Mualliflar

  • Xoliqulova Xolida Yorqulovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112557

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Mavlono Lutfiy Hiriy Shoshiy manbalar lutfiyshunoslik devon qo‘lyozmalar.

Annotasiya

Annotatsiya. Mavlono Lutfiy haqidagi ma’lumotlar, Lutfiyi Shoshiy, shoir ismi, tug‘ilgan va 
vafot  etgan  yillari,  devon  qo‘lyozmalari,  she’riy  janrlar,  “Gul  va  Navro‘z”  asari  muallifligi 
masalalariga  doir  fikrlar  manbalar  hamda  ma’lumotlar  asosida  umumlashtirildi,  munozarali 
o‘rinlarga  munosabat  bildirildi.  Bunda  Shayx  Ahmad  ibn  Xudoydod  Taroziyning  “Funun  ul  - 
balog‘a”,  Alisher  Navoiyning  “Badoe  ul-bidoya”,  “Majolis  un  -  nafois”,  “Nasoyim  ul  - 
muhabbat”,  “Holoti  Pahlovon  Muhammad”,  “Muhokamat  ul-lug‘atayn”,  G‘iyosiddin 
Xondamirning  “Makorim  ul  axloq”,  XVI  –XX  asrlarda  yaratilgan  “Tazkirat  ut-tavorix”,  “Riyoz 
ush  -  shuaro”  kabi  manbalardagi  ma’lumotlar,  lutfiyshunos  olimlarning  qarashlari  qiyoslandi, 
tahlil etildi, xulosalar berildi. 


background image

418

LUTFIYSHUNOSLIK TARIXIGA BIR NAZAR

Xoliqulova Xolida Yorqulovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi katta oʻqituvchisi

xolidayorqulovna@mail.ru

Annotatsiya.

Mavlono Lutfiy haqidagi ma’lumotlar, Lutfiyi Shoshiy, shoir ismi, tug‘ilgan va

vafot etgan yillari, devon qo‘lyozmalari, she’riy janrlar, “Gul va Navro‘z” asari muallifligi
masalalariga doir fikrlar manbalar hamda ma’lumotlar asosida umumlashtirildi, munozarali
o‘rinlarga munosabat bildirildi. Bunda Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning “Funun ul -
balog‘a”, Alisher Navoiyning “Badoe ul-bidoya”, “Majolis un - nafois”, “Nasoyim ul -
muhabbat”, “Holoti Pahlovon Muhammad”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, G‘iyosiddin
Xondamirning “Makorim ul axloq”, XVI –XX asrlarda yaratilgan “Tazkirat ut-tavorix”, “Riyoz
ush - shuaro” kabi manbalardagi ma’lumotlar, lutfiyshunos olimlarning qarashlari qiyoslandi,
tahlil etildi, xulosalar berildi.

Kalit so‘zlar.

Mavlono Lutfiy, Hiriy, Shoshiy, manbalar, lutfiyshunoslik, devon,

qo‘lyozmalar.

LUTHFIY ÇALIŞMALARININ TARİHİNE BİR BAKIŞ

Kholikulova Kholida Yorkulovna

Semerkant Ekonomi ve hizmet enstitüsü akademik lisesi öğretmeni

Özet.

Mevlana Lütfi, Lütfiyi Şoşi hakkında bilgiler, şairin adı, doğum ve ölüm yılları, divan

yazmaları, şiir türleri, "Çiçek ve Nevruz" adlı eserin yazarlığı hakkındaki görüşler kaynak ve
bilgilere dayanarak özetlenerek, tartışmalı noktalara değinilmiştir. Bunda Şeyh Ahmed ibn
Hudoydad Tarazi'nin "Funun ul-baloga"sı, Alisher Navoi'nin "Badoe ul-bidoya"sı, "Majolis un-
nafais", "Nasoyim ul-muhabbat", "Holoti Pahlovon Muhammad", "Muhokamat ul-lughayn",
Ghiyosiddin Khandamir'in "Makarim"i gibi kaynaklardan alınan bilgiler yer almaktadır. 16-20.
yüzyıllarda yaratılan "ul-ahloq", "Tazkirat ut-tavorikh", "Riyaz ush-shuaro" ile lütuf alimlerinin
görüşleri karşılaştırılmış, analiz edilmiş ve sonuçlar çıkarılmıştır.

