457
ZAMONAVIY SHE’RIYATNING POETIK TAKOMILLASHUV MASALALARI
Axadova Sevara Toxir qizi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti
Annotatsiya
. Mazkur maqolada yangi o‘zbek she’riyatining nazariy asoslari, uning
mustaqillik davridagi takomili va rivojlanish tamoyillari, mavzular xilma-xilligi va poetik jihatlari
xususida so‘z yuritiladi. Hozirgi o‘zbek she’riyatida vatanparvarlik, milliylik, erkinlik, shaxsiy
daxlsizlik kabi mavzularning keng qamrovda aks etishi, vazn va ifoda tarzidagi yangilanishlar,
she’riy janrlarda taransformatsion o‘zgarishning yuzaga kelishi, rang-baranglashuvi va ularga
nisbatan individual adabiy yondashuvlarning ta’siri o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar
. Zamonaviy she’riyat, poetika, mustaqillik davri adabiyoti, she'riy tizim, erkin
vazn, barmoq vazni, aruz vazni, modernizm, postmodernizm, milliylik, vatanparvarlik, shaxsiy fikr,
shoir ijodiyoti, inson ruhiyati, simvolizm, shaxsiy erkinlik.
ÇAĞDAŞ ŞİİRİN ŞAİRLİK GELİŞİMİ MESELELERİ
Axadova Sevara Tohir kızı,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisi
Özet.
Bu makalede yeni Özbek şiirinin teorik temelleri, bağımsızlık dönemindeki gelişimi ve
ilerleme ilkeleri, konu çeşitliliği ve şiirsel yönleri ele alınmaktadır. Günümüz Özbek şiirinde
vatanseverlik, milliyetçilik, özgürlük, kişisel dokunulmazlık gibi konuların geniş kapsamda yer
aldığı, ölçü ve ifade tarzında yeniliklerin yapıldığı, şiir türlerinde dönüşümsel değişimlerin
meydana geldiği, çeşitliliğin arttığı ve bu türlere yönelik bireysel edebi yaklaşımların etkisinin
incelendiği belirtilmiştir.
Anahtar kelimeler
. Modern şiir, poetika, bağımsızlık dönemi edebiyatı, şiirsel sistem,
serbest nazım, parmak vezni, aruz vezni, modernizm, postmodernizm, milliyetçilik, vatanseverlik,
kişisel düşünce, şairin yaratıcılığı, insan ruhu, simgecilik, kişisel özgürlük.
ПРОБЛЕМЫ ПОЭТИЧЕСКОГО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ
СОВРЕМЕННОЙ ПОЭЗИИ
Ахадова Севара Тахир кызы,
магистрантка Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация.
В данной статье рассматриваются теоретические основы новой
узбекской поэзии, её развитие и совершенствование в период независимости, разнообразие
тем и поэтические аспекты. Отмечено широкое отражение тем патриотизма,
национализма, свободы, личной неприкосновенности в современной узбекской поэзии,
обновление в ритме и форме выражения, трансформационные изменения в поэтических
жанрах, их разнообразие и влияние индивидуальных литературных подходов.
Ключевые слова.
Современная поэзия, поэтика, литература периода независимости,
поэтическая система, свободный ритм, ритм пальца, ритм аруз, национальный ритм,
модернизм, постмодернизм, национализм, патриотизм, личное мнение, творчество поэта,
человеческая психика, символизм, личная свобода.
ISSUES OF POETIC DEVELOPMENT IN MODERN POETRY
Axadova Sevara Tohir qizi,
458
master's student’s of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Annotation.
This article discusses the theoretical foundations of modern Uzbek poetry, its
development and evolution during the independence period, thematic diversity, and poetic aspects.
It highlights the broad reflection of themes such as patriotism, nationalism, freedom, and personal
inviolability in contemporary Uzbek poetry, innovations in rhythm and expression style,
transformational changes in poetic genres, increased diversity, and the influence of individual
literary approaches on these genres.
