462
HIKOYALARNING O‘QUVCHILAR IJTIMOIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI:
TAHLILVA METODIK YONDASHUVLAR
(Abdusaid Ko‘chimov hikoyalari misolida)
Hayrullayeva Muhabbat Pirmamat qizi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti
Ilmiy rahbar: Yuldosheva Saodat Azizovna - filologiya fanlari nomzodi, dotsent
hayrullayevamuhabbat35@gmail.com
Annotatsiya
.
Ushbu maqolada hikoya janrining ta’lim jarayonidagi o‘rni, strukturaviy tahlil,
muammoli ta’lim, interfaol metodlar va ijodiy yondashuvlar asosida ko‘rib chiqilgan. Abdusaid
Ko‘chimov hikoyalarining o‘quvchilar ijtimoiy rivojlanishi, xulq-atvori hamda shaxsiy kamolotiga
ta’siri tahlil qilingan. Ko‘chimovning hikoyalari o‘quvchilarga axloqiy qadriyatlar (halollik,
adolat, mehnatsevarlik) va estetik sezgi, shuningdek, ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ushbu asarlar o‘quvchilarning ichki ziddiyatlarini anglash, o‘z-o‘zini tahlil qilish va shaxsiy
rivojlanish jarayonlarini kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi, natijada ular jamiyatga yanada
moslashgan, ongli va mas’uliyatli shaxslar sifatida shakllanadi.
Kalit so‘zlar
. Badiiy adabiyot,hikoya janri, ma’naviy tarbiya, axloqiy qadriyatlar,inson
ruhiyati, ichki ziddiyat, halollik, adolat,tahlil va tafakkur, obraz yaratish, badiiy tafakkur, til va
uslub, estetik tarbiya.
HİKÂYELERİN ÖĞRENCİLERİN SOSYAL GELİŞİMİNE ETKİSİ:
ANALİZ VE METODİK YAKLAŞIMLAR
(Abdusaid Köçimov’un hikâyeleri örneğinde)
Hayrullayeva Muhabbat Pirmamat Kizi
Özbekistan-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü, yüksek lisans öğrencisi
Bilimsel danışman: Filoloji bilimleri adayı, doçent Yuldosheva Saodat Azizovna
Özet.
This article examines the role of the story genre in the educational process, based on
structural analysis, problem-based learning, interactive methods and creative approaches. The
impact of Abdusaid Kochimov's stories on the social development, behavior and personal maturity
of students is analyzed. Kochimov's stories serve to form moral values (honesty, justice, diligence)
and aesthetic intuition in students, as well as social consciousness. These works play an important
role in understanding students' internal conflicts, strengthening self-analysis and personal
development processes, as a result of which they are formed as more socially adapted, conscious
and responsible individuals.
Anahtar kelimeler
. Edebi eser, hikâye türü, manevi eğitim, ahlaki değerler, insan
psikolojisi, iç çatışma, dürüstlük, adalet, analiz ve düşünce, karakter oluşturma, edebi düşünce, dil
ve üslup, estetik eğitim.
ВЛИЯНИЕ РАССКАЗОВ НА СОЦИАЛЬНОЕ РАЗВИТИЕ УЧАЩИХСЯ:
АНАЛИЗ И МЕТОДИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ
(На примере рассказов Абдусаида Кучимова)
Хайруллаева Мухаббат Пирмамат кызы,
магистрантка Узбекско-Финского педагогического института
Научный руководитель: кандидат филологических наук, доцент
Юлдашева Саодат Азизовна
463
Аннотация.
В данной статье рассматривается роль повествовательного жанра в
образовательном процессе на основе структурного анализа, проблемного обучения,
интерактивных методов и творческих подходов. Проанализировано влияние рассказов
Абдусаида Кочимова на социальное развитие, поведение и личностное развитие учащихся.
Рассказы Кочимова помогают учащимся развивать нравственные ценности (честность,
справедливость, трудолюбие) и эстетическое чувство, а также общественное сознание.
Эти работы играют важную роль в понимании студентами внутренних конфликтов,
самоанализе и усилении процессов развития личности, в результате чего они становятся
более адаптированными к обществу, сознательными и ответственными личностями.
