Mualliflar

  • Yoqubova Safiya Xamdamovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112563

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: ijodkor orifona mazmuni oshiqona ruh ma’rifiy she’riyat devon adabiyoti sohibi devon bayoz tushunchasi.

Annotasiya

 
Annotasiya.  Ushbu  maqolada  Faqiriy  ijodi  adabiyotda  yangilik  kasb  etishi    Ijodkorning 
merosi  orifona  mazmuni,  oshiqona  ruhi  bilan  o‘zbek  adabiyotida  yangilik  sifatida  o‘rganilishi 
Faqiriy ijodini o‘rganilish tarixi va davr adabiy muhitida tutgan o‘rni, shoir devonining nusxalari, 
ularning  tarkibi,  shoir  ijodida  zullisonaynlik  an’analari,  irfoniy-tasavvufiy  motivlar,    o‘zbekcha 
g‘azallarining irfoniy sintezi va badiiy obrazlarning majoziy, diniy, falsafiy talqini ochib berilgan; 
shoir she’riyatida mavzular rang-barangligi, janr xususiyatlari, shoir ijodida payravlik, tatabbu’ va 
naziralar  bitish,  uning  lirik  devonidagi  g‘azal,  qasida,  qit’a,  tarjiot,  soqiynoma,  munojot, 
munoqaba,  mussamat  va  mustazod  turkumidagi  she’rlarning  an’anaviylik  va  novatorlik 
xususiyatlari aniqlangan. Ismoilxon Faqiriy adabiy merosi muhim ahamiyatga egaligi va uning ijod 
namunalari adabiyot ahliga yetib borishi haqida so‘z yuritilgan. 


background image

394

ADABIYOT SOHASIDA ISMOILXON FAQIRIY YANGI IJODKOR

Yoqubova Safiya Xamdamovna,

Sharof Rashidov nomidagi SamDU Urgut filiali

tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi assistenti

Annotasiya.

Ushbu maqolada

Faqiriy ijodi adabiyotda yangilik kasb etishi Ijodkorning

merosi orifona mazmuni, oshiqona ruhi bilan o‘zbek adabiyotida yangilik sifatida o‘rganilishi
Faqiriy ijodini o‘rganilish tarixi va davr adabiy muhitida tutgan o‘rni, shoir devonining nusxalari,
ularning tarkibi, shoir ijodida zullisonaynlik an’analari, irfoniy-tasavvufiy motivlar, o‘zbekcha
g‘azallarining irfoniy sintezi va badiiy obrazlarning majoziy, diniy, falsafiy talqini ochib berilgan;
shoir she’riyatida mavzular rang-barangligi, janr xususiyatlari, shoir ijodida payravlik, tatabbu’ va
naziralar bitish, uning lirik devonidagi g‘azal, qasida, qit’a, tarjiot, soqiynoma, munojot,
munoqaba, mussamat va mustazod turkumidagi she’rlarning an’anaviylik va novatorlik
xususiyatlari aniqlangan. Ismoilxon Faqiriy adabiy merosi muhim ahamiyatga egaligi va uning ijod
namunalari adabiyot ahliga yetib borishi haqida so‘z yuritilgan.

Kalit soʻzlar

: ijodkor, orifona mazmuni, oshiqona ruh, ma’rifiy she’riyat, devon adabiyoti,

sohibi devon, bayoz tushunchasi.

ISMAYLKHAN FAKIRII EDEBİYAT ALANINDA YENİ BİR YARATICIDIR

Yakubova Safiya Hamdamovna,

SamSU’nun Urgut şubesi Şerof Raşidov'un adını aldı

dil öğretim yöntemleri bölümü asistanı

Özet.

Bu makalede Faqiri'nin edebiyatta yenilikçiliği, yazarın mirası, şiirsel içeriği ve

romantik ruha sahip Özbek edebiyatında bir yenilik olarak incelenmesi ele alınmaktadır. Fakiri'nin
eserinin incelenmesinin tarihçesi ve dönemin edebi ortamındaki yeri, şairin divanının nüshaları,
bunların tertibi, şairin eserlerindeki Zülziyonayn gelenekleri, tasavvufî-mistik motifler, Özbek
gazellerinin tasavvufî sentezi, sanatsal imgelerin figüratif, dinî ve felsefi yorumu ortaya
konulmuştur. Şairin şiirlerindeki tema çeşitliliği, tür özellikleri, şiirlerinde paralellik, mersiye ve
kaside türlerinin varlığı, gazel, kaside, kıra, tarjot, sokıyname, münocat, münokabâ, müssâmat ve
müstezad gibi lirik külliyatındaki şiirlerin geleneksel ve yenilikçi özellikleri tespit edilmiştir.
İsmailhan Fakiri'nin edebi mirasının büyük önem taşıdığı ve eserlerinin örneklerinin edebiyat
çevrelerine ulaşmasının sağlanması görüşüldü.

