Mualliflar

  • Hasanov Shavkat Ahadovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112521

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Sotsialistik realizm mifologiya G‘arb va Sharq madaniyati xarakter biografiyasi poetik uslub badiiy konsepsiya tarixiy jarayon diniy syujetlar va motivlar XX asrning badiiy talqini

Annotasiya

 
Annotatsiya.  XX  asr  sovet  adabiyoti  jahon  adabiyotidan  farqli  ravishda  Yagona  adabiy 
yo‘nalish  –  sotsrealizm  prinsiplari  asosida  yaratildi.  Sotsialistik  realizmning  adabiyot  oldiga 
qo‘ygan  talablari  bilan  barcha  davrlarga  birdek  xizmat  qiladigan  asarlar  yaratish  kamdan  kam 
ijodkorlargagina  nasib  qildi.  Shulardan  Chingiz  Aytmatov  edi.  Yozuvchining  eng  muhim 
xizmatlaridan  biri  shundaki,  u  o‘zining  ulkan  dardlarini,  g‘oyalarini  “kichik  odam”lar  obrazi 
orqali  ifodalash  an’anasini  boshlab  berdi.  Shuningdek,  uning  obyektiv  voqelikka  munosabati 
mifologiya, fol’klor, fantastika janrlarini qissa va romanlariga sintez qilish orqali reallashdi. Agar 
adib ijodini sho‘ro davri munosabatlari  tarixi deb tasavvur etsak, yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan juda 
ko‘p    haqiqatlar  uning  uslubiga  jilo  bergan  ertak,  rivoyat,  miflarning  qat-qatiga  singdirib 
yuborilganligiga ishonch hosil qilish  mumkinki, shu xususiyatlari bilan Chingiz Aytmatov poetik 
uslubi G. Markesning ifoda tarziga yaqinlashadi.  


background image

207

II SHO‘BA

TURKIY ADABIYOT TADQIQI VA TA’LIMI

CHINGIZ AYTMATOV VA O‘ZBEK ADABIYOTI

Hasanov Shavkat Ahadovich,

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

professori, filologiya fanlari doktori

Hasanovshavkat724@gmail.com

Annotatsiya.

XX asr sovet adabiyoti jahon adabiyotidan farqli ravishda Yagona adabiy

yo‘nalish – sotsrealizm prinsiplari asosida yaratildi. Sotsialistik realizmning adabiyot oldiga
qo‘ygan talablari bilan barcha davrlarga birdek xizmat qiladigan asarlar yaratish kamdan kam
ijodkorlargagina nasib qildi. Shulardan Chingiz Aytmatov edi. Yozuvchining eng muhim
xizmatlaridan biri shundaki, u o‘zining ulkan dardlarini, g‘oyalarini “kichik odam”lar obrazi
orqali ifodalash an’anasini boshlab berdi. Shuningdek, uning obyektiv voqelikka munosabati
mifologiya, fol’klor, fantastika janrlarini qissa va romanlariga sintez qilish orqali reallashdi. Agar
adib ijodini sho‘ro davri munosabatlari tarixi deb tasavvur etsak, yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan juda
ko‘p haqiqatlar uning uslubiga jilo bergan ertak, rivoyat, miflarning qat-qatiga singdirib
yuborilganligiga ishonch hosil qilish mumkinki, shu xususiyatlari bilan Chingiz Aytmatov poetik
uslubi G. Markesning ifoda tarziga yaqinlashadi.

Syujetni tarmoqlantirishda, xarakter xususiyatlari va qahramon psixologiyasini ochishda,

real hayot va mifologiyani uyg‘unlashtirishda, olam va odamning badiiy manzaralarini
tasvirlashda sobiq sho‘ro adabiyotida Chingiz Aytmatov ijodidan bahramand bo‘lgan yozuvchilar
juda ko‘p. Bu xususiyatni o‘zbek yozuvchilari ijodi misolida ham kuzatish mumkin. Keyingi davr
ijodkorlaridan Tog‘ay Murodning Ziyodulla, Dehqonqul, Erkin A’zamning Berdiboy, Bakir,
Xayriddin Sultonovning Adash Karvon, Bahodir Qobulning Bolakay kabi obrazlari shular
jumlasidan. Mazkur maqolada Chingiz Aytmatov asarlarining yetakchi poetik xususiyatlari va
uning hozirgi o‘zbek prozasiga ta’siri masalalari atroflicha tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar.

Sotsialistik realizm, mifologiya, G‘arb va Sharq madaniyati, xarakter

biografiyasi, poetik uslub, badiiy konsepsiya, tarixiy jarayon, diniy syujetlar va motivlar, XX
asrning badiiy talqini

ÇİNGİZ AYTMATOV VE ÖZBEKİSTAN EDEBİYATI

Hasanov Şavkat Ahadoviç,

Semerkand devlet üniversitesi, Sharof Rashidov'un adını aldı,

profesör, filoloji doktoru

Özet.

20. yüzyıl Sovyet edebiyatı, dünya edebiyatından farklı olarak, tek bir edebi yönelim

temelinde, sosyalist gerçekçilik ilkeleri üzerinde yaratılmıştır. Sosyalist gerçekçiliğin edebiyata
yüklediği talepler doğrultusunda, her çağa eşit şekilde hitap edecek yapıtlar üretmeyi başaran
sanatçı sayısı az olmuştur. Bunların arasında Cengiz Aytmatov da vardı. Yazarın en önemli
katkılarından biri, büyük üzüntülerini ve düşüncelerini "küçük insanlar" imgeleriyle dile getirme
geleneğini başlatmış olmasıdır. Nesnel gerçekliğe yaklaşımı mitoloji, folklor ve fantastik türlerini
öykü ve romanlarında sentezlemesiyle de gerçekleşmiştir. Yazarın eserini Sovyet dönemi
ilişkilerinin bir tarihi olarak düşünürsek, yazarın aktarmak istediği gerçeklerin birçoğunun,
üslubunu cilalayan masal, efsane ve mit katmanlarında saklı olduğunu görebiliriz ve bu
özellikleriyle Cengiz Aytmatov'un şiirsel üslubu G. Marquez'in anlatımına yaklaşır.


