304
JADID SHE’RIYATIDA MILLIY ISTIQLOL MOTIVLARI
Abdilakimov Dilruxjon Rajab o‘g‘li
O‘zbekiston Milliy universiteti doktaranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada jadid adabiyoti namoyondalari Fitrat va Cho‘lpon
she’riyatida milliy istiqlol motivlari tahlilga tortilgan va ular ijodining zamonaviy o‘zbek adabiyoti
rivojigan qo‘shgan hissasi tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar.
Jadid, jadid adabiyoti, mumtoz adabiyot, yangi o‘zbek adabiyoti, she’riyat,
motiv, Naim Karimov, Fitrat, Cho‘lpon.
NATIONAL INDEPENDENCE MOTIVES IN JADID POETRY
Abdilakimov Dilrukhjon Rajab oglu,
National University of Uzbekistan, doctoral student
Abstract.
This article analyzes the motifs of national independence in the poetry of the
representatives of Jadid literature Fitrat and Chulpon, and examines the contribution of their work
to the development of modern Uzbek literature.
Keywords.
Jadid, jadid literature, classical literature, new Uzbek literature, poetry, motif,
Naim Karimov, Fitrat, Chulpon.
МОТИВЫ НАЦИОНАЛЬНОЙ НЕЗАВИСИМОСТИ В ПОЭЗИИ ДЖАДИДОВ
Абдилакимов Дилрухджон Раджаб углы,
докторант Национального университет Узбекистана
Аннотация.
В статье анализируются мотивы национальной независимости в поэзии
представителей джадидской литературы Фитрата и Чулпона, а также рассматривается
вклад их творчества в развитие современной узбекской литературы.
Ключевые слова.
Джадид, джадидская литература, классическая литература, новая
узбекская литература, поэзия, мотив, Наим Каримов, Фитрат, Чулпон.
CEDİT ŞİİRİNDE MİLLİ BAĞIMSIZLIK MOTİFLERİ
Abdilakimov Dilrukhjon Rajab oğlu
Özbekistan Milli Üniversitesi doktora öğrencisi
.
Özet.
Bu makalede Cedit edebiyatı temsilcilerinden Fıtrat ve Çulpon'un şiirlerinde ulusal
bağımsızlık motifleri incelenmekte ve onların eserlerinin çağdaş Özbek edebiyatının gelişimine
katkısı incelenmektedir.
Anahtar Kelimeler.
Cedit, Cedit edebiyatı, klasik edebiyat, yeni Özbek edebiyatı, şiir, motif,
Naim Kerimov, Fitrat, Çulpon.
O‘zbek adabiyoti tarixida uzoq yillar davomida she’riyat yetakchilik qilib kelgan. Mumtoz
adabiyotimizning she’riyat bo‘stonida aruz mutloq yetakchilik qiladi. Arab va forslar kabi turkiy
xalqlar ham necha ming yillik tarixlari davomida o‘zlarining eng sara asar namunalarini aynan
aruzda ijod qilib kelishgan. Bu jarayon XX asr boshlarigacha davom etdi. Ayni shu davrda
Turkiston hududida ham jadidchilik deb nomlangan harakat namoyondalari boshqa sohalar singari
adabiyotni ham yangilashga kirishdilar. Buning natijasida eski qoliplashtirilgan she’riyat yangi-
305
yangi janrlar bilan boyidi. An’anaviy aruz vaznidan barmoqqa o‘tildi. She’riyat, umuman adabiyaot
xalqqa yaqinlashdi. Bejizga Fitrat barmoq vaznini milliy vaznimiz deb aytmagan edi (Фитрат А.,
2010, 227-bet). Jadid adabiyotining yetakchi sohasi
she’riyatdir.
O‘zbek mumtoz she’riyatidan
ham vazn, ham til va uslub, ham g‘oyaviy jihatdan keskin farq qilgan jadid she‘riyati XX asr o‘zbek
adabiyotining yangi yo‘nalishda ravnaq topishiga tamal toshini qo‘ydi. O‘zbek xalqining asr
boshlarida nodonlik va jaholat muhitida yashaganligi, ijtimoiy hayot, fan, madaniyat va texnika
sohalaridagi o‘zgarishlarga loqaydligi, kundalik maishiy muammolar girdobida qolib, ma`naviy
jihatdan nochor bir ahvolga tushganligi faqat jadid publitsistikasininggina emas, balki she’riyatning
ham g‘oyaviy yo‘nalishini belgilab berdi.
