160
ABDULLA ORIPOV SHE’RLARINING QORAQALPOQCHA TARJIMALARIDA
FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING USLUBIY-SEMANTIK TAHLILI
Allambergenov Davronbek Maxsudovich,
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti
davronbekallambergenoff@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Abdulla Oripov she’rlarining qoraqalpoq tiliga tarjima
qilingan namunalari asosida frazeologik birliklar lingvistik tahlil qilinadi. Tarjimada poetik ifoda
vositalarini saqlab qolishda iboralarning to‘g‘ri tarjima qilinishi muhim omil sanaladi. Shu nuqtayi
nazardan maqolada A.Oripov ijodida uchraydigan frazeologizmlar va ularning qoraqalpoqcha
tarjimalardagi ko‘rinishlari o‘zaro qiyosiy tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar.
Frazeologizm, tarjima, uslubiy tahlil, semantik xususiyat, poetik ifoda,
ekvivalent, badiiy tarjima, ibora.
ABDULLA ORİPOV ŞİİRLERİNİN KARAKALPAKÇA ÇEVİRİLERİ DEYİMSEL
BİRİMLERİNİN METODOLOJİK-ANLAMSAL İNCELEMESİ
Allambergenov Davronbek Maxsudovich,
Ajiniyaz Nukus devlet pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisi
Özet.
Bu makale, Abdullah Oripov’un Karakalpak’a çevrilmiş şiir örneklerine dayanarak
deyimsel birimlerin dilbilimsel bir analizini gerçekleştirecektir. İfadelerin doğru çevirisi, çeviride
şiirsel ifade araçlarının korunmasında önemli bir faktör olarak kabul edilir. Aynı noktada İnceleme
makalesi A.Oripov’un çalışmalarında bulunan deyimler ve kın çevirilerindeki görünümleri
karşılaştırmalı bir şekilde analiz edilmiştir.
Anahtar kelimeler.
Deyimbilimi, çeviri, metodolojik analiz, anlamsal özellik, şiirsel anlatım,
eşdeğer, sanatsal çeviri, deyim.
МЕТОДОЛОГИКО-СМЫСЛОВОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ДЕКЛАРАТИВНЫХ
ЕДИНИЦ КАРКАЛПАКСКИХ ПЕРЕВОДОВ ПОЭТИЧЕСКИХ ПРОИЗВЕДЕНИЙ
АБДУЛЛA ОРИПОВА
Алламбергенов Давронбек Махсудович,
Магистрант Нукусского государственного педагогического
института имени Аджинияза
Аннотация.
В данной статье будет проведен лингвистический анализ
фразеологизмов на основе переведенных на каракалпакский язык образцов стихов Абдуллa
Арипова. При сохранении средств поэтической выразительности в переводе важным
фактором является правильный перевод фраз. В связи с этим в статье.Фразеологизмы,
встречающиеся в творчестве A.Арипова и их проявления в каракалпакских переводах,
подвергаются взаимному сравнительному анализу.
Ключевые слова.
Фразеологизм, перевод, методологический анализ, семантический
признак, поэтическое выражение, эквивалент, художественный перевод, фраза.
METHODOLOGICAL AND SEMANTIC STUDY OF DECLARATIVE UNITS OF
KARKALPAK TRANSLATIONS OF POETIC WORKS BY ABDULLA ORIPOV
Allambergenov Davronbek Maxsudovich,
master of the Nukus state pedagogical institute named after Ajiniyaz
161
Annotation.
This article will carry out a linguistic analysis of phraseological units based on
samples of poems by Abdullah Oripov translated into Karakalpak. The correct translation of
phrases is considered an important factor in maintaining the means of poetic expression in
translation in the same point review article. The phraseologisms found in A.Oripov’s work and
their appearances in scabbard translations are analyzed in a comparative way.
Keywords.
Phraseologism, translation, methodological analysis, semantic feature, poetic
expression, equivalent, artistic translation, phrase.