Anahtar kelimeler.

Yaratıcı deha, orifona içerik, romantik ruh, aydın şiir, divan edebiyatı,

divan sahibi, bayoz kavramı.

ИСМАИЛХАН ФАХИРИ – НОВЫЙ ТВОРЕЦ В ЛИТЕРАТУРЕ

Якубова Сафия Хамдамовна,

Филиал СамДу Ургут имени Шарофа Рашидова

ассистент факультета педагогики и языков

Аннотация.

В данной статье творчество Факири является новинкой в литературе,

наследие создателя исследуется как новизна в узбекской литературе с его орифонным
содержанием, романтическим духом, история изучения творчества Факири и его место в
литературной среде Узбекистана. время, копии кабинета поэта, их композиция,
Зуллисанайн в традициях творчества поэта, мистико-мистические мотивы, мистический
синтез узбекских газелей и художественных раскрывается образная, религиозная,
философская интерпретация образов; многообразие тем в поэзии поэта, жанровые


background image

395

особенности, композиция произведений поэта, композиция стихов, татаббу' и назира,
стихи газели, касыды, кита, тарджиот, сокинама, муноджот, мунокаба, муссамат и
мустазад серии в его лирической книге определены характеристики традиционности и
новаторства. Было сказано, что литературное наследие Исмаила Хана Факири важно и
что его произведения дойдут до литераторов.

Ключевые

слова

:

создатель,

значение

орифоны,

романтический

дух,

просветительская по

эзия, деванская литература, владелец девана, концепция баяза.

ISMAILKHAN FAHIRI – A NEW CREATOR IN LITERATURE

Yakubova Safiya Khamdamovna,

branch of SamDU Urgut named after Sharof Rashidov

assistant at the faculty of pedagogy and languages

Annotation.

In this article, Fakhiri's work is a novelty in literature, the legacy of the creator

is explored as a novelty in Uzbek literature with its orifon content, romantic spirit, the history of the
study of Fakhiri's work and its place in the literary environment of Uzbekistan. time, copies of the
poet's office, their composition, Zullisanayn in the traditions of the poet's work, mystical and
mystical motives, mystical synthesis of Uzbek ghazals and artistic figurative, religious,
philosophical interpretation of images is revealed; the diversity of themes in the poet's poetry,
genre features, the composition of the poet's works, the composition of poems, tatabbu' and nazira,
verses of the ghazal, qasida, kita, tarjot, sokiynama, munojot, munoqaba, musamat and mustazad
series in his lyrical book are defined the characteristics of traditionality and innovation. It was said
that the literary legacy of Ismail Khan Fakhiri is important and that his works will reach the
literary community.

Key words.

Creator, meaning of oriphon, divine spirit, educational poetry, Devan literature,

owner of the devan, concept of bayaz.

Kirish (Introduction).

Har bir ulug‘ shoirning dunyoga kelishi alohida hodisa. Alohidaligi

shundaki, chin shoir ijodiyoti millat ma’naviy hayotida yangi o‘zgarishlar, tafakkurda esa
yuksalishlar paydo etadi. Shuningdek, haqiqiy shoir har qanday sharoitda ham xalqining
ishonchlarini oqlash bilan bir qatorda, uning qalb tayanchi ham bo‘la oladi. Faqiriy ijodini
o‘rganilish tarixi va davr adabiy muhitida tutgan o‘rni, shoir devonining nusxalari, ularning tarkibi,
shoir ijodida zullisonaynlik an’analari, irfoniy-tasavvufiy motivlar, o‘zbekcha g‘azallarining
irfoniy sintezi va badiiy obrazlarning majoziy, diniy, falsafiy talqini ochib berilgan; shoir
she’riyatida mavzular rang-barangligi, janr xususiyatlari, shoir ijodida payravlik, tatabbu’ va
naziralar bitish, uning lirik devonidagi g‘azal, qasida, qit’a, tarjiot, soqiynoma, munojot, munoqaba,
mussamat va mustazod turkumidagi she’rlarning an’anaviylik va novatorlik xususiyatlari
aniqlangan.

