342
ABADIY MEROS VA ZAMONAVIY DIZAYN UCHRASHUVI:
“SAB’AI SAYYOR” TASVIRLARI ORQALI INTERYER SAN’ATI
Haqberdiyeva Sagina Shomurot qizi,
O ‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya.
Maqolada tarixiy meros va zamonaviy interyer dizayni o‘rtasidagi uyg‘unlik
tahlil qilinib, Alisher Navoiyning “Sab’ai Sayyor” dostonidagi yetti qasr tasvirlari asosida
madaniy va estetik elementlarni qo‘llash imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda har bir qasrning
rang, shakl va ramziy ma’nosi tahlil qilinib, ularning interyer dizayniga ilhomlantiruvchi ta’siri
muhokama qilinadi. Shuningdek, ranglarning psixologik ta’siri, naqsh va ornamentlar orqali
madaniy identifikatsiya hamda tarixiy obrazlarning zamonaviy interyerlarga moslashtirilishi
masalalariga e’tibor qaratiladi. Tarixiy merosni zamonaviy san’at bilan uyg‘unlashtirish dizaynga
chuqur ma’naviy mazmun bag‘ishlashi ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar.
Abadiy meros, zamonaviy interyer dizayni, Sab’ai Sayyor tasvirlari, tarixiy
elementlar, estetika, ramziy ma’no, interyer tahlili.
“EBEDÎ MİRAS VE MODERN TASARIM BULUŞMASI:
“SAB’AI SAYYAR” TASVİRLERİYLE İÇ MEKÂN SANATI
Hakberdiyeva Sagina Şomurot kızı,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü
Özbek dili ve edebiyatı bölümü bağımsız araştırmacısı
Özet.
Bu makalede, tarihi miras ile modern iç mekân tasarımı arasındaki uyum analiz
edilerek, Ali Şir Nevai’nin Seb’a-i Seyyare mesnevisindeki yedi saray tasvirleri temelinde kültürel
ve estetik unsurların uygulanma olanakları ele alınmaktadır. Araştırmada her bir sarayın renk,
şekil ve sembolik anlamları incelenerek, iç mekân tasarımına ilham veren etkileri tartışılmaktadır.
Ayrıca, renklerin psikolojik etkisi, motif ve süslemelerle kültürel kimlik oluşturma süreci ve tarihi
imgelerin modern iç mekânlara uyarlanması gibi konulara özel önem verilmektedir. Tarihi mirasın
modern sanatla uyumlaştırılmasının tasarıma derin bir manevi anlam kattığı vurgulanmaktadır.
Anahtar kelimeler:
Ebedî miras, modern iç mekân tasarımı, Seb’a-i Seyyare tasvirleri,
tarihi unsurlar, estetik, sembolik anlam, iç mekân analizi.
ВЕЧНОЕ НАСЛЕДИЕ И СОВРЕМЕННЫЙ ДИЗАЙН:
ИСКУССТВО ИНТЕРЬЕРА ЧЕРЕЗ ИЗОБРАЖЕНИЯ “САБ’АИ САЙЁР”
Хакбердиева Сагина Шомурот кизи,
соискатель кафедры узбекского языка и литературы
Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация.
В данной статье анализируется гармония между историческим
наследием и современным интерьерным дизайном, а также рассматриваются
возможности применения культурных и эстетических элементов на основе изображений
семи дворцов из поэмы Алишера Навои «Сабаи Сайяр». В исследовании детально изучаются
цветовые, формальные и символические особенности каждого дворца, а также их влияние
на интерьерный дизайн. Особое внимание уделяется психологическому воздействию цветов,
формированию культурной идентичности через орнаменты и узоры, а также адаптации
исторических образов в современном интерьере. Подчеркивается, что интеграция
343
исторического наследия с современным искусством придаёт дизайну более глубокий
духовный смысл.
Ключевые слова.
Вечное наследие, современный интерьерный дизайн, изображения
Сабаи Сайяр, исторические элементы, эстетика, символическое значение, интерьерный
анализ.
ETERNAL HERITAGE AND MODERN DESIGN:
INTERIOR ART THROUGH THE IMAGES OF “SAB’AI SAYYOR”
Hakberdiyeva Sagina Shomurot qizi ,
independent researcher at the department of uzbek language and literature
Uzbek-Finish pedagogical institute
Abstract.
