450
OMON MATJON SHE’RIYATIDA KO‘Z MOTIVI VA KO‘ZGA
OID BADIIY QARASHLAR
Alxiyeva Sitora Rahimqul qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti
Annotatsiya.
Maqolada Omon Matjonning “Ko‘zlaringni yashirgil mendan”, “Sen
ketursan izingdan”, “Ko‘p kezma daraxtzor bog‘lar ichinda” kabi lirik she’rlarining badiiy
xususiyati to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ushbu misralarga monand mumtoz misralar: g‘azal, ruboiy,
she’rlar keltiriladi. Jumladan, Alisher Navoiy, Mirzo Bedil, Maxtumquli hamda nemis mumtoz
shoiri Haynrix Hayne ijodiga murojaat qilinadi. Keltirilgan she’rlarda lirik qahramon va she’riy
san’atlar tadqiq qilinadi.
Kalit so‘zlar
. She’r, ruboiy, A.Navoiy, Maxtumquli, Bedil, Haynrix Hayne, lirik qahramon,
she’riy san’atlar: tashbeh, tazod, takrir.
AMON MATJON'UN ŞİİRİNDE GÖZ MOTİFİ VE GÖZLE İLGİLİ
EŞLEŞME SANATSAL GÖRÜŞLER
Alkhiyeva Sitora Rahimkul kizi,
Özbek-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü'nde yüksek lisans öğrencisi
Kirish.
Ma’lumki, Omon Matjon she’riyati rangbarang, o‘z sozi, o‘z kuyiga ega bo‘lib, har
misrasi yoqimli navo berib jaranglaydi, boisi mumtoz adabiyotimizdagi an’anaviylik(XV-XVIII
asrlar she’riyati) XX-XXI asr shoirining she’rlarida saqlanib qolgan. Ularda asosan, qalb, qalb
ko‘zi, badiiy olam, muhabbat, vafo, ona tuproq kabi tasvir va tuyg‘ular tarannum etiladi. Ushbu
misralarning bir-ikkitasiga to‘xtalar ekanmiz, tadqiq jarayonida bir olam taassurot va hayratga
ega bo‘lishimiz shubhasiz, chunki shoir lirikasi she’riyat ummonidagi eng sara durdonalardan.
Anahtar kelimeler
.
Şiir, rubai, A. Nevai, Makhtumkuli, Bedil, Heinrich Heine, lirik
kahraman, şiir sanatları: alegori, tazod, takrir.
OMON MATJON SHE’RIYATIDA KO‘Z MOTIVI VA KO‘ZGA OID
МОТИВ ГЛАЗА И ГЛАЗНАЯ СОЧЕТАНИЕ В ПОЭЗИИ
АМОН МАТЖОНА ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ ВИДЫ
Алхиева Ситора Рахимкул кызы,
магистрантка Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация
. В статье говорится о художественной природе таких лирических
стихотвoрений Омона Матжона, как “Кўзларингни яширгил мендан”, “Сен кетурсан
изингдан”,“Кўп кезма дарахтзор боғлар ичинда”. Эти стихи сопровождаются
классическими стихами. В частности, упоминаются произведения Алишера Навои, Мирзо
Бедиля, Махтумкули и немецкого поэта-классика Генриха Гейне. В цитируемых
стихотворениях исследуются лирический герой и поэтическое искусство.
Ключевые слова.
Поэма, рубаи, А.Навои, Махтумкули, Бедил, Генрих Гейне,
лирический герой, поэтическое искусство: ташбех, тазад, такрир.
THE EYE MOTIVE AND ARTISTIC VIEWS ON THE EYE IN THE
POETRY OF AMON MATJON
Alkhiyeva Sitora Rahimkul qizi,
master's student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
451
Abstract
. The article talks about the artistic nature of Omon Matjon’s lyrical poems such as
“Ko‘zlaringni yashirgil mendan”, “Sen ketursan izingdan”, “Ko‘p kezma daraxtzor bog‘lar
ichinda”. Classic verses similar to these verses: ghazals, rubai, poems. In particular, the work of
Alisher Navoi, Mirzo Bedil, Makhtumkuli and the german classical poet Heinrich Heine is referred
to. The cited poems explore the lyrical character and poetic arts.
