335
TURKIY ADABIYOTDA DINNING O‘RNI HAMDA AHAMIYATI
Ahmadova O‘g‘iloy Ozodqul qizi,
SamDU tayanch doktaranti (PhD)
Annotatsiya.
Ushbu maqolada turkiy adabiyotda dinning o‘rni va ahamiyati tarixiy va
zamonaviy nuqtai nazardan yoritilgan. Dastlabki yozma yodgorliklardan tortib, klassik va
zamonaviy adabiyotgacha bo‘lgan davrlar qamrab olinib, Qur’on, hadis va tasavvuf g‘oyalari
asosida shakllangan diniy motivlarning badiiy ifodasi tahlil qilingan. Shuningdek, boshqa
adabiy makonlar bilan qiyosiy tahlil orqali diniy g‘oyaning universal mohiyati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar.
Turkiy adabiyot, din, islom, tasavvuf, Qur’on, tasavvufiy she’riyat,
zamonaviy adabiyot, diniy motivlar, axloq, falsafa.
TÜRK EDEBİYATINDA DİNİN YERİ VE ÖNEMİ
Ahmadova O‘g‘iloy Ozodqul kızı,
SamDU doktora adayı (PhD)
Özet.
Bu makalede Türk edebiyatında dinin yeri ve önemi tarihî ve çağdaş bakış
açısından ele alınmıştır. İlk yazılı eserlerden başlayarak, klasik ve modern edebiyat dönemleri
kapsanmış; Kur’an, hadis ve tasavvuf fikirleri temelinde şekillenen dini motiflerin edebî ifadesi
analiz edilmiştir. Ayrıca, diğer edebî coğrafyalarla karşılaştırmalı analiz yoluyla dinî
düşüncenin evrensel mahiyeti ortaya konmuştur.
Anahtar kelimeler.
Türk edebiyatı, din, İslam, tasavvuf, Kur’an, tasavvufi şiir, modern
edebiyat, dinî motifler, ahlak, felsefe.
РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ РЕЛИГИИ В ТЮРКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ
Ахмадова Угилой Озодкул кызы,
соискатель степени PhD, Самаркандского
государственного университета
Аннотация.
В данной статье рассматривается роль и значение религии в
тюркской литературе с исторической и современной точек зрения. Проанализированы
религиозные мотивы, выраженные в художественной форме, основанные на Коране,
хадисах и суфийской философии – от ранних письменных памятников до классической и
современной литературы. Также проведён сравнительный анализ с другими
литературными традициями, раскрывающий универсальную суть религиозных идей.
Ключевые слова.
Тюркская литература, религия, ислам, суфизм, Коран, суфийская
поэзия, современная литература, религиозные мотивы, этика, философия.
THE ROLE AND IMPORTANCE OF RELIGION IN TURKIC LITERATURE
Ahmadova O‘g‘iloy Ozodqul qizi,
PhD candidate, Samarkand state university
Abstract.
This article explores the role and significance of religion in Turkic literature
from a historical and modern perspective. It analyzes the artistic expression of religious motifs
derived from the Qur'an, hadiths, and Sufi philosophy, starting from early written monuments to
336
classical and contemporary literature. The article also presents a comparative analysis with
other literary traditions, highlighting the universal essence of religious ideas.
Keywords.
Turkic literature, religion, Islam, Sufism, Qur'an, Sufi poetry, modern
literature, religious motifs, ethics, philosophy.
Turkiy adabiyot – o‘z ildizlari bilan qadim zamonlarga borib taqaluvchi, boy tarixiy va
madaniy an’analarni o‘zida mujassam etgan adabiy merosdir. Bu adabiyotning shakllanishi va
rivojlanishida dinning, xususan islom dinining o‘rni beqiyosdir. Turkiy xalqlarning diniy
dunyoqarashi, e’tiqodi, axloqiy qadriyatlari va ilohiy tushunchalari adabiyot orqali ifoda topgan.
Ayniqsa, Qur’oni karim, hadislar, fiqh ilmi va tasavvuf adabiyotda asosiy ruhiy manba bo‘lib
xizmat qilgan[5, 23 b]. Ushbu maqolada turkiy adabiyotda dinning o‘rni va uning adabiy
jarayonga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi.
Dastlabki bosqich: Shamanizm va e’tiqod izlari. Islomdan avvalgi davrda turkiy xalqlar
orasida shamanizm, totemizm va tabiatga sig‘inish keng tarqalgan edi. Bu qarashlar Orxon-
Enasoy bitiklarida (VIII asr) o‘z ifodasini topgan. Ushbu yodgorliklarda osmon tangri, ruhlar,
ajdodlarga sig‘inish kabi diniy-falsafiy tushunchalar mavjud bo‘lib, ularning adabiy ifodasi
qadimgi turkiy e’tiqod asosida yasalgan. Dastlabki turkiy adabiyotda ruhiyat, tangriga
shukronalik, qahramonlarning ilohiy kuch bilan aloqasi an’anaviy tarzda yoritilgan.
Islom dini va yangi adabiy bosqich. VIII – X asrlardan boshlab, turkiy xalqlar orasida
islom dini asta-sekin tarqala boshladi. Bu jarayon Qoraxoniylar davlati davrida jadallashdi.
Islom dini bilan tanishuv, birinchi navbatda, adabiy til va uslubga ta’sir qildi. Adiblar Qur’on va
hadislardan ilhom olib, adolat, ilmlilik, sabr, halollik kabi fazilatlarni targ‘ib eta boshladilar.