background image

208

Eski Sovyet edebiyatında Cengiz Aytmatov'un olay örgüsünü dallandırıp budaklandırması,

karakter özelliklerini ve kahramanın psikolojisini ortaya koyması, gerçek hayatla mitolojiyi
birleştirmesi, dünyaya ve insana dair sanatsal görüşlerini tasvir etmesi gibi özelliklerinden
yararlanan pek çok yazar vardır. Bu özellik Özbek yazarların eserlerinde de görülmektedir. Daha
sonraki dönem sanatçılarının karakterleri arasında Togay Murod'un Ziyodulla ve Dehkankul'u,
Erkin A'zam'ın Berdiboy ve Bakir'i, Khairiddin Sultanov'un Adash Karvon'u ve Bahodir Qabul'un
Bolakay'ı yer alıyor. Bu makalede Cengiz Aytmatov'un eserlerinin başlıca şiirsel özellikleri ve
bunların çağdaş Özbek nesrine etkileri ayrıntılı olarak incelenmektedir.

Anahtar kelimeler.

Sosyalist gerçekçilik, mitoloji, Batı ve Doğu kültürü, karakter

biyografisi, şiirsel tarz, sanatsal kavram, tarihsel süreç, dini olay örgüsü ve motifler, 20. yüzyılın
sanatsal yorumu.

ЧИНГИЗ АЙТМАТОВ И ЛИТЕРАТУРА УЗБЕКИСТАНА

Xасанов Шавкат Ахадович,

Самаркандский государственный университет имени Шарофа Рашидова,

профессор, доктор филологических наук

Аннотация.

Советская литература XX века, в отличие от мировой литературы,

создавалась на основе единого литературного направления — принципов социалистического
реализма. Лишь немногие художники смогли создать произведения, которые в равной
степени соответствовали бы всем эпохам, отвечая требованиям, предъявляемым к
литературе социалистическим реализмом. Среди них был Чингиз Айтматов. Одним из
важнейших вкладов писателя является то, что он положил начало традиции выражения
своих великих скорбей и идей через образы «маленьких людей». Его подход к объективной
реальности также реализовался посредством синтеза мифологии, фольклора и
фэнтезийных жанров в его рассказах и романах. Если представить себе творчество
писателя как историю отношений советской эпохи, то можно быть уверенным, что
многие истины, которые хотел донести писатель, были заложены в пластах сказок, легенд
и мифов, отшлифовавших его стиль, и этими чертами поэтический стиль Чингиза
Айтматова приближается к стилю Г.Маркеса.

В литературе бывшего СССР немало писателей, которым творчество Чингиза

Айтматова импонировало разветвленностью сюжета, раскрытием черт характера и
психологии героя, сочетанием реальной жизни и мифологии, изображением
художественных взглядов на мир и человека. Эту черту можно наблюдать и в творчестве
узбекских писателей. Среди персонажей художников более позднего времени - «Зиёдулла и
Дехканкул» Тогая Мурода, «Бердибой и Бакир» Эркина Азама, «Адаш Карвон» Хайриддина
Султанова и «Болакай» Баходира Кабула. В статье подробно рассматриваются ведущие
поэтические черты произведений Чингиза Айтматова и их влияние на современную
узбекскую прозу.

Ключевые слова.

Социалистический реализм, мифология, западная и восточная

культура, биография персонажа, поэтический стиль, художественная концепция,
исторический процесс, религиозные сюжеты и мотивы, художественная интерпретация
XX века.

CHINGIZ AITMATOV AND UZBEKISTAN LITERATURE

Hasanov Shavkat Ahadovich,

professor, doctor of philology, Samarkand state university named after Sharof Rashidov


background image

209

Annotation.

Soviet literature of the 20th century, unlike world literature, was created on the

basis of a single literary direction - the principles of socialist realism. Only a few creators were
able to create works that would serve all eras equally with the requirements that socialist realism
placed on literature. Chingiz Aitmatov was one of them. One of the most important services of the
writer is that he initiated the tradition of expressing his great sorrows and ideas through the images
of "little people". Also, his attitude to objective reality was realized through the synthesis of the
genres of mythology, folklore, and fiction in his stories and novels. If we imagine the writer's work
as a history of Soviet relations, we can be sure that many of the truths that the writer wanted to
convey were embedded in the layers of fairy tales, legends, and myths that polished his style, and
with these features, Chingiz Aitmatov's poetic style approaches the style of expression of G.
Marquez.

There are many writers in the former Soviet literature who benefited from Chingiz

Aitmatov's work in branching the plot, revealing character traits and the psychology of the hero,
combining real life and mythology, and depicting artistic landscapes of the world and man. This
feature can also be observed in the work of Uzbek writers. Among the creators of the later period,
such images as Togay Murod's Ziyodulla, Dehkankul, Erkin A'zam's Berdiboy, Bakir, Khayriddin
Sultanov's Adash Karvon, and Bahodir Qobul's Bolakay are among them. This article examines in
detail the leading poetic features of Chingiz Aitmatov's works and their influence on contemporary
Uzbek prose.

Keywords.

Socialist realism, mythology, Western and Eastern culture, character biography,

poetic style, artistic concept, historical process, religious plots and motifs, artistic interpretation of
the 20th century

XX asrning 30-yillarida muomalaga kiritilgan sotsialistik realizm aqidalari bir necha o‘n

yilliklar sho‘ro ijodkorlarining asosiy tasvir prinsipiga aylandi. Undagi “sinfiylik”, “partiyaviylik”,
“voqelikni revolyutsion taraqqiyotda ko‘rsatish”, “sinflar kurashi” kabi tushunchalar adabiyot tarixi
bilan zamonaviy adabiyot o‘rtasiga rahna soldi. Mumtoz adabiyotning qahramoni o‘zligini taftish
qilgan bo‘lsa, zamonaviy qahramon o‘zgalarni taftish qilishga kirishdi. Mumtoz qahramon o‘z
nafsiga qarshi kurashgan bo‘lsa, zamonaviy qahramon birovlarga qarshi kurashga targ‘ib qila
boshladi.

