Mualliflar

  • Davronova Mahfuza Isroilovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112518

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. o‘zbek maqoli taom palov osh qurtova sho‘rva qimiz sumalak non mulohaza.

Annotasiya

 Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  o‘zbek  milliy  taomlarining  xalq  maqollarida  ifodasi 
borasida  fikr  yuritiladi.  Palov,  qurtova,  atala,  ayron,  sho‘rva,  qatiq,  qimiz,  sumalak  kabi  milliy 
taomlar borasidagi qarashlar tadqiq etiladi hamda ularga munosabat bildiriladi.  


background image

225

O‘ZBEK MAQOLLARIDA MILLIY TAOMLAR IFODASI

Davronova Mahfuza Isroilovna,

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

professori, filologiya fanlari doktori

Annotatsiya

. Mazkur maqolada o‘zbek milliy taomlarining xalq maqollarida ifodasi

borasida fikr yuritiladi. Palov, qurtova, atala, ayron, sho‘rva, qatiq, qimiz, sumalak kabi milliy
taomlar borasidagi qarashlar tadqiq etiladi hamda ularga munosabat bildiriladi.

Kalit so‘zlar.

o‘zbek maqoli, taom, palov, osh, qurtova, sho‘rva, qimiz, sumalak, non,

mulohaza.

ÖZBEK MAKALELERINDE MİLLİ GÖRÜNTÜLER

Davronova Mahfuza İsroilovna,

Semerkand Devlet Üniversitesi, Sharof Rashidov'un adını aldı

profesör, filoloji doktoru

Özet.

Bu makalede Özbek milli yemeklerinin halk atasözlerinde nasıl sunulduğu ele

alınmaktadır. Pilav, kurtova, atala, ayran, çorba, yoğurt, kımız, sumalak gibi ulusal yemeklere
ilişkin görüşler incelenmekte ve bunlara ilişkin tepkiler dile getirilmektedir.

Anahtar kelimeler.

Özbek, atasözü, yemek, pilav, çorba, kurtova, çorba, kimiz, sumalak,

ekmek, görüş.





ВЫРАЖЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ БЛЮД В УЗБЕКСКИХ ПОСЛОВИЦАХ

Давронова Махфуза Исроиловна,

Самаркандский государственный университет имени Шарофа Рашидова,

профессор, доктор филологических наук

Аннотация.

В данной статье рассматривается отражение узбекских

национальных блюд в народных пословицах. Рассматриваются взгляды на национальные
блюда, такие как плов, куртова, атала, айрон, суп, йогурт, кумыс, сумаляк, а также
высказываются реакции на них.

Ключевые слова.

Узбекская пословица, еда, плов, суп, куртова, суп, кимиз, сумалак,

хлеб, мнение.

EXPRESSION OF NATIONAL DISHES IN UZBEK NATIVES

Davronova Mahfuza Isroilovna,

Professor of Sharof Rashidov Samarkand state university, doctor of philology

Abstract.

This article discusses the expression of Uzbek national food in folk proverbs.

Views on national foods such as pilaf, kurtova, atala, ayron, soup, yogurt, kimiz, sumalak are
studied and reactions to them are expressed.

Keywords.

Uzbek, proverb, food, pilaf, soup, kurtova, soup, kimiz, sumalak, bread, opinion.


background image

226

O‘zbek maqollari turkiy xalq maqollarining ajralmas bir qismidir. Shu bois ham o‘zbek

maqollarini qiyosiy tahlil etilsa, aynan varianti; qirg‘iz, qozoq, ozarbayjon, turk va boshqa turkiy
ellarda uchrashi kuzatiladi. Biroq maqollarda detal vazifasini o‘tagan predmetlar ularning qaysi xalq
vakillariga tegishli ekanligini ko‘rsatib beradi. Bu detallar: keyim, oziq-ovqat yoki ma’lum shevaga
xos bo‘lgan so‘zlar ham bo‘lishi mumkin. Biz ham mana shu fikrga tayangan holda o‘zbek
maqollaridagi milliy taomlarga e’tiborimizni qaratamiz.

