347
SAG‘INBOY IBRAGIMOV SHERIYATIDA BEGONALIK MOTIVI
Jienbaev Musa Azatbaevich,
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Maqolada qoraqalpoq shoiri S.Ibragimov sheriyatida begonalik motivi, lirik
qahramonning ichki kechinmalari muallif g‘oyasi bilan bog‘langan holda tasvirlanganligi, bugun
eng dolzarb lirik motivlardan biri begonalikning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z etiladi.
Kalit so‘zlar:
begonalik motivi, jamiyat, ziddiyat, lirik qahramon, ichki kechinmalar, haqiqiy
va ideal dunyo, zamon va makon.
SAĞINBAY İBRAGİMOV'UN ŞİİRİNDE YABANCI MOTİVİ
Jienbaev Musa Azatbaevich,
Berdaq Karakalpak devlet üniversitesi tayan doktorant
Annotasyon.
Makale, Karakalpak şairi S.Ibragimov'un şiirlerinde yabancılık motifinin, lirik
kahramanın içsel deneyimlerinin yazarın fikriyle bağlantılı olarak tasvir edildiği, bugün en acil
lirik motiflerden biri olan yabancılığın kendine özgü özellikleri hakkında konuşmaktadır.
Anahtar kelimeler
: yabancılık motifi, toplum, çatışma, lirik kahraman, içsel deneyimler,
gerçek ve ideal dünya, zaman ve mekân.
МОТИВ ОТЧУЖДЕНИЯ В ПОЭЗИИ САГИНБАЯ ИБРАГИМОВА
Джиенбаев Муса Азатбаевич,
докторант Каракалпакского государственного университета имени Бердаха
Аннотация
. В статье говорится о том, что в поэзии каракалпакского поэта
С.Ибрагимова мотив отчуждения, внутренние переживания лирического героя изображены
в связи с авторской идеей, а также об одной из самых актуальных лирических мотивов
сегодняшнего дня - особенностях отчуждения.
Ключевые слова
: мотив отчуждения, общество, конфликт, лирический герой,
внутренние переживания, реальный и идеальный мир, время и пространство.
MOTIVE OF FOREIGNNESS IN THE POETRY OF SAGINBAY IBRAGIMOV
Jiyenbayev Musa Azatbayevich,
basic doctoral student of Berdakh Karakalpak State University
Abstract
: The article discusses the motif of alienation in the poetry of the Karakalpak poet
S. Ibragimov, the depiction of the inner experiences of the lyrical hero in connection with the
author's idea, the peculiarities of alienation, which is one of the most relevant lyrical motifs today.
Keywords
: motive of alienation, society, conflict, lyrical hero, inner experiences, real and
ideal world, time and space.
Lirik asarlarda motivlar epik asarlardagi kabi harakatlarda emas, balki lirik qahramonning
ichki keshinmalari, obrazlarning xarakterida namoyon bo‘ladi. Begonalashish (otchujdeniya) motivi
shaxs va u yashab turgan jamiyat orasida qarama-qarshilik boshlangan onlarda dunyoga keladi. Bu
motivning belgilari aniq voqea va hodisalarda emas, kichik detallar, ichki konflikt va ruxiy
tushkinlikda ko‘rinadi. Bu bo‘lsa shoirning qahramon holatini tasvirlashda yangicha obrazlarni
348
yaratishiga zamin yaratadi. Biz maqolamizda shoir S.Ibragimov ijodidagi ekzistensiyalistik motiv –
begonalashish haqida so‘z etmoqchimiz. Shoir ijodidagi bunday o‘ziga xoslik haqida qoraqalpoq
adabiyotida bir qancha fikrlar bildirilgan. 90-yillarda qoraqalpoq sheriyatida modern sheriyati
haqida adabiyotshunos S.Axmetov, shoirlar M.Seytniyazov, J.Izbasqanov va S.Ibragimovlarning
“Sheriyat haqida o‘ylar” [1] maqolasida S.Ibragimov ijodida modernizm haqida so‘z etilsa,
adabiyotshunos va shoir B.Genjemuratov “Sheriyat – bu ilohiy dunyo” maqolasida: “Bu sher
insonning tabiatidagi qayta tug‘ilish, shu qayta tug‘ilish olovga taqqoslanadi. Bu olov inson
tabiyatidagi yomon xususiyatlarni yo‘q qiladi, yaxshi fazilatlarga keng yo‘l ochadi” [2. 123] – deya
S.Ibragimov ijodidagi lirik qahramonga baho bergan edi. S.Ibragimovning bir qancha sherlarida
begonalashish motivi mavjud. Masalan, “Saylanma sherlar” toplamiga kiritilgan “Ko‘ngil
saroyingga sukunat kirdi...”, “Ko‘m-ko‘k ufqqacha cho‘zilgan...”, “O‘rtasida barcha tuyg‘ularimni”,
“Tungi ko‘chalarni kezib ketaman”, “Bu ko‘chaning bari masqarabozlar”, “Shunday chegaralar
qo‘yılgan”, “Men tosh bo‘lib quladim”, “Men meteorit bo‘lib quladim” sherlarida shoir o‘zi yashab
turgan jamiyat, makonga begonalashib borayotgan qahramonning ko‘ngil kechinmalarini badiiy
obrazlar bilan tasvirlagan. “Men meteorit bo‘lib quladim” sheriga diqqat qaratsak:
Men meteorit bo‘lib quladim
Tungus daryosining bo‘yiga –
tirik jon sirimni ocha olmadi,
o‘rnimda o‘rmonlar qoldi o‘rtangan.