This article analyzes the harmony between historical heritage and modern interior
design, exploring the possibilities of integrating cultural and aesthetic elements based on the
depictions of the seven palaces from Alisher Navoi’s Sab’ai Sayyor poem. The study examines the
unique architectural and symbolic characteristics of each palace, focusing on their impact on
interior design. Special attention is given to the psychological effects of colors, the role of
ornaments in cultural identity formation, and the adaptation of historical imagery into
contemporary interiors. The research highlights how the fusion of historical heritage with modern
art enriches design with a deeper spiritual meaning.
Keywords.
Eternal heritage, modern interior design, Sab’ai Sayyor depictions, historical
elements, aesthetics, symbolic meaning, interior analysis.
Ma’lumki, zamonaviy interyer dizayni nafaqat estetik va funksional talablarni qondirishga
qaratilgan jarayon, balki tarixiy va madaniy merosni saqlash hamda uni zamon talablariga mos
tarzda qayta yaratish bilan uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda dizaynerlar milliy va madaniy
qadriyatlarni aks ettiruvchi elementlarni o‘z ishlarida uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor
qaratmoqda. Xususan, Alisher Navoiyning “Sab’ai Sayyor” asaridagi tasvirlar zamonaviy interyer
dizayni uchun ilhom manbai sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tasvirlar chuqur falsafiy
va estetik mazmuni bilan zamonaviy dizaynga yangi ruh bag‘ishlaydi.
“Sab’ai Sayyor” Alisher Navoiyning “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni bo‘lib, unda inson
ruhiyatining yuksalishi, koinot go‘zalligi va hayotning falsafiy mohiyati kabi mavzular aks
ettirilgan. Dostonning asosiy qismi yetti qasr tasviridan iborat. Har bir qasr o‘ziga xos rang, shakl
va estetik uslub bilan ifodalanib, insoniyatning ichki ma’naviy o‘sishini ramziy tarzda tasvirlaydi.
Qasrlarning turli xil obrazlari zamonaviy interyer dizayni uchun boy ilhom manbai bo‘lib
xizmat qilishi mumkin. Ushbu obrazlar nafaqat tashqi ko‘rinishda, balki ichki mazmun va falsafiy
talqinlarda ham ishlatiladi. “Sab’ai Sayyor” yetti qasr orqali sayyoralar, ranglar va inson
fazilatlarini bir butun yaxlitlikda ifoda etadi. Ranglarning ramziy ma’nosi va qasrlarning mantiqiy
ketma-ketligi inson ruhiyatining turli qirralarini ochib beradi. Ushbu tasvirlarni zamonaviy
dizaynga olib kirish interyerga nafaqat estetik go‘zallik, balki falsafiy va ma’naviy chuqurlik ham
qo‘shadi.
Inson ruhiyati-hayotning turli ranglarini aks ettiruvchi oynadir. Har bir rang hissiyotlarni
uyg‘otadi, kayfiyatga ta’sir ko‘rsatadi va ongimizni boshqaradi. Bahromning yetti kunlik hayoti,
ranglar orqali, uning ruhiy holati va hissiy kechinmalarining o‘zgarishini mahorat bilan ochib
beradi. Adib mazkur hikoyasida inson qalbining ichki kurashlarini va o‘sishini quyidagicha ramziy
ma’nolarda tasvirlashga harakat qilgan.
Shanba: Qora rang
-
qayg‘u va ichki iztirob.
Qora rang inson ruhiyatida yo‘qotish va qayg‘u belgisi sifatida qaraladi. Bahromning shanba
kuni-hijron va firoqning eng chuqur bosqichi. Mushkfom liboslar va qaro kabi tasvirlar shoh
qalbidagi og‘irlikni aks ettiradi. Ammo ruhiy jihatdan qora rang nafaqat qayg‘uni, balki ichki
344
kuchning yig‘ilishini ham anglatadi. Qayg‘u insonni yangi bosqichga tayyorlaydi. Bahromning qora
tuni shuni ko‘rsatadiki, har qanday tun o‘z tongini olib keladi
[8,7 b.].