Ключевые слова
. Художественная литература, жанр рассказа, нравственное
воспитание, этические ценности, психология человека, внутренний конфликт, честность,
справедливость, анализ и размышление, создание образов, художественное мышление, язык
и стиль, эстетическое воспитание.
THE IMPACT OF SHORT STORIES ON STUDENTS' SOCIAL DEVELOPMENT:
ANALYSIS AND METHODOLOGICAL APPROACHES
(Based on the short stories of Abdusaid Köchimov)
Hayrullayeva Muhabbat Pirmamat qizi,
master’s student, Uzbekistan-Finland pedagogical institute
Scientific advisor: candidate of philological sciences, associate professor
Yuldosheva Saodat Azizovna
Abstract.
This article examines the role of the story genre in the educational process, based
on structural analysis, problem-based learning, interactive methods and creative approaches. The
impact of Abdusaid Kochimov's stories on the social development, behavior and personal maturity
of students is analyzed. Kochimov's stories serve to form moral values (honesty, justice, diligence)
and aesthetic intuition in students, as well as social consciousness. These works play an important
role in understanding students' internal conflicts, strengthening self-analysis and personal
development processes, as a result of which they are formed as more socially adapted, conscious
and responsible individuals.
Keywords
. Literary fiction, short story genre, moral education, ethical values, human
psychology, internal conflict, honesty, justice, analysis and reflection, character development,
artistic thinking, language and style, aesthetic education.
Badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rnini aniq tasavvur qilish uchun u bajaradigan
ijtimoiy funksiyalar (vazifalar) nimadan iborat ekanligini ko‘rib chiqish kerak.Badiiy adabiyot
zimmasidagi eng muhim va birinchi navbatdagi vazifani qisqa qilib, insonni komillikka yetaklash
deya ta’riflah mumkinki, uning uddalanishi jamiyatning mukammallashuviga xizmat
qiladi.Shundan kelib chiqsak, “badiiy adabiyot dunyoni o‘zgartiradi” degani ham aslo mubolag‘a
emas, ayni haqiqat.Zero, badiiy adabiyot inonni o‘zgartirish orqali dunyoni o‘zgartiradi. [3,3b.].
Epik turning eng kichik janri bo‘lgan hikoya badiiy tafakkur ibtidosidan beri talay shakliy-
mazmuniy o‘zgarishlarga uchraganiga qaramasdan, o‘zining asl qiyofasini, jozibasi va faolligini
yo‘qotmay kelayotgan badiiy hodisalar sirasiga kiradi.Aytish mumkinki, bugungi maktab
o‘quvchisi ham hikoya janrining muayyan belgilaridan xabardor.Lekin, shunga qaramasdan, nazariy
adabiyotshunoslik, hech qachon, bu janr xususida so‘nggi xulosani ayta olmaydiki, bu ham
hikoyaning doimiy harakatdagi, murakkab estetik hodisa ekanligidan dalolatdir.
Hikoyachilik janri o‘zbek adabiyotida qadimdan shakllangan.Alisher Navoiy davrida nasr
shaklidagi kichik hikoyalar mavjud bo‘lsa, XX asr boshlarida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat
kabi adiblar hikoyachilikning yangi bosqichini boshlab berdilar.Ular hikoyalarda hayotiy voqealarni
464
aks ettirib, ijtimoiy va ma’naviy muammolarni yoritdilar.Mustaqillik yillarida esa, hikoyachilikda
yangicha uslub va g‘oyalarga asoslangan asarlar paydo bo‘ldi.
Abdusaid Ko‘chimov ana shunday yozuvchilardan biri bo‘lib, u o‘z hikoyalarida inson
ruhiyati, ijtimoiy muammolar, milliy qadriyatlar va insoniylik masalalariga e’tibor qaratgan. Uning
hikoyalari o‘quvchilarga nafaqat badiiy zavq bag‘ishlaydi, balki, ularni hayotiy saboqlarga ham
o‘rgatadi.Shu bois, Ko‘chimov hikoyalari o‘quvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirishga va
ma’naviy tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi.