Xususan, Yusuf Xos Hojib diniy-adabiy tafakkur vakili sifatida ma’lum va mashhur. Adibning
XI asrda yozilgan “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”) asari islomiy axloq va siyosiy-
falsafiy g‘oyalarni ilgari suradi. Muallif Yusuf Xos Hojib insoniy fazilatlar, adolatli boshqaruv,
taqvo va ilmga asoslangan jamiyat haqidagi qarashlarini bayon qiladi. [1, 125-130b.] Bu asar o‘z
davrida adabiyot orqali diniy va siyosiy ongni uyg‘otuvchi manba sifatida qadrlangan.
Shuningdek keyinchalik turkiy adabiyotda tasavvuf atamasi keng tarqala boshlandi. . XII asrda
yashagan Ahmad Yassaviy tasavvufning eng yorqin vakillaridan biri bo‘lib, u yaratgan
“Hikmatlar” diniy-falsafiy ruhdagi she’rlar to‘plamidir. Bu asarlarda Allohga muhabbat, nafs
bilan kurash, axloqiy tozalik, sabr-toqat, mehnat va zohidlik targ‘ib qilinadi. Hikmatlar xalq
orasida darslik, pand-nasihat va zohiriy-tasavvufiy ilmlarning asosiy manbaiga aylangan.
Ahmad Yassaviy maktabi keyingi davrlarda ham davom ettirildi. Sulaymon Boqirg‘oniy,
Mashrab, Buloqiy, Xoja Hofiz, Alisher Navoiy singari adiblar tasavvufiy g‘oyalarni badiiy ifoda
qilish orqali xalqning ma’naviy tarbiyasiga ulkan hissa qo‘shdilar. Alisher Navoiy o‘zining
“Lison ut-tayr”, “Munojot”, “Arba’in” singari asarlarida tasavvufiy ramzlar, Qur’on hikmatlari
va axloqiy pand-nasihatlar orqali diniy g‘oyalarni keng yoritdi. [3, 210-225 b.]
Nafaqat qadimgi turkiy adabiyot, balki zamonaviy adabiyotga ham din o‘z ta’sirini
yo‘qotmadi. XX–XXI asrlarda turkiy xalqlar adabiyoti o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga
chiqdi. Bu davrda siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlar bilan bir qatorda, diniy-ma’naviy
yuksalish ham yuz berdi. Ayni paytda, din va tasavvuf mavzusi zamonaviy adabiyotda yangicha
shakllarda, tahliliy va falsafiy ruhda namoyon bo‘la boshladi. Diniy qadriyatlar zamonaviy
obrazlar, ijtimoiy mavzular, ruhiy izlanishlar orqali aks ettirildi. Misol tariqasida keltirishimiz
mumkinki, Erkin Vohidov o‘z she’rlarida ma’naviy poklik, inson va Alloh o‘rtasidagi
bog‘liqlik, muqaddaslik mavzularini chuqur yoritgan bo‘lsa, Abdulla Oripovning “Munojot”,
“Qur’on so‘zlari” singari she’rlari diniy-falsafiy tafakkurning badiiy ifodasidir. Shuningdek,
Muhammad Yusufning ko‘plab she’rlarida xalq dardi, Allohga yuzlanish, e’tiqod va sabr
mavzulari tilga olingan. Nasr namoyondalaridan biri Tohir Malik asarlarida ham diniy g‘oyalar
bo‘rtib, ko‘zga tashlanib turadi. Bugungi turkiy adabiyotda tasavvuf falsafasi, ruhiy izlanish,
“men” va “Alloh” o‘rtasidagi ma’naviy munosabatlar chuqur badiiy tahlil qilinmoqda. Shoirlar,
yozuvchilar ma’naviy inqiroz, ichki ziddiyat, axloqiy tanlovlar mavzularini diniy-falsafiy
337
yondashuvda ochib berishmoqda. Bu orqali zamonaviy inson ruhiyatidagi bo‘shliq, ma’naviy
iztiroblar tasvirlanmoqda.
Turkiy adabiyotda din – bu adabiy hayotning ajralmas bo‘lagi bo‘lib, u nafaqat diniy
bilimlarni, balki axloqiy, estetik va falsafiy qarashlarni ham shakllantirgan. Islom dini
adabiyotga ruh, mazmun va maqsad baxsh etgan. Bugungi kunda bu adabiy merosni o‘rganish,
qadrlash va yosh avlodga yetkazish – ma’naviy merosni asrashning muhim yo‘nalishlaridan
biridir. Bugungi turkiy adabiyotda diniy obrazlar zamonaviy hayot, insoniy ruhiyat va ijtimoiy
muammolar bilan uyg‘unlashgan. Bu holat din va adabiyotning o‘zaro ta’siri nafaqat tarixiy
jarayon, balki doimiy ma’naviy ehtiyoj ekanini ko‘rsatadi. Shunday ekan, diniy-ma’naviy
adabiyotga e’tibor, uni o‘rganish va yosh avlodga yetkazish – adabiy-ma’naviy taraqqiyotning
muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u Bilig. –Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1990.- 480b. [125-130]
2.
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. –Toshkent: Ma’naviyat, 2002.
- 240b. [35-40b.]
3.
Navoiy, Alisher. Arba’in, Lison ut-tayr. –Toshkent: Fan, 1980. -376b. [210-225]
4.
Rabg‘uziy. Qissas ul-anbiyo (Payg‘ambarlar qissasi). –Toshkent: Sharq, 2001.
- 344b.
5.
Karimov, A. va boshqalar. O‘zbek adabiyoti tarixi. 1–2 jildlar. – Toshkent: O‘zbekiston
Milliy Ensiklopediyasi, 2010. - 856b.
6.
G‘oyibnazarov, S. Tasavvuf va adabiyot. – Toshkent: O‘qituvchi, 1998.
- 210b. [89b.]
7.
Xo‘jayev, A. Islom madaniyati va badiiy tafakkur. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005. - 192 b.
[123b.]