Mualliflar

  • Yunusova Nazokat Nodirjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112571

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Bola orzu oq kema ruhiyat portret qahramonning ichki olami.

Annotasiya

Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  butun  turkiy  xalqlarning  faxr-u  iftixoriga  aylangan  adib 
Chingiz  Aytmatov  qalamiga  mansub  “Oq  kema”  qissasi  asosida  bola  obrazi,  uning  adabiy 
maqsadga yo‘naltirilgan vazifasi, muallifning obraz yaratish mahorati, bola ruhiyati, uning ichki 
dunyosi va tashqi muhit o‘rtasidagi ziddiyat kabi jihatlar yoriltilgan. 


background image

527

“OQ KEMA” ASARIDA BOLA OBRAZI

Yunusova Nazokat Nodirjon qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi


Annotatsiya.

Mazkur maqolada butun turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan adib

Chingiz Aytmatov qalamiga mansub “Oq kema” qissasi asosida bola obrazi, uning adabiy
maqsadga yo‘naltirilgan vazifasi, muallifning obraz yaratish mahorati, bola ruhiyati, uning ichki
dunyosi va tashqi muhit o‘rtasidagi ziddiyat kabi jihatlar yoriltilgan.

Kalit so‘zlar.

Bola, orzu, oq kema, ruhiyat, portret, qahramonning ichki olami.

“BEYAZ GEMİ” ESERİNDEKİ ÇOCUK İMAJI

Yunusova Nazokat Nodirjon kızı,

Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Özet.

Bu makalede, tüm Türk halklarının gururu olan yazar Cengiz Aytmatov'un "Beyaz

Gemi" öyküsünden yola çıkılarak çocuk imgesi, onun edebi amacı, yazarın imge yaratma becerisi,
çocuğun ruhu, iç dünyası ile dış çevre arasındaki çatışma ele alınmaktadır.

Anahtar kelimeler.

Çocuk, rüya, beyaz gemi, ruh, portre, kahramanın iç dünyası.

THE IMAGE OF A CHILD IN THE WORK “WHITE SHIP”

Yunusova Nazokat Nodirjon qizi,

Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute

Abstract.

This article, based on the story "The White Ship" by the writer Chingiz Aitmatov,

who became the pride of all Turkic peoples, sheds light on such aspects as the image of a child, his
literary task, the author's skill in creating an image, the psyche of a child, the conflict between his
inner world and the external environment.

Key words:

child, dream, white ship, psyche, portrait, the inner world of the hero.

ОБРАЗ РЕБЁНКА В ПРОИЗВЕДЕНИИ «БЕЛЫЙ КОРАБЛЬ»

Юнусова Назокат Нодиржон кызы,

Студентка Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В данной статье рассматривается образ ребенка, его литературное

предназначение, мастерство автора в создании образа, психика ребенка, конфликт между
его внутренним миром и внешней средой на примере повести «Белый пароход» Чингиза
Айтматова – писателя, ставшего гордостью всех тюркских народов.

Ключевые слова.

Ребенок, сон, белый пароход, психика, портрет, внутренний мир

героя.

Ma’lumki, har qanday badiiy asar tahlilga tortilar ekan bundan muallif asarlariga ilmiy

mezonlar asosida, xolislik bilan baho berish va nazariy xulosalar chiqarish maqsadi ko‘zlanadi.
Ch.Aytmatovning badiiy jihatdan eng sara asarlardan biri hisoblangan “Oq kema” qissasi o‘z
davridayoq zamondoshlarining e’tirofiga sazovor bo‘lgan va bahosini olgan. Qissada insoniy
go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, tabiat va inson muammolari teran tadqiq etiladi. “Oq kema”
kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. Ushbu asar ilk bor 1970-yilda “Новый мир” jurnalida
chop etilgan. Asar bir necha tilga, jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. Asarda bir bolaning