Faqiriyning mumtoz adabiyotning turli tarixiy bosqichlarida vujudga kelgan so‘fiya,

kubraviya, qalandariya, naqshbandiya ta’limotlariga moyilligi, uning lirik she’rlarida ushbu
motivlarning hayotiy voqeliklar bilan uyg‘un holda aks etishi isbotlangan. Shoir nomi davlat
miqyosida ilk marta Shahrisabzning 2700-yilligiga bag‘ishlangan anjumanda O‘zbekiston birinchi
Prezidenti tomonidan tilga olindi. Darhahihat, doktor, professor Shodmon Vohidov hamda yosh
olim, adibning nabirasi Mas’udxon Ismoiliyning say’u-g‘ayratlari bilan Faqiriy nomi jahon
qomuslariga kirgan edi. Bu ma’noda Faqiriy ularning kashfiyoti deb aytsak xato bo‘lmas. So‘nggi
yillarda barcha fanlar qatori adabiyot sohasiga ham alohida e’tibor berilib kelinmoqda. Shu oʻrinda
yana bir mulohazani keltirish lozim deb oʻylaymiz. Izlanishlar natijalari va undan chiqarilgan
xulosalar fors-tojik adabiyotining tadrijiy shakllanish bosqichlarini belgilash, milliy adabiyot
taraqiyotida adabiy oqimlar va madaniy markazlarning o‘rnini aniqlash, tojik adabiyoti tarixida
tasavvuf ta’limoti ildizlarini ochib berish hamda adabiy aloqalar, adabiy jarayon, adabiyot tarixi


background image

396

kabi fanlardan muhim manba bo‘lib xizmat qilishi adabiyot sohasi uchun yangilik sanaladi.
Ijodkorning taxallusi “Shahrisabziy” deb yuritilgan bo‘lsada shoirona taxallus emas, balki mazkur
Vatanga mansublik guvohnomasidir, Faqiriy hazratlarining tug‘ilib o‘sgan vatanlari Markaziy
Osiyoning qadimiy ilm-fan o‘choqlaridan bo‘lmish Shahrisabz shahridir.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).

XX asr o‘zbek ma’rifiy

she’riyatining yombi ijodkori, devon adabiyotining kamtar vakili, alloma va shayx, Naqshbandiya
tariqati murshidi komili, Payg‘ambar avlodi, zokir, ijodkor, shokir va sobir so‘z san’atkori, Faqiriy-
Shahrisabziy hazratlari o‘zlarining devonu g‘azaliyotlari bilan adabiyotimizga yangitdan kirib keldi
desak xato bo‘lmaydi. Birinchi prezident iltifotidan keyin Ismoilxon Faqiriy vorislarining ko‘ngli
ko‘tarildi va adibning boy ijodi faolroq o‘rganila boshlandi. Xususan, professor Shodmon Vohidov
hamda yosh olim, adibning nabirasi Mas’udxon Ismoiliylarning ushbu adib haqida ko‘plab
ma’lumotlar ijodiga doir bir qancha ilmiy maqolalar bitishgan.

Demak, so‘nggi yillarda barcha fanlar qatori adabiyot sohasiga ham alohida e’tibor berilib

kelinmoqda.

Faqiriy hazratlari biz o‘rgangan Oybek, G‘afur G‘ulom, Shayxzoda, Habibiy kabi adiblarga

zamondosh esalar-da, shayxligi, islomiy hayoti, ijodining ilohiy ma’rifatga asoslangani bois nomlari
ham, ijodlari ham aslo yuzaga chiqmagan, adib ham bunga zinhor parvo qilmasdan: «Bizning
hazfporaga ham bir xaridor topilarda», deb sabri jamil ko‘rsatgan edilar [1]. Mana, Allohning lutfu -
karami bilan adib ijodiga xaridor topildi. Istiqlol zamoni u zotning merosiga talabgor chiqdi.
Ko‘zlar ko‘nikkan tog‘lar orasida yam-yashil, pokiza bir cho‘qqi paydo bo‘ldi. Adib ijodiga
qiziqishlar adabiyotshunoslar orasida ham ko‘payib bormoqda. Albatta har qanday adabiyot
sohasida qalam tebratgan ijodkorning ismu-nasablari va taxalluslari o‘quvchini befarq qoldirmaydi
deb hisoblasak bo‘ladi [6]. To‘liq ismlari - Ismoilxon ibn Ibrohim Xoja ibn Hidoyatulloh ibn Mirzo
Kalon Abdulaziz Xojai Shahrisabziy [11]. Ushbu ma’lumotlar ularning nabiralari Mas’udxon
Ismoiliy qo‘llaridagi ma’lumotlar asosida yaratilgan devon va bayozlardan olingani asosli albatta.
Taxalluslari Faqiriy-Shahrisabziy; she’rlarida Faqriy, Faqir shakllarida ham keladi. Xalili Ixvon
taxalluslari ham bo‘lib, bu nomni tog‘alari shoir Hone Shukrulloh Xoja qo‘yganlar va undan
shoirning tavallud tarixlarini chiqarganlar. Abjad hisobida bu taxallus raqamlaridan hijriy 1328-yil
chiqadi [1].