O‘zbek milliy taomlaridan biri –

PALOV

dir. Palov 7 ta masalliq asosida yuzaga keltiriladi.

Bular: go‘sht, sabzi, piyoz, guruch, yog‘, zira va suv. Bu masalliqlar davrlar osha o‘zgarishsiz
qolmoqda. Bu haqda M.Fayzullayeva o‘zining “An’anaviy taomlanish va transfarmasion
jarayonlar” maqolasida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “… palov haftaning payshanba va
yakshanba kunlari albatta xonadonda palov kunlari hisoblanganligi uchun tayyorlanadi. Ilgarilari
faqat o‘ziga to‘q oila-xonadonlarda palov-osh taomi tayyorlangan. Chunki uni tayyorlash uchun
bozordan yaxshi navdagi guruch, go‘sht va ko‘p miqdorda yog‘ sotib olingan. O‘rtahol aholi esa
faqat bayram va mehmon kutayotganda bu taomni tayyorlashgan. Aynan shu taom uchun alohida
bozorlik qilish udumi o‘zgarmasdan saqlanib qolgan. O‘zbekistonda palovning 200 dan ortiq turi
tayyorlanadi. Kovatak palov, behili palov” [1.512] shular jumlasidansir.

O‘zbek xalq maqollarida esa palov taomi orqali bir qancha xarakter xususiyatlar beriladi.

Masalan,

“Palov yedim — og‘zimda yo‘q”[4.350], “Palovning qamchisi — choy”(359),

“Pulingdan bir puling qolsa, palov ye, Kuningdan bir kuning qolsa, xotin ol”(400)

, singari

maqollarda palov milliy taomi xususida so‘z yuritilgan. Birinchi keltirilgan maqolda g‘am-tashvish
boshiga tushgan insonning qiyofasiga duch kelish mumkin. Mazkur jarayonda g‘am-tashvish sabab
yeganini anglay olmaslik tushunchasi ustuvorlik qiladi. Ikkinchi maqolga nazar tashlansa, unda
palov og‘ir ovqat ekanligi, uni hazmi taom bo‘lishi uchun choy zarur ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.
O‘zbek xalqida choy ovqatni hazm qilish uchun taomdan so‘ng iste’mol qilinadi. Uchinchi maqolda
esa, hech bir taom palovning o‘rnini bosa olmasligi borasidagi fikrga duch kelish mumkin. Demak,
mazkur maqoldan xulosa qiladigan bo‘lsak, palov o‘zbek xalqi uchun taomlarning podshohi va
dasturxon ko‘rkidir. Shu bois ham mehmondorchilikda, to‘y va hashamlarda hamda motam
marosim bilan bog‘liq hollarda ham palov tayyorlangan.

O‘zbek xalqida palovning sinonimi sfatida

OSH

atamasini ham qo‘llashadi. “

O‘zbekka osh

yaxshi, Qozoqqa — go‘sht”[4.423]

maqoli esa fikrimizni yaqqol isbotlaydi. Yoki “

Oltmishga

kirgan otadan osh so‘rama”[4.467]

maqolida oshning masallig‘i sara bolganligi bois ota

imkoniyatidan tashqarida ma’nosini beradi. Shu bilan bir qatorda oshni yaxshiroq chaynab yeyish
zarurati mavjud. Otalarda esa tishlari bu borada pand beradi. Natijada hazm qilish qiyinlashadi.

Qashshoq osh topgan kuni og‘zi kuyar

”[4.487] maqolida esa qashshoq palov taomiga yeta

olmasli, unga masalliqlar haddan ziyod qimmatlik qilishi borasida fikrlar bildirilgan. “