va o‘yilib qoldi bir chaqirim yer
(osmon mendan boshqa sazo bermadi...)
Men Atlantida bo‘lib ummonga cho‘kdim –
ortimda afsonalar qoldi
[3. 29].
Lirik qahramon va jamiyat orasidagi ziddiyat sherda badiiy taqqoslash yordamida koinot
darajasiga yetgan. Qahramon va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyat yer va koinot predmeti o‘rtasidagi
konfliktga taqqoslanadi. Lirik qahramon o‘zini begona sezib yurgan dunyoga, jamiyatga meteorit
bo‘lib qarshi chiqadi. Meteorit ilim-fanda yer sayyorasining dushmani, yondiruvchi, yo‘q qiluvchi
xususiyatga ega. Shoirning begonalashish motividan mohirona foydalanganligi atrofga, jamiyatga
begona subyekti yer sayyorasiga begona koinot predmeti orqali qarchi qo‘yilishida namoyon
bo‘ladi, meteoritning yonuvchi, yo‘q qiluvchi xususiyatida shoirning g‘oyasi, lirik qahramonning
istaklari, g‘azabi jamlangan. Begonalashish dunyoni yo‘q qilish, uni yo‘ndirib qayta barpo etish
fikri meteoritning xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq.
Meteorit bo‘lib Tungus daryoss bo‘yiga qulagan qahramoni hech kim sezmaydi, ko‘rmaydi,
u qulagan yerda qolgan izlar, yo‘ngan o‘rmonlar uning ko‘ngil kechinmalari va ruxiy holatidagi
zarbalardan qolgan dartning obrazli tasvirlanishi deya baholash mumkin. Sher davomida lirik
qahramon endi Atlantida bo‘lib ummonga chókib ketadi. Shoir dunyoga begonalashish motivini
yana da kuchaytiradi. Endi lirik qahramon odamzot tarixidagi eng qadimiy afsonalarning biri
Atlantıdaga aylanib yer yuzidan yo‘qoladi. Shoir Atlantida taqqoslashi yordamida odamlar orasida
turib ham yo‘qolib borayotgan, yurtning ko‘z o‘ngida begonalashib borayotgan lirik qahramonning
kechinmalarini tasvirlaydi. Sher so‘ngida tamomam unutilib, begonalashib qolgan lirik
qahramonning ayanchli tuyg‘ulari bilan qolgan sokin holati tasvirlanadi:
Men yer bosib turib yo‘qoldim,
Manglayida shamchirog‘i borlar ichida –
Bizni yo‘qlaganlar bo‘lmadi.
Nigohimdan
Dunyoning surati o‘chti.
Zulmatdan
g‘ariblik ila boqardim yorug‘lik tamon
[3.29].