Stalin shaxsi va stalinizm illatlari tanqid qilingach, adabiyotdagi vul’gar sotsiologik

qarashlarga bir qadar barham berildi. Insonga insondek qarash, uning jamiyatidagi o‘rni, mavqeini
anglash, hayot faqat g‘alabalardan iborat emasligini tushunish, inson tabiati xato va qusurlardan xoli
emasligi, erkka tashnaligi, o‘y-xayollari, xatti-harakatlari hamisha ham “risoladagidek”
bo‘lavermasligini badiiy tadqiq etishga harakatlar boshlandi. Adabiyotga yangi iste’dodlar kirib
kela boshladi. Shulardan biri Chingiz Aytmatov edi.

Chingiz Aytmatov ijodida islom va nasroniylik ta’limoti an’analari, Sharq va G‘arb

madaniyatining hayotbaxsh xususiyatlari o‘ziga xos tarzda sintezlashganligini ko‘rish mumkin.
Yozuvchining eng muhim xizmatlaridan biri shundaki, u sotsrealizmning tor, biqiq muhitiga toza
nasimlar olib kirdi, rangin va serqirra uslubi bilan uning imkoniyatlarini kengaytirdi. Chingiz
Aytmatov ijodini unga zamondosh bo‘lgan, Lotin Amerikasi mamlakatlarining badiiy solnomasini
magiya, fantastika, modern vositalar bilan yaratgan Gabriel Markes ijodiga qiyoslash mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, G.Markes erkin ijod qildi, biroq Chingiz Aytmatovda bunday
imkoniyat bo‘lmadi. Gabriel Markesdan farqli o‘laroq Chingiz Aytmatov iste’dodini to‘la-to‘kis
namoyon etolmadi. Iste’dodning ma’lum qismini o‘zi mansub bo‘lgan tuzumning xohish-irodasi
uchun qurbon qilishga majbur edi. O‘z davrida va undan keyin sho‘ro tuzumining obyektiv
manzarasini, uning tub mohiyatini tasvirlashda Chingiz Aytmatovga teng keladigan yozuvchi
bo‘lmasa kerak. Biroq ulkan adibning bu estetik hukmlari sotsialistik realizm ruxsat bergan
chegaralar doirasida edi. Bu xususiyat, masalan, uning ijodini sevimli adibi Mixail Bulgakov ijodi
bilan qiyoslaganda yaqqolroq namoyon bo‘ladi.


background image

210

Chingiz Aytmatov yaratgan xarakterlar tarixiga yozuvchi biografiyasi orqali qaraydigan

bo‘lsak, bu xarakterlar va qahramonlar tarixi –Aytmatovlar oilasi tarixidir.
Chingiz Aytmatovning syujetlari – boshidan kechirgan, jonidan o‘tkazgan, ko‘nglida tuygan,
ongida muhrlangan, bolaligining beg‘ubor osmonlarning quyuq bulutlarga to‘ldirgan voqelikning
hayotiy fabulasidir. Taqdiri azal uning manglayiga baxtsiz bolalik dasxatini qora harflar bilan
bitgan edi. Tosh asrida ham, quldorlik va feodalizm sharoitida ham xunrezliklar, zo‘ravonliklar,
vayronagarchiliklar bo‘lib turgan, azaliy va muqaddas qadriyatlar toptalgan, inson xorlik va
zorlikka giriftor etilgan, ro‘zi qiyomatdan darak beruvchi zamon alomatlari bot-bot bo‘y ko‘rsatgan
– biroq bularning hech biri ko‘lami, tragizmi, bardavomiyligi bilan XX asrdagidek bo‘lmagan edi.
Bo‘lg‘usi adibning bolaligi shunday sharoitda kechdi.

Chingiz Aytmatov yaratgan xarakterlarning ko‘pchiligi yakka, yolg‘iz, yetim, o‘gay,

kimsasiz… Ularning biografiyasini bir qur ko‘zdan kechirib chiqsak, yozuvchi deyarli barcha
asarlarida ushbu motivga qayta-qayta murojaat qilganligini ko‘rish mumkin.
“Yuzma-yuz”da Beksoat kampir, ya’ni urushdan qochib kelgan Ismoilning onasi kelini Saidaga
oilasining tarixini so‘zlab beradi: “Endi o‘ylasam, qanchadan-qancha azob-uqubatlar chekmadik,
bir umr taqdir bizga soya soldi. Bolalarim o‘ldi, erim o‘ldi, akalarimni quloq qilishdi, jamoa
xo‘jaligida tongdan tonggacha ishlab, keksayib, kasalmand bo‘lib qoldim”.
“Jamila” qissasidagi Doniyorni muallif shunday tanishtiradi: “Keyin bilishsa, Doniyor asli shu
yerlik ekan. Aytishlaricha, u yoshligida yetim qolib, har kimlarning eshigida yurgan, oxiri
Chaqmoqdagi qozoq tog‘alarinikiga ketib qolgan, shu-shu bolani izlab borgudek bironta ham
jonkuyari bo‘lmagan ekan”.

“Sarviqomat Dilbarim”dagi Ilyos yetimxonada o‘sgan. “Birinchi muallim”dagi Duyshen –

bu ocharchilik yillari ovuldan ketib, bir muddat temir yo‘lda ishlab yurib, nihoyat dom-daraksiz
bo‘lib ketgan o‘sha Toshtanbekning o‘g‘li Duyshen… kimsasiz, bechora. Shu asar syujetini
boshdan oxir harakatga keltirib turgan qahramonlardan biri Oltinoy Sulaymonova ham yetim, qahri
qattiq yangasining zug‘umlarini yutib yashagan.
“Ota men senga yodgorlik o‘rnatolmadim. Sening qayerda dafn etilganligingni ham bilmayman.
Ushbu asarimni, otam To‘raqul Aytmatov, senga bag‘ishlayman…” “Somon yo‘li” asarida epilog
o‘rnida kelgan ushbu bag‘ishlovning boshlamasidan ayon bo‘ladiki, asarga asos bo‘lgan davr
voqeligi qahramonlarga oson va ravon taqdir yo‘llarini ravo ko‘rmasligidan kitobxonni
ogohlantirgandek bo‘ladi.