Kambag‘al

osh topsa, Qo‘ygani idish topmas

”[4.485] maqoli esa yuqoridagi fikrimizni isbotlaydi. Biroq

Betashvish bosh qayda, Mehnatsiz osh qayda

”[4.24] maqolida mazkur osh atamasi palov sifatida

emas, umumiy nom bo‘lib, ovqat vazifasini o‘tagan. Bu kabi umumiy nomlar “

Bedavlatning noni

yarim. Bedavlatdan osh qochar. [4.481]”, “Gap bilan osh pishmas”[4.25], “Ish bor yerda osh
bor”[4.27], “Ish desa, ayyor, Osh desa, tayyor.”, “ Ish desa, og‘rir oshiq-moshig‘im, Osh desa,
tayyor katta qoshig‘im.”, “Ish oshga tortar, Yalqovlik — boshga”[4.28], “Ish qolsa — mehnat,
Osh qolsa — davlat”[4.28], “Ishga — no‘noq, oshga — o‘rtoq.”, “Ishga — cho‘loq, oshga —
qo‘noq”[4.28], “Ishdan qochding — oshdan qochding”[4.28], “Ishimning boshi yo‘q,
Oshimning moshi yo‘q”[4.29], “Ishlagan osh tishlar, Ishlamagan tosh tishlar”[4.29], “Ishsiz
boshim — oshsiz boshim”[4.30], “Kishining qo‘lidan ishini olsang, Og‘zidan oshini
olasan”[4.31], “Mehnat qilsang, yasharsan, Katta-katta osharsan

”[4.32], “

Mehnatli osh - osh

bo‘lar, Mehnatsiz osh — tosh

” [4.32], singari maqollarda ham kuzatiladi.

Milliy taomlardan yana biri

QURTOVA

dir. Mazkur taom bugungi kunda urf bo‘lmasa-da,

uni tez-tez iste’mol etishmasa-da, uni bungingi kungacha milliy oziq sifatida qayd etishadi. Mazkur
taomga suzmadan tayyorlangan qurut, qaynoq suv hamda sariyog‘ masalliqlari bo‘lishi lozim. Bu
taomni ko‘pincha issiqlikni saqlash uchun qish va kuz fasllarida tayyorlaganlar. Tadqiqotchi


background image

227

Sh.Iskandarovning “O‘zbek arablarning motam marosimi bilan bog‘liq taomlari” maqolasida
Qurtova taomi haqida quyidagi ma’lumotlarni beradi: “Buxoroning G‘ijduvon, Peshku tumanlari
qishloqlari (Jugari, Arabon, Bog‘imuso)da qurtova taomi hatto shirchoy o‘rnida tanovvul qilingan.
Bu taom Buxoro tumani Talaliyon, Suvchiqar, Kulxona qishloqlarida uchinchi kuni. Jondor tumani
Demon, Xumdonak, Arabxona, Sho‘robod qishloqlarida o‘likning “birinchi hayiti” – “idi avval”
marosimida pishirilgan”. Mazkur taom ham maqollarda o‘z ifodasini topgan. “

Azizlarning ko‘ngli

qurtova tilar

” [4.488] maqolida “AZIZ” tushunchasi uch ma’noda qullanilgan. Birinchi mazmun

mohiyatga ko‘ra aziz – mehmon, ikkinchisida aziz – yuqori tadaqa egalari (ya’ni boy, o‘zlariga to‘q
oila vakillari), uchinchisida esa aziz – olamdan o‘tgan insonlarning yaqinlari. Demak, ushbu
maqoldan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, qurtova ovqatini istagan insonlarga nisbatan ishlatilgan.
Ular tanavvul qilmoqchi bo‘lgan ovqatni ham aziz taom sifatida ulug‘langan.

O‘zbek milliy taomlaridan yana biri

ATALA

hisoblanadi. Atalaning tarkibiga suv, un, yog‘

va tuxum zarur bo‘ladi. Umuman, atala taomining turlari ko‘p. Bu haqda tadqiqotchi M.Karimov
quyidagi ma’lumotlarni beradi: “O‘zbek pazandaligida atalaning 10 dan ortiq variant bor ekanligi
aniqlangan, lekin bularning barchasi “kambag‘al ovqat” sifatida unutilib ketgan. Sirasini aytganda,
atala shifo taomdir, uni xalq tabobatida tish, oshqozon va ichak kabi hazmlash a’zolari
xastalanganda, tomoq og‘rib yutish qiyinlashganda muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelingan”.[5.226]
Nafaqat yuqorida qayd etilgan hollarda, balki yangi tug‘riq holatini boshidan o‘tkazgan yosh
onalarga ham mazkur taom quvvatlantiruvchi vazifasini o‘taganligi bois este’mol uchun taqdim
etilgan. Bu holat, hatto badiiy asarlarda ham o‘z ifodasini topgan. Birgina Abdulla Qodiriyning XX
asr boshlarida yaratilgan “O‘tgan kunlar” romaniga e’tibor qaratilsa, mazkur taomga xuddu shu
asosda to‘xtalganligiga guvoh bo‘lish mumkin.