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)

. Toʻplangan materiallar o‘zbek

adabiyoti fanida keng qoʻllanilayotgan qiyosiy-tarixiy, ilmiy -tahliliy, qiyosiy tipologik
metodlari yordamida tahlil etiladi.. Izlanishlar natijalari va undan chiqarilgan xulosalar fors-tojik
adabiyotining tadrijiy shakllanish bosqichlarini belgilash, milliy adabiyot taraqiyotida adabiy
oqimlar va madaniy markazlarning o‘rnini aniqlash, tojik adabiyoti tarixida tasavvuf ta’limoti
ildizlarini ochib berish hamda adabiy aloqalar, adabiy jarayon, adabiyot tarixi kabi fanlardan
muhim manba bo‘lib xizmat qilishi adabiyot sohasi uchun yangilik sanaladi shu sababli ham,
tadqiqotni amalga oshirishda asosan qiyosiy uslubdan keng foydalanildi. Adibning merosi adabiyot
sohasida o‘rganilishi lozim bo‘lgan yangidan yangi mazmunli g‘azaliyotlari va purmano ijodi va
devonlari kelajak avlod uchun ushbu sohada muhim manba bo‘lib xizmat qilsa ajabmas. Bu borada
o‘zbek xalqi adabiyoti uzoq yillik tarixga egaligi va hanuzgacha yangi yangi ijodkorlar va
mavzularni tadqiq etishni taqozo qilmoqda.

Tahlil va natijalar (Analysis and results).

Ismoilxon Faqiriy milodiy 1910-yil, hijriy 1328-

yilda Shahrisabzda tavallud topdilar. Uch yoshda otalaridan, to‘rt yoshda ustoz bobolaridan judo
bo‘lib, avval onalari, keyin tog‘alari tarbiyatlarida kamol topib, ilm-ma’rifat sohibi bo‘ladilar. Adib
1980-yilda hozirgi Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Sariosiyo qishlog‘ida vafot etdilar [11].
Avlodlari hozirgi vaqtda mazkur manzilda yashaydilar. Faqiriy hazratlarining tug‘ilib o‘sgan
vatanlari Markaziy Osiyoning qadimiy ilm-fan o‘choqlaridan bo‘lmish Shahrisabz shahridir.

Shahrisabz Rusiya bosqinidan keyin ham to 1917-yillargacha o‘z ma’rifiy mavqeini saqlab

kelgan.[2] Undan so‘ng maktab-madrasalar rasman yo‘qotilgan bo‘lsa-da, sayyidlar va tariqat
mansublari yurti sifatida shu kungacha o‘z e’tiborini yo‘qotmagan. Mustamlaka davrida Faqiriy,
Ravnaqiy, Maxdum Hamidiy, shoir Qone’ singari shayx va alloma-ijodkorlarning yashagani bunga


background image

397

dalildir[12].

Shahrisabzda necha-necha ulug‘ zotlar o‘tgan, ammo u tarixda Sohibqiron Amir Temur

tug‘ilib o‘sgan yurt sifatida ham mashhurdir. Unda temuriylar dahmasi, aziz avliyolar marhadi,
Amir Temurning jasadsiz maqbarasi mavjud. Shu bois shoir Shahrisabz xususidagi turkiy va forsiy
she’rlarida o‘z yurtlarini Sohibqiron nomi bilan ulug‘laydilar. Bizni(ng) Vatan