Anahtar kelimeler.

Mevlana Lütfi, Hiri, Şoşi, kaynaklar, Lütfi çalışmaları, divan, yazmalar.

ВЗГЛЯД НА ИСТОРИЮ ИССЛЕДОВАНИЙ ЛУТФИЙ

Холикулова Холида Ёркуловна

старший преподаватель академического лицея

Самаркандского института экономики и сервиса

Аннотация.

Информация о Мавлоно Лутфи, Лутфи Шоший, имя поэта, годы

рождения и смерти, рукописи дивана, поэтические жанры, авторство произведения "Гуль и
Навруз" обобщены на основе источников и информации, высказаны мнения по
дискуссионным вопросам. При этом были сопоставлены и проанализированы сведения из
таких источников, как "Фунун ул-балога" Шейха Ахмада ибн Худойдода Тарози, "Бадое ул-
бидоя," "Маджалис ун-нафоис," "Насойим ул-мухаббат," "Холоти Пахлавон Мухаммад,"
"Мухокамат ул-лугатайн," "Макарим ул ахлок" Гиёсиддина Хондамира, "Тазкират ут-
таворих," "Риёз уш-шуаро," созданные в XVI-XX веках, взгляды учёных-поэтов.

Ключевые слова.

Мавлана Лутфи, Хири, Шаши, источники, лутфиведение, диван,

рукописи.


background image

419

A LOOK AT THE HISTORY OF LUTHFIY STUDIES

Kholikulova Kholida Yorkulovna,

head teacher of the academic lyceum of the Samarkand institute of economics and service

Abstract.

Information about Mawlana Lutfi, Lutfi Shoshi, the poet's name, birth and death

dates, manuscripts of the divan, poetic genres, opinions on the authorship of the work "Gul and
Navruz" were summarized based on sources and information, and opinions were expressed on
controversial points. In this regard, information from sources such as Sheikh Ahmad ibn
Khudoydod Tarozi's "Funun ul-balog‘a," Alisher Navoi's "Badoe ul-bidoya," "Majolis un-nafois,"
"Nasoyim ul-muhabbat," "Holoti Pahlavon Muhammad," "Muhokamat ul-lug‘atayn," Ghiyosiddin
Khondamir's "Makorim ul-axloq," "Tazkirat ut-tavorix," "Riyoz ush-shuaro," created in the 16th-
20th centuries, and the views of Lutfi scholars were compared, analyzed, and conclusions were
drawn.

Keywords.

Mavlono Lutfiy, Hiriy, Shoshiy, sources, Lutfiy studies, divan, manuscripts.

Musulmon Sharqi, ayniqsa, Markaziy Osiyoning madaniyati tarixida Amir Temur va

temuriylar hukmronlik davri - XIV asr ikkinchi yarmidan XVI asrning boshlarigacha bo‘lgan davr
so‘nggi umumiy tarixiy rivojlanishga juda katta ta’sir ko‘rsatgan yorqin sermazmun, samarali davr
hisoblanadi. Bu davrda o‘zbek tili adabiy til sifatida uzul-kesil shakllandi va Markaziy Osiyoning
so‘nggi madaniy rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu yuksalish, birinchi navbatda, Amir Temur nomi
va faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, uning o‘g‘illari, nabira va boshqa avlodlari u boshlab bergan
ijtimoiy-madaniy hayotdagi yo‘nalishlarni davom ettirishga, temuriylar saltanatining an’analarini
saqlab qolishga harakat qildilar. Shu davrlarda o‘zbek adabiyotida Lutfiy, Atoiy, Gadoiy, Sakkokiy
kabi zabardast shoirlar yetishib chiqqan. Ular o‘z ijodiy faoliyati orqali ming yillik tarixga ega
bo‘lgan adabiyotimizning rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan.