Yakshanba: Sariq rang
-
umid va quvvat uyg‘onishi.
Sariq rang-ijobiylik, quvonch va aqliy uyg‘onish ramzi hisoblanadi. Bahromning yakshanba
kuni uning ichki dunyosida yangi umidlarning uchqunlanishi bilan boshlanadi. Zarrin qasr va
quyosh nuriga o‘xshash tasvirlar ruhiy energiya va yangi imkoniyatlarni bildiradi. Psixologik
jihatdan sariq rang insonni harakatga undaydi, hayotga bo‘lgan ijobiy qarashni kuchaytiradi
[8,8
b.].
Dushanba: Yashil rang-barqarorlik va tiklanish.
Yashil rangning ruhiyatga ta’sir qiladigan kuchli ramz bo‘lib, sokinlik, barqarorlik va
tiklanishning belgisi hisoblanadi. Dushanba kuni Bahrom yashil rangli qasrda o‘zining ichki
kuchlarini qayta tiklaydi. Zumrad qadah va hayot suvi tasvirlari ruhiy jihatdan yangi kuch va
tiriklikni anglatadi. Bu rang Bahromning ruhiyatida tinchlik va barqarorlikka intilish paytini aks
ettiradi
[8,8 b.].
Seshanba: Qizil rang
-
ehtiros va hayot zavqi.
Qizil rang-ehtiros, shiddat va energiya manbai hisoblanadi. Bahromning qizil gulnor qasrda
o‘tkazgan kuni hayotning mazmunini qayta his qilish va qalbdagi jo‘shqinlikni ifodalaydi. Yoqut
qadah va gulrang libos tasvirlari orqali qizil rangning kuchli ta’siri aks etadi. Psixologiyada qizil
rang odamni kuchli harakatlar qilishga va o‘z tuyg‘ularini ochiq ifodalashga ilhomlantiradi
[8,8 b.].
Chorshanba: Moviy rang
-
ichki xotirjamlik va osmoniy orom.
Moviy rang inson ruhiyatida xotirjamlik va sokinlikni uyg‘otadi. Chorshanba kuni Bahrom
moviy qasrda ichki dunyosining osoyishtaligini his qiladi. Feruza qadah va osmon rangli liboslar
shohning qalbidagi muvozanatni va ongdagi tozalikka intilishni aks ettiradi. Ruhiy jihatdan moviy
rang tanglik holatini kamaytiradi va insonni ichki xotirjamlikka yetaklaydi
[8,10 b.].
Panjshanba: Oltin rang
-
muvaffaqiyat va baxt jilosi.
Oltin rang-shon-shuhrat, muvaffaqiyat va ilhom ramzi sifatida tasvirlanadi. Bahromning
panjshanba kuni hayotining eng yorqin lahzalarini aks ettiradi. Zarrin qadah va oltin qasr tasvirlari
ruhiyatda o‘z kuchini his qilish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otadi. Ruhiy holat nuqtai nazaridan
oltin rang insonning o‘z yutuqlaridan zavqlanishini va hayotning go‘zalligini his qilishini bildiradi
[8,10 b.].
Juma: Oq rang
-
poklanish va yangi sahifa.
Oq rang ruhiyatda poklik va yangi boshlanish belgisi sifatida tasvirlanadi. Haftaning so‘nggi
kuni Bahrom yangi tongni oppoq qasrda kutib oladi. Oq rang uning ichki dunyosining tozaligini,
ruhiy va ma’naviy yangilanishini aks ettiradi. Bu kun-inson hayotidagi yangilanish bosqichining
boshlanishidir
[8,11 b.]
Bahromning yetti kunlik hikoyasi inson ruhiyatining ranglar orqali tasviridir. Qora
qayg‘udan oq poklanishgacha bo‘lgan yo‘l, insonning o‘z hissiyotlari bilan kurashishidan va
hayotining yangi ma’nolarini kashf qilishidan dalolat beradi.
Ranglar inson qalbining o‘zgarishini ko‘rsatadi: har qanday tun o‘z tongiga ega, har qanday
hijron o‘z visoliga yetaklaydi.