-

joyi surur, aysh ila

xalsi barcha hur, Ilmu ma’orif konidur, yo‘s dilda armon o‘zgacha, deya shoir orzu-armonlari
vatanda ilmu maorif ekanini izhor etadilar. Nomlaridagi “Shahrisabziy” degai ilova maxsus
shoirona taxallus emas, balki mazkur Vatanga mansublik guvohnomasidir,[6]. Ismoilxon Faqiriy
ilm-ma’rifatli, ziyoli, e’tiborli muftiy va qozilar avlodidandirlar. Shoirning bobolari Inoyatulloh
Xoja O‘roq ibn Mirzo Kaloni Shahrisabz muftiysi edilar. Otalari Ibrohim Xoja O‘roq esa
Shahrisabzda XV asrda Mirzo Ulug‘bek qurdirgan Jome’ masjidda imom-xatib, amir hukumatining
shahar vakili (o‘roh), madrasa rahbari bo‘lganlar. 1914-yilda otalari vafot etgach, uch yashar
Ismoilxon bobolari Inoyatulloh Xoja tarbiyatlarida qoladilar. Ul zot ham olamdan o‘tgach,
mehribon onalari to‘rt-besh yashar o‘g‘lon tarbiyatlarida ulug‘ say’u g‘ayrat ko‘rsatib, uni
maktabga berib, savodxon qiladilar[3]. Sho‘rolar hukumati tuzilib, islomiy maktablar yopilgach,
yana o‘zlari ta’limni davom ettiradilar. Onalari ilm-ma’rifatli otinoyi bo‘lib, Mahzuna taxallusi
bilan she’rlar yozganlar. Faqiriy “Devon”lari debochasida onalarini ko‘p ulug‘ ehtirom bilan zikr
hiladilar.

Ismoilxon Faqiriy to‘qqiz yoshlarida Navoiyni o‘qiydigan bo‘ladilar. Navoiyni tushunish

uchun esa turkiy-o‘zbek tilini puxta bilish bilan birga, arab va fors lug‘atlaridan ham xabardor
bo‘lmoq zarur. Faqiriy ham dovrug‘u dabdabaga, unvonu mansabga aslo qiziqmasdan, iymon-
e’tiqodda sobitqadam, mumtoz she’riyatga sodiq yashaganlar, Zero, shoir yaxshi bilganlarki, hayot
bugundan iborat emas. Zamonlar aylanadi. Vaqt o‘tishi bilan adib bilimlari va ijodga ishtiyoqlari
ortib boradi. Faqiriy yosh bo‘la turib, Hoji Mirzo Hamiduddin Maxdum Hamidiy, tog‘alari
Shukrulloh Xoja Hone’, bobolari Inoyatulloh Xoja O‘roh Jurmiy, Mullo Mirzo Fayzulloh Xoja
Ravnahiy, Mirzo Umrbohiy-Shahrisabziy kabi ulug‘ insonlar qatori turadi desak mubolog‘a
bo‘lmas. Savol tug‘ilishi mumkinki, XX asrda mustamlaka iskanjasida O‘zbekistonda irfoniy
she’riyat bo‘lganmi? Devon adabiyoti qanday adabiyot? Irfoniy ruh, ilohiy mazmun devon
adabiyotining xos xususiyatlari bo‘lganidan, «devon adabiyoti» ta’rifiga kirishsak.

Devon adabiyoti

saroy adabiyoti yoki saroy shoirlari degan ma’noda emas. Balki, tamoman aksinchadir. Devon
adabiyoti XI asrda Movarounnahrda (bugungi O‘zbekiston zaminida) Qoraxoniylar davrida
boshlangan, islomiy madaniyatdan bahra olgan, shu sababdan arab va fors adabiyotlaridan ta’sir
topgan islomiy adabiyotdir. Qur’oni karim va hadisi sharif ma’nolarini o‘ziga singdirgan bu
mumtoz adabiyot «majoz haqiqatning ko‘prigidir» degan hadisi sharifga asoslanadi, ya’ni majoz
yo‘li bilan haqiqatni kuylaydi, majoziy muhabbatni bahona qilib, ilohiy ishqni tarannum etadi.

Faqiriy ana shunday adabiyotning so‘nggi zabardast vakillaridan biridirlar. “So‘nggi”deyishimizga
sabab: sho‘rolar tuzumida islomiy ilm-ma’rifat taqiqlanib, irfoniy she’riyatga ham futur yetdi, hatto
30-40-50-yillarda aruz vaznida yozish man etildi, bora-bora devon adabiyoti deyarli barham topdi.
Keyingi adabiyotdan irfoniy ma’no qochdi, ilohiy ruh chekindi, oxirat g‘oyasi uzildi, jahon va
asosan rus adabiyoti muhitida xalqchil-ommabop she’riyat vujudga keldi.

“Devon” istilohining

ma’nosi ko‘p. “Devon” avvalo aruz vaznida bitilgan va arab alifbosi asosida tartib berilgan g‘azallar
to‘plamining nomidir: “Devoni Navoiy”, “Devoni Xoja Hofiz”, “Devoni Fuzuliy” kabi. Devon
tuzishga muvaffaq bo‘lgan shoirlarni “Sohibi devon” deb ulug‘laydilar.

