Mualliflar

  • Mamilova Sabina Isoqovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112525

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar. Sof turkiy soʻzlar lugʻat etimologiya “art”soʻzi “berk” soʻzi “burch” soʻzi “yanch” soʻzi “koʻrk”soʻzi “kavsh” soʻzi “ilk” soʻzi.

Annotasiya

Annotatsiya.  Bu  maqolada  sof  turkiy  bir  boʻgʻinli  soʻzlarning  etimologiyasi  haqida 
qisqacha bayon qilingan. Gʻ.Abdurahmonov va S.Mutallibovning “Devoni lugʻati-at turk” indeks-
lugʻati va Sh.Rahmatullayevning “Oʻzbek tilining etimologik lugʻati” kitoblaridan foydalanilgan. 


background image

192

BIR BO‘G‘INLI TURKIY SO‘ZLAR ETIMOLOGIYASI

(“Devoni lug‘otit turk” asari misolida)

Mamilova Sabina Isoqovna,

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi

sabinaisoqovna@gmail.com

Annotatsiya.

Bu maqolada sof turkiy bir boʻgʻinli soʻzlarning etimologiyasi haqida

qisqacha bayon qilingan. Gʻ.Abdurahmonov va S.Mutallibovning “Devoni lugʻati-at turk” indeks-
lugʻati va Sh.Rahmatullayevning “Oʻzbek tilining etimologik lugʻati” kitoblaridan foydalanilgan.

Kalit soʻzlar

. Sof turkiy soʻzlar, lugʻat, etimologiya “art”soʻzi, “berk” soʻzi, “burch” soʻzi,

“yanch” soʻzi, “koʻrk”soʻzi, “kavsh” soʻzi, “ilk” soʻzi.

TEK HECELI TÜRK KELIMELERININ ETIMOLOJISI

(“Divoni Lug‘otit Turk” adlı eserden esinlenilmiştir)

Mamilova Sabina Isokovna,

Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Özet.

Bu makalede saf Türkçe tek heceli sözcüklerin etimolojisi kısaca anlatılmaktadır. G.

Abdurakhmonov ve S. Mutallibov’un “Devoni lugʻati-at turk” adlı dizin sözlüğü ve Ş.
Rahmatullayev kullanıldı.

Anahtar kelimeler.

Saf Türkçe sözcükler, sözlük, etimoloji, “sanat” sözcüğü, “berk”

sözcüğü, “burç” sözcüğü, “yanch” sözcüğü, “koʻrk” sözcüğü, “kavş” sözcüğü, “ilk” sözcüğü.

ЭТИМОЛОГИЯ ОДНОСЛОЖНЫХ ТЮРКСКИХ СЛОВ

(По мотивам произведения “Девони лугати-ат турк”)

Мамилова Сабина Исоковна,

cтудентка Узбекско-Финского педагогического института


Аннотация.

В статье кратко описывается этимология чисто тюркских

односложных слов. Словарь-указатель “Девони лугати-ат турк” Г.Абдурахмонова и
С.Муталибова и книги “Этимологический словарь узбекского языка” Ш.Рахматуллаева.

Ключевые слова.

чисто тюркские слова, словарь, этимология, слово «арт», слово

«берк», слово «бурч», слово «янч», слово «кӯрк», слово «кавш», слово «илк».

ETYMOLOGY OF MONOSYLLABIC TURKISH WORDS

(on the example of the work “Devoni lug‘otit turk”)

Mamilova Sabina Isokovna,

student of Uzbek-Finnish pedagogical institute


Abstract.

This article briefly describes the etymology of purely Turkic monosyllabic words.

The index-dictionary of G.Abdurakhmonov and S.Mutallibov “Devoni lugʻati-at turk” and the
books “Etymological dictionary of the Uzbek language” by Sh.Rahmatullayev were used.

Keywords.

Pure Turkic words, dictionary, etymology, the word “art”, the word “berk”, the

word “burch”, the word “yanch”, the word “koʻrk”, the word “kavsh”, the word “ilk”.