Keywords.
Poem, rubai, A.Navoi, Makhtumkuli, Bedil, Heinrich Heine, lyrical hero, poetic
arts: tashbeh, tazad, takrir.
O.Matjonning quyidagi she’rida mashuqasining ko‘zlarini ko‘rib, qalbidagi dard yana
uyg‘onishidan, ishq olovining alangasi tufayli ozorlanishdan qochishga intilayotgan oshiq
gavdalanadi:
Ko‘zlaringni yashirgil mendan,
O‘tib ketay yoningdan befarq.
O‘tib ketay yoningdan bedard
Ko‘zlaringni yashirgil mendan
[1, 10-bet].
Bedard bo‘lish – ishq gulxanida qovurilmaslik bo‘lsa, befarq bo‘lish uning ko‘zi orqali qalbi
malohatini his etmaslikdir. She’rning ikkinchi bandida oshiq o‘zi kechibgina qolmay, agar qalbida
nomi bo‘lsa, yulib tashlashni, bir so‘z bilan aytganda – dardlanmaslikni so‘raydi.
Nomim bo‘lsa qalbingda agar
Otib tashla mayli tuproqqa.
Har kuni o‘t shu yo‘lni toptab,
Nomim bo‘lsa qalbingda agar [1,10-bet].
She’rning har ikki bandida ham birinchi va to‘rtinchi qatorlar takrorlanib takrir san’atini yuzaga
keltirgan va lirik qahramon murojaatini o‘ta ta’sirli aks ettirishga xizmat qilgan. Ko‘z orqali
shuncha dard-hasrat ichga kirishini Alisher Navoiyning quyidagi ruboiysidan ham anglab olamiz:
Ul ko‘zki, dame bo‘lmadi sog‘, ey qaro ko‘z,
Qonimdin ichar mudom ayog‘, ayog‘ ey qaroko‘z.
Bilmonki, erur anga qarog‘, ey qaroko‘z,
Yo mast edi, qo‘ydi toza dog‘, ey qaro ko‘z
[2.458-bet].
Ruboiy qofiyasi a-a-a-a shaklida bo‘lib, sog‘, ayog‘, qarog‘, dog‘ so‘zlaridan iborat. Raviysi
g‘ harfi – muqayyad qofiya. Radifi “Ey qaro ko‘z ” jumlasi bo‘lib – yoyiq radif hisoblanadi.
Ma’nosi: ko‘zning birdam sog‘ bo‘lmaganligi, mudom qonidan bir qadah ichishi va bilmaydiki,
uning qorachig‘i mastlikdanmi, oppoqlikka qoradog‘ tushirganlikdanmi paydo bo‘lganligini.
Birgina ko‘zning o‘ziga shuncha ta’rif berilib, uning qon ichishi va qon yutishi hazrat Navoiy
tomonidan benazir tashbehlangan. Shu o‘rinda Maxtumqulining “Jallod ko‘zlaring” she’rini yodga
olamiz:
Sabab bo‘ldi yongan jonga,
Jalloddir qora ko‘zlaring.
Yetkazmas najot – darmonga,
Jalloddir qora ko‘zlaring
[3.46-b].
Dilni dardmand etguvchi, qon yutguvchi va ichguvchi jallod ko‘zlar nemis shoiri Haynrix
Haynening quyidagi she’rida “sho‘x” deya ta’riflanadi:
Tushlarda yondirdi meni qilib tang,
Ehtiros, zarkokil, gullar, sho‘x ko‘zlar,
Bol labdan otilgan ul achchiq so‘zlar,
Alamli qo‘shiqlar, qayg‘uli ohang
[4].