Hikoya uchun voqeani quruqdan-quruq so‘zlab berish emas, balki, obrazlar, ramzlar, badiiy
detallar vositasida xarakter yaratish muhimdir.Hikoya inson tafakkuriga bir zarb bilan tezda
muhrlanadigan, go‘zal poetik shakl qurilishiga ega adabiy hodisa sanaladi.
Ijodkorning dunyoqarashi badiiy asar g‘oyasini belgilovchi muhim omildir.Jamiyatdagi
hukmron mafkura, ijtimoiy-siyosiy qarashlar ijodkorning dunyoqarashiga kuchli ta’sir
o‘tkazadi.Badiiy g‘oya- individual hodisa.Badiiy asar g‘oyasining ahamiyati va qimmati uning
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muvofiqligi hamda asarda hayot voqeligining obrazli tarzda
ta’sirchan ifodalanishi asosida belgilanadi.
Yozuvchi hikoyalari tili soddaligi, o‘quvchiga darrov tushunarli bo‘lishi bilan ajralib
turadi.Hikoyani o‘qib, inson o‘z hayotini taqqoslab, tahlil qilishi mumkin.Asarda aks etgan inson
ruhiyatining murakkab qatlamlari va axloqiy qarama-qarshiliklar o‘quvchilarga chuqur psixologik
va ma’naviy saboqlar beradi.Quyidagi jihatlar orqali “Tubsiz quduq” hikoyasi o‘quvchilar
ruhiyatiga va axloqiga ta’sirini ko‘rish mumkin:
Ichki ziddiyatlar va o‘z-o‘zini tahlil qilish.
Hikoyada qahramonning ichki kurashlari, orzu-
havaslari va o‘ziga nisbatan tanqidiy fikrlari aks etadi.Bu orqali o‘quvchilar o‘zlarining ichki
dunyosini anglashga , o‘z his-tuyg‘ulari va qarorlarini tahlil qilishlari mumkin.Shunday qilib, o‘z-
o‘zini anglash va shaxsiy rivojlanish yo‘lida ijobiy qadamlar qo‘yishlariga yordam beradi.
Axloqiy qadriyatlar va ma’naviy tarbiya.
Hikoyada halollik, adolat, mehnatsevarlik kabi
axloqiy qadriyatlar muhim o‘rin tutadi.Qahramonning xatti-harakatlari va ichki monologlari
o‘quvchilarga bu qadriyatlarning ahamiyatini anglashga, shaxsiy hayotlarida ularni qo‘llashga
ilhom beradi.Natijada, o‘quvchilar o‘z axloqiy qarashlarini mustahkamlashlari va hayotiy
qiyinchiliklarda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga o‘rganadilar.
Tanqidiy fikrlash va empatiya
.
Asardagi obrazlar va voqealar real hayotiy tajribalarni aks
ettiradi, bu esa o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va empatiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam
beradi.Qahramonning o‘z xatolari va muvaffaqiyatsizliklari o‘quvchilarga shaxsiy qarorlar qabul
qilishda ehtiyotkorlik va o‘zaro tushunish muhimligini anglatadi.
Ijodiy yondashuv va muhokama
.
Hikoya asosida ijodiy topshiriqlar (masalan, muqobil
yakun yozish, qahramonlardan biri nomidan xat yozish) o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini
oshiradi.Bu esa ularning ruhiy salomatligi va axloqiy tarbiyasini yanada boyitadi, chunki, ular
asarda ko‘tarilgan axloqiy masalalarni shaxsiy tajribalar bilan bog‘lab ko‘rib chiqish imkoniga ega
bo‘ladilar.
Abdusaid Ko‘chimov hikoyalari o‘zbek adabiyotining boy, badiiy an’analarini o‘zida
mujassam etgan. Masalan, “Tubsiz quduq” hikoyasi insonning o‘z nafsini yengishi va hayotdagi
to‘g‘ri qaror qabul qilishning muhimligini ko‘rsatsa, “Boychechak” hikoyasida tabiat va inon
munosabatlari, mehr-oqibat, samimiyat va halollik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan.