“Ranglar faqat ko‘zga emas, qalbga ham ta’sir qiladi. Ranglar ruhiyatning so‘zsiz tili,
hayotning ichki ma’nolaridir.”
Quyidagi jadvalda qasrlarning ramziy ma’nolari, ularning zamonaviy interyer dizaynidagi
talqinlari hamda qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilgan.
Qasr
Sayyora
Dostondagi tavsif
Zamonaviy interyer dizayndagi
qo‘llanilishi
Qora qasr
(shanba
kuni)
Zuhal (Saturn)
Zulmat ramzi
sifatida, chuqur
ma’noli, sirli,
og‘irlik va qo‘rquv
Qora rang zamonaviy minimalistik
va dramatik interyerlarda
ishlatiladi. U jiddiyat, nafislik,
qulaylik va soddalikni ifodalaydi.
345
belgisi
[3,344 b.]
Yorug‘ ranglar bilan
uyg‘unlashadi.
Sariq qasr
(yakshanba
kuni)
Quyosh
Quyosh va oltinning
timsoli, boylik va
ulug‘vorlikni aks
ettiradi
[3,344 b.]
Zamonaviy interyerdagi oltin
naqshlar, yoritgichlar va
tanatanavor aksessuarlar bilan
bezatilgan fazolar hashamatni
ko‘rsatadi.
Yashil qasr
(dushanba
kuni)
Qamar (Oy)
Tabiat va hayotiylik
ramzi, yangi
boshlanishni
ifodalaydi
[3,345 b.]
Interyerni ekologik
uyg‘unlashtirishda yashil rang
ishlatiladi. Tabiiy materiallar va
yashil o‘simliklar osoyishtalik va
yangilanishni ta’minlaydi.
Qizil qasr
(seshanba
kuni)
Mirrix( Mars)
Olov va ehtirosni
aks ettiradi. Kuchli
his-tuyg‘ularni
ifodalaydi, energiya
va hayotiy harakat
ramzi sifatida
keltiriladi
[3,345 b.]
Qizil rang zamonaviy dizaynda
dramatik aksent sifatida ishlatiladi.
Jozibali pardalar, gilamlar va devor
dekorlarida qizil elementlar
ta’minlaydi.
Moviy qasr
(chorchanba
kuni)
Utorud(Merkuriy)
Osoyishtalik,
tinchlik va ma’naviy
uyg‘unlikni belgisi
[3,345 b.]
Moviy rang dam olish xonalari va
suv elementlariga yaqin bo‘lgan
joylarda ishlatiladi. Zamonaviy
dizaynda vannaxonalarda va
basseyn atrofida eng ko‘p
ishlatiladi.
Olovrang
qasr
(panjshanba
kuni)
Mushtariy(Yupiter)
Quyoshning
botishini, issiq
energiya va donalik
aks ettiradi
[3,346
b.]
Zamonaviy dizaynda bu rang
yoritish tizimlarida, shinamlik
yaratadigan bronza dekorlarda va
devorlarda aks ettiriladi.
Oq qasr
(juma kuni)
Zuhra (Venera)
Soflik, poklik va
yuksaklik ramzi
[3,346 b.]
Oq rang minimalistik dizaynda
kenglik va yorqinlik yaratish uchun
ishlatiladi. Shuningdek, yorug‘lik
manbalari bilan uyg‘unlashadi.
Bugungi kunda interyer dizaynda estetik ko‘rinish bilan birga ma’naviy va ramziy ma’nolar
ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Sab’ai Sayyor” dostonida tasvirlangan ranglar va ramziy
tasvirlari zamonaviy dizayn elementlari orqali uyg‘unlashib, ichki makonlarni nafaqat bezatadi,
balki ma’nolar bilan boyitadi. Ranglarning ruhiyatga ta’siri, materiallarning to‘g‘ri tanlanishi va
yorug‘likning uyg‘unligi makonni yanada boy qiladi.
Asarda ifodalangan ranglar ishlatilagan naqshlar nomlari va ularning zamonaviy talqinini
quyidagi jadvalda tasvirlashga harakat qildik
Dostondagi qasr
naqshlari
Dostondagi tavsif
Zamonaviy interyer dizayndagi
qo‘llanilishi
Islimiy naqshlar
Cheksizlik, hayotning
davomiyligini aks ettiradi.