She’r qofiyasi a-b-b-a shaklida bo‘lib, ko‘zlar, lab, qo‘shiq, ohang kabi so‘zlar tanosub
san’atini, gullar, sho‘x ko‘zlar istiora gullar, ko‘zlarning lirik qahramonning yondirishi tashxis
san’atini vujudga keltirgan. Shu narsa ma’lum bo‘ladiki, she’riyatda ko‘z oldin xursand qilguvchi,
ehtiros berguvchi, muhabbat solguvchi, so‘ngra yoshlatguvchi, jon olguvchi, ozor berguvchi motiv
452
bo‘lib kuylanadi. Omon Matjon lirikasida o‘ziga xosliklardan yana biri shundaki, ko‘p qatorlar
oxiridagi misralar zidlantiriladi va xuddi mungli kuy kabi o‘qiladi: “sen unda dog‘ bo‘lding, men
bunda dog‘ qoldim”, “ketmoqdasan jim-jim, qolmoqdaman jim-jim” kabi. Quyida “Sen
ketursanizingdan…” she’ridan to‘rt qator keltirsak:
O‘tdi sevgi, o‘tdi dard –
Ko‘chayotgan qushlardek.
Ketmoqdasan jim-jim,
Qolmoqdaman jim-jim
[5.21].
Sevgi va dardning o‘tishi ko‘chayotgan qushlarga o‘xshatilgan va tashbeh san’atini yuzaga
keltirgan. Shu misraning o‘zidayoq lirik qahramon kuzatuvi va holati orqali chiroyli badiiy falsafani
ilg‘ash mumkin.
Shoirning o‘n bir bo‘g‘inli “Ko‘p kezma daraxtzor bog‘lar ichinda” she’ri mumtoz g‘azallar
bilan zamonaviy barmoq vaznidagi she’riyatni o‘zida uyg‘unlashtirgan va ko‘rkam ma’no hamda
murojaatni vujudga keltirgan:
Ko‘p kezma daraxtzor bog‘lar ichinda,
Daraxtlar dil do‘sting bo‘lolmas sening.
Chorlasang kelolmas, yonib qucholmas,
Sen faqat mening bo‘l, meniki, mening
[6.27].
Lirik qahramon yoriga daraxtzor bog‘larda ko‘p kezmaslikni, chunon go‘zal ko‘rinmasin, unga
dil do‘sti bo‘lolmasligini ta’kidlaydi va faqat o‘ziniki bo‘lishini takror va takror so‘raydi. Mening,
meniki, mening tarzida uch bora takrorlangan so‘zlar she’r badiiy ta’sirini kuchaytirgan.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ko‘zga oid qarashlar va Omon Matjon she’riyati,
shuningdek, boshqa shoirlarning ijodiga oid ta’rifu tavsiflar ummondan tomchi. Uning dur-u
javohirlari adabiyotimiz xazinasidan o‘rin olib, insoniyat qalbi va ruhiyatini tuganmas ma’naviy
oziq bilan to‘ydirib boraveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Omon Matjon. “Seni yaxshi ko‘raman”. She’rlar.Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va
san’at nashriyoti. 1981. B. 335, 10-bet.
2.
Alisher Navoiy. “Badoye ul-bidoya”, 489 bet. 458-bet.
3.
Buriyeva, F. (2025, March). Yunus Emro she’riyati: adabiy an’ana va individual uslub.
In International Conference on Adaptive Learning Technologies (Vol. 15, pp. 37-39).
4.
Maxtumquli. Ustozingdan ayrilma. Toshkent. “O‘zbekiston”, 2012. B.176, 46-bet.
5.
Haynrix Hayne. Ro‘yolar turkumidan. Ziyouz.com
6.
Matjon O. Maqsudam (she’rlar)-T.: “Adabiyot” nashriyoti, 2021-128b.
21-b., 27-b.