Xalqning “

Atala bo‘lsa ham to‘y bo‘lsin” [4.461]

maqolida bu taom kambag‘allikni

ifodalovchi taom sifatida keltirilgan. Biroq mazkur maqolga yaxshiroq razm solinsa, unda taom
nafaqat kunlik oziq sifatida, balki to‘y-marosimlarda ham pishirilayotgan taom sifatida ko‘rsatilgan.
Shu bilan bir qatorda atala motam marosim taomi sifatida ham e’tirof etiladi. Bu haqda Sh.
Iskandarov quyidagi ma’lumotlarni beradi: “Farg‘ona vodiysining ba’zi bir joylarida (Quva,
Xo‘jamag‘iz, Axshak, Arabmozor, Rishton) marosim taomi sifatida atala pishirilgan. Bu o‘rinlarda
atala deganda biror xil un solingan ob nazarda tutilgan. Atalani olikning eng yaqin kishisi oz
miqdorda bo‘lsa ham irimiga deb pishirgan”.[2.304] Demak, yuqoridagi maqoldan shu ayon
bo‘ladiki, mazkur taom faqat yaxshi kunlarda pishirilsin va tanavvul qilinsin. Motam marosimida
emas, degan mazmun mohiyatiga egadir.

O‘zbek taomlaridan yana biri – Ayron. Ayron ko‘pincha yozning issiq kunlarida tana

haroratni me’yorda saqlash uchun tanavvul qilingan. Bu taom qatiq, suv va tuz masalliqlari asosida
tayyorlanadi. Chanqoqni qoldiribgina qolmay, vetaminlarga boy masaliqdir. Ayron haqida quyidagi
ma’lumotlar ham mavjud: “Ayron – 1) qatiqning kuv (guppi)da moyi ajratib olingandan soʻng
qolgan suyuq qismi.

Oʻzbekistonning

ayrim

joylarida

chalob

ham

ayron

deb

ataladi. Ichimlik sifatida

ishlatiladi.

Ayronning suvi maxsus

tayyorlangan

xaltadan

oʻtkazilib, suzma (chakki) tayyorlanadi, suzmadan qurt qilinadi. Odam uchun foydali moddalarga
boy;

2) qatiq yoki suzmadan suv, ziravorlar, oshkoʻklar, muz qoʻshib

tayyorlanadigan

chanqovbosar ichimlik.”[6] Mazkur taom ham o‘zbek maqollarida o‘z ifodasini topgan.

Kambag‘alning ayroni — o‘ziga totli

”. (485) maqolida ayron taomi haqida so‘z yuritilgan bo‘lib,

unda insonlarning tabaqalashgan ko‘rinishi yorqinroq berilgan. Xoh kambag‘al bo‘lsa-da, uning
oziqlanayotgan ovqati qorinni to‘yg‘azishga mo‘ljallanganligi bois, bugunning, hozirning ovqati
o‘zi uchun yaxshiroq ekanligi borasidagi mulohazalar berilgan. “

Tomog‘ingga qiltanoq ketsa,

Ayronni ham chaynab ichasan”

[4.438] maqolida bir-biriga zid bo‘lgan tushunchalar keltirilgan.

Ayron aslida suyuq taomdir. Biroq maqolda mana shu suyuq taomga nisbatan kontrast, zid ma’no
qo‘llanilgan. Boshiga ko‘p tashvishh tushgan inson har bir so‘zini, gapini o‘ylab garishi hamda har
bir qilayotgan ishini mulohaza bilan amalga oshirishini ta’kidlagandek tushunchani beradi. Shu
ma’noda ayron ham hublab ichilishi emas, balki chaynab ichilishi borasidagi mulohazani


background image

228

beradi.[4.438]

“Ayron ichgan qutular, Chelak yalagan tutilar”

.[4.355] mazkur maqol fasl

borasidadir. Yozning issiq kunida chelaklab suv ichsa-da, tashnalikni qondira olmaydi. Ayron
ichgan inson esa tezda tashnalikdan qutiladi kabi fikrni ilgari suradi.