O‘qituvchi pedagogik faoliyatining birinchi sharti faoliyatdir.Zero, pedagogik mahoratni
egallash va takomillashtirishda faoliyat yetakchi omildir.Zero, mehnat bilish, mahorat, ijod…Inon
hayoti va faoliyatining bosh mezoni.Bu mezon kundalik ish, faoliyat orqali amalga
oshiriladi.Mehnat qilish, izlanish jarayonida ya’ni amaliyot jarayonida yutuqlar qo‘lga kiritiladi,
mahoratga erishiladi.Kasbiy mahorat sirlarini o‘rganishga harakat qiluvchi har bir o‘qituvchi ,
avvalo, egallashi lozim bo‘lgan pedagogik bilim va axborotlarga ega bo‘lishga intilishi, qilayotgan
ishining barcha qirralarini aniq tasavvur etishga harakat qilishi va natijalarni tahlil qilib, baholab
borishi, yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarining mohiyatini tushunishga harakat qilishi
lozim.[4,18.].
465
Badiiy asar juda murakkab hodisa, konkret asarni hammaning birdek tushunishi va birdek
qimmat berishi mumkin emas.Aytaylik, o‘quvchi bir paytlar o‘qiganda deyarli e’tiborini tortmagan
she’r vaqtiki kelib, uni yondirib yuborishi hech gap emas.Shuningdek, bu o‘quvchilarning yuragiga
o‘t yoqqan she’rga boshqa o‘quvchi mutlaqo e’tiborsiz ham qarashi mumkin.Nihoyat, badiiy asar
tubsiz ummon misoli, yuzasida yurgan nari borsa, mavjlaru jozib qudratni ko‘rar, biroq uning tubida
olam-olam sir-sinoatlar yashirin, uning tubida-da butun boshli bir hayot kechadi.Kimdir bu
ummonning yuzasidagina yuradi, kimdir sayozroq, kimdir chuqurroq sho‘ng‘iydi, balki, iste’dod
bilan yaratilgan badiiy asar bir paytning o‘zida turli toifalargan-ham ommaga, ham xoslarga
mo‘ljallangan bo‘ladi.Demak,iste’dod bilan yozilgan asardan hammaga tushunarli bo‘lishlikni talab
qilish talab qiluvchining didining darajasini ko‘rsatadi, xolos.[7,31.].
Abdusaid Ko‘chimovning “Boychechak” hikoyasi bolalar adabiyotining yorqin namunalari
qatoridan o‘rin olib, bolalarning hayotga bo‘lgan qarashlarini, tabiat bilan bog‘liq orzu-umidlarini
va ularning o‘zaro munosabatlarini badiiy yondashuv asosida tasvirlaydi.
Hikoya markazida bolalarning bahor fasliga, o‘yin va tabiatga bo‘lgan munosabatlari yotadi.
Asarning asosiy g‘oyasi tabiatga mehr-muhabbat, adolatga intilish va insoniylik tushunchalari bilan
chambarchas bog‘liq. Hikoya qahramonlari orqali muallif inson ruhiyatidagi beg‘uborlik, halollik
va jamoaviy birdamlikni badiiy vositalar bilan aks ettiradi. Boychechak guli bu yerda shunchaki
tabiat ne’mati emas, balki poklik, halollik va bolalikka xos samimiyat ramzi sifatida talqin qilinadi.
Obrazlar tizimi va xarakter yaratish uslubi
.
Asarning bosh qahramoni Qozivoy – bolalik
beg‘uborligining timsoli bo‘lib, u tabiat bilan uyg‘un yashashni, o‘yin orqali o‘zining ichki
dunyosini ifodalashni istaydi. Murod Chilim esa bolalar jamoasida o‘ziga xos yetakchi bo‘lib, u
adolatni ta’minlash bilan birga, ma’lum darajada qat’iyat va shafqatsizlik ham namoyon etadi. U
hikoyada real hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi obraz sifatida gavdalanadi.
Hikoyaning tarbiyaviy ahamiyati
.