background image

528

o‘y-xayollari, otasiga bo‘lgan sog‘inchi, uning baliqqa aylanib qolishni istashi-yu, oq kemaga –
otasining huzuriga borib qolishga bo‘lgan ishtiyoqi bayon etiladi. Asarda bolaning o‘y-fikrlari
shunchalik hissiyotga boy tarzda tasvirlanadiki, go‘yo o‘zimizni o‘sha vaziyatga tushib qolgandek
his etamiz. Hali voyaga yetmagan, beg‘ubor qalbli bolaning tushunib ulgurmagan nohaqliklari
haqida yoritiladi. Bolaning o‘zi uchun yaratilgan mo‘jaz va yaxshiliklarga boy ertagi kattalarnikidan
mutlaqo farq qiladi. Asarda bola o‘zining dunyosida yashaydi. 6-7 yoshli bolakayning bola bo‘lib
topa olmagan baxti, yaqinlaridan ko‘ra olmagan mehri, oppoq orzulari, beg‘ubor qalbi va mana shu
beg‘uborlikning toptalishida bolaning fojiasi aks ettirilgan. Asarni o‘qir ekanmiz, dastlab, bolaning
“do‘stlari” bilan tanishamiz:

toshlar, hayvonlar, durbin portfel...

Keyinchalik esa uning yolg‘izligi,

yaqin insonlari ichida begonaligi ayon bo‘ladi. U orzulari ushalmasligini bilsa-da orzu qilishdan
to‘xtamaydi.

Asarda muallif portretning imkoniyatlaridan samarali foydalangan. Qahramonlarining

portreti go‘yoki ularning ruhiy qiyofasini tasvirlagandik, ularning ichki olamini, o‘ziga va
o‘zgalarga munosabatini ifodalagandik bo‘ladi. Boshqa qo‘shimcha ta’rif va tavsiflarga ehtiyoj
sezilmaydi. Bola... negadir unga hech kim ismi bilan murojaat qilmaydi. Uning ismi deyarli muhim
emasdik. Bolakayga yozuvchi ism berishni ma’qul ko‘rmagan, balki, hayoti shunday dard-
alamlarga, qayg‘u tashvishlarga to‘la bo‘lsa-da, mitti yurakchasi mehr-u muhabbatga, ezgulikka
limmolim bo‘lgan murg‘ak qalb egalarining umumlashma obrazi bo‘lishini istagandir.

U o‘zining borligi sezilib-sezilmaydigan kattalarning zididdiyatga to‘la olamida o‘zi uchun

alohida

“dunyo”

yaratib yashaydi. U kattalar ilg‘amagan har qanday kichik quvonchdan o‘zi uchun

olam shodliklar yaratib yashaydi. Ammo bulardan hayqirmaydi. Shodliklarini ham o‘z “olam”ida
izhor etadi.

“Portfel”

asardagi shunday maqsadga xizmat muhim qiluvchi detallardan biridir. Adib

bola va uning atrofidagi kishilarning ma’naviy qiyofasini shu detal orqali yanada ochib beradi:

“... Seydahmad bugun ertalabdan o‘rimga tushib ketdi. Orqadan kelayotgan qadam

tovushini eshitib Seydahmad qayrildi, ko‘ylagining yengi bilan yuzini artdi.

-

Nimaga kelyapsan? Meni chaqirishyaptimi?

-

Yo‘q. Portfel oldim. Mana, bobom olib berdi. Men maktabga boraman.

-

Shunga shunchalik chopib keldingmi? - Seydahmad xoxolab kuldi.

-

Mo‘min boboning esi kirarli-chiqarli bo‘lib qolgan, - u barmog‘ini chekkasiga bosib

aylantirdi, - sen ham shunaqa chog‘i. Qani, qanaqa portfel? U qulfchasini shaqillatib portfelini u
qo‘lidan bu qo‘liga oldi-da, kallasini likkillatgancha kulimsirab qaytarib berdi”

[2, 217].