Bilamizki, shoirlar inson qalbining tarjimoni sifatida qalam tebratishadi. Ular so‘zlar orqali
inson his-tuyg‘ularini, ichki kechinmalarini va hayotning nozik jihatlarini mohirlik bilan
ifodalaydilar. Abdulla Oripov she’riyati tilshunoslik va adabiyotshunoslikda alohida ahamiyatga
ega. Uning ijodi nafaqat badiiy jihatdan, balki lingvistik xususiyatlari bilan ham muhim o‘ringa,
katta salmoqqa ega hisoblanadi. Shoir she’rlaridagi ohangdorlik, ta’sirchanlik, tasviriy vositalarning
xalqona ifodasi va inson ruhiyatiga ta’sir qilishida ko‘plab til vositalari qatori frazeologizmlarning
ham o‘rni e’tiborga molik. Frazeologizmlar tilimizda doimiy ishlatiladigan, tarkibiy qismlari
o‘zgarmaydigan va umumiy yaxlit ma’no kasb etadigan birliklardir. Ular fikrga ta’sirchanlik va
badiiylik bag‘ishlaydi. Ular ko‘chma ma’noda ishlatilib, badiiy tasvir vositasida emotsionallik,
ekspressivlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli, frazeologizmlar faqat inson ongiga emas, balki
his-tuyg‘ulariga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Frazeologizmlar tarkibida qancha so‘z bo‘lishiga qaramasdan, ular yagona umumiy ma’no
ifodalaydi. Frazeologizmlarni aksariyat hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilib bo‘lmaydi. Uni
so‘zma-so‘z
tarjima
qilish
ifodalanayotgan
ma’noni
butunlay
o‘zgartirib yuboradi.
“Frazeologizmlar milliylikka asoslangani uchun ularni tarjima qilish hamisha qiyinchilik tug‘dirib,
ko‘pincha muayyan muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Odatda, boshqa tilga ularning
shakli emas, mazmuni ko‘chadi”[3:89].
O‘zbek va qoraqalpoq tillari o‘rtasida o‘xshashliklar mavjud bo‘lsa-da, har bir tilning o‘ziga
xos leksik va grammatik xususiyatlari bor. Iboralar tarjimasi nafaqat til bilimini rivojlantirishga,
balki ikki xalqning madaniy va tarixiy aloqalarini tushunishga yordam beradi. “Har bir tilda
o‘zining milliy, madaniy xususiyatlariga ega
bo‘lgan frazeologik birliklar mavjud. Frazeologik birliklarning tarjimasi milliy, madaniy
xususiyatiga chuqur e’tibor bergan holda qilinishi lozim. She’riy matnlarda iboralar ko‘pincha
kuchli emotsional ta’sir beradi. Tarjimada bu ta’sirni yo‘qotmaslik muhim” [4:155]. Iboralar
tarjimasi she’rdagi umumiy mazmun va kontekstga mos tushishi lozim. Aks holda, iboraning
ma’nosi yo‘qolib yoki noto‘g‘ri tushunilishi mumkin.
A.Oripov qalamiga mansub “Ka’batulloh” she’ridagi quyidagi parchada “biri ikki bo‘lmoq”
iborasi ishlatilgan va biz buni tarjimada ham to‘g‘ri mazmun ifodalayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Biroq misra boshidagi “hanuz” so‘zi tarjimasida xatolik bor. Asliyatda haligacha ma’nosini
berayotgan so‘z tarjimada hech bir deya ishlatilmoqda. Asliyatda:
Hanuz biri ikki bo‘lmagan eldan,
Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh.
Bag‘ri xun, toleyi kulmagan eldan,
Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh
[1:2]
Tarjimada:
Ҳеш бир бири еки болмаған елден,
Келдим нажат излеп, я Каьбатуллах.
Баур қан, ығбалы күлмеген елден.
Келдим нажат излеп, я Каьбатуллах
[5:60]
.
Shuningdek, ikkinchi misradagi madad bergil birikmasi najot izlab ko‘rinishida berilgan.
Tarjima variantida ma’no biroz o‘zgargan, biroq frazeologizm o‘z badiiy vazifasini to‘g‘ri bajargan.
162
Shoir “Payg‘ambar” she’rida ham frazeologizmlardan unumli foydalanganini ko‘rishimiz
mumkin. Asliyatda:
Haq deb nina bilan tog‘larni qazdim,
Bandman, rost yo‘llarga gohida ozdim
[1:4]
.
Tarjimada:
Ҳақ деп ийне менен қудықлар қаздым,
Бендемен гәҳинде жолымнан аздым
[5:64]
.
Igna bilan tog‘ qazish birikmasi tarjimada umuman boshqacha qilib berilgan. Ya’ni quduq
qazish shaklida. Yana keyingi qatordagi bandman so‘zi esa bandaman deya noto‘g‘ri talqin
qilingan. Lekin yo‘ldan ozish iborasi mazmunan saqlangan.
Asliyatda:
Ka’ba qopqasida turgan ey posbon,
Avval onalarning ochgin yo‘llarin
[1:6]
.
Tarjimada:
Каьба қапысында турған, әй пасбан,
Əуел аналардың ашқыл жолларын
[5:66]
.