XIV-XV asr o‘zbek adabiyotining zabardast vakili shoir malono Lutfiydir. Mavlono

Lutfiyning hayoti va adabiy merosi haqida qator yozma manbalarda, jumladan, Shayx Ahmad ibn
Xudoydod Taroziyning 1437-yilda Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan “Funun ul - balog‘a”,
Alisher Navoiyning “Badoe ul bidoya”, “Majolis un - nafois”, “Nasoyim ul - muhabbat”, “Holoti
Pahlovon Muhammad”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, G‘iyosiddin Xondamirning “Makorim ul
axloq”, XVI –XX asrlarda yaratilgan “Tazkirat ut-tavorix”, “Riyoz ush - shuaro” kabi asarlarda
ma’lumotlar uchraydi. Ammo ular shoirning biografiyasini to‘liq yoritishga imkon bermaydi.
Chunki shoirning taxallusi ma’lum bo‘lgani holda hozirga qadar uning asl nomi, ota-onasi,
tug‘ilgan yil va joyi, tahsil joylari, safarlar va shunga o‘xshash muhim sanalgan masalalarga tegishli
ma’lumotlar noma’lum bo‘lib, shuning natijasida bu muommolarga doir turli taxmin va
mulohazalarning aytilishiga sabab bo‘lib kelmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Lutfiy 1366-yili
Hirot chekkasidagi Dehikanor nomli yerda tug‘ilgan, hayotining ko‘p qismini shu yerda o‘tkazgan
va Navoiy aytganidek, 99 yil umr ko‘rib shu yerning o‘zida dafn qilingan: “to‘qson to‘qqiz
yashadi… Bu faqir borasida ko‘p fotihalar o‘qubtur. Umed ulkim, chun darvesh kishi erdi, ba’zi
mustajob bo‘lmish bo‘lg‘ay.

Mavlononing qabri shahr navohisida Dehikanordakim, o‘z maskani erdi, andadurur”.[1, 62]
Demak, vafot etgan joylari Hirotning Dehikanoridadur. Lekin shoirning tug‘ilgan joyi

haqida turlicha fikrlar uchraydi. 1993- yil professor Ergash Umarov tomonidan Angliyaning
Bodlean kutubxonasidan topilgan “Funun ul - balog‘a” asarida “… ma’danul –latoyif Lutfiyi
Shoshiy”, “Lutfiyi Shoshiy aytur” tarzida ta’riflar uchraydi. Bu ma’lumotlarga tayanib
adabiyotshunos olim A.Hayitmetov Lutfiyning toshkentlik ekanligini, ma’lum sabablar bilan
Hirotga borib, u yerda keyinchalik katta obro‘topganligini ta’kidlaydi.[5]

Bu xususda akademik B.Valixo‘jayev o‘zining “Malik ul-kalom mavlono Lutfiy”

risoldasida ilmiy mulohazali fikrlar beradi. Olim yuqoridagi fikrlarga Alisher Navoiyning “Majolis


background image

420

un - nafois”ining ikkinchi tahriridan (1498) “Mutaqaddim turkigo‘y shuarodin xoh mavlono Lutfiy
va xoh mavlono Sakkokiykim, Movarounnahrda malik ul-kalom erdilar…”, “Malono Lutfiy
Xuroson mulkida turkiy va forsiyda malik ul-kalom erdi” kabi parchalarni muqoyasa qilgan holda
Lutfiyning tug‘ilgan vatani haqida hozircha ikki mulohaza: biri – Toshkent, ikkinchisi- Hirot
ekanligini aytib o‘tadi. [9, 15-17]

Shu o‘rinda Lutfiyning ko‘pgina manbalarda “Lutfiyi Hiriy” deb nomlanishi uning

sabzavorlik, nishopurlik, kashmirlik, mashhadlik va boshqa Lutfiy taxallusli ijodkorlardan
farqlaydi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda shoirning tug‘ilgan yurti Hirotning Dehikanori deb
aytib o‘tiladi.

