234
VASLIYNING TURKIY MEROSIDA ADABIY TA’SIR,
IZDOSHLIK MASALALARI
Muxitdinova Badia Muslixiddinovna,
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori
Annotatsiya.
Vasliy Samarqandiy ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan ijodkorlar qatorida Navoiy,
Lutfiy, Fuzuliy, Muqimiy, Furqat kabi o‘zbek va sharq mumtoz adabiyotining yirik
namoyandalaridandir. Ular bevosita Vasliyning tafakkur dunyosini boyitgan, ma’nolar olami bilan
to‘yintirgan. Bunga shoirning “Tuhfat ul-ahbob” devonidagi turli janrdagi lirik asarlari asos
bo‘ladi. Maqolada Vasliy Samarqandiy ushbu shoirlarning an’anasini davom ettirgan izdosh,
ularning o‘ziga xos yo‘liga ega bo‘lgan vakili sifatida talqin va tadqiq etildi.
Kalit so‘zlar.
Turkiy meros, devon, adabiy faoliyat, adabiy ta’sir, izdoshlik masalalari,
muxammas.
VASİLİY’İN TÜRK MİRASINDAKİ EDEBÎ ETKİLERİ
ARKADAŞLIK SORUNLARI
Muhitdinova Badia Muslikhiddinovna,
Sharof Rashidov Semerkand Devlet Üniversitesi’nden Profesör
Özet.
Vasliy Semerkandi'nin eserlerini büyük ölçüde etkileyen sanatçılar arasında Nevai,
Lutfiy, Fuzuliy, Mukimiy ve Furqat gibi isimler yer alır. Bunlar doğrudan doğruya Vasily'nin
düşünce dünyasını zenginleştirdi ve onu bir anlam dünyasıyla doldurdu. Şairin "Tuhfetü'l-ahbûb"
adlı eserinde yer alan çeşitli türlerdeki lirik eserleri esas alınmıştır. Makalede Vasliy Semerkandîy,
bu şairlerin geleneğini sürdüren, onların kendilerine özgü yollarının temsilcisi olan bir takipçi
olarak yorumlanmakta ve incelenmektedir.
Anahtar kelimeler.
Türk mirası, divan, edebi etkinlik, edebi etki, veraset meseleleri,
muhammes.
ЛИТЕРАТУРНОЕ ВЛИЯНИЕ И ВОПРОСЫ ПОСЛЕДОВАТЕЛЬНОСТИ
В ТЮРКСКОМ НАСЛЕДИИ ВАСЛИ
Мухитдинова Бадия Муслихиддиновна,
Профессор Самаркандского государственного университета
имени Шарофа Рашидова
Аннотация.
Среди художников, оказавших большое влияние на творчество Васлин
Самарканди, можно назвать Навои, Лутфи, Физули, Мукими, Фурката и других. Они
непосредственно обогащали мир мыслей Васлий и наполняли его миром смыслов. В основу
положены лирические произведения поэта разных жанров в сборнике «Тухфат ул-ахбоб». В
статье осмысливается и изучается Васлий Самаркандий как продолжатель традиции этих
поэтов, представитель их собственного уникального пути.
Ключевые слова.
Тюркское наследие, диван, литературная деятельность,
литературное влияние, вопросы преемственности, мухаммады.
LITERARY INFLUENCE AND QUESTIONS OF CONSISTENCY
IN THE TURKIC HERITAGE OF VASLİ
Mukhitdinova Badia Muslikhiddinovna,
235
Professor of Sharof Rashidov Samarkand state university
Abstract.
Among the artists who had a great influence on Vasliy Samarkandi's work,
Navoiy, Lutfiy, Fuzuliy, Mukimiy, Furqat are among the great figures of Uzbek and oriental
classical literature. They directly enriched Vasliy's world of thought and saturate it with a world of
meanings. This is based on the poet's lyrical works of various genres in the “Tuhfat ul-ahbob”
divan. The article interprets and studies Vasliy Samarkandi as a follower who continued the
tradition of these poets, a representative of their own unique path.
Keywords.
Turkic heritage, divan, literary activity, literary influence, issues of succession,
muhammas.
Mumtoz adabiyotda badiiy ta’sirlanish hodisasi tabiiy yuz beradigan holatdir. Salaflar va
izdoshlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik mumtoz she’riyat an’analari bilan chambarchas bog‘liq.