Davlat idorasi, mahkama,

hukumat uyi ham devon deyiladiki, aytganimizdek, devon adabiyotining bunga aloqasi yo‘q.

Mumtoz adabiyotning hammasi devon adabiyoti bo‘lmasligi mumkin, lekin devon adabiyotining
hammasi mumtoz, ya’ni o‘lmas adabiyotdir ma'no xususiyatni kasb etadi. Devoni Faqiriy haqida
so‘z borar ekan, bevosita uning g‘azallarini eslamaslikni iloji yo‘qdur. Faqiriy devoni 1950-1965-
yillarda tuzilgan bo‘lib, o‘zlari tanlab, saralab kiritgan she’rlardan iborat. Devon mumtoz nazm
san’atining deyarli barcha turlaridan: g‘azal, muxammas, musaddas, musabba’, musamman,
mustahzod, masnaviy, ruboiyyot va qit’alardan tarkib topgan. Kitobda tatabbu’ va tazminlar
birmuncha bo‘lib, muvashshax va mutoyibotdan hazil she’rlardan ham holi emas. She’rlarning
ko‘pi asl san’at namunalaridir. Devon an’anasiga muvofiq, xuddi Navoiy, Fuzuliy va Nodiralar


background image

398

kabi, Faqiriy ham o‘z devonlariga debocha bitganlar. Debochada matla mavjud bo‘lib, mehribon va
rahmli Alloh ismi bilan boshlanib, Haq taologa hamdu sano aytish va hazrati Rasulullohga salovot
keltirish bilan davom etadi. Unda shoirning qisqa hasbi hollari va dunyoda bir yodgor qoldirish
ishtiyohlari yuksak odob va valiylarga xos xoksorlik bilan bayon etilgan. Ammo shoirning
kamtarliklarida ham kuchli jasorat, yorqin iste’dod va yuksak ma’rifat nuri balqib turadi.
Chunonchi, adib yozadilar: «Toki o‘n besh va o‘n olti yoshlarimdan boshlab, shoirlar zumrasiga
qo‘shulishga jiddiy harakat ko‘rguzgan bo‘lsam-da, bu ishga, birinchidan, bilimsizlik, va
ikkinchidan, zamonamizni(ng) kundalik o‘zgarishlari natijasida she’r yozolmasdan va yozganlarim
ham har joylarda beparvolik bilan solib va ba’zilari esa birodaroni kiromiylar talablariga muvofiq
ularga yuborilib, qo‘limda bori ham juzdonga darida va jarida bo‘lub yotar edi...»

Bu

qisqa

so‘zda ko‘p ma’no va qismat manzaralari bor. Chunonchi,

«zamonaning kundalik o‘zgarishlari»,

muallifning o‘z ta’birlari bilan aytganda,

«sho‘rolar hukumati tashkil topib, butun O‘zbekiston va

Tojikiston va Buxoro tufroqlarida ham hukmronlik shevasini yurgizgani»

dir. Ya’ni, qadimiy

madrasalar berkitilgan, xalqning tarixini yo‘qotishga urinilgan, dahriylik saltanati o‘rna- tilgan,
mumtoz adabiyot tahqirlangan, ma’rifatli iste’dod sohiblari muvozanatini yo‘qotib, she’r yozolmay
qolgan.

Yillar o‘tib, shoir aytadilar:

«Ammo ko‘nglimdan goxho shundog kechar erdiki, «Ey tan,

san dunyoga kelib nima Ahli dunyo - siymu zar, ahli hunar - fazlu kamol. Va bu ashyolarni(ng)
o‘ziga yarasha xaridori ham topiladi. Chunonchi, Navoiy aytur: Sarvu gulu lola xaridori bor, Lek
tikonning dagi bozori bor. Ya’nikim har bir gulning o‘z xaridori bo‘lgani singari tikonning ham o‘z
o‘rni borligi haqida alohida fikr yuritadilar. Shu o‘rinda bevosita Faqiriy hazratlarining ijodiga ham
qiziqishlar ortgan. Idodkor devoni Alloh taoloning qudrati, san’atini olqishlab, hamdu sanolar
aytguvchi, Haq taoloning dargohiga yolborib munojot qilguvchi hamda sayyidi mursaliyn-hazrati
Rasululloh alayhissalomga nat-hamd keltirguvchi g‘azallar bilan boshlanadi. Zotan, bu mumtoz
devon adabiyotining odobu an’anasidir. Turkiyda aytilgan “Paydo”, “Yo Rab”, “Bo‘ldim” radifli
hamda “Zulfing girihi” kabi g‘azallar, “Sun’ung Sani” mustahzodi, “Izlagil”, “Hasrat” kabi
muxammaslar, forsiydagi “Chi shudi?” musaddasi va “Kunand” radifli tazmini musabba’lari
Faqiriy hazratlarining shoh asarlaridir. Lutfiy, Fuzuliy, Hiloliy, Amiriy (Amir Umarxon), Furqat,
Sayyid Ahmad Vasiliy, Gulshaniy, Mullo Orif Gulxaniy, Muxlis Namangoniy, Maxdum Hamidiy,
Ulfat (Nusrat), Boqiy, Tufayliy Yusufxon To‘ra Dehlaviy kabi zotlarning mumtoz g‘azallariga
bog‘langan turkiy va forsiy muxammaslar, Xoja Hofiz Sheroziy, Boborahim Mashrab baytlari
asosida bitilgan tazminlar, tatabbu’ va payravlar favqulodda san’at durdonalaridir. Bular Faqiriy
iste’dodi, ilmu ma’rifati, ishqu muhabbati izhoriga maydon va imkon ochgan.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).