Keywords
. Modern poetry, poetics, independence period literature, poetic system, free
verse, syllabic meter, aruz meter, modernism, postmodernism, nationalism, patriotism, personal
opinion, poet's creativity, human soul, symbolism, personal freedom.
Kirish.
Butun dunyoda XX asr oldingi asrlardan tubdan farqlanuvchi jamiyatning har
jabhasida sezilarli o‘zgarishlarni boshidan kechirgan yangi bir davr sifatida tarixda qoldi. Bu
evrilish ayniqsa san’at va adabiyotning yangi bir bosqichlarga yuz tutganida ko‘zga tashlanadi.
Jumladan, asr o‘rtalariga kelib mumtoz an’analar va g‘arbona poetik tamoyillarni namoyon eta
boshlagan oʻzbek she’riyati shakl va mazmun jihatidan jiddiy oʻzgarishlarga duch keldi. “Natijada
she’riyatimiz asrlar davomida amal qilib kelingan poetik qarashlar inkor qilinib, oʻzgargan
mazmun-mohiyatga mos yangi shakl bobida izlanishlar davriga kirdi. Bu izlanishlarning eng muhim
va she’riyatimizda tub yangilanishga olib kelgan yoʻnalishlari sifatida she’rning ritmik intonatsion
sathida, poetik ifoda yoʻsini va subyektiv shakllanishdagi oʻzgarishlarni koʻrsatish mumkin”. [1,
274]
O‘zbek she’riyati uzoq tarixga ega bo‘lib, uning rivojlanishi bir necha bosqichlarni o‘z
ichiga oladi. Mustaqillikdan keyingi davrda yangi o‘zbek she’riyati jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutdi.
Ushbu she’riyat o‘zining estetikasi, mavzu va shakl jihatidan an’anaviy she’riyatdan farq qiladi
hamda zamonaviy o‘zbek adabiyotining muhim qismiga aylandi. Istiqlol adabiyoti – xalqimiz ongi-
dunyoqarashidagi sifat o‘zgarishlarining, umummilliy ijtimoiy uyg‘onishning estetik ifodasidir.
Bugungi tarixiy yangilanishlar ildizini millatning erk-ozodlik uchun olib borgan kurash
g‘oyalaridan, vatanparvarlikdan xoli tasavvur qilish mumkin emas. Erkparvarlik g‘oyalari,
hurfikrlik ideali, iymon salomatligi, e’tiqod butunligi, Vatan kamoli, istiqlol istiqbolini belgilovchi
ijtimoiy ideal bugungi adabiyotning mag‘zini tashkil etadi. Istiqlol adabiyoti rivojining muhim
xususiyati – inson ruhiyatini tahlil qilib ongli ravishda kamolga yetkazishdir. Mustaqillikdan keyin
bizning ma’naviy va moddiy merosimiz tiklandi. Urf-odatlarimizga xos asarlar yozila boshlandi.
She’riyatimizga yangi, hurfikr nazmlar kirib keldi.
Asosiy qism
. 1991-yil O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy adabiyotda yangi
erkinlik, milliy o‘zlik va tarixiy xotira mavzusi keng o‘rin egallay boshladi. She’riyatda yangi
mavzular:
–
milliy qadriyatlar va an’analarga murojaat;
–
shaxsiy erkinlik va insoniy huquqlar;
–
zamonaviy insonning ma’naviy izlanishlari;
–
global va ekologik muammolar;
–
falsafiy fikrlash va modernist tendensiyalar, kabi bir qancha keng qamrovli mavzular vujudga
keldi.
She’r arabcha shuur-sezgi ya’ni shoir his-tuyg‘ularining qofiyali tarzda vujudga kelishidir.