Ushbu misollardan ham ko‘rinib turibdiki, Chingiz Aytmatov o‘zining, ota-onasining, uka-

singillarining hayot yo‘llarini qahramonlariga ulashib chiqqan. Qisqaroq qilib aytganda, XX asr
qirg‘iz xalqining hayoti Aytmatovlar oilasining taqdiri misolida tipiklashadi.
Garchi mifologiya ijodining ajralmas qismi bo‘lsada, Chingiz Aytmatov yaratgan xarakterlar yunon
mifologiyasidagi qahramonlardek osmondan tushib kelmaydi, ularning zuvalasida ma’budlikka yo
Xudolikka davogarlik ham yo‘q. Ular bor bo‘y-basti, ruhiyati, sezimlari bilan tarixan konkret
makon va zamondan o‘sib chiqadilar.

Har bir xarakter Chingiz Aytmatov asarlariga o‘zining o‘tmishi bilan kirib keladi. O‘tmish

bu xarakterlar uchun – xotiralar taftida isinib, bir pas tin olgach, bir manzildan o‘zga manzilga, bir
faoliyatdan boshqa bir faoliyatga yo‘llovchi o‘ziga xos adabiy bekat. Piyoda, otda, aravada,
traktorda, yuk mashinasida, poyezdda kelayotgan yo ketayotgan bu qahramonlar shu bois hamisha
yo‘lda. Davr suronlari aro o‘zliklarini izlashadi. Go‘yoki ular sabru bardoshdan yaralgandek
taqdirning qaqshatqich zarbalarida ham o‘zliklarini yo‘qotmaydilar, yashashga bo‘lgan ishtiyoq,
hayotsevarlik ularni absurd ko‘chalarga kirib ketishdan asraydi.

Ming yilliklar bilan bo‘ylashadigan qirg‘iz xalqi hayotidagi qiz olib qochish motiviga

yozuvchi yangi, zamonaviy libos kiydiradi. Chingiz Aytmatovning talqinicha, chinakam sevgi,
muhabbat oldida uzoq asrlik urug‘chilik an’analari, rasm-rusumlari o‘z ahamiyatini, mazmun-
mohiyatini to‘liq saqlab qololmaydi. Yozuvchi go‘yoki qo‘liga torozi olib, uning bir pallasiga
qirg‘iz xalqining o‘tmishini, ikkinchi pallasiga kelajagini qo‘yib salmoqlayotgandek,
chamalayotgandek. “Jamila” qissasida Jamila Doniyor bilan ahdu paymon qilganida urushga ketgan


background image

211

sovet askari Sodiqning xotini edi. Sotsrealizm aqidalaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, Chingiz
Aytmatovning bunaqa talqini “shakkoklik”da boshqa narsa hisoblanmasdi. Qissa sho‘ro
adabiyotshunosligida ancha tanqid qilindi. Biroq mashhur farang adibi Lui Aragon Aytmatovning
mazkur qissasini faransuz tiliga tarjima qilib, “Jahondagi eng go‘zal sevgi qissasi” deya e’tirof
etgani Chingiz Aytmatovni yuz berajak ko‘pgina kasofatlardan saqlab qolgani ham haqiqat.

“Sarviqomat Dilbarim”da Ilyos bilan axdu paymon qilganida Asal uzoqroq bir qarindoshiga

unashtirilgan edi. Ilyos Asalni “o‘g‘irlab” ketadi, sevib turmush qurishadi, biroq baxtli
bo‘lisholmaydi. Baxtsiz muhabbat motivi adib asarlarida tez-tez uchrab turadi. Tanaboy va Bibijon,
Rayimali oqin va Begimoy, Edigey va Zarifa munosabatlari alohida- alohida armon va o‘kinch
shevasida bitilgan mungli, mahzun muhabbatnomalardir. Bir-biriga o‘xshamagan, bir-birini
takrorlamaydigan bu sevgi qissalaridagi juftliklarining har biri o‘zlaricha baxtsiz. Ularni birlashtirib
turgan sevgi rishtalari ayriliqqa tutashaveradi. Yozuvchi oila, muhabbat, burch masalalarini talqin
etganda sharqona mintalitetga tayanadi. Tabiiyki, g‘arb yozuvchisi bu masalalarni boshqacha talqin
etgan bo‘lardi.

Chingiz Aytmatov poetik uslubining yana bir jihati – uning personajlari ko‘pincha tabiiy

ofat sinovlariga duch keladi. Kutilmaganda yog‘ib qoladigan yomg‘ir, jala, qor, suv toshqini, havo
haroratining to‘satdan pasayishi, quyuq tuman va boshqa tabiat hodisalari shusiz ham murakkab
vaziyatni, munosabatlarni, konfliktni yanada chigallashtirib yuboradi, syujetning yangi bir
tarmog‘ini yuzaga keltiradi. “Sohil yoqalab chopayotgan Olapar” to‘lasincha ana shu konsepnsiya
asosiga qurilgan. Bu asarda yozuvchi uchun qadrdon bo‘lgan tog‘u dashtlar adabiy makoni okeanga
ko‘chiriladi. To‘rtovlon qayiqda ovga chiqqanda okeanni quyuq tuman qoplaydi. Tabiatda “ish
tashlash” boshlanadi. Quyosh nur sochmaydi, yulduzlar yo‘l ko‘rsatmaydi, tumanni tarqatish uchun
shamol ham esmaydi. Quyuq va muallaq tuman…

“Lekin bu tun ham ob-havo zarra o‘zgarmadi. Dengiz ustidagi tuman avvalgiday parvoi

palak, dong qotib qolgandi. Borliqni yanada bo‘g‘iq oqshom zulmati bosdi. Ketidan aql bovar
qilmaydigan darajada uzun, chidab bo‘lmas darajada qorong‘u, dahshatli tun boshlandi. Lekin
qaniydi tun oralig‘ida shamol tursa, mayli, bo‘ron tursa, to‘fon bo‘lsa ham mayliydi, ishqilib, havo
ochilib, osmonda yulduzlar ko‘rina qolsa! Lekin tunda zarracha o‘zgarish alomati, suvda birorta
to‘lqin, havoda birorta epkin yo‘q edi – borliq cheksiz sukunatga, cheksiz zulmatga chulg‘angan
edi. Cheksiz zulmat qo‘ynida adashib qolgan yolg‘iz qayiq va undagi azob-uqubatdan, ochlikdan,
tashnalikdan tinka madori qurigan odamlar tuman ichida pista po‘chog‘iday bir joyda aylanishlar,
noma’lum qismat va umidsizlik changalidan chiqolmas edilar…” (Chingiz Aytmatov. Tanlangan
asarlar. Qissalar. “Sharq” 2016, 634-bet).