Mavlono Lutfiyning asl nomi, ota – onasi, tahsil yillari haqida ham ma’lumot qariyb

uchramaydi. Ayrim manbalarda, jumladan, maktab darsliklarida shoirning ismi Lutfullo deb
keltirilgan. Lekin bularni ham ilmiy asoslangan deb bo‘lmaydi. Mavlononing tarjimayi holiga doir
qisqacha ma’lumotlarni Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”ida “Mavlono yigitligida ulumi
zohiriyni takmil qilg‘ondin so‘ngra Mavlono Shahobiddin Xiyoboniy (alayhirrahma) qoshida sufiya
tariyqida ham suluk qilg‘ondur. Aziz va mutabarrak kishi erdi” [1, 62], - tarzida uchratamiz.

Ma’lumki, mavlono Lutfiyning hayoti va adabiy faoliyati Amir Temur hamda uning o‘g‘li

va nabiralaridan bo‘lmish Shoxruh Mirzo (1409-1447), Mirzo Ulug‘bek (1409-1449), Abulqosim
Bobur (1452-1457), Abu Said Mirzo (1452-1468) va sultoni sohibqiron Husayn Boyqaro (1469-
1506) hukmronliklari davrida kechdi. Shunday bo‘lsa-da, shoir tug‘ilgan va vafot etgan yili haqida
Alisher Navoiy va Xondamir asarlarida aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Adabiyotshunos olim
Ismoil Hikmat Ertaylon XV asrda yashagan Abdulloh Kobuliyning “Tazkirat ut-tavorix” asaridagi
ma’lumotga asoslangan holda mavlononing tug‘ilgan yilini 1395 (hijriy 797), vafotini 1492 -(hijriy
879) yil deb aytgan. Bu ma’lumot A.O‘rinboyevning “Sharofiddin Ali Yazdiy va uning
“Zafarnoma” asari qo‘lyozmasi” nomli maqolasida ham uchraydi. Ko‘pchilik olimlar
(E.Ahmadxo‘jayev va boshqalar) shoirning tug‘ilgan va vafot etgan yilini 1366-1465-yillar deb
ko‘rsatadi. Akademik B.Valixo‘jayev bu yillarning hech birga qo‘shilmagani holda o‘z fikrlarini
quyidagicha izohlaydi: “Alisher Navoiy o‘zigacha bo‘lgan davrda she’rlarini devon holga keltirgan
shoirlar haqida gapirganda ularni ikki guruhga ajratadi: birinchi guruhga “baqo mulkida foniy”
bo‘lganlar, ya’ni vafot etganlarni, jumladan, Amir Xusrav Dehlaviy va Xoja Hofiz Sheroziylarni
kiritadi va ularni “avvalgi zumradin

10

” deb uqtiradiki, bu tabiiy holdir.

Ikkinchi guruhga “holo fano dayrida boqiydurlar” (hozirgi kunda boqiydurlar – borlar -

tiriklar) deb Abdurahmon Jomiy, mavlono Sakkokiy, mavlono Lutfiy va Shayxim Suhayliylarning
ham o‘z she’rlaridan devon tuzgan shoirlar sifatida kiritadi va “devonlari mavjud bo‘lg‘ay” deb
yozadi. Demak, “Badiyi ul-bidoya” ning debochasi yozilayotgan vaqtda, ya’ni 1478-1479-yillar
Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliylar kabi mavlono Sakkokiy va mavlono Lutfiylar ham tirik
bo‘lganlar va devonlari mavjud bo‘lgan...