“Shirin so‘z — qaymoqli

ayron, Achchiq so‘z — bo‘yniga arqon.

” maqolida esa ayronning turi vositasida insonning

so‘zlashuv uslubiga nazar tashlanadi. Natijada qaymoqli ayron ta’m jihatdan shirin bo‘lganligi bois
uni shirin so‘zga menzashsa, achchiq so‘zni bo‘ynidagi arqonga mengziladi.

O‘zbek milliy taomlaridan yana biri -

SHO‘RVA.

Taom masalliqlari go‘sht, sabzi,

kartoshka, piyoz va suvdir. Masalliqlar suvga qaynatilganligi bois taom sho‘rva nomini olgan.
Taom haqida quyidagi ma’lumotlar keltilrilgan: “Sho‘rva eng keng tarqalgan o‘zbek taomlaridan
biri. Ommaviyligi bo‘yicha palovdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi desak adashmaymiz. Oshdan
farqli ravishda, sho‘rva pishirishni o‘rganish juda oson.

Bizning fikrimizga ko‘ra, sho‘rva pishirishning asosiy “sirlari” bu: suyakli go‘sht ishlatish

va qozonni uzoq vaqt davomida past olovda qaynatish.
Boshqa ovqatlarga nisbatan sho‘rva nisbatan arzonga tushadi. Chunki uni tayorlash uchun kamroq
va arzonroq mahsulotlar talab qilinadi: suyakli go‘sht, piyoz, sabzi va kartoshka yordamida eng
oddiy sho‘rva pishirish mumkin. Arzon va tayorlashda oson bo‘lishiga qaramasdan, sho‘rva juda
bamaza va to‘yimli ovqat. To‘yib sho‘rva yegan odam kun uzun ovqat yemasdan yurishi mumkin”
[7] Mazkur taom ham xalq maqollarida uchraydi. Umuman, bu taomning 20 dan ortiq turlari haqida
ma’lumotlar ham mavjud. “

Yaxshi go‘sht — yaxshi sho‘rva, Yaxshi sut — yaxshi qaymoq

”.

[4.457] maqolda taom sara go‘shtdan tayyorlanishi borasida so‘z yuritilgan. “

Uzoqning palovidan

Yaqinning sho‘rvasi yaxshi

”.[4.369] maqolida sho‘rva taomi palovning o‘rnini bosa olmasligi,

biroq bu taom uzoqda bo‘lsa, yaqindagi sho‘rva ham ovqat sifatida o‘tadi singari mulohazaga duch
kelish mumkin. Biroq xalq maqollarida bu taom borasida ko‘plab mulohazalarni kuzata olmaymiz.

Maqollarga razm solinsa, unda bir emas ikki milliy taom haqida fikr yuritilganligiga guvoh

bo‘lish mumkin. Quyidga maqolda esa, shunday holat kuzatiladi: “

Uyutqisiz qatiq uyumas,

Achitqisiz — qimiz

” [4.456]. Bu maqolda uchragan taomlardan biri –

QATIQ

, biri –

QIMIZ

.

Maqolda har bir taom uchun zarur bo‘lgan masalliqlarni tayyorlash lozimligi aytib o‘tiladi. Qatiq
taomi har kuni tanavvul qiladigan ovqatlar sirasiga kiradi. Uni sutdan tayyorlashadi. Biroq sutni
faqat o‘zi bilan qatiq tayyorlay olishmaydi. Unga zarur bo‘lgan masalliq esa sut va uyutqi.
Uyutqini o‘zini esa sutdan olinadi. Bugungi termen bilan nomlaydigan bo‘lsak suzmadir. Bir bo‘lak
suzmagina sutni qatiqqa aylantirishga qodir. Ikkinchi taom esa qimiz bo‘lib unda kerakli bo‘lgan
masalliqlar buya suti va sut kislotasi, yani achtqi. Qimiz borasida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
“Qimiz — biya sutidan tayyorlanadigan shifobaxsh ichimlik. Har 3 soatda bir marta sogʻiladigan
biya sutini sut kislota bakteriyalari va achitqilari bilan yoʻli bilan maxsus meshlarda aralashtirib
tayyorlanadi. Tayyor qimiz meshlarda saqlanadi, tashiladi”. [8] “