Yozuvchi shunday bir tragik vaziyat yaratadiki, qahramonning birgina so‘zi, birgina harakati

uning kim ekanligini yarq etib namoyon qiladi. Okeanning suvi sho‘r – ichib bo‘lmaydi, chuchuk
suv tugayozgan, yegulikka esa quritilgan sho‘r baliq qolgan, xolos. Tuman tarqab, sohilga
yetguncha bola – Kiriskga suv yetar-yetmas. Kiriskning yashab qolishi uchun avval bobosi, keyin
tog‘asi, so‘ng otasi o‘zlarini qurbon qiladilar – inon-ixtiyorlarini cheksiz zulmat va suv qoplagan
bahrga topshiradilar.
Chingiz Aytmatov realist ijodkor. Uning realizmi mifologiya, xalq og‘zaki ijodi, diniy syujetlar va
motivlar, fantastikaga to‘yingan realizmdir. “Musibat pallalarida bir og‘iz aytilgan gapning tagida
undan necha barobar ko‘p haqiqatlar aytilmasdan turadi”, deydi “Sarviqomat dilbarim” asari
qahramonlaridan biri. Agar adib ijodini sho‘ro davri musibatlari tarixi deb tasavvur qiladigan
bo‘lsak, yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan juda ko‘p haqiqatlar uning uslubiga jilo bergan ertak, rivoyat,
miflarning qat-qatiga singdirib yuborilganligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Chingiz Aytmatovning real hayotdan mifologiyaga, mifologiyadan real hayotga tabiiy o‘tib

ketishini ta’minlaydigan poetik usullari bor. Bular – tush ko‘rish, isitmada alahlash, ayni paytda
o‘zga jonzodga evrilish istagi, galyutsinatsiya holatlaridir.

“Oq kema”da bola baliq odam bo‘lib ketishni orzu qilsa, “Sohil bo‘ylab chopayotgan

olapar”da O‘rxun bobo suv parisi bilan birlashib, mangulikka singib ketish umidida dunyodan
o‘tadi.


background image

212

G.Flober: “Bovari xonim – bu mening o‘zim” – deya bejiz aytmagan. Hush va tush oralig‘ida
yashayotgan bola ham, O‘rxun bobo ham – yozuvchining o‘zi. Chunki Chingiz Aytmatov Muxtor
Shoxonov bilan bo‘lgan suhbatlarida alag‘da tushlar ko‘rishini ta’kidlab o‘tadi. “Cho‘qqida qolgan
ovchining ohu zori”dagi iqrornomalar Chingiz Aytmatov ijod olamiga olib kiradigan kalit, uning va
qahramonlarining tarjimai holidir.

Chingiz Aytmatov fenomenini yuzaga chiqargan yana bir jihatga e’tibor qaratish zarur.

Buyuk yozuvchi adabiyotga yangi insonni, yangi xarakterni olib kirdi. Bu inson obrazi o‘zining
yaqin salaflaridan farqli o‘laroq kurashchan, jangovor hamda muayyan g‘oyalar yalovbardori emas,
balki, kichikroq bir jug‘rofiy hududda o‘zligini, jamiyatdagi o‘rnini izlayotgan inson. Gabriel
Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” asari bilan Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asari deyarli
bir vaqtda yaratilgan. Realizm va mifologiyaning uyg‘unligi, parallel holda kechishi har ikki asar
uchun xos xususiyat. Bundan tashqari, har ikki asarning voqea-hodisalari sivilizatsiyadan chetroq,
ovloq yopiq makonlarda kechadi. “Yolg‘izlikning yuz yili” qahramonlari Makondoning to‘rt
tarafidan suv bilan o‘ralganligini anglab, tamaddundan chetda chirib, nom-nishonsiz yo‘qolib
ketmaslik uchun u yerdan chiqishga harakat qilishadi. “Oq kema” qahramonlari esa o‘z makonlari –
o‘rmon xo‘jaligidan chiqib ketishni xayollarga ham keltirishmaydi. Chunki ularni sivilizatsiyaning
o‘zi shu ovloq go‘shaga uloqtirib tashlagan.

Uzoq asrlar davomida chorva ortidan yaylovdan toqqa, tog‘dan yaylovga o‘tovi bilan

ko‘chib yurgan kishilar uchun shahar hayoti zerikarli, diqqinafas, soxta. Shu bois hech qanday kuch
ularni bu makonlaridan chiqarolmaydi. O‘rmon xo‘jaligida bor-yo‘g‘i uchta oila: Mo‘min chol
kampiri va nevarasi bilan, O‘rozqul xotini Bikey hamda Seyidaxmed xotini Guljamol va qizchasi
bilan yashashadi.

“Oq kema”ning arxitektonikasi shunday qurilganki, personajlarning birortasi o‘zlari yashab

turgan mikro hududdan tashqariga chiqib ketolmaydi: hamma bir-biriga begona bo‘lsa-da, ayni
damda hamma bir-biriga ko‘rinmas iplar bilan bog‘lab tashlangandek.