Bas shunday ekan, mavlono Lutfiy 1478-1479-yillarda tirik bo‘lganlar va Davlatshoh

Samarqandiyning tazkirasi yozilayotgan vaqtda – 1486-1487-yillarda vafot etgan kishi sifatida tilga
olinar ekanlar, unda mavlono Lutfiy taxminan 1482-1483-yillarda olamdan o‘tgan deb hisoblansa
va shundan kelib chiqib tug‘ilgan yillarini taxminan 1385-1486-yillar deb hisoblansa, haqiqatga
yaqin bo‘lsa kerak deb o‘ylaymiz”. [9, 12-13]

Lutfiy o‘zbek adabiyotining Alisher Navoiyga qadar yetishgan eng katta va atoqli

namoyandasidir. Ma’lumki, mavlono Lutfiy turkiy va forsiy tillarda ijod qilib, o‘z she’rlarini devon
shaklida tartib bergan. Bu haqida Navoiy “…o‘z zamonining malik ul – kalomi erdi, forsiy va
turkiyda naziri yo‘q erdi, ammo turkiyda shuhrati ko‘prak erdi va turkcha devoni ham mashhurdir
va mumtaazzirul javob matla’lari bor, ul jumladin biri budurkim:

Nozukluk ichra belicha yo‘q tori gisuyi,

O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi.

Yana bir bukim:

10

“zumra” – guruh, toifa.


background image

421

Sayd etti dilbarim meni oshufta sochdin,
Soldi kamand bo‘ynuma ikki qulochdin”, - [1, 61]

deb yozadi. Hozirgi kunda Lutfiyning turkiy sh’rlaridan iborat devonining turli davrlarda
ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxalari ma’lum. Nusxalar soni haqida fikrlar turlicha. Akademik
B.Valixo‘jaev “XVI-XIX asrlar davomida ko‘chirilgan 33 qo‘lyozma nusxa”si [9, 25] borligini
ta’kidlasa, E.Ahmadxo‘jaev esa “noma’lum yangi – yangi nusxalari aniqlanib shoir devoni
qo‘lyozmalarining soni 34 taga” [4, 40] yetkazilganligini aytadi. Bundan ko‘rinadiki, Lutfiyning
lirikasiga bo‘lgan qiziqish katta bo‘lgan. Uning muxlislari devonning Toshkent, Sankt – Peterburg,
Dushanbe, Istanbul, Tehron kabi nusxalarini yaratishga ehtiyoj sezganlar.

Shoirning forsiy tildagi asarlarini to‘plab devon tuzgani bizga ma’lum bo‘lmasa-da, uning

bu tilda ham katta mahorat bilan ijod qilganligini zamondoshlari munosib baholagan edilar:
“Akbarshoh zamonida yashagan Abdulloh Kobuliy o‘zining “Tazkirat ut -tavorix” asarida Lutfiy
merosi haqida so‘z ochib “dar forsi she’ri zebo va qasidai g‘arro dorad” (“forsiyda go‘zal she’rlari
va porloq qasidalari bor”) deb aytadi.[7, 246]

Shoir Lutfiy lirikasining hajmi va janrlar tarkibi haqida gapiradigan bo‘lsak, boy meros

qolganligiga amin bo‘lamiz.[9, 96] Lutfiy she’riyatining baytlar soni haqida ilk ma’lumotni
Xondamirning “Makorim ul - axloq”ida uchratamiz.Unda shoirning turkiy va forsiyda yozilgan 10-
12 ming bayti haqida so‘z boradi.Abdulloh Kobuliy o‘zining “Tazkirat ut - tavorix” asarida 3 ming
baytga yaqin she’rlari borligini aytsa, lutfiyshunos olim E.Ahmadxo‘jayev Lutfiyning 2774 bayt –
5548 misradan ortiq she’riy merosini aniqlagan. B.Valixo‘jayev shoir she’riyatning hajmini 2774
bayt – 5548 misra deb e’tirof etadi.[9, 25]

Lutfiy devonining janriy ko‘lami ham turlicha ko‘rsatiladi: 5 xil – g‘azal, tuyuq, qit’a,

ruboiy, qasida (N.Mallaev); 7 xil- g‘azal, qasida, ruboiy, to‘rtlik, tuyuq, qit’a, fard (B.Valixo‘jayev)
deb ta’kidlanadi.