Jadid she’riyati haqida gap ketganda eng avvalo Cho‘lpon siymosi ko‘z o‘ngimizga keladi,
albatta. Cho‘lpon ijodining eng yirik tadqiqotchilaridan biri Naim Karimovdir. Naim Karimovning
Cho‘lpon lirikasi haqidagi fikrlari Ozod Sharafiddinov qarashlariga yaqin turadi. Muallif Shoirning
“Qizil bayroq” she’rini tahlil etar ekan, bu she’rga aytilgan umumiy fikrlardan ko‘p ham uzoq
ketmaydi. Bu she’rning nomi ham sovetlar bayrog‘ini esga solganidanmi ko‘pincha munaqqidlar bu
she’rda sovetlar jo‘shib kuylanganiga, Cho‘lpon inqilobning dastlabki yillarida unga katta umid
bilan qaraganiga ishonishadi. Naim Karimov ham o‘z fikrlarini qisqa qilib: “Bu Cho‘lpon va
Oktyabr degan mavzuni yoritishda asosiy dalil bo‘lib xizmat qiladi” (Karimov N., 1991, 43 бет), -
deya bayon qiladi. Ammo bu qarashlarning ayrimlari olim faoliyatining keyingi ozroq
oʻzgargan(Karimov N., 2003, 276 бет).
Ko‘pgina cho‘lponshunoslar “Buzulgan o‘lkaga” she’rini turlicha nuqtai nazarlardan kelib
chiqib, turlicha tahlil qilganliklarini kuzatish mumkin. Ammo bu qarashlarning deyarli hammasida
ham bu she’rni o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bog‘lab tahlil qilish yaqqol namoyon
bo‘lishini ko‘ramiz. Naim Karimov ham shu nuqtai nazardan baholaydi: “U bu she’rda o‘lkada ro‘y
bergan daxshatlarni buyuk jasorat bilan tasvirladi” (Karimov N., 1991, 46-бет). Munaqqid bunday
mavzudagi she’rning o‘sha davrda yozilishi va e’lon qilishni jasorat deb baholashi, aynan ijtimoiy-
siyosiy hayot bilan bog‘laganligini anglatadi. O‘tloqqa nisbatan sifatlashlarning birdan ortiq
qo‘llanishi ham she’r ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan. “Bu nega?” lirik qahramon
bularning barchasini biladi, ammo sabablarni ochiq aytib bo‘lmaydi. Shuning uchun shoir
o‘quvchiga savol bilan murojat qilib, yuraklarni larzaga keltira olgan. “Men va boshqalar” she’rini
tahlil qilarkan, uning mavzusi bugungi kunda ham dolzarb ekanini aytadi. Yana asosiy e’tibor
mavzuga qaratiladi. She’rda lirik qahramon o‘zbek qizi. Men va boshqa qarshilantirishi orqali
o‘zbek qizlarining ayanchli taqdiri juda ta’sirli ochib berilgan. Munaqqidning: “Bizning
adabiyotimiz yaqin-yaqingacha bugungi hayotni emas, balki uning o‘rnida barpo etilajak ertangi
hayotni aks ettirib keldi. Bu yo‘l bilan u kitobxonni yangi ishlarga ilhomlantirgandek bo‘ldi.
Amalda esa u kitobxonni aldadi. Cho‘lpon bugungi jarohatlarni yashirish emas, davolash lozim
degan aqidaga amal qildi. Shuning uchun ham uning asarlarida tasvirlangan haqiqat sotsialistik
realizm adabiyotiga ko‘nikkan kitobxon uchun daxshatli bo‘lib tuyulishi tabiiy” (Karimov N., 1991,
47-бет), – degan so‘zlari ham fikrimizni isbotlashga xizmat qiladi. Bugungi kun haqiqati
Cho‘lponni ham cho‘chitgan. Ammo u ertangi kunga, ertangi kun yaxshi bo‘lishiga ishongan.
Keyingi o‘rinda Cho‘lpon ijodining eng yaxshi namunalaridan bo‘lgan, o‘z davrida eng ko‘p
etirozlarga sabab bo‘lgan “Xalq” she’ri tahlil qilinadi. She’rda shoirning shunday tazyiq,
huquqsizlik va ho‘rlashlargada indamay chidab kelayotgan xalq haqida bunday fikrlarni aytishini
munaqqid romantiklik emas, aksincha xalqning yashirin imkoniyatlari, uning qonida bilinar-
bilinmas tovlangan kurash cho‘g‘i bilan bog‘liqligini to‘g‘ri baholay olgan. She’rda Cho‘lponning
so‘z qo‘llash mahorati to‘la namoyon bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmas. Xalq so‘zining ritmik
takrori musiqiylikni va ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Bu she’r ma’lum manoda
mustamlakachilarni ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq bo‘lib yangradi. Lirik qahramon shoirning o‘zi
ekanligi so‘nggi ikki misradan ma’lum bo‘ladi: “Butun kuchni xalq ichidan olaylik, Quchoq ochiib
xalq ichiga boraylik”. “Cho‘lpon xalq bag‘rida yashiringan kuchni ana shu tarzda ziyrak nigohi
bilan ko‘rdi. U ayni paytda ham xalqdan madad olish, ham unga rahnoma bo‘lish zarurligini sezdi”
(Karimov N., 1991, 49-бет). Shoir ijodi haqida umumiy qilib: “Cho‘lpon o‘zbek she’riyatining
306
nozik va nafis sadolarga boy, go‘zal va shaffof tuyg‘ular uzra g‘unchalagan hayot chechaklarini
kuylovchi bir rubobi edi. Ammo davr undan kishan va miltiq ovozlarini o‘zbek she’riyatiga olib
kirishni, shu kishanlar orqasida kechayotgan oshkora va pinhona kurashni ifodalashni taqozo etdi”
(Karimov N., 1991, 49 бет).