Seydahmad va bolaning muloqoti keltirilgan ushbu parchadan anglashiladi, bola shaxsiy

buyum orqali o‘zini e’tirof etilgandik his etdi, unda ilm olishga qiziqish yuqori, ammo u
yashaydigan joyda bunga imkoniyat yetarli emasligini yaqqol sezish mumkin. Xuddi shu tasvir bola
va O‘rozqul o‘rtasidagi muloqotda boshqacha kayfiyatda sodir bo‘ladi.

“... Bola qo‘lidagi portfelni silkitib ro‘parasidan chopqillab chiqib qolganda bu tasodifdan

uning otdan uchib ketishiga sal qoldi:

-

O‘razqul amaki portfelimni ko‘ring. Men maktabga boraman. Mana mening portfelim.

-

Obbo, falokat-e... O‘razqul seskanib jilovini tortarkan, koyiy boshladi.

U bolaga qizargan, shishgan, shirakayf ko‘zlarini tikdi:

-

Nima qilib yuribsan, qayoqdan kelyapsan?

-

Uyga ketyapman. Portfelimga qarang, uni Seydahmadga ko‘rsatib kelyapman, - dedi

bola ming‘irlab

-

Mayli, o‘ynayver, - to‘ng‘illadi O‘razqul va egarda omonatgina tebranib yo‘lida davom

etdi

[2, 219].

O‘razqul o‘z taqdiridan ranjib yurgan va xudo uni farzand dog‘ida kuydirib boshqalarga

saxiylik bilan beshta-o‘ntalab bola berib qo‘ygan bir paytda, bu ahmoqona portfel-u, ota-nasi
tashlab ketgan, xotiniga jiyan bo‘lmish bu bola bilan qanchalik ishi bor.

Yuqorida ta’kidlaganimizdik, bolaning ichki olamida ikki xil dunyo bor edi. Biri tashqi olam

bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, o‘z yaqinlari tomonidan toptalgan qalbi bo‘lsa, ikkinchisi ichki
olamida beg‘ubor xayolatlari bilan ko‘ngliga taskin beradigan dunyo edi. Yuqoridagi parcha aynan


background image

529

ikkinchi dunyosi xususida. Bilamizki, uning ota-onasi go‘dakligida tashlab ketgan, shu bois uning
fikrlashi, tasavvurlari va hayolotlari boshqalarnikidan o‘zgacha edi. U Issiqko‘lga oq kema har safar
yaqinlashganda dadasi uni bir kuni shu kemada olib ketishiga ishonadi. Suvga tushganida baliqqa
aylanishi yoki oddiy bulutlarni ko‘rganda ular go‘yoki bolaning fikrlarini o‘qiy olishi, ya’ni uning
uzoqlarga ketish orzularini anglab turganligi, bir so‘z bilan aytganda, ozodlikka intilishi ichki
dunyosida yaratgan orzulari hosilasi edi.

Xulosa shuki, asarda bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar orzular bevosita u yashayotgan muhit

bilan bog‘liq tarzda yoritilgan. Uning orzusi jamiyatdagi boshqa bolalar orzularidan keskin farq
qiladi. Bu uning yolg‘iz katta bo‘lishi, ota-onasining uzoqda ekanligi bilan bevosita bog‘liq
hisoblanadi. Muallif esa bir toza qalbli bolalar nomidan insoniyatga murojaat qilayotgandik.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lugʻati. – Toshkent: “Akademnashr”, 2013. B.
412

2.

. Chingiz Aytmatov. Oq Kema. Qissa. (Tarjimon. Asil Rashidov). – Toshkent: “O‘qituvchi”,
2012. B.128

3.

Тўхта Бобоев. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2001, B.559

4.

https://tafakkur.net/chingiz-aytmatov.haqida


Bibliografik manbalar

Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lugʻati. – Toshkent: “Akademnashr”, 2013. B. 412

. Chingiz Aytmatov. Oq Kema. Qissa. (Tarjimon. Asil Rashidov). – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2012. B.128

Тўхта Бобоев. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2001, B.559