Adabiyotda she’r o‘rniga “nazm” so‘zi ham ishlatiladi. N.A.Dobrolyubov she’r uchun uch
xususiyat: ezgulik, go‘zallik, donolik shart bo‘lishini ta’kidlagan edi. Maqsud Shayxzoda esa
o‘zining “She’r chin go‘zallik singlisi ekan” she’rida she’riyat “ma’rifatdan, hayotga muhabbatdan
kam bo‘lmagan darajadagi ehtiyoj sanalmog‘i darkor” deb aytgan edi. She’r, odatda, obrazli
so‘zlardan iborat bo‘lib, u bir-biriga teng hamda vaznli gaplardan tuziladi. She’r insonlarning ichki
his-tuyg‘ularini junbushga keltiradigan ilohiy kuchdir, u orqali ko‘plab ijtimoiy masalalar ham
yashirin tarzda olib chiqiladi.
459
Biz adabiyotlardagi nazmlarni o‘qib turib uning qay vaznda yoki janrda yozilganini
ajratamiz. She’rlarni o‘qib uning barmoq yoki erkin vaznda yozilganligini “she’r tizimi” qanday
ekanligini tahlil qilamiz. G‘azallarni aruzning qaysi bahrida yozilganini munozara qilamiz. Shularni
hisobga olgan holda o‘zbek she’riyatida, asosan, uchta vazn qo‘llaniladi. Bular: barmoq, aruz va
erkin. Lekin Erkin Xudoyberdiyev o‘zining “Adabiyotshunoslikka kirish” o‘quv qo‘llanmasida
“o‘zbek she’r tuzilishining she’r tizimlari, asosan, ikkita: ular barmoq va aruzdir”,- deb ta’kidlagan.
O‘zbekiston SSR fanlar akademiyasining 2 tomlik Adabiyot nazariyasi kitobida o‘zbek she’r
vaznlari beshta:
Aruz vazni
Barmoq vazni
Bo‘g‘in-urg‘u vazni
Qorishiq sistema
Miqdor-urg‘u sistemasi.
Bundan tashqari bu sistemalarni ikki guruhga bo‘ladi:
1.
Traditsion o‘zbek she’r sistemalari. Bu guruhga barmoq va aruzni kirgizadi.
2.
Yangi shakllanayotgan o‘zbek she’r sistemalari. Bu guruhga bo‘g‘in-urg‘u qorishiq,
miqdor-urg‘u nomli yangi shakllanayotgan she’r turlari kiradi.
Bundan ko‘rinadiki, erkin vazn tuzilishi, ya’ni ma’lum bir qoidasi yo‘q deb beradi. Shu
ma’noda o‘zbеk tilining ifoda va ohang imkoniyatlariga eng ko‘p mos kеluvchi shе’riy tizim milliy
vaznimiz hisoblangan barmoq vaznidir. Barmoq so‘zi bo‘g‘inlarni qo‘l barmoqlari yordamida
sanashdan kelib chiqqan.
Barmoq vazni misralardagi bo‘g‘inlar sonining bir xil miqdorda takrorlanishi va
guruhlanishiga asoslanadi. Bu tizimda bo‘g‘inlarning sifati, ochiq yoki yopiqligi muhim emas.
Odatda barmoq tizimida baytlarning oxiri qofiyalanadi. Masalan, a-a-b-a yoki a-b-a-b tarzida. Fitrat
barmoq tizimini “milliy vazn” deb, shunday yozadi: “Milliy vaznimizda asos va bo‘g‘inlarining
sanog‘idir. Bir baytning birinchi misrasi nechta bo‘g‘in esa, ikkinchi misrada ham shuncha bo‘g‘in
bo‘ladir. Bo‘g‘inlarning harf, cho‘zg‘i sonlariga esa ahamiyat berilmaydir”. [2, 25b.]. Fitrat barmoq
vaznini “milliy vazn” deyishiga sabab tilimizga juda ham mos kelishi va xalq og‘zaki ijodi
namunalari ham ushbu vaznda yozilganligidir. Hatto Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit
turk” asari ham barmoq vaznida yozilgan. Mutaxassislar barmoq she’r tizimi 4 bo‘g‘inlidan 16
bo‘g‘inligacha vaznlardan tarkib topishini ta’kidlaydilar. Barmoq vazni o‘lchovi qilib misradagi
bo‘g‘inlar soni va ularning turoqlanishiga asoslanadi.