Ijodkorning boshqa bir ijodkordan ta’sirlanishi uning ijodida
u yoki bu tarzda va muayyan
shakllarda aks etadi. Alisher Navoiy ijodiga diqqat qaratsak, “Lison ut-tayr” dostonining yozilishiga
Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonidan ta’sirlanishi sabab bo‘lgan. Zero, Navoiyning
o‘zi ham ijodiga salaflari bo‘lmish Nizomiy Ganjaviy, Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiylarning
bevosita ta’siri bo‘lganini turli munosabat bilan qayd etgan. Ijodkorning professionallik maqomi
ham badiiy ta’sirlardan o‘sib chiqadi. Adabiyotning sharti shuki, badiiy ta’sirdan ma’lum bir
davrdan so‘ng qutulish lozim va ijodkor o‘z uslubini topishi, o‘z MENiga ega bo‘lmog‘i zarur.
XX asrning ko‘zga ko‘ringan ma’rifatparvarlaridan biri, zullisonayn adib Saidahmad Vasliy
Samarqandiy adabiy faoliyatida bu hodisani kuzatar ekanmiz, uning qaysi shoirlardan ta’sirlangani
haqida manbalarda ma’lumotlar yetarli emas. Po‘lotjon domla Qayyumiy tuzgan “Tazkirayi
Qayyumiy”da ham bu haqida ma’lumotlar uchramaydi. Aynan badiiy ta’sir va izdoshlik
masalalaridagi qarashlarni shakllantirish uchun eng muhim manba uning muxammaslaridir. “Tuhfat
ul-ahbob” devonidan o‘rin olgan 18 ta muxammas – taxmis, ya’ni boshqa bir ijodkorning g‘azaliga
bog‘langan muxammas ekanini avvalgi qismlarda aytib o‘tgandik. Aksar hollarda, ijodkor qalbiga
yoqqan, ilhomlantirgan, uslubini ma’qul ko‘radigan, ixlos qilgan adib asarlariga nazira bog‘laydi.
Tartib bo‘yicha birinchi berilgan
“Huvaydo bo‘ldi jondin...”
deya boshlanuvchi muxammas
Amir Alisher Navoiy g‘azaliga bog‘langan. Ushbu taxmis Navoiyning
“Manga ne manzilu ma’vo
ayon, ne xonumon paydo”
deya boshlanuvchi g‘azali asosida yozilgan.
Huvaydo bo‘ldi jondin ohu , ko‘nglumdin fig‘on paydo,
Na tab’imda farah hozir, na dardimg‘a amin paydo,
Vujudim toirig‘a na makon, na ashyon paydo
[1; Б.57.]
Mazkur uch satr Vasliy qalamiga mansub bo‘lib, u Navoiyning she’rda ilgari surgan badiiy
maqsadini, badiiy-estetik g‘oyasini davom ettirgan. Oxirgi ikki misra esa muxammas bitish
qoidalariga ko‘ra Navoiyning g‘azali bilan yakunlanadi:
Manga ne manzilu ma’vo ayon, ne xonumon paydo,
Ne jonimdin asar zohir, ne ko‘nglumdin nishon paydo
[1; – Б.57].
Navoiyning g‘azalida oshiqning ezgin va o‘ychan ruhiy holati ifodalangan. Vasliy ushbu
tasvirni chuqurlashtirib, ayni mohiyatdan kelib chiqqan holda motivni qayta ishlaydi. Muxammasda
shoir lirik qahramonning ruhiyati tasviri bilan cheklanmasdan, ijtimoiy hayot manzaralarini ham aks
ettiradi. “Xirad ahli”ning siym-u zarni suymasligi, taxt uzra shoh g‘amgin, gado masrurligini bayon
qilib, “Tiriklikda maorif ahli hargiz bo‘lmadi mag‘rur” ekanidan yozg‘iradi.
Ne deb aylay shikoyat Vasliy taqdiri azaldinkim,
Sanga jon shavqidin berdi, Navoiy yo‘q ajaldin kam,
Ajal topg‘unga ermas, bu za’ifi notavon paydo
[1; Б.58.].
Muxammasning so‘nggi bandida Vasliy taqdiri azaldan shikoyat qilishdan foyda yo‘qligini
uqtiradi. Ushbu muxammasdan ko‘rinadiki, Vasliy ijodiga Navoiyning ta’sir kuchi yuqori bo‘lgan.
Diniy-irfoniy mavzudagi lirik asarlarida ham Navoiy ilgari surgan g‘oyalarga hamohang
qarashlarini oson ilg‘ash mumkin.
236
Vasliy ijodiga ta’sir ko‘rsatgan salaflardan yana biri bu Mavlono Lutfiydir. Bu fikrga asos
Vasliyning she’rlaridagi o‘ynoqilik va misralarning ravonligidir.
“Lab tashnai may
o‘tmoqingizdin...”
deya boshlanuvchi muxammasi Lutfiy g‘azali asosida yozilgan.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasida Mavlono Lutfiy haqida shunday
yozadi: “Mavlono Lutfiy o‘z zamonining malikul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi.