Yuqoridagi “Avval onalarning ochgin yo‘llarin” misrasi tarjimada to‘g‘ri aks etgan.
Biroq “Ka’ba qopqasida turgan ey posbon” misrasidagi qopqasi so‘zi tarjimada eshigi deya
berilgan. Vaholanki, qopqa so‘zi darvoza ma’nosida ishlatiladi. Lekin bizningcha, tarjimon ohangni
saqlash maqsadida qopqa so‘zini qapi shaklida qoraqalpoq tiliga o‘girgan.
Asliyatda:
Дунёдан тўйган бир багриқон одам,
Дашту сахроларга олиб кетди бош
[2:29]
.
Tarjimada:
Дүньядан тойған бир бауыры қан адам,
Қумлы сахраларға бас алып кетти
[5:100]
.
Bu yerda “dunyodan to‘ygan” ifodasi dunyodagi barcha narsalardan charchagan, undan
hafsalasi pir bo‘lgan ma’nolarini beradi. Bu so‘z nafaqat tashqi omillar, balki ichki ruhiy holatni ham
ifodalaydi. Dasht-u sahrolarga olib ketdi bosh misrasi qumli sahrolarga bosh olib ketdi mazmunida
tarjima qilingan. Dasht so‘zi qumli deya berilganligini yuqorida ko‘rishimiz mumkin. Asliyatda dasht
va sahro deya alohida ma’noda ifodalangan. She’rninng ohangdorligini va badiiyligini saqlash
maqsadida tarjimada qumli sahrolar tarzida berilganligini ko‘rishimiz mumkin. “Bosh olib ketmoq”
iborasi tarjimada to‘g‘ri ifodalangan. She’rdagi mazmun va g‘oya ikki tilda ham bir xil. Shuning
uchun, tarjimaning maqsadi to‘liq amalga oshirilgan va she’rning asosiy xususiyatlarini saqlagan deb
hisoblaymiz.
Asliyatda:
Мол-дунё дегани дилни юпатмас,
Сук, хасад доимо кўзин тиккайдир
[2:29].
Tarjimada:
Мал-дүнья дегени жанды жубатпас,
Суқ нәзер, қызғаныш көзин тигежақ
[5:100].
Mazkur she’rning birinchi misrasi tarjimada to‘g‘ri berilgan. Bu yerda shoir boylik, dunyo
ne’matlari odamning chin ko‘ngil osoyishtaligini ta’minlamasligini aytyapti. Ya’ni, mol-dunyo ko‘p
bo‘lsa ham, bu baxt yoki ichki osoyishtalik degani emas. Tarjimada dilni yupatmas ifodasi jonni
yupatmaydi, ko‘ngilni tinch qilmaydi degan ma’noda asliyatdagi mazmunni yetkazib bera olgan.
“Suq, hasad doimo ko‘zin tikkaydir” misrasidagi suq so‘zi tarjimada suq nazar shaklida mazmunan
to‘g‘ri ifodalangan. Lekin doimo ko‘zin tikkaydir jumlasi tarjimada ko‘zini tikmoqchi deya xato
berilganligini ko‘rishimiz mumkin. Asliyatda har doim ma’nosi berilgan bo‘lsa tarjimada kelasi
zamon ko‘rinishida qo‘llangan.
Shoir she’rlaridagi ko‘plab frazeologik birliklar qoraqalpoqcha tarjimalarda asliga yaqin
tarzda yoki mos ekvivalentlar bilan berilgan. Bu esa tarjimonlarning nafaqat til, balki, she’rdagi
163
mohiyatni ham chuqur anglab tarjima qilganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, ayrim
frazeologizmlarning tarjimasida ma’noviy siljishlar yoki milliy koloritning yo‘qolishi kuzatiladi. Bu
holat tarjimada frazeologizmlarni yetarlicha chuqur tahlil qilish va ularni kontekstga mos holatda
tarjima qilish zarurligini ko‘rsatadi. Umuman olganda, Abdulla Oripov ijodining qoraqalpoq tiliga
tarjimalarida frazeologizmlarning saqlanishi va badiiy ifodalarning uzatilishi ikki tilda ham badiiy
tafakkur uyg‘unligini namoyon eta oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Oripov A. Haj daftari., – Toshkent:1992. B.– 2,4,6.
2.
Oripov A. Quyosh bekati., – Toshkent:2010. B.– 29.
3.
Ochilov E. Badiiy tarjima masalalari., T: 2014. B.– 89.
4.
G‘afurov I., Mo‘minov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi., Toshkent. 2012. B.– 155.
5.
Арипов А. Ағар даря., – Нокис: Билим, 2021. B.– 60,64,66,100.