Yuqoridagilarga asoslanib, Faqiriy

o‘zbek va fors tillarida ijod qilgan zullisonayn shoirdir. Ijodkorning merosi orifona mazmuni,
oshiqona ruhi bilan mustamlaka davri o‘zbek adabiyotida yangilik desak adashmagan bo‘lamiz.
Adibning merosi adabiyot sohasida o‘rganilishi lozim bo‘lgan yangidan - yangi mazmunli
g‘azaliyotlari va purmano ijodi va devonlari kelajak avlod uchun ushbu sohada muhim manba
bo‘lib xizmat qilsa ajabmas. Bu borada o‘zbek xalqi adabiyoti uzoq yillik tarixga egaligi va
hanuzgacha yangi yangi ijodkorlar va mavzularni tadqiq etishni taqozo qilmoqda. Shu nuqtayi-
nazardan adabiy merosimizning mazkur jihatlarini o‘rganish, tasavvuf va mumtoz poetikaning
insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi ta’sirini aniqlash bugungi kunning dolzarb mavzulardan
biri hisoblanmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Kattaev K. Maxdumi A’zam va Dahbed. Samarqand Sutdiyon, 1994.- B.73. 2. Faqiriy I.,
Homidov N. va boshqalar. Avlodlar bayozi. – Toshkent A.Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti, 1996.

2.

Vohidov Sh.Fakiriy // Sobiq Rossiya imperiyasi hududida islom. Ensiklopedik lug‘at. 3-son. -
Moskva: Sharq adabiyoti, 2001. - S. 107-108.

3.

Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari. Tazkira – Toshkent: G‘afur g‘ulom nomidagi
adabiyot va san'at nashriyoti, 2001. - B. 49.


background image

399

4.

Vohidov. Sh, Erkinov.A, Shahrisabzlik xattot va shoirlar //Ming yillar merosi Shahrisabz.
2700.-Toshkent "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati 2002
B.126

5.

Ismoilov M. Faqiriy va Najotiy ijodiy faoliyatlarining Shahrisabz ilmiy-adabiy muhitida tutgan
o‘rni xususida // Shahrisabz shahrining jahon tarixida tutgan o‘rni. Xalqaro ilmiy konferensiya
maruzalari tezislari. – Toshkent: Fan, 2002. – B. 143.

6.

Vohidov Sh. Les specificites paleographiques et codicologiques des fonds particuliers de
Rawnaqi et Faqiri (Sahrisabz, O‘zbekiston) // Manuscripta Orientalia. 9-jild №3 2003 yil
sentyabr - s. 52-56.

7.

Mirzo Kenjabekov Ilm oʻrganu xat o‘rganu odob oʻrgan. Sohibi devoni Faqiriy hazratlari //
"Maʼrifat" gazetasi ,2004yil ,28-yanvar.

8.

Ismoilxon Faqiriy. Intizoramkim ulam gardi firoqing sumlarin //Maʼrifat 2004 yil , 17-mart

9.

Ismoilxon Faqiriy. Ahli duoni izlagil //Hidoyat. 2004. N4-b. 24-25

10.

Vohidov Sh., Ismoilov M. Faqiriy olim, shoir va shayx // Moziydan sado. 2004 yil.- 4-son.

11.

Vohidov.Sh ,Ismoilov .M //Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi 2005.-B.213

12.

Mirzo Kenjabek. Mumtoz shoir va komil shayx Fakiriy-Shaxrisabziy // Sino. - 2004 yil
(tanasi). - № 15. - B. 44-51

13.