Ammo turkiyda shuhrati ko‘prak erdi va turkcha devoni ham mashhurdur va mutaazzir ul javob
matla’lari bor, ul jumladin biri budurkim:
Nozukluk ichra belicha yo‘q tori gisuyi,
O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur qush”
[2; Б.56.].
Ustoz Ibrohim Haqqulning fikricha, “Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad
oshiqning hasbu holini tasvirlashdan iborat bo‘lsa-da, shoir deyarli har bir she’rida mavzuga
yangicha yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga
o‘xshamaydigan badiiy san’atlarni qo‘llaydi”
2
. “Tuhfat ul-ahbob” devonini mutolaa qilish
jarayonida ushbu badiiy xususiyatlar Vasliy ijodiga ham taalluqli ekanini ko‘rishimiz mumkin.
Lutfiy o‘ziga zamondosh va o‘zidan keyingi avlodlarga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Zero, mumtoz
adabiyotda Lutfiy alohida maktab yaratgan ijodkor sanaladi. Vasliyning
“Lab tashnayi may...”
deb
boshlanuvchi muxammasi ham shu badiiy ta’sir natijasi desak, adashmagan bo‘lamiz.
Lab tashnai may o‘tmoqingizdin,
Yondi jigar ehtiroqingizdin,
Tan ranjdadur chatoqingizdin,
Qon bo‘ldi ko‘ngul firoqingizdin,
Jon kuydi ham ishtiyoqingizdin
[1; Б.73.].
Lutfiy g‘azalida lirik qahramon – oshiq yoriga ginasini oshkor qiladi. Uning ishqida ahvoli
og‘irlashgani, ko‘ngil yor firoqidan qon bo‘lganini, jon uning ishtiyoqidan kuyganidan shikoyat
qiladi. Vasliy Lutfiyning g‘azalidagi ruhiyatni buzmasdan, g‘azalning badiiy-estetik konsepsiyasini
davom ettiradi. Yor firoqida badal to‘lagan obrazlar yoniga
“lab”, “tan”, “jigar”
ham qo‘shiladi.
Bu esa g‘azalning ta’sir va tasvir kuchini yanada oshiradi.
Bosh uzra ayog‘ kelturung kim,
Ya’neki biz yamla o‘lturun kim,
Vasliyi kaminani ko‘rung kim,
Lutfiyi xastani so‘runkim,
Bechora o‘lur firoqingizdin
[1; Б.74].
Muxammasning so‘nggi bandida oshiq yordan najot kutadi. Bu qiynoq ichida uzoq qolib
ketish oson emas. Buning oqibati xayrli bo‘lmaydi. Shunday ekan, murosa yo‘lini topmoq kerak.
Yo‘qsa, bechora oshiq yor firog‘idan halok bo‘lishi mumkin. Vasliy Lutfiy kabi go‘zal badiiy
san’atlarni qo‘llaydi. Bu esa she’rning ma’no miqyosini oshirib, badiiyatini yanada yuksaltiradi.
Adabiy izdoshlik haqida gap ketganda, Vasliy Samarqandiy ijodiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan
shoir deya Fuzuliyni aytish to‘g‘ri bo‘ladi. Zotan, Ozarbayjonlik shoirning ijodi nafaqat Vasliy,
balki ko‘plab o‘zbek shoirlariga ta’sir ko‘rsatgani sir emas.
Fuzuliyning o‘zbek mumtoz adabiyotiga ta’sirini T.Jalolov uch xil sabab bilan bog‘laydi:
1) Fuzuliy tilining o‘zbek tiliga yaqinligi;
2) Fuzuliyning xushlafz she’rzabonligi;
3) Fuzuliy asarlarining barkamolligi
[3; Б.8.].
T.Jalolov “bizning shoirlarimiz uchun Fuzuliy badiiy balog‘atning simvolidir”, deb yozgan.
Uning fikricha, “Fuzuliyga ergashish o‘zbek adabiyotida uning g‘azallariga muxammas bog‘lash
bilan cheklanib qolmay, bora-bora bu adabiy maktabga – “Fuzuliy maktabi”ga aylandi”, - deydi [3;
Б.8].
Vasliy Samarqandiy Fuzuliyning
“Mardga jon yaxshidir gar so‘ylasang...”, “Cho‘x
zumurrad kun Rabe’ ayyomi kayvon aylamish...” va “Rahm qil, ey dilrabo, jonim fido
2
https://www.e-adabiyot.uz/maqola/1110
237
joningkim...”
deya boshlanuvchi 3 ta g‘azaliga taxmis bitgan. Bu muxammaslarning tili ham
Fuzuliy tiliga yaqin bir til ekanini ko‘ramiz. Obrazlar, badiiy san’atlar ham Fuzuliy ijodiga
o‘xshash.