Abdurauf Fitrat talabalik yillaridayoq “bir devon bo‘lishga arzirli” (Sadriddin Ayniy)
she’rlar yozib ulgurgan. U dastlab o‘z she’rlariga “Mijmar” (“mushk-anbar kabi turli xushbo‘y
narsalarni solib tutatiladigan idish (manqal)”) taxallusini qo‘yadi. Sadriddin Ayniyning yozishiga
ko‘ra: “Intiboh – ogohlik, g‘aflatdan uyg‘onish (P.Shamsiyev va S.Ibrohimova, 1973, 348-bet)
davridan oldin ham g‘azal va qasidalar yozgan bo‘lsa-da, ammo ularda bugungi she’rlaridagi
sayqal, yonish va kuyish uchramas edi” (Boltaboyev H. 2007, 71-bet).
Fitrat jadid sifatida tanilgan, o‘z asarlaridagi g‘oyalari bilan mavjud tuzum yuragiga vahima
solar edi. Shuning uchun Said Olimxon uning she’rlarini Buxoroda nashr etishga ruxsat bermaydi.
Shuning uchun shoirning “Sayha” (na’ra, da’vat, bongso‘z) to‘plami hijriy 1329, melodiy 1911-
yilda Istanbulda talaba shoirning o‘z hisobidan bosiladi. Fitratshunos olim Hamidulla
Boltaboyevning qayd etishicha, bu to‘plam hozir Istanbul dorilfununi kutubxonasida saqlanadi,
uning muqovasiga “Fitrat. Sayha. Milliy she’rlar” deb yozilgan bo‘lib fors tilida arab alifbosida
chop etilgan (Boltaboyev H. 2007, 77-bet). Undan tanlab olingan o‘ndan ortiq she’rlar “Sadoyi
Turkiston” gazetasining 1914-yil iyul oyi sonlarida e’lon qilingan. To‘plamda bu she’rlarning har
bandidan keyin turk tilida uning mazmuni ham bayon etilgan (Boltaboyev H. 2007, 79-bet).
Misol:
Bozam ba she’r oftoda havoyi go‘reston,
Par mizanad dilam, yag‘zoyi go‘reston.
Mazmuni: Boshimga yig‘lash havasi tushdi,
Qanot urdi yuragim yig‘i osmonida.
Fitrat iste’dodli shoir edi. U ijodini she’r yozish bilan boshlagan. Uning she’rlari Vatan
haqida edi. Shoir Vatanining boshiga tushgan musibatlarni sezib, ko‘rib, bilib turardi. Unga birgina
da’vo millatdoshlarini g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, ma’anaviyat chirog‘larini yoqish ekanini yaxshi
anglardi. Bu yo‘lda adabiyotning, so‘zning, ayniqsa she’rning roli katta ekanini yaxshi anglagan
shoir qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi, ijod qildi, she’r yozdi. Siyosiy ta’qiblar, turli senzuralar,
tahdidlar ham uni bu yo‘ldan qaytara olmadi. Shoir o‘z she’rlarida “Vatan dardi nihoyasizligidan,
jarohatlari halokatli ekanidan dod soldi. Unga mehr-u muhabbatini hayqirib aytdi. U bilan
faxrlandi, iftixor etdi. Uni har narsadan muqaddas tutdi. Uni “Qiblagoh”, “Sajdagoh” bildi, “izzi
sharafi” atadi” (Qosimov B. 2002, 327-bet).
Jadid adabiyotining eng yirik vakillari, yangi o‘zbek she’riyatining asoschilari bo‘lgan
Fitrat va Cho‘lpon ijodi vatanpar g‘oyalar, istiqlol orzusi bilan to‘la edi. Ular ijtimoiy-siyosiy qiyin
vaziyatda bunday orzularini turli xil badiy usullar bilan ifodalay olganlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Boltaboyev H. Fitrat va jadidchilik – T.: O‘zbekiston. 2007. B. - 287.
2. Karimov N. Cho‘lpon. – T.: Sharq, 2004. B. 276.
3. Karimov N. Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon. – T.: Fan, 1991. B. 84
4. Navoiy asarlari lug‘ati. Tuzuvchilar: P.Shamsiyev va S.Ibrohimova. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1973. – B. 348.
5. Qosimov B. Milliy uyg‘onish. – T.: “Ma’naviyat”. 2002. B. -368
6. Фитрат А. Аруз ҳақида / Танланган асарлар. Ж.V. – Тошкент: “Маънавият”, 2010. – Б. 227