Sujet oddiy: johil O‘rozqul har gal mast bo‘lib, farzandsizligi chun xotinini kaltaklaydi,

Mo‘min chol – tabiatan mute, qo‘lidan hech ish kelmay, titrab-qaqshab iztirob chekadi, O‘rozqulga
yalinib-yolvoradi. Bir chekkada bularni kuzatib turgan bola yig‘lab, o‘zining ertaklar dunyosiga
talpinadi. Qissada keltirilgan shu real hayot manzarasi bilan parallel’ ravishda kiritilgan rivoyat
tufayli asar syujetidagi xronotop, ya’ni makon va zamon kategoriyasi cheksiz kosmik miqyoslarga
ko‘tariladi. Rivoyat qirg‘iz xalqining kelib chiqish tarixidan boshlanadi. Rivoyatdagi ramziylik bois
o‘tmish va kelajak bugunning chorrahasida uchrashadi. Tabiatan mo‘min bo‘lgan chol, ertak va
rivoyatlarga yosh boladek ishonadigan, ko‘z yoshi qilib tinglaydigan bu chol – fojealar girdobida
yashaydi. Real voqelikdan zada bo‘lib, ertaklar olamiga singib borayotgan bola – o‘tmish va
kelajakni bog‘lab turgan uzv, ko‘prik. O‘rozqul esa johillikning timsoli. Jaholat esa, ma’lumki,
barcha zamonlarda ham qurbonlik talab qilgan – rivoyatda shoxdor Ona Bug‘i, qissada Bola jaholat
qurboniga aylanadi.

Mo‘min chol umrida ilk bor isyon ko‘targach, ya’ni O‘rozqulning dag‘-dag‘alariga quloq

solmay nevarasini maktabdan olib kelish uchun Oqboshni minib ketgach, O‘rozqul mast bo‘ladiyu,
xotinini uydan haydab yuboradi. Falakning bedodligini qarangki, bu ayol erini emas, eriga gap
qaytargan o‘z otasini qarg‘ay boshlaydi.
Mo‘min bobo bu hayotda nimagaki erishgan bo‘lsa, barchasi zavol topdi. O‘g‘li urushda halok
bo‘ldi, xotini uning dog‘ida vafot etdi, qizi bolasini unga qoldirib, shaharga ketib qoldi. Katta qizi
Bikeyning ahvoli esa bu. O‘zi esa keyingi kampirining qarg‘ishi va O‘rozqulning zug‘umlarini
yutib yashashga mahkum. Bu fojealarning ko‘lami keng, bu fojealarning poyoni yo‘q. Bular kamlik
qilgandek Mo‘min boboning shoxdor Ona Bug‘uga – xalqining xaloskoriga, o‘zining o‘tmishiga,
bolaning kelajagiga o‘z qo‘llari bilan o‘q uzishi shunday hayotiy mantiq bilan asoslanganki, hech
qanday fantastik tafakkur kuchi bilan ham bu haqiqatni rad etib bo‘lmaydi.

Sobiq sho‘ro adabiyotida Chingiz Aytmatovdan ta’sirlanmagan nosir kamdan kam topiladi.

Syujetni tarmoqlantirishda, xarakter xususiyatlari va qahramon psixologiyasini ochishda, real hayot
va mifologiyani uyg‘unlashtirishda, peyzaj va portet chizishda, intrigalarni kuchaytirish va


background image

213

konfliktni o‘tkirlashtirishda, xullas, odam va olamning badiiy manzaralarini tasvirlashda o‘zbek
yozuvchilari ham Chingiz Aytmatov saboqlaridan bahramand bo‘lishdi. Shu o‘rinda “Oq kema” va
Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asaridagi ba’zi epizodlarni qiyoslab ko‘rsak.
“Oq kema” qissasidan: “… ammo kattalar, ming afsuski, bola o‘ylagandek, odil ish tutishmadi. Ular
hammasini aksincha qilishdi. O‘razqul uyga yana mast bo‘lib qaytdi. Uni hech nima bo‘lmaganday
qarshi olishdi. Bobo otini ushladi, xotini somovarga yugurdi, hammayoq faqt uni kutayotgandek. U
esa jinnilik qila boshlaydi. Oldiniga mayuslanib yig‘laydi. Nega yig‘lamasin, axir bu qanaqasi, qo‘l
berib so‘rashishiga arzimaydigan eng jo‘n odamning ham istagancha bolasi bor. Beshta, hatto,
o‘nta. O‘rozqulni-chi? Uning nimasi kam boshqalardan? Nimasi yetmaydi uning? Yoki martabasi
pastmi? Xudoga ming qatla shukur, noyob o‘rmonning qorovuli! Yoki u qandaydir daydi zotmi?
Axir lo‘lining ham lo‘livachchasi borku, u betayinmi, obro‘si yo‘qmi? Hammasi bor. Hammasiga
yetishgan. Egarlangan oti bor, qo‘lidan qamchi tushmagan, har yerda uni hurmat bilan kutib
olishadi. Xo‘sh, uning tengdoshlari o‘z farzandiga to‘y qilishadi, u-chi? O‘g‘ilsiz, urug‘siz, kim u?”
Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasida o‘qiymiz:

“ – Yaxshimisiz, aka? Bola-chaqalar o‘syaptimi?
– Qulluq, qulluq.
– Nevaralar katta bo‘lyaptimi?
– Shunday, shunday.
– Chopqillab-chopqillab yurishibdimi?
Akamiz boshqa gaplarni eshitmadi. Qo‘li ko‘ksida, egik boshini irg‘ab o‘tiraberdi.
Akamizning to‘y-to‘ylagani, yegani-ichgani burnidan chiqdi.
Uyiga yonib keldi.
Nimaga endi faqat bola-chaqani so‘raydi? Nimaga manavi dang‘illama uylarni, keng

hovlini, jiyron otini so‘ramaydi? Qo‘ylari, mollari, qancha? Har yili qo‘zilaydi, buzoqlaydi. Tokzori
yiliga salkam yarim tonna mayiz beradi. Nimaga bular so‘ralmaydi? O‘zi hamisha sog‘lom, tan-joni
sog‘, otday. Ikki-uch odamning ishini qiladi. Ko‘p-ko‘p mehnat haqqi oladi. Buni-chi?

Akamiz ichkarilab uzala tushib uxlayotgan opamizni ko‘rdi. Jag‘ suyaklari bo‘rtib, qarab

turdi. Akamiz uni bilagidan ushlab, uyning burchagiga otib yubordi”.

O‘rozqul bilan Qoplon tamoman ikki olam, birovida salbiy qusurlar, ikkinchisida ijobiy

sifatlar mujassam, har biri o‘ziga xos yangi, original, bir-biriga umuman yaqin kelmaydigan
xarakterlar, biroq muayyan bir vaziyatga tushganda hayotga qarashlari, fikrlash tarzi, xatti-
harakatlari, ruhiy holatlari nuqtai nazaridan bir-biriga yaqinlashib qoladi.

