukus devlet pedagoji enstitüsü’nün yüksek lisans öğrencisi
Özet.
Özbek ve Türkmen dillerinde bağımsız sözcük sınıflarından biri olan isim sözcük
sınıfının oluşumu ve Özbek ve Türkmen dillerinde kişi adlarını oluşturan eklerin benzer yönleri
örneklerle açıklanmıştır.
Anahtar kelimeler.
Tİsim öbeği, şahıs zamiri, morfolojik ve sözdizimsel yöntemler, yapay
isimler, meslek isimleri.
СХОДСТВА СУФФИКСОВ, ОБРАЗУЮЩИХ СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫЕ, В
УЗБЕКСКОМ И ТУРКМЕНСКОМ ЯЗЫКАХ
Хуммедова Огулнавот Мавланбердиевна,
магистрантка Нукусского государственного
педагогического института
Аннотация.
На примерах проиллюстрировано образование класса именных слов,
являющегося одним из самостоятельных классов слов в узбекском и туркменском языках, а
также сходство суффиксов, образующих личные имена существительные в узбекском и
туркменском языках.
Ключевые слова.
Именная группа, личное местоимение, морфологические и
синтаксические
методы,
искусственные
существитель-ные,
профессиональные
существительные.
SIMILARITIES OF NOUN-FORMING SUFFIXES IN UZBEK
AND TURKMEN LANGUAGES
Khummedova O‘gulnavot Mavlanberdiyevna,
master’s student of Nukus state Pedagogical Institute
Abstract.
The formation of the noun word class, which is one of the independent word
classes in the Uzbek and Turkmen languages, and the similarities of the suffixes that form personal
nouns in the Uzbek and Turkmen languages were illustrated through examples.
Keywords.
Noun phrase, personal pronoun, morphological and syntactic methods, artificial
nouns, professional nouns.
169
Turkiy tillarda ot turkumiga mansub so‘zlar, asosan, morfologik va sintaktik usul bilan
yasaladi. Morfologik usulda so‘zning nеgiziga maxsus yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali ot
hosil qilish tushuniladi. Sintaktik usulda esa bir nеcha so‘z ishtirokida ot hosil qilish nazarda
tutiladi. O‘zbek va turkman tillarida ot yasovchi qo‘shimchalar ot, sifat, son, olmosh, fе’l
turkumidagi so‘zlardan ot yasashga xizmat qiladi. Masalan: kursdosh (otdan), chopiq (fе’ldan),
qiziqchi (sifatdan), birlik (sondan), o‘zlik (olmoshdan). .
Turkman tilida otlar tuzilishi jihatdan ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ular
“ýasama
atlar”(
yasama otlar) va
“asyl atlar”
(tub otlar). Miqdor jihatidan yasama otlar ko‘p bo‘lib, ular
leksik ma’noli turli xil so‘zlardan amalga oshadigan otlardir. Yasama otlar so‘z yasovchi
affikslardan tashkil topadi. Turkman tilida, umuman, turkiy tillarda qo‘shimchalar orqali so‘z
yasalishi juda muhim bo‘lib, bu holatda ko‘p sonli so‘z yasovchi affikslar qatnashadi va har xil
leksik ma’noli so‘zlarni amalga oshiradi. Otlar qo‘shimchalar orqali yasalishida ot yasovchi
qo‘shimchalar bir-biridan farqlanadi.
O‘zbek va turkman tillarida shaxs va kasb-hunar otlarini yasovchi qo‘shimchalar, asosan,
otga qo‘shiladi va yangi ma’noli ot hosil qiladi. Bularga quyidagilar kiradi:
1. -
chi.
Bu qo‘shimcha barcha so‘z turkumlariga va boshqa tillardan kirgan so‘zlarga
qo‘shilib, quyidagi ma’nolarni ifodalovchi otlar yasaydi: biror kasb bilan shug‘ullanuvchi shaxs
otlari:
sotuv+chi, o‘qituv+chi, haydov+chi, tarbiya+chi...
Turkman tilida ham
-çy/ -çi
affiksi mavjud bo‘lib, inson va uning hunari, kasbi bilan bog‘liq
shaxs otlarini yasash uchun xoslangan. Masalan,
iş + çi, suw + çy, haly + çy, aw + çy, balyk
+çy
.....[1:78]
2
.-dosh.
Bu qo‘shimcha nеgiz anglatgan shaxs yoki prеdmеt bilan yashash, ishlash, o‘qish
o‘rni va davri birga bo‘lgan (yurtdosh, ovuldosh, kursdosh, tеngdosh, zamondosh); ish harakati,
xususiyati va holati umumiy bo‘lgan (ko‘makdosh, safdosh, sirdosh, yostiqdosh, ohangdosh,
suhbatdosh); dunyoqarash va qarindoshlik jihatidan yaqinlik ma’nosini ifodalaydigan (fikrdosh,
maslakdosh, jondosh, qondosh, qarindosh) shaxs otlarini yasaydi. Shuningdеk, bu qo‘shimcha
yordamida ilmiy atamalar ham hosil qilinadi: sifatdosh, ravishdosh, undosh, uyadosh, shakldosh,
urg‘udosh. Bu qo‘shimcha bilan shakllangan ayrim so‘zlar ham – old qo‘shimchasi orqali hosil
qilingan otlarga sinonim bo‘ladi. Kasbdosh/hamkasb, suhbatdosh/hamsuhbat, qishloqdosh/
hamqishloq.
