Mualliflar

  • Bozorova Gulchexra Nazarovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112507

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Assonans fonetik stilistika erkin vazn adabiyot tarix jadid “Saylanma” monografiya tadqiqot unli va undosh tovushlar.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada      shoir    Usmon  Azimning    qalb  kechinmalari  asosida  yozilgan 
she’rlaridan  yoritib berilgan, shoir she’riyatida o‘ziga xos tasviriy vosita-assonasning qo‘lanishi 
bo‘yicha tahlillar berilgan. 


background image

117

USMON AZIM SHE’RLARIDA ASSONANS

USLUBIY VOSITA SIFATIDA

Bozorova Gulchexra Nazarovna,

NDKTU akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi


Annotatsiya.

Maqolada shoir Usmon Azimning qalb kechinmalari asosida yozilgan

she’rlaridan yoritib berilgan, shoir she’riyatida o‘ziga xos tasviriy vosita-assonasning qo‘lanishi
bo‘yicha tahlillar berilgan.

Kalit so‘zlar.

Assonans, fonetik stilistika, erkin vazn, adabiyot, tarix, jadid, “Saylanma”,

monografiya, tadqiqot, unli va undosh tovushlar.

USMON AZIM ŞIIRLERINDE ASSONANS,

BIR STILDIR ÖZELLIK OLARAK

Bozorova Gulchexra Nazarovna,

NDMTU akademik lisesi, ana dili ve edebiyatı öğretmeni

Özet.

Bu makalede, şair Usmon Azim’in iç dünyasını yansıtan şiirleri incelenmiş, onun

şiirlerinde kendine özgü bir anlatım aracı olan assonansın (ünlü tekrarı) kullanımı üzerine
değerlendirmelere yer verilmiştir.

Anahtar kelimeler.

Assonans, fonetik stilistik, serbest vezin, edebiyat, tarih, cedidcilik,

"Saylanma" monografi, araştırma, ünlü ve ünsüz sesler.

АССОНАНС КАК СТИЛИСТИЧЕСКОЕ СРЕДСТВО

В СТИХАХ УСМОНА АЗИМА

Бозорова Гулчехра Назаровна,

преподаватель узбекского языка и литературы в академическом лицее при НГГТУ

Аннотация.

В статье освещаются стихи поэта Усмона Азима, написанные на

основе его душевных переживаний, Приводится анализ использования характерного для
поэта изобразительного средства - ассонанса в его поэзии.

Ключевые слова.

Ассонанс, фонетическая стилистика, свободная система

стихосложения, литература, история, джадидизм, "Сайланма", монография, исследо-
вание, гласные и согласные звуки.

ASSONANCE AS A STYLISTIC DEVICE IN THE POEMS OF USMON AZIM

Bozorova Gulchekhra Nazarovna,

teacher of uzbek language and literature at academic lyceum at NSMTU


Abstract.

The article highlights the poems of the poet Usmon Azim, which are written based

on his emotional experiences. It provides analyses of the use of a distinctive poetic device —
assonance – in his poetry.

Keywords.

Assonance, phonetic stylistics, free verse of poetry, literature, history, Jadidism,

"Saylanma", monograph, research, vowel and consonant sounds.


Ma’lumki, har bir ijodkor o‘ziga xos iste’dod sohibidir. Ular inson ruhiyati manzaralarini

faqat o‘ziga xos, boshqlarga o‘xshamagan tarzda kashf etadilar. Chunki har bir ijodkor shaxsning


background image

118

o‘z ruhiy olami, e’tiqodi, shaxs sifatidagi xislat va fazilatlari turlicha bo‘ladi. Usmon Azim 70-yillar
adabiyotimizga o‘zining dadil qadamlari bilan, yoniq qalbi bilan kirib kelgan bo‘lsa, u o‘zi
aytganday qalblarda daryo misol to‘lib-toshib oqayotir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shoir ijodida
zamon, hayot, haqiqat va adolat qalbi tug‘yon urib turadi. Erk va o‘zlik uchun kurash - shoir
she’rlarining mag‘zini tashkil etadi.Jumladan, Mirzo Kenjabek shoirning – Uyg‘onish azobi‖ nomli
she’riy to‘plamiga o‘z fikr – mulohazalarini bildirar ekan quyidagicha fikrlarni ilgari suradi:

-Usmon Azim, Xurshid Davron, Shavkat Rahmon va boshqa iste’dodlar yurak

yalang‘ochlab maydonga chiqdilar. Adabiyot dargohiga yo‘nalgan har bir o‘qimishli yosh shoir
ushbu iztirobga duch kelishi muqarrar. Qafasdagi adabiyotning isyonkor kuychilaridan bo‘lmish
keyingi avlod chin so‘zni rasm etdi. Xususan, Usmon Azim rost tuyg‘ular kuychisi, to‘g‘riso‘z shoir
sifatida tanildi. Usmon Azim shiddatli tuyg‘ulari bilan, keskin holatlar va aniq tasvirlari bilan
o‘zbek she’riyatiga yangicha ruh olib kirdi.[1.223-bet].