Etimologiya – tilshunoslik fanining muhim va murakkab sohasi. Etimologiya soʻzi asl

yunoncha “etymon” va “logos” soʻzlaridan tarkib topgan; etimon soʻzi “chin, asl mohiyat”
ma’nosini logos soʻzi esa “ta’lim” ma’nosini anglatadi. Shunga koʻra etimologiya sohasida


background image

193

soʻzlarning asl shakli va ma’nosini aniqlash boʻyicha izlanishlar olib boriladi. Sof turkiy bir
boʻg‘inli soʻzlar etimologik kelib chiqishini quyidagi leksemalarda ko‘rib chiqamiz:

Art – “mato bilan ishqab xoli qil” – degan ma’noda keladi. Masalan:

Stol ustini hoʻl latta bilan arting

. Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi

“poklan”

ma’nosini

anglatgan

ar

– fe’lidan

-t

orttirma nisbat qoʻshimchasi bilan hosil qilingan; keyinchalik ikkinchi

boʻg‘inidagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan; oʻzbek tilida “a” unlisi ä unlisiga almashgan:

ar+t=art>ärt.

Bu fe’l dastlab “pok qil” ma’nosini bildirgan,

“xoli qil”

ma’nosi keyin oʻsib chiqqan

[1,32].

Masalan:

Soʻtag-ey! joʻjaxoʻroz-ey! Qoʻyib bersa, meni soʻroq qilmoqchi! Meni-ya!

Jangovar Qizil Bayroq ordenlari kavaleri, kimsan Komissarni-ya! Avval burniningni artib ol,
mishiqi!

[2,45] Ushbu matn tarkibida qo‘llanilgan “

art”

so‘zi fe’l turkumini ifodalagan va ushbu

o‘rinda shakldoshlik yuzaga kelgan.

Gʻ.Abdurahmonov va S.Mutallibovlar tomonidan nashr etilgan “Devoni lug‘ati at-turk”

indeks-lugʻatida ham

“art”

soʻzining boshqa bir nechta ma’nolari keltirilgan:

a

)

art

-

tog‘ tepasi, dovon - vershina, g‘or, pereval;

b)

art

-

orqa, boʻyin, art – sach - orqa soch, gardom muyi

[3,23].

Hozirgi kunda ishlatilish darajasi faol:

Berk

– mustahkam yopilgan. M:

Bu uyning darvozasi hamisha berk.

Bu sifat turkumiga oid birlik qadimgi turkiy tildagi

“mustahkam boʻl”

ma’nosini anglatgan

be

– fe’lining

-r

orttirma qoʻshimchasi bilan hosil qilingan shakliga

-(i)k

qoʻshimchasini qoʻshib

yasalgan;

keyinroq

ikkinchi

boʻg‘indagi

tor

unli

talaffuz

qilinmay

qoʻygan:

(be+r=ber)+ik=berik>berk.

Mahmud Koshg‘ariy “

Asli bek,

r

harfi ortiqcha

”, - deydi, vaholanki bek va berk soʻzlarining

tarkibi keskin farq qiladi.[1,46] M:

Azizxon kun boʻyi yer parchin boʻlib yotadi.U oʻzini boshi berk

koʻchaga kirib qolgandek sezardi

. [4,43] Bu soʻz Gʻ.Abdurahmonov va S.Mutallibov “Devoni

lugʻat at-turk” indeks-lugʻatida oʻz maʼnosida yaʼni “berk, mustahkam” ma’nosida kelgan [3,32]
ushbu so‘zning fonetik tarkibi ham e’tiborga molik, qator undosh kelgan so‘zlar, asosan, fors-tojik
tiliga xos xususiyat hisoblanadi.

Burch

– ikki narsa tomonining kesishgan joyi. Hovlining ichkari chap burchiga oshxona

qurilgan. Bu ot “

aylantir

”, “

eg

” semalariga ega. Bur – feʼlidan -u(ch) qoʻshimchasi bilan yasalgan;

keyinchalik ikkinchi boʻgʻinidagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan:

bur+uch=buruch>burch.

[3,71]

M: –

Qoʻyvor! Qoʻyvor ayamni! Ayvon burchagida qoʻnishib turgan qizaloq quyundek

uchib kelib, Fotimaning yelkasidan quchoqlab oldi

[2,67]. Ushbu holatda ham so‘zlarning shakl va

ma’no munosabatiga ko‘ra turlaridan biri shakldoshlik munosabati yuzaga kelyapti. Bu jarayon
tilning leksik sathiga xos, lekin uzoq davr mobaynida shakllanadi.

Koʻrk

– husn, chiroy. M:

Togʻlarning betkay tomonlarida endi gullagan jiydalar

bogʻlarning koʻrkiga koʻrk qoʻshardi.