Arabeska naqshlari yog‘och panellar,
gilamlar yoki metal bezaklarda
qo‘llaniladi.
Geometrik
naqshlar
Tizimli va mutanosib ko‘rinish,
tartib va uyg‘unlikni ifodalaydi.
Mozaik plitkalar, geometrik devor
qoplamalari va shift bezaklari.
Tabiiy naqshlar
Tabiat bilan bog‘liq gul va barg
shakllari.
Yostiqlar, devor qog‘ozlari va
gilamlar uchun dekor sifatida
346
ishlatiladi.
Gumbazlar va
taxtlar
Uyg ‘unlik va hukmronlik belgisi
sifatida, har bir qasrda diqqat
markazidagi element sifatida
tasvirlangan.
Markaziy element sifatida
foydalaniladi: hashamatli kreslo yoki
dumaloq shiftlar dizayni.
Bog‘ va suv
elementlari
Tabiiy go‘zallik, sokinlik va
uyg‘unlik belgisi.
Ichki bog‘lar, mini-favvoralar yoki
ichki hovuzlar.
Ushbulardan ko‘rinib turibdiki, Alisher Navoiy davrida ham binolarning ichki bezaklarida
turli xil ranglar va naqshlar qo‘llangan. Ular bizning davrimizga kelib, biroz nomlari o‘zgarib
zamonaviylashgan.
Xulosa qilib aytganda,
tarix, madaniyat va ruhiyat uyg‘unligi “Sab’ai Sayyor” va “Yetti
Qasr” tasvirlari asosida zamonaviy interyer dizayniga chuqur ma’no bag‘ishlaydi. Ushbu
dostondagi ranglar inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, interyerda rang terapiyasi sifatida
qo‘llanilishi mumkin. Ranglarning uyg‘unligi makonlarni nafaqat estetik, balki ma’noli qilib, inson
his-tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazadi. Mumtoz dizayn yondashuvlari tarixiy merosni zamonaviy
tendensiyalar bilan uyg‘unlashtirib, milliylik va ma’naviy qadriyatlarni saqlashga xizmat qiladi. Shu
tariqa, tarixiy ranglar zamonaviy interyerlarni ruhiy boshpanaga aylantirib, inson qalbi va ongiga
tinchlik, ilhom va o‘zlikni anglash imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Alisher Navoiy.
“Sab’ai sayyor”.
O‘n jildlik. Yettinchi jild. 1977. Toshkent. G‘afur
G‘ulom nomidagi nashriyoti, 176 b.
2.
Alisher Navoiy.
“Xamsa”. “Sab’ai sayyor”.
2021, Tamaddun. 448 b.
3.
Academic Research in Education Sciences, 3-soni, 2022. 596-602 b.
4.
Amanullayev Abdinabi Abdimuminovich
. “Akademik rangtasvir”.
2023. NamDU nashriyoti,
298 b.
5.
Rashidov O.
“Sharq adabiyoti va falsafiy ramzlar”.
2024. Toshkent: Adabiyot, 324 b.
6.
Sabirov M.M.
“Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari”.
2021. Toshkent. 2021. 192 b.
7.
Science shine international scientific journal, 1-son, 10.05.2024.
8.
Sharh va izohlar, 3-tom, 7-11 b.
9.
Азизовна, Ю.С. Формирование чувства уважения у студентов.
Журнал NX
, 1026-1028.
10.
Buriyeva F. (2024). Faxriyor ijodiy olami: individual uslub va poetik mahoratning shakllanish
tadriji.
news of the nuuz
,
1
(1.6. 1), 303-305.
11.
Nazarova, X.G. (2024). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda
tasavvuf talqining yorqinligi.
Research Focus
,
3
(11), 46-50.
12.
Муродовна, Р. М. Использование водных объектов при проектировании ландшафтных
объектов.
JournalNX
, 125-128.
13.
Sharipova, S. (2025). Hikmatlarda iqtibos she'riy san'atining qo 'llanilishi. Jahon ilmiy
qarashlarini tahlil qilish Xalqaro ilmiy jurnal , 3 (1), 168-171.