Hasanov A. XVI-XIX asrlarda shaharsozlik va me’morchilik (Qashqadaryo vohasi misolida):
Nomzodlik dissertatsiyasi. – T.: 2008. 200-b.

14.

Ko‘charov J. Qarshi shahrining XVIII asr ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi tarixidan. –
Samarqand: 2008. 71-b.

15.

Ravshanov P. Naxshab va Kesh tarixi manbalari. – Qarshi: Nasaf, 2005. 120-b

16.

Yakubava S.H. American Journal of Scieneseand Humanitly Recearch. Comparative analysis
of the interpresentation as a genre in travel novels in uzbek and world literature.
http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/1015 2023.7.164

17.

Yoqubova S. H. Idea scientific journal.

18.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7789626 Pretsedent birlik va Pretsident nom, ularni ng o‘zbek
lingvomadaniy jamiyatda qo‘llanilishi. 2023, 23-39 bertar. Yakubova, S. H. (2024).

19.

Ismoilxon Faqiriy o‘zbek adabiyotida yangi va yorqin ijodkor. Innovative development in
educational activities, 3(5), 20–27.

20.

https://doi.org/10.5281/zenodo.1082355.

Bibliografik manbalar

Kattaev K. Maxdumi A’zam va Dahbed. Samarqand Sutdiyon, 1994.- B.73. 2. Faqiriy I.,

Homidov N. va boshqalar. Avlodlar bayozi. – Toshkent A.Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti, 1996.

Vohidov Sh.Fakiriy // Sobiq Rossiya imperiyasi hududida islom. Ensiklopedik lug‘at. 3-son. -

Moskva: Sharq adabiyoti, 2001. - S. 107-108.

Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari. Tazkira – Toshkent: G‘afur g‘ulom nomidagi

adabiyot va san'at nashriyoti, 2001. - B. 49.

Vohidov. Sh, Erkinov.A, Shahrisabzlik xattot va shoirlar //Ming yillar merosi Shahrisabz.

-Toshkent "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati 2002

B.126

Ismoilov M. Faqiriy va Najotiy ijodiy faoliyatlarining Shahrisabz ilmiy-adabiy muhitida tutgan

o‘rni xususida // Shahrisabz shahrining jahon tarixida tutgan o‘rni. Xalqaro ilmiy konferensiya

maruzalari tezislari. – Toshkent: Fan, 2002. – B. 143.

Vohidov Sh. Les specificites paleographiques et codicologiques des fonds particuliers de

Rawnaqi et Faqiri (Sahrisabz, O‘zbekiston) // Manuscripta Orientalia. 9-jild №3 2003 yil

sentyabr - s. 52-56.

Mirzo Kenjabekov Ilm oʻrganu xat o‘rganu odob oʻrgan. Sohibi devoni Faqiriy hazratlari //

"Maʼrifat" gazetasi ,2004yil ,28-yanvar.

Ismoilxon Faqiriy. Intizoramkim ulam gardi firoqing sumlarin //Maʼrifat 2004 yil , 17-mart

Ismoilxon Faqiriy. Ahli duoni izlagil //Hidoyat. 2004. N4-b. 24-25

Vohidov Sh., Ismoilov M. Faqiriy olim, shoir va shayx // Moziydan sado. 2004 yil.- 4-son.

Vohidov.Sh ,Ismoilov .M //Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi 2005.-B.213

Mirzo Kenjabek. Mumtoz shoir va komil shayx Fakiriy-Shaxrisabziy // Sino. - 2004 yil

(tanasi). - № 15. - B. 44-51

Hasanov A. XVI-XIX asrlarda shaharsozlik va me’morchilik (Qashqadaryo vohasi misolida):

Nomzodlik dissertatsiyasi. – T.: 2008. 200-b.

Ko‘charov J. Qarshi shahrining XVIII asr ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi tarixidan. –

Samarqand: 2008. 71-b.

Ravshanov P. Naxshab va Kesh tarixi manbalari. – Qarshi: Nasaf, 2005. 120-b

Yakubava S.H. American Journal of Scieneseand Humanitly Recearch. Comparative analysis

of the interpresentation as a genre in travel novels in uzbek and world literature.

Yoqubova S. H. Idea scientific journal.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7789626 Pretsedent birlik va Pretsident nom, ularni ng o‘zbek

lingvomadaniy jamiyatda qo‘llanilishi. 2023, 23-39 bertar. Yakubova, S. H. (2024).

Ismoilxon Faqiriy o‘zbek adabiyotida yangi va yorqin ijodkor. Innovative development in

educational activities, 3(5), 20–27.