Lutfiy devonida yetakchi janr g‘azal bo‘lib, uning soni 372 ta bo‘lib 4172 misra – 2774

baytni tashkil etadi. Bu g‘azallarning ko‘pchiligi 5-7 baytdan iborat bo‘lib, 9 baytlilari ham bor.
Lutfiyning bizgacha yetib kelgan she’riyatida g‘azal janridan keyin son jihatdan to‘rtlik va uning
turlari turadi. Lutfiy to‘rtliklarining xillari – to‘rtlik, ruboiy, to‘rt misralik qit’a, tuyuqlardan iborat.
Navoiy o‘zining “Holoti Pahlavon Muhammad” asarida Lutfiyni “hohir ahli shuarosi”, ya’ni
dunyoviy mavzular talqinida mahorat ko‘rsatgan shoir sifatida alohida xarakterlaydi. Shoir
lirikasida ancha keng o‘rin tutgan dunyoviy mavzular, ayni paytda diniy – tasavvufiy mavzular
bilan uyg‘unlashib, bir –birini to‘ldirib keladi.Shu tarzda ular majoz va haqiqat birligini tashkil
eatdi. Shoir oshiq, mahbuba va raqib obrazlarini, ularning turli holat va kayfiyatlarini tasvirlab,
insoning ruhiy kechinmalarini mohirlik bilan ochadi, rang – barang badiiy usullar qo‘llaydi.

Alisher Navoiy keltirgan ma’lumotlar orqali mavlono Lutfiy “Zafarnoma” nomli asarni o‘n

ikki ming bayt hajmida masnaviy tarzida tarjima qilganligini bilish mumkin. “Zafarnoma”ning
muallifi Sharofiddin Ali Yazdiy degan fikr hozirgi kunda mavjud bo‘lib, bu haqda turlicha qarashlar
bor. [1, 28-29] Afsuski, asar muallafi haqida Alisher Navoiy hech qanday ma’lumot bermaydi.
Lutfiy “Zafarnoma”sini tugatmagan yoki oqqa ko‘chirmagan bo‘lishi mumkin.[9, 212] Asar
temuriylardan Boysung‘ur Mirzo va Shohruh Mirzoga bag‘ishlangan.

Yaqin kunlargacha mavlono Lutfiyga nisbat berilayotgan “Gul va Navro‘z” dostoni keyingi

yillarda ilmiy muomalaga kiritilgan manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra Haydar Xorazmiyniki deb
ko‘rsatilmoqda. Bu mavzuga doir ilmiy munozaralar bir qator maqola va ilmiy asrlarda ko‘zga
tashlanadi. Jumladan, Z.M.Boburning “Risolayi aruz” asarining 1970-1971-yillarda nashr
qilinganidan so‘ng boshlanib, S.Erkinovning “Yana “Gul va Navro‘z”ning muallifi haqida”,
E.Fozilovning “Lutfiyning “Gul-u Navro‘z”i haqida”, B.Valixo‘jayevning “Gul va Navro‘z”
bahsiga doir”, A.Hayitmetovning “Dilimizga juda yaqin”, Y.Is’hoqovning “Gul va Navro‘z”ning
muallaifi masalasi”, A.Rustamovning “Gul-u Navro‘z”ning muallifi to‘g‘risida” kabi ilmiy
maqolalarida bu haqda munozarali fikrlar olib borilgan.


background image

422

Ahmad Taroziyning “Funun al – balog‘a” asari 1994-yilda topilgach, bu masala o‘z

yechimini topdi. Asarda aytilishicha, “Gul va Navro‘z” dostoni Lutfiy qalamiga emas, Haydar
Xorazmiy qalamiga mansub.