Usmon Azimning sodda, samimiy va xalqona ohangi bilan yog‘rilgan she’rlarida ham

fonetik xususiyatlar asosiy tasviriy vosita vazifasini o‘taydi. Ohangdorlikni kuchaytirishda,
ta’sirchanlikni ohirishda, tasvir tiniqligini ta’minlashda fonografik vositalar ham uslubiy vosita
bo‘lib xizmat qilganligini sevimli shoirimiz Usmon Azim she’rlari tahlili orqali ochib berishga
harakat qilamiz.

Assonans- misralardagi bir-biriga yaqin unli tovushlarning ohangdoshligidir. Bunda a-o, u-

o‘, i-e tovushlari ohangdosh bo‘lib keladi.Bunday xususiyat nutqning jarangdor bo‘lishini
ta’minlaydi.Masalan,

Bog‘im ketdi-qolgan ko‘nglim yoboni,
Oldida qum, ortidadir doboni,
Kelayotgan o‘zgalarning davroni-
To‘xta-ya,to‘xtagin, umrim karvoni

. [2.403-bet].

Yuqoridagi misralarda iste’dodli shoirimiz Usmon Azim O tovushi vositasida assonasning

jozibador ko‘rinishini hozil qilgan.

Bir qadamin-umid, bittasi-armon,
Bir yovim makondir, bir yonim zamon,
Bir yo‘lim zamindir, bir yo‘lim osmon
Osmonning ichida oyday sarsonman

.[2.421-bet].

Fonetik stilistikani bilish ijodkorlar uchun ahamiyatlidir.Ular yaratgan ijod mahsullarida

fonetik stilistikaning xususiyatlarini qo‘llashsa, o‘quvchilar va tinglovchilarning e’tiborini jalb
qiladilar.Bu bilan matnning o‘qishliligini ta’minlaydilar va o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga
osonroq erishadilar.Ayniqsa, jurnalistlar lavha, ocherk,adabiy portret yaratganlarida o‘rnini topib,
fonetik stilistikadan foydalansalar, asarlari betakror, ta’sirchan, ohangdor bo‘ladi.

Bir nafasim –bahor, bittasi kuzdir,
Bir manzilim tog‘dir, bittasi tuzdir,
Bir onam olovdir, bir onam muzdir,
Toshlarning soyday sarsonman.

[2.421-bet].

Mazkur nutqiy parchada

I

tovushi vositasida assonansning betakror namunasini

ko‘rishimiz mumkin.Boshqa shoirlarning she’rlarida

I

tovushi vositasida kamdan kam holatda

assonans yuzaga keladi.Usmon Azim she’rlarida esa bu hodisa juda sermahsul.

Qon yutgan qurumlar uchun kechirgin
Bemahal o‘limlar uchun kechirgin
Ko‘zimning yoshligi uchun kechirgin
Dunyoning yoshligi uchun kechirgin

[2.318-bet].

Tahlil jarayonida Usmon Azim barcha unli tovushlar asosida assonansning betakror

ko‘rinishini namoyon qila olgan.

Kechirgin-u ko`yingda adashganimni,
Kechirgin-u ko‘`yingda tinmaganim-chun,
Kechirgin- erk uchun talashganimni


background image

119

Va erk senligingni bilmaganim-chun

[2.318-bet].

Usmon Azimning so‘z qo‘llash mahoratini yana shundan ko‘rishimiz mumkinki, u har bir

til vositalaridan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.Bu esa boshqa ijodkorlar ijodida ko‘zga
tashlanmaydi.

Zal ham jo`r bo`ladi:”Sevaman de, ayt!”
Sendan so`rayapti-men aniq sezdim-
Bittagina so`zni zal mana shu payt.

Yuqorida

e

tovushi vositasida assonasning go‘zal ko‘rinishni yaratganki, bu she’riyatga

o‘ziga xos bir holat hisoblanadi.Assonasning , asosan, , a tovushlari vositasida hosil qilingan
ko`rinishi she’riyatda ko`p kuzatiladi. Usmon Azim ijodida esa bu hodisa har bir unli vosita
orqali hosil qilinganligining guvohi bo`lamiz.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Adabiy turlar va janrlar (Tarixi va nazariyasiga oid) 2jild. Lirika. – T.: Fan, 1992. 246 b.

2.

Azimov U. Saylanma. – T.: SHarq, 1995. – 432 b.

3.

Hojiahmedov, A. Sher’iy san’atlar va mumtoz qofiya. Toshkent.1998.

4.

Azizovna Y.S. Study of folktale in literature and its relation to the epic genre. Central European
Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482
https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/7250/19705/65b7e8e0c2065___Yuldosheva
%20S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

5.

Azizovna Y.S. On the Development of Expressive Learning Skills. International Journal on
Integrated Education (IJIE) 6 (No. 5 (2023)), 313-316

https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/4444


Bibliografik manbalar

Adabiy turlar va janrlar (Tarixi va nazariyasiga oid) 2jild. Lirika. – T.: Fan, 1992. 246 b.

Azimov U. Saylanma. – T.: SHarq, 1995. – 432 b.

Hojiahmedov, A. Sher’iy san’atlar va mumtoz qofiya. Toshkent.1998.

Azizovna Y.S. Study of folktale in literature and its relation to the epic genre. Central European

Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482

%20S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

Azizovna Y.S. On the Development of Expressive Learning Skills. International Journal on

Integrated Education (IJIE) 6 (No. 5 (2023)), 313-316