Chingiz Aytmatovning “Alvido Gulsari” va Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan oqshom”

asarlaridagi Gulsari va Tarlon, Tanaboy bilan Ziyodulla qiyosiy o‘rganilganda, T.Murod
Ch.Aytmatov adabiy saboqlaridan ijodiy va ijobiy bahramand bo‘lganligi yanada konkretlashadi.
Davr shiddati, atom asri va texnika rivoji, dunyo tamadduni insonning azaliy qadriyatlariga, milliy
udumlariga, o‘zligiga putur yetkazishi mumkinligini Chingiz Aytmatov qissalarida ko‘rsatgan edi.
Qirg‘izman, qozoqman degani o‘tovsiz yasholmaydi. Yozuvchi “Alvido, Gulsari”da o‘tovning “sinf
sifatida quloq” qilinishini mahorat bilan tasvirlaydi. Shuningdek, “Oq kema”dagi quyidagi
xarakterli epizod e’tiborni tortadi. “Mo‘min chol shaharga kartoshka sotgani borgani, qizini, ya’ni
bolaning onasini ko‘rib kelganini xotini va Bikeyga hikoya qiladi: “Katta turar joyda, lekin
katalakdek xonada yashashar ekan. Hovlisida esa xuddi bozordagidek birov-birovni tanimasmish.
Hamma uyiga kirdi deguncha eshigini qulflab olarmish. Xuddi turmadagiday, hamisha qamalishib
o‘tirisharmish” (456-bet). Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Tamaddunning ming yillik
hayot tarziga bunday bostirib kirishi globalizatsiyaning ilk ko‘rinishlari bo‘lib tuyuladi.

Erkin A’zamning “Piyoda” hikoyasi boshqacharoq xarakterda bo‘lsada, uning qahramoni

Berdiboy ham mehr-oqibatning yo‘qolishi, azaliy qadriyatlarning poymol etilishi, aka-ukachilik,
qarindosh-urug‘chilik hissining so‘nib borayotganligini taraqqiyotda ko‘radi. “Qani edi, aka-ukalar
barimiz bir joyda, masalan, deylik, momomning bog‘ida – dashtda yashasak, bir qo‘ra, bir qo‘rg‘on
bo‘lib! …Singillar ham shu yaqin atrof xesh-hamsoyaga uzatilgan bo‘lsa – issiq sovug‘u yaxshi-
yomon kunlar degan gaplar bor. O‘, qani bunday bo‘lsa! Ana o‘shanda mehr-oqibat ham, og‘a-


background image

214

inichiligu ota-bolalik deganlari ham boshqacha bo‘lardi…”. Talqin etilgan muammo, mavzuda
yaqinlik bo‘lsada, Erkin A’zamning Berdiboyi butunlay yangi xarakter. Berdiboy bugungi
voqelikka o‘tmishning ko‘zi bilan qaraydi. Uning yurish-turishidagi qo‘rslik, qiyofasidagi tundlik,
gap-so‘zlaridagi piching, zaharxanda insoniy munosabatlarda samimiyatning, turmushda
tabiiylikning kamchil matoga aylanib borayotganligidan.

“Qanday yashash kerak?” – degan savolga hayot, tarix, dinlar, madaniyatlar, shaxslar,

falsafa, sharoit, muhitning javoblari, talqinlari turlicha. Ch.Aytmatovning qahramonlari ana shu
boshqotirma javoblar labirintida doimo yo‘l izlashadi.

Shunisi muhimki, har qanday davru sharoitda ham inson sha’ni va nomiga dog‘ tushirmaslik

kerak, degan g‘oya yozuvchi yaratgan aksariyat xarakterlarning qon-qoniga singdirib yuborilgan.
Turli-tuman kasb-korga, individual hayot yo‘llariga, xarakterga ega rang-barang oddiy kishilar
obrazining Chingiz Aytmatov nasrida paydo bo‘lishi, birinchidan, adabiyotni real hayotga yanada
yaqinlashtirgan bo‘lsa, ikkinchidan, turli milliy adabiyotlarda ana shunday muayyan hayotiy
maqsadlar va dardlar bilan yashayotgan “kichik”, “ko‘p qatori” obrazlar asrini boshlab berdi.
Keyingi davr ijodkorlaridan T.Murodning Ziyodulla, Dehqonqul, E.A’zamning Berdiboy, Bakir,
X.Sultonovning Adash Karvon, B.Qobulning asarlaridan asarlariga ko‘chib yuradigan Bolakay kabi
bir qator obrazlar shular jumlasidan.

Chingiz Aytmatov Mo‘min chol timsolida davr voqeligi ezib, abgor qilgan inson obrazini

yaratgan edi. Keyinchalik romanlarida yaratilgan manqurt, iks zurriyotlar g‘arbu sharqda, shimolu
janubda kechgan, kechayotgan voqelikning badiiy umumlashmalari, nazarkarda adibning
karomatlari bo‘lib qoldi.

“Kassandra tamg‘asi”ga kelib yozuvchi o‘zlikdan, qadriyatlardan voz kechishning foje

oqibatlari global miqyoslarga chiqqanligini ko‘rsatadi. Krilsov o‘z laboratoriyasida undirilgan
embrionlardan mahkuma ayollarning bachadonlariga ko‘plab iks zurriyotlar, ya’ni ota-onasi ham,
aka-ukalari ham, tog‘a-jiyanlari ham, xullas, birorta qarindosh-urug‘i yo‘q bolalar yetishtira
boshlaydi.

XX asrning oxirgi o‘n yilliklarida kechgan tarixiy jarayon – bir tuzumdan ikkinchi tuzumga

o‘tish boshqa ong qirralari kabi badiiy adabiyotda ham ijtimoiy fikrning salmog‘ini oshirdi.
Shulardan kelib chiqib, Chingiz Aytmatov uslubidagi ikki asosga e’tibor qaratmoq zarur.
Qissalarida tabiat va tabiatga yaqin xarakterlar kashf etilgan bo‘lsa, romanlarida jamiyat va
shaxsning ijtimoiylashish jarayonlari kuchayganligi seziladi. Hozirda ana shu ikki asosning turli xil
kombinatsiyalaridan rang-barang asarlar yaratilayaptiki, bu alohida tadqiqot mavzui.