349
O‘zi yashab turgan jamiyat bilan, dunyo qarashlari, maqsadi va intilishlari zid kelgan
insonning ruxiyatida, ongida konflikt kuchayib, endi jamiyat unga tor bo‘lib sezila beradi, uning
niyat va takliflarini jamiyat bekorlasa, jamiyatning nizom va tartiblarini u qabul qila olmaydi. Inson
ongidagi bunday kuchli konflikt begonalashish, beparvolik, cheklash tabiyatini paydo etadi. Endi
har bir o‘tgan kun u uchun og‘ir va ziyoniga xizmat qila beradi. Oxirida u jamiyat ichidan yangi
jamiyat, dunyo ichidan o‘zga dunyoni izlaydi, topishni istaydi. Lirik qahramon jamiyatga obyektiv
jihatdan ham, subyektiv jihatdan ham qaram bo‘lishni xohlamaydi. Bu qaramlik lirik qahramon va
jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatni yana da kuchaytishga sabab bo‘ladi va lirik qahramonning dunyoni
o‘zi uchun begona deya qabul qilishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayonlarning hammasi lirik
qahramonning ongida kundalik hayotdagi o‘ziga begona motivlarning (voqea va hodisalar, detallar)
va orzusidagi motivlarning ajiralib shiqishiga xizmat qiladi. Natijada shoir uchun: “Haqiqiy dunyo
birxillik, yuzsizlik, tushkunlik, yorug‘lik/qorong‘ulik, cheklash, izolyatsiya, takrorlanish kabi
motivlardan, ideal dunyo individuallik, erkinlik, jim-jitlik, yo‘l (harakat), aniqlik, oddiylik
motivlaridan” [4.8] iborat
bo‘lib qoladi.
Lirik qahramonning idealidagi dunyo bilan haqiqiy dunyoning farqining bir ko‘rinishi
S.Ibragimovning “Ko‘k ufqgacha cho‘zilgan” qo‘shig‘ida aniq aksini topgan.
Ko‘k ufqqacha cho‘zilgan
bu to‘g‘ri va tekis yo‘l –
oltin olma
tebrangan
bog‘ga olib boradi.
Biroq bu yo‘l o‘tmaydi yerning yuzidan –
nokoslarning ko‘zidan yiroq
nur bo‘lib u sado beradi.
Yerning yuzi eshak olma to‘shalgan
bedlandlarga borar yo‘llarga to‘la
[3.33].
Sherda qahramonning idealidagi dunyoga va haqiqiy dunyoga nisbatan qarashlari, idealiga
intilish tasvirlangan. Lirik qahramon oltin olmalar bog‘iga olib boradigan yo‘lni izlaydi, unga
intiladi. Bu yo‘l uchun dunyodan kechib ketishga tayyor, yovuzliklardan, nopokliklardan yiroq u
bog‘ga eltuvchi yo‘l badbaxt kimsalarga emas, faqat ko‘nglida yaxshilikga umidi bor, o‘zini qayta
tarbiyalash yo‘lidagi insonlarga gina ko‘rinadi. Shoir lirik qahramon uchun begona yerni
bedlandlarga eltuvchi yo‘llar bilan to‘lib ketgan makonga qiyoslaydi. Bedland (badland) inglizcha
so‘z bo‘lib, bad – yomon, land – yer, yaniy o‘lik yer degan manoni anglatadi. Bu lirik
qahramonning psixologiyasdagi salbiy taasurotlarning bir ko‘rinishi gina: “…Bunga parallel inson
umrining umitsizligi va baxtsizlikning oqıbati bo‘lgan izolyatsiya bilan cheklangan zamon va
makon motivlari paydo bo‘ladi. Lirik qahramonning fikricha, odamlar haqiqatan harakat
erkinligidan judo bo‘lgan va erk kuchidan putkillay ayrilgan yopiq zamon va makonda yashaydi.
Umrining bunday mazmunsiz davomiyligi odamni beparvolik va umidsizlikga olib keladi [4.10].
Xulosa qilib aytganda, S.Ibragimov ijodida begonalashish motivi uning sheriyatidagi eng
muhim motivlardan biri bo‘lib, u lirik qahramon va jamiyat, duno o‘rtasidagi ziddiyat, lirik
qahramon ruxidagi har xil uyg‘onish va noroziliklar tufayli vujudga kelgan jarayonning natijasidir.
Va shoirning g‘oyasi va poetik mahorati tufayli bunday motivlar bugungu zamonning aktual
qahramonining psixologiyasidagi muhim va tashvishli holatni badiiy tasvirlashga xizmat qilishi
bilan ham ahamiyatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
350
1.
Ахметов С., Сейтниязов М., Избасқанов Ж., Ибрагимов С. Поэзия ҳаққында ойлар. 1990,
«Əмиўдəрья», №11.
2.
Генжемуратов Б. Поэзия – бул илаҳий дүнья. 1991, «Əмиўдəрья», №11. Б 123.
3.
Ибрагимов С. Таӊламалы қосықлар. 2016, Нөкис: «Билим», – Б. 29.
4.
Тиботкина Н.А. Мотивная структура лирики Саши Черного. дисс. кан. фил. наук.
автореферат. – 2010. Тверь, С 8.