Bu ot qadimgi turkiy tilda “qara”, “nazari tush” maʼnosini

anglatuvchi

kör

– feʼliga

-oʻ(k)

qoʻshimchasini qo‘shish bilan yasalgan, keyinchalik ikkinchi

boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan. Oʻzbek tilida

ö

unlisining yumshoqlik belgisi

yoʻqolgan:

kör+oʻk = köroʻk > körk > kork.

[1, 230] Bu ot dastlab “koʻrinish” maʼnosini

anglatgan boʻlib, “husn” maʼnosi shu maʼno asosida yuzaga kelgan.

M:

Ne desangiz, har ikki tomonning ish boshigʻa intilgan kishilarning koʻkragiga qoʻl solib

koʻrsangiz, birisining faqat el talamoq, boyliq orttirmoqqagʻina boʻlgan gʻarazini, ikkinchisining
koʻrkli xotinlar, yuqori turmushlar uchun boʻlgʻan maqsadinigʻina koʻrib, ikki orada “elni
tinchitay”, el ham rohat-tirikchilik qilsin. degan uchinchi bir oliy maqsadini charogʻ yoqib
axtarsangiz ham topolmassiz

. [5, 236]

Koʻrk

– sinonim soʻz boʻlgani uchun hozirgi kunda uning maʼnodoshlari ham ishlatiladi.

Masalan:

Bahor yangligʻ ochildi, Gullar kabi sochildi, Chiroyidan ovoza, Elga tarqaldi toza.[

6,21]

Yanch

– ezgʻila, maydala, kukunga aylantir, donni qobigʻidan ajrat.


background image

194

M:

Ilonni quyrugʻidan emas, boshidan yanchadilar.

(Maqol). Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi

“yoy”, “soch”

– maʼnosini anglatgan

yan

– feʼliga kuchaytirish maʼnosini ifodalovchi -ch

qoʻshimchasini hosil qilingan, keyinchalik ikkinchi boʻgʻinidagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan;
oʻzbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan:

yan+ch=yanch>yanch>yänch

. Soʻzlashuv nutqqa bu

soʻz yench tarzida ham talaffuz qilinadi. [1,138]

Ilk

– oldingi, dastlabki, boshlangʻich. M:

Quyoshning ilk nurlar hovlining shu tarafiga

tushadi.

Qadimgi turkiy tildagi

“old”

maʼnosini anglatgan

il

otidan

-i

qoʻshimchasi bilan “

oldga

tomon harakatlan

” maʼnosini anglatuvchi

ili

– feʼli yasalgan va unga

-k

qoʻshimchasini qoʻshib

ilik

soʻzi yasalgan:

ilik

keyinroq ikkinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan

(il+i=ili)+k=ilik>ilk

[1,115]

Ular tashqi olam borligini unda yovuz muhit mavjudligini shu tariqa

ilk marotaba tuygan edilar.

(Ch.Aytmatov “Qiyomat” romani)

Kavsh

– chaynash degan maʼnoni bildiradi. Masalan:

Sigir yotgan joyida kavsh qaytarar

edi.

Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi “

chayna

” maʼnosini anglatgan

kev

feʻlidan harakat nomi

yasovchi

-(i)sh

qoʻshimchasi bilan hosil qilingan. Qadimgi turkiy tildayoq bu feʼl tarkibidagi unli

ä

talaffuz qilingan.

(kev, käv) +ish = kävish.

Oʻzbek tili shevalarida bu soʻz “

kavush

” tarzida

talaffuz qilinadi, adabiy tilda esa kavsh shaklida yozish rasmiylashtirilgan (ikkinchi boʻgʻinidagi tor
unli yozilmay qoʻygan). Oʻzbek tilida bu soʻz yakka oʻzi ishlatilmaydi. Yaʼni, “

kavsh qaytar

birikmasi tarkibida keladi. Undan tashqari Gʻ.Abdurahmonov va S.Mutallibovning “Devoni lugʻati-
at turk”indeks-lugʻatida ham oʻz maʼnosida yaʼni

“kävshän teshäj

kavshanadigan tuya

maʼnosida ishlatilgan. M:

Oshqozoni shunga moslashgan: kunduzi uni yemishga toʻldirib tuni bilan

kavsh qaytarib, yemishni hazm qilib, hatto uyqusida ham jagʻi tinmaydi jonivorning.