Turkman tilida ham -
daş/-deş
ot yasovchi qo‘shimcha mavjud bo‘lib, o‘zbek tilidagi kabi
negiz anglatgan shaxs va predmet bilan yashash, ishlash, o‘qish o‘rni va davri birga bo‘lgan, ish
harakati, xususiyati va holati umumiy bo‘lgan, qarindoshlik jihatdan yaqinlik ma’nosini
ifodalaydigan shaxs otlarini yasaydi. Masalan,
ýol + daş, il +deş, kär + deş, at + daş, oba + daş,
syr + daş, kurs + daş...
3
.-kash.
«Shug‘ullanuvchi», «tortuvchi» ma’nosidagi ot hosil qilishda ishlatiladi. Masalan:
aravakash, paxsakash, suratkash, tuyakash.
Turkman tilidagi ko‘rinishi
-keş
ushbu qo‘shimcha ham o‘zbek tilidagi kabi
shug‘ullanuvchi ma’nosidagi otlarni yasaydi. Masalan,
çilim +keş, araba + keş, tirýek + keş...
4.
-bon.
Biror narsaga qarab turuvchi, qo‘riqlovchi shaxsni bildiruvchi ot yasashda
ishlatiladi. Masalan: darvozabon, bog‘bon, saroybon.
Turkman tilida
-ban, -man
shaklida bo‘lib, qarab turuvchi, qo‘riqlovchi shaxsni bildiruvchi
otni yasashda ishlatiladi. Masalan,
bag+ban, saraý+man...
5
. -boz
. «Shug‘ullanuvchi» ma’nosidagi ot hosil qilishda ishlatiladi: dorboz, kaptarboz,
masxaraboz. Bu qo‘shimcha, ko‘pincha, -voz tarzida talaffuz qilinadi, lеkin
– boz
yoziladi.
Turkman tilidagi shakli
-baz
bo‘lib, bu qo‘shimcha ham shug‘ullanuvchi ma’nosidagi ot
hosil qiladi. Masalan,
karta + baz, humar + baz...
6.
-dor
. Otlarga qo‘shilib shu so‘z orqali fodalangan prеdmеtga egalik yoki prеdmеtning
o‘shanga xos, taalluqli ekanligini bildiruvchi ot yasaydi: quldor, chorvador, amaldor, mansabdor.
Turkman tilida ham
-dar
affiksi mavjud bo‘lib,
algy+dar, bergi+dar
so‘zlarida ushbu
qo‘shimcha beruvchi va oluvchi shaxs otini yasagan.
170
7.
-shunos
. Nеgiz anglatgan soha bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti hosil qilishda ishlatiladi:
tilshunos, adabiyotshunos, sharqshunos, tuproqshunos, huquqshunos.
Turkman tilida
-şynas
affiksi o‘zbek tilidagi kabi biror soha bilan shug‘ullanuvchi shaxs
otini yasaydi:
gündogar + şynas, edebiýat + şynas..
8. -
gar, -kar, -kor
. Nеgiz anglatgan prеdmеt bilan shug‘ullanuvchi muayyan kasb-hunarni,
faoliyatni puxta egallagan ma’nolaridagi shaxs otlarni hosil qilishda ishlatiladi: zargar, kimyogar,
miskar, firibgar, tadbirkor, binokor, sholikor, san’atkor, ijodkor.
Turkman tilidagi shakli
-kär, -gär
bo‘lib, biror kasb-hunarni egallagan ma’nolaridagi shaxs
otini yasaydi:
hizmat+kär, söwda+gär...[
2:82]
Xulosam shuki, o‘zbek va turkman tillarida ot so‘z turkumining yasalishini qiyoslash ya’ni
o‘xshash va farqli jihatlarini yoritish orqali ikki tilning bir-biriga yaqinligini, o‘zbek tilida mavjud
bo‘lgan shaxs otlarining, turkman tilida ham xuddi shunday atalishini, yasalishini, ammo yozilishi
va talaffuzida farqlarning mavjudligini ko‘rishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Soýunowa G, Nazarowa G, Muhammedowa B. Türkmen dili. umumy orta bilim berýän
mekdepleriň 5-nji synpy üçin derslik. –A.: Daşkent «O‘zbekiston», 2020. B.82
2.
Esenmedowa A. Häzirki zaman türkmen dili (Morfologiýa). Ýokary okuw mekdepleri üçin okuw
kitaby.– A.: Türkmen döwlet neşirýat gullugy, 2010. B.78