Xulosa qilib aytganda, Mavlono Lutfiy hayoti va ijodiga doir manbalar anchagina bo‘lsa-da,

lekin ijodkor haqidagi ma’lumotlar bizgacha to‘liq yetib kelmagan. Yangi manbalarning topilishi
ayrim noaniqliklarni bartaraf etishi bilan birga, boshqa munozarali, muommoli ma’lumotlarni
beradiki, bu lutfiyshunos mutaxassislar oldida bir qancha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar
borligini ham belgilaydi. Umid qilamizki, kelajakda adabiyot tarixiga doir noaniqliklarga yechim
beradigan qo‘lyozmalar aniqlanadi, o‘rganiladi. Bu esa mumtoz adabiyot tarixi sahifalarini yangi-
yangi ma’lumotlar bilan boyitadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Алишер Навоий. Мажолис ун-нафоис. 15 томлик, 12-том. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги БАН.,
1966.

2.

Ахмадхўжаев Э. Лутфийнинг янги топилган фардлари.// “Адабий мерос” тўплами, 1976
йил, 6- сон, 39-42- бетлар.

3.

Аҳмадхўжаев Э. Мавлоно Лутфий Навоий таърифида.// “Адабий мерос” тњплами, 1984
йил, 1-сон. 40-49-бетлар.

4.

Аҳмадхўжаев Э. Туркий назмнинг сеҳргари. – Т.: Фан, 1992. – Б.68.

5.

Ҳайитметов А. Дилимизга жуда яқин. // “Ўзбекистон адабиёти ва санъати” газетаси, 1998
йил, 17-апрел, 5-б.

6.

Buriyeva, F. (2024). Zamonaviy she’riyatda diniy-tasavvufiy mavzu va timsollar
an’anaviyligi.

Miasto Przyszłości

,

53

, 1347-1350.

7.

Исҳоқов Ё. “Гул ва Наврўз”нинг муаллифи масаласи. //“Ўзбек тили ва адабиёти”
журнали, 1972 йил, 1-сон.

8.

Маънавият юлдузлари.–Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2001. -Б. 408.

9.

Навоийнинг нигоҳи тушган. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986. -
Б. 400.

10.

Валихўжаев Б. Малик ул – калом мавлоно Лутфий. – Самарқанд: СамДУ нашри, 1999. -
Б.115.

11.

Эркинов С. Яна “Гул ва Наврўз”нинг муаллифи ҳақида.//”Ўзбек тили ва адабиёти”
журнали, 1972 йил, 2-сон.


Bibliografik manbalar

Алишер Навоий. Мажолис ун-нафоис. 15 томлик, 12-том. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги БАН.,

Ахмадхўжаев Э. Лутфийнинг янги топилган фардлари.// “Адабий мерос” тўплами, 1976

йил, 6- сон, 39-42- бетлар.

Аҳмадхўжаев Э. Мавлоно Лутфий Навоий таърифида.// “Адабий мерос” тњплами, 1984

йил, 1-сон. 40-49-бетлар.

Аҳмадхўжаев Э. Туркий назмнинг сеҳргари. – Т.: Фан, 1992. – Б.68.

Ҳайитметов А. Дилимизга жуда яқин. // “Ўзбекистон адабиёти ва санъати” газетаси, 1998

йил, 17-апрел, 5-б.

Buriyeva, F. (2024). Zamonaviy she’riyatda diniy-tasavvufiy mavzu va timsollar

an’anaviyligi. Miasto Przyszłości, 53, 1347-1350.

Исҳоқов Ё. “Гул ва Наврўз”нинг муаллифи масаласи. //“Ўзбек тили ва адабиёти”

журнали, 1972 йил, 1-сон.

Маънавият юлдузлари.–Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2001. -Б. 408.

Навоийнинг нигоҳи тушган. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986. -

Б. 400.

Валихўжаев Б. Малик ул – калом мавлоно Лутфий. – Самарқанд: СамДУ нашри, 1999. -

Б.115.

Эркинов С. Яна “Гул ва Наврўз”нинг муаллифи ҳақида.//”Ўзбек тили ва адабиёти”

журнали, 1972 йил, 2-сон.