[7,315]

Kavsh soʻzining bu maʼnosidan tashqari “

qaytaroq

” feʼli bilan birga, “

chaynalmoq

” soʻzining

kesatiq maʼnosini ifodalaydi. Masalan:

Oʻqituvchi darsda saqich chaynab oʻtirgan oʻquvchiga

ogohlantirish sifatida: “

Kavsh qaytarmay

oʻtir”,– dedi.

Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, hozirgi o‘zbek adabiy tilida faol iste’molda bo‘lgan

sof turkiy so‘zlar o‘z denotata ma’nosidan uzoqlashgan. Bu jarayon tilda tabiiy ravishda sodir
bo‘lishini inobatga olish va kelib chiqish tarixi – etimologiya sohasiga e’tibor qaratish lozim.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Shavkat Rahmatullayev. “Oʻzbek tilining etimologik lugʻati” – Toshkent: Universitet, 2000. –
B. 32.

2.

Hoshimov O‘tkir. “Tushda kechgan umrlar”romani. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008. –
B.124.

3.

Gʻ.Abdurahmonov va S.Mutallibov “Devoni lugʻati at-turk” indeks-lugʻati. –Toshkent:
Fan.1967. – B.23.

4.

Said Ahmad. Ufq. Roman. – Toshkent, 2008. – B.198.

5.

Abdulla Qodiriy. Oʻtkan kunlar. Roman. “Abadiy barhayot asarlar” turkumi / Nashrga
tayyorlovchi: Xondamir Qodiriy –T.: “Navro‘z”, 2019. - 400 b.

5.

Olimjon. Semurgʻ yoki Parizod bilan Bunyod. Dostoni. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti. – Toshkent. 1999. – B.64.

6.

Aytmatov Chingiz. Asrga tatigulik kun. Roman. Rus tilidan Asil Rashidov tarjimasi. –
Toshkent: “Yoshlar” nashriyot uyi, 2018. – 424 b.

7.

Kamol o‘g‘li, H. H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of
Phraseological Units. In

International Conference on Adaptive Learning Technologies

(Vol.

10, pp. 55-56).

8.

Муродовна, Р. М. Использование водных объектов при проектировании ландшафтных
объектов.

JournalNX

, 125-128.

9.

Shokir o‘g‘li, P. S. (2024). Omonim so ‘zlarni o ‘qitishda interfaol metodlardan
foydalanish.

Miasto Przyszłości

,

54

, 1744-1746.

10.

Erbutayeva, S. U. (2021). About some auxiliary words in Uzbek language.

Academicia: An

International Multidisciplinary Research Journal

,

11

(5), 1294-1300.

Bibliografik manbalar

Shavkat Rahmatullayev. “Oʻzbek tilining etimologik lugʻati” – Toshkent: Universitet, 2000. –

B. 32.

Hoshimov O‘tkir. “Tushda kechgan umrlar”romani. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008. –

B.124.

Gʻ.Abdurahmonov va S.Mutallibov “Devoni lugʻati at-turk” indeks-lugʻati. –Toshkent:

Fan.1967. – B.23.

Said Ahmad. Ufq. Roman. – Toshkent, 2008. – B.198.

Abdulla Qodiriy. Oʻtkan kunlar. Roman. “Abadiy barhayot asarlar” turkumi / Nashrga

tayyorlovchi: Xondamir Qodiriy –T.: “Navro‘z”, 2019. - 400 b.

Olimjon. Semurgʻ yoki Parizod bilan Bunyod. Dostoni. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va

san’at nashriyoti. – Toshkent. 1999. – B.64.

Aytmatov Chingiz. Asrga tatigulik kun. Roman. Rus tilidan Asil Rashidov tarjimasi. –

Toshkent: “Yoshlar” nashriyot uyi, 2018. – 424 b.

Kamol o‘g‘li, H. H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of

Phraseological Units. In International Conference on Adaptive Learning Technologies (Vol.

, pp. 55-56).

Муродовна, Р. М. Использование водных объектов при проектировании ландшафтных

объектов. JournalNX, 125-128.

Shokir o‘g‘li, P. S. (2024). Omonim so ‘zlarni o ‘qitishda interfaol metodlardan

foydalanish. Miasto Przyszłości, 54, 1744-1746.

Erbutayeva, S. U. (2021). About some auxiliary words in Uzbek language. Academicia: An

International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 1294-1300.