Taniqli adabiyotshunos I.G‘afurov Aytmatov asarlaridan qiyomat azoblarining faryodi

eshitilib turishini ta’kidlaydi. Chindan ham bu asarlarda oxirzamon alomatlari o‘zining butun
mahobati bilan gavdalanadi. Shu bilan birga yozuvchi inson umrinining poydorligi va
bardavomligiga, insoniyat kelajagiga umid bilan qaraydi, ana shu umidvorlik eng og‘ir damlarda
ham uning qahramonlari qalbiga taskin va dalda beradi.

“…Inson o‘ylari bilan Dengizga va Osmonga tenglasha oladi. Shu o‘ylari bilan u tabiatning

abadiy qudrati oldida o‘zining mavjudligini isbotlaydi, shu bilan inson koinotning teranligi va
yuksakligiga munosib bo‘la oladi. Shuning uchun inson hayot ekan, u ruhan dengizday qudratli,
ruhan osmonday cheksiz: chunki o‘y-xayolotning cheki yo‘q. Agar inson o‘lsa, uning o‘y-
xayollarini boshqa bir inson davom ettiradi, u ham o‘lsa, keyingisi va hokazo, bu hodisa cheksiz
davom etaveradi…” (605-bet).

Inson irodasi va sha’niga tiklagan badiiy obidalari tufayli Chingiz Aytmatovni ko‘pchilik

ilm va ijod ahli Alisher Navoiy, Lev Tolstoy, Mixail Sholoxov, Gabriel Markeslarga qiyoslashadi.
Bu to‘g‘ri. Chunki har bir davr o‘z g‘oyalarining ifodasi o‘laroq ana shunday mutafakkirlarni tarix
sahnasiga olib chiqadi.

Tasavvuf talqiniga ko‘ra, olamning yaratilishidan maqsad – inson, insonning yaratilishidan

maqsad komil insondir. Komillikka yo‘l – shodu xurramlikka yo‘l emas, qayg‘uga safar,
musibatlarga safar. Haqiqiy talantning hayot va ijod yo‘li ham xuddi shunday – mashaqqat va


background image

215

zahmatlardan yaraladi, o‘zlikni anglash va tinglashga da’vat etadi, ma’naviy poklanish va
yuksalishga chorlaydi.
Ana shu azaliy va abadiy haqiqatni Chingiz Aytmatov o‘z asarlari bilan hayot va davr tasdig‘idan
o‘tkazdi.




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Айтматов Ч. И дольше века длится день… Роман, повест. Москва., “Известия”, 1986. -
432 c.

2.

Айтматов Ч. Асрга татигулик кун. Тошкент., Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат
нашриёти, 1989. -560 б.

3.

Aytmatov Ch. Erta qaytgan turnalar. Qissalar. Toshkent., “Sharq” nashriyot matbaa aksionerlik
kompaniyasi bosh tahririyati. 2006. -496 b.

4.

Айтматов Ч. Қиссалар. Тошкент., “Шарқ” нашриёт матбаа аксионерлик компанияси бош
таҳририяти. 2016. -656 б.

5.

Айтматов Ч. Аскар бола. Ҳикоялар. Тошкент., Адабиёт учқунлари, 2019. -160 б.

6.

Маркес Г. Ёлғизликнинг юз йили. Роман, қисса. Тошкент., “Шарқ” нашриёт матбаа
аксионерлик компанияси бош таҳририяти. 2010. -480 б.

7.

Маркес Г. Бузрукнинг кузи. Тошкент., Янги аср авлоди. 2008. -324 б.

8.

Мурод Т. Ойдинда юрган одамлар. Тошкент., “Сано-Стандарт” нашриёти. 2017. -192 б.

9.

Аъзам Э. Кечикаётган одам. “Шарқ” нашриёт матбаа аксионерлик компанияси бош
таҳририяти. 2008. -448 б.

10.

Аъзам Э. Жаннат ўзи қайдадир. “Шарқ” нашриёт матбаа аксионерлик компанияси бош
таҳририяти. 2007. -272 б.

11.

Қобул Б.енайўл. қиссалар ва ҳикоялар. Тошкент., “MASHHUR-PRESS”, 2018. -352 б.

Bibliografik manbalar

Айтматов Ч. И дольше века длится день… Роман, повест. Москва., “Известия”, 1986. -

c.

Айтматов Ч. Асрга татигулик кун. Тошкент., Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат

нашриёти, 1989. -560 б.

Aytmatov Ch. Erta qaytgan turnalar. Qissalar. Toshkent., “Sharq” nashriyot matbaa aksionerlik

kompaniyasi bosh tahririyati. 2006. -496 b.

Айтматов Ч. Қиссалар. Тошкент., “Шарқ” нашриёт матбаа аксионерлик компанияси бош

таҳририяти. 2016. -656 б.

Айтматов Ч. Аскар бола. Ҳикоялар. Тошкент., Адабиёт учқунлари, 2019. -160 б.

Маркес Г. Ёлғизликнинг юз йили. Роман, қисса. Тошкент., “Шарқ” нашриёт матбаа

аксионерлик компанияси бош таҳририяти. 2010. -480 б.

Маркес Г. Бузрукнинг кузи. Тошкент., Янги аср авлоди. 2008. -324 б.

Мурод Т. Ойдинда юрган одамлар. Тошкент., “Сано-Стандарт” нашриёти. 2017. -192 б.

Аъзам Э. Кечикаётган одам. “Шарқ” нашриёт матбаа аксионерлик компанияси бош

таҳририяти. 2008. -448 б.

Аъзам Э. Жаннат ўзи қайдадир. “Шарқ” нашриёт матбаа аксионерлик компанияси бош

таҳририяти. 2007. -272 б.

Қобул Б.енайўл. қиссалар ва ҳикоялар. Тошкент., “MASHHUR-PRESS”, 2018. -352 б.