"Boychechak" hikoyasi o‘quvchilar uchun adolat,
birdamlik va poklik kabi muhim axloqiy tushunchalarni shakllantirishda muhim vosita bo‘lib
xizmat qiladi. U o‘quvchilarga tabiatni sevish, o‘zaro do‘stona munosabatlarni qadrlash va halollik
tamoyillariga amal qilish kabi fazilatlarni singdiradi. Shu sababli ushbu asar maktab darsliklarida
o‘qitish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bolalar adabiy otida o‘ziga xos tarbiyaviy o‘rin
tutadi.
Abdusaid Ko‘chimovning "Boychechak" hikoyasi bolalar adabiyotining yuksak badiiy
namunalaridan biri bo‘lib, u bolalar dunyosini realistik va samimiy tasvirlash orqali milliy
adabiyotimizda alohida o‘rin egallaydi. Hikoya mavzu, obrazlar tizimi va badiiy vositalari jihatidan
bolalar ongini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim asarlardan biri sifatida o‘rganilishi zarur.
Hikoyalarni tahlil qilish va o‘qitish metodikasi
.
Ko‘chimov hikoyalarini o‘qitishda quyidagi
metodik yondashuvlardan foydalanish mumkin.
Strukturaviy tahlil
: Hikoyaning syujeti, qahramonlari va badiiy vositalar tahlil qilinadi.
Muammoli ta’lim
:
O‘quvchilar hikoyaning asosiy g‘oyasi va muammosi ustida bahs-
munozara qilishadi.
Interfaol metodlar
: Rolli o‘yinlar, klaster usuli, aqliy hujum kabi texnologiyalar
qo‘llaniladi.
Ijodiy yondashuv
:
O‘quvchilardan hikoya asosida esse yoki dramatik sahna yaratish talab
qilinadi.
Hikoyalarning o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasiga ta’siri
.
Ko‘chimov hikoyalari
o‘quvchilarning axloqiy qarashlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.Masalan, uning asarlari
orqali halollik, mehnatsevarlik, adaolat kabi qadriyatlar singdiriladi.
Xulosa qilib aytganda, Abdusaid Ko‘chimovning hikoyalari, xususan, "Tubsiz quduq" va
"Boychechak", o‘zbek adabiyotida badiiy-estetik va tarbiyaviy jihatdan alohida o‘rin tutadi. Ushbu
asarlar inson ruhiyati, axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy muammolar va milliy an’analarga chuqur e’tibor
qaratadi. Muallif realistik tasvir vositalari orqali o‘quvchini fikrlashga, o‘zini anglashga va hayotga
teran nigoh bilan qarashga undaydi.
466
Ko‘chimovning hikoyalari til soddaligi, badiiy ifodalilik va chuqur ma’naviy qatlamga ega
bo‘lib, ularni o‘quvchilarga yetkazish nafaqat adabiy tafakkurni rivojlantirish, balki axloqiy tarbiya
berish nuqtayi nazaridan ham muhimdir. Shunday ekan, uning asarlarini o‘qib o‘rganish
o‘quvchilarning badiiy didi, tahliliy fikrlashi va ma’naviy kamoloti uchun katta foyda beradi.
Hikoyalarni tahlil qilish jarayonida metodik yondashuvlar samarali natija beradi. Zamonaviy
pedagogik texnologiyalar asosida o‘rgatilsa, o‘quvchini zeriktirmaslikka va hikoyalardagi ezgu
g‘oyalarni teran anglab yetishiga imkon yaratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
XX asr jahon adabiyoti. Hikoyalar.–Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2009. 4-b.
2.
XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi.–Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, “O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi”, 2011. 39-b.
3.
Quronov D.H. Adabiyot nazariyasi asoslari.–Toshkent: “Noshir”, 2019. 3-b.
4.
Pedagogik mahorat.– Toshkent: M.M. Ahmedjanov, B.Q. Xo‘jayev, Z.D. Hasanova, 2010. 18-
b.
5.
Adabiyotshunoslik nazariyasi.– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi, 2018. 50-b.
6.
“Adabiyotshunoslik nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni.– Samarqand: 2012. 8-b.
7.
Adabiyotshunoslikka kirish. –Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,
2004. 31-b.