Qimiz ichgan qarimas, Qarisa

ham,

dard

ko‘rmas.//

Qimiz

ichganing

— qirchillaganing, Sut ichganing —

so‘lqillaganing

”[4.449] singari maqollarda esa darga shifo taom sifatida ulug‘lanadi. Ya’ni bu taom

o‘pka kasalligida shifobaxsh ichimlik sifatida tavsiya etiladi. Shu bilan bir qatorda quvvatni
oshiruvchi xususiyatga ega bo‘lganligi bois ushbu sut masallig‘idan yuqoriroq o‘ringa qo‘yilgan.
Sut insonni vaznini oshirish borasidagi qarashlar mazkr maqolda ibratlidir. Demak, sutni ko‘p
tanovvul etilsa, vazn oshishiga olib keladi. Qimiz esa inson tanasiga keraksiz yukni yuklamaydi,
balki uni quvvatlantiradi.

Xullas, o‘zbek xalq maqollari o‘zining milliy taomlarini ifodalaganligi bilan muhim

ahamiyat kasb etadi. Unda o‘tmishda hamda bugungi kunda iste’moldagi taomlar xususidagi
qarashlar o‘z ifodasini topgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Fayzullayeva M. An’anaviy taomlanish va transformatsion jarayonlar. O‘tmishga nazar. 3-
maxus son. 2021, 512-b.

2.

Искандаров Шерзод Абдуғаниевич. ЎЗБЕКИСТОН АРАБЛАРНИНГ МОТАМ
МАРОСИМ БИЛАН БОҒЛИҚ ТАОМЛАР. O‘tmishga nazar. Maxsus son. 2022, 304-b


background image

229

3.

K.Mahmudov. O‘zbek tansiq taomlari. – Toshkent: Mehnat, 1989, 226-b.

4.

O‘zbek xalq maqollari. – Toshkent: Sharq, 2005, - 512 b.

5.

K.Mahmudov. O‘zbek tansiq taomlari. – Toshkent: Mehnat, 1989, 226-b.

6.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ayron

. 19.08.2024. 10:10da murojaat etildi

7.

https://oz.sputniknews.uz/20151119/1094941.html

. 31.08.2024-yil 18.26 da murojaat etildi

8.

https://www.google.com/search?q=qimiz+haqida+ma%27lumot&oq=qimiz+haqida+ma%27lu
mot&aqs=chrome..69i57j33i160l2.9947j0j7&sourceid=chrome&ie=UTF-8

31.08.2024-yil

18.37da murojaat etildi

Bibliografik manbalar

Fayzullayeva M. An’anaviy taomlanish va transformatsion jarayonlar. O‘tmishga nazar. 3-

maxus son. 2021, 512-b.

Искандаров Шерзод Абдуғаниевич. ЎЗБЕКИСТОН АРАБЛАРНИНГ МОТАМ

МАРОСИМ БИЛАН БОҒЛИҚ ТАОМЛАР. O‘tmishga nazar. Maxsus son. 2022, 304-b

K.Mahmudov. O‘zbek tansiq taomlari. – Toshkent: Mehnat, 1989, 226-b.

O‘zbek xalq maqollari. – Toshkent: Sharq, 2005, - 512 b.

K.Mahmudov. O‘zbek tansiq taomlari. – Toshkent: Mehnat, 1989, 226-b.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ayron. 19.08.2024. 10:10da murojaat etildi

https://oz.sputniknews.uz/20151119/1094941.html. 31.08.2024-yil 18.26 da murojaat etildi

mot&aqs=chrome..69i57j33i160l2.9947j0j7&sourceid=chrome&ie=UTF-8 31.08.2024-yil

37da murojaat etildi