“Mardga jon yaxshidir gar so‘ylasang...”
deb boshlanuvchi muxammasda shoir so‘zning
sifatlari, uning qadri va bebaho jihatlari haqida mushohada yuritadi.
Mardga jon yaxshidur gar so‘ylasang ey yor so‘z,
Xosa bemor, g‘amgin o‘lgonlara temor so‘z,
Ma’rifat arbobina cho‘x shevai muxtor so‘z,
Xalqa og‘zing sirrini hardam qilur izhor so‘z,
Bu na sirdur, kim o‘lur har lahza yo‘xdin bor so‘z
[1; Б.65.].
So‘z – bu Alloh tomonidan insoniyatga berilgan qutlug‘ ne’mat. Ijod ahli esa so‘zni qismat
deb biladi. Ma’rifat arboblariga
“cho‘x shevai muxtor”
bo‘lgan so‘zning kuchini haqiqiy
ijodkorgina his etadi. Oddiy avom uchun esa so‘z bu shunchaki muloqot vositasi, xolos. Ilm ahli esa
so‘zning qudratini, uning ahamiyatini chuqur ilg‘aydilar. Ushbu muxammas didaktik-axloqiy
xarakterga ega.
To tiriksan Vasliy fikring birla damsoz et so‘zi,
Har kima sidqu muhabbat ila ozod et so‘zi,
Har nasil iyyu bilur ersangda ejoz et so‘zi,
Gar cho‘x istarsan Fuzuliy izzatin oz et so‘zi,
Kim cho‘x o‘lmaqdin qilibdur, cho‘x azize xor so‘z
[1; Б.66].
Vasliy muxammasda Fuzuliy lirikasiga xos o‘g‘uz ohangini saqlashga, g‘azalning poetik
konsepsiyasidan chiqmaslikka harakat qilgan va buni mahorat bilan uddalay olgan.
“Cho‘x”,
“ejoz”, “so‘zi” (aslida “so‘zni”)
kabi so‘zlarni o‘g‘uzcha shaklda berilishi shoirning ustoz salafi
g‘azalidagi uyg‘unlikni buzmaslikka uringanidan dalolat beradi.
Bulbula afg‘on berub, to‘tiyo qilmish navhazon,
Lolaya kun yutkuzub, qumriya dobshirmish rasan,
Hushmand hayron edub, ahmoqqa o‘rgatmish suxan,
Davr javrini ko‘r, ki kuzhatbaxshi ahli zavq ekon,
Jo‘ybori gulshani zanjiri zindon aylamish
[1; Б.67].
“Cho‘x zumurrad kun Rabe’ ayyomi kayvon aylamish...”
deya boshlanuvchi muxammasda
esa davr jabridan, falakning bevafoligidan, dunyoning o‘tkinchiligidan shikoyat ruhi anglashilib
turadi. Darvoqe, bu kabi shikoyatnoma g‘azallar mumtoz adabiyotda ko‘p uchraydi. Ularda shoir
davru davrondan, charx bevafoligidan shikoyat qilib, yakunda Allohdan najot so‘raydilar. Ayni
ruhdagi asarlar orqali foniy olamning o‘tkinchiligini eslatish, bu dunyo sinov maydoni ekanini,
boqiy hayotdagi huzurlarni dorilfanodagi vasvasalarga alishmaslik lozimligini uqtiriladi.
Vasliy har dam degil, ul Xalloqi olamg‘a sinos,
Mehra nur aylab karam kim oy etmish iqtibos,
Davr qonuniga yo‘xdur javrdin o‘zga asos,
Ey Fuzuliy dahr holin shoxi guldin qil qiyos,
Kam verub avval tajammul, so‘ngra giryon aylamish
[1; Б.67].
Muxammasning yakuniy bandida
“davr qonuniga jabrdan o‘zga asos yo‘qligi”
xulosa
qilinadi. Bu tabiiy yuz beradigan jarayon. Fuzuliy esa g‘azalida
“dahrning holini”
gul shoxiga
qiyos qiladi. Gul ochiladi, oxir-oqibat to‘kilib ketadi va shox yalang holida giryon aylab qolaveradi.
Bir so‘z bilan aytganda, Vasliy ijodiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan Fuzuliy ijodiga mahliyolik, uni
o‘ziga ustoz maqomida bilish Vasliyning “Tuhfat ul-ahbob” devonidagi ko‘pgina g‘azallarda sezilib
turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Васлий Самарқандий. Туҳфат ул-аҳбоб. – Тошкент: Порцев матбааси, 1913.
2.
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 13 том. – Т.: Фан, 1997.
3.
Фузулий. Девон. – Тошкент: ЎзССР Давлат бадиий адабиёт, 1959.