Adabiyotshunos Q. Yo‘ldoshev barmoq she’r tizimini ikki xil: sodda vazn va qo‘shma
vaznga bo‘ladi. Agar she’rning boshidan oxirigacha misralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lsa,
sodda vazn deyiladi. Masalan:
Alpomishlar yurti bu diyor, =9
Doston bo‘lgan Rustamlari bor.= 9
Shu o‘lkada oftob ayvoni,= 9
Shu o‘lkadan boshlanar bahor. = 9
Misralardagi bo‘g‘inlar miqdori ikki xil ko‘rinishda bo‘lsa, qo‘shma vazn deb ataladi.
Qo‘shma vaznda bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lmagan misralarning muayyan tartibi she’r
oxirigacha qat’iy saqlanadi. Masalan, Muhammad Yusufning
Maydon uzra davra qurar =8
O‘zbek kurashsa. = 5
Tog‘larni yelkada surar, = 8
O‘zbek kurashsa. = 5
Barmoq she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlarning muayyan guruhlarga bo‘linishi turoq deb
ataladi. Erkin Vohidovning “Tong nafasi” she’ridan:
Ko‘nglim yana bo‘ldi bahor, a
Ko‘klam keldi bog‘-u diyor. a
Yashnar yana so‘lim vodiy, b
460
Tong nafasi – ohangdiy. b
Bu she’rda satrlar a-a-b-b tartibida qofiyalanib, turoq vaznini yaqqol ifodalaydi. Turkiy
shе’riyatga arab va fors adabiyoti orqali kirib kеlgan aruz tizimida bo‘g‘inlarning miqdoridan
tashqari qat’iy sifati: cho‘ziq va qisqaligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. [3, 6.]
O‘zbеk shе’riyatiga XX asrda modernizm natijasida paydo bo‘lgan erkin vazn esa bo‘g‘inlar
miqdorining turli-tumanligi, qofiyalanish va bandlarda erkinlikka asoslanganligi bilan ajralib turadi.
Erkin vazn an’anaviy bo‘g‘inlar soni va qofiyalanish qoidalariga bo‘ysunmaydigan, lekin o‘zining
ichki ritm va tuzilishiga ega bo‘lgan vazndir. Erkin vaznning asosiy xususiyatlaridan biri
qoidalarsiz ya’ni an’anaviy she’riy vaznlar (barmoq yoki aruz) talab qilgan qofiya, bo‘g‘inlar soni
va satr uzunligiga rioya qilinmaydi. Qolaversa, ichki ritmning mavjudligidir. Garchi tashqi shaklda
muntazamlik kuzatilmasa ham, ichki ritm va ma’no orqali she’rning ohangi yaratiladi. Erkin vaznda
satrlar o‘zgaruvchan bo‘lib, satr uzunligi turlicha bo‘lishi mumkin – qisqa yoki juda uzun bo‘lishi
ehtimoli bor. Erkin vaznda ko‘pincha falsafiy, lirik, yoki ijtimoiy mazmun ko‘tariladi va unda,
asosan, chuqur ma’no kasb etadi. Erkin vazn she’riyati o‘zbek adabiyotida XX asrning o‘rtalaridan
boshlab mashhur bo‘la boshladi. Usmon Nosir, Erkin Vohidov, Shavkat Rahmon kabi shoirlar bu
uslubda ijod qilib, o‘zbek she’riyatiga yangi ruh bag‘ishladilar. Masalan, Mirtemirning “Onaginam”
she’ri erkin vaznda yozilgan.
Tovonimga chaqir tikanakday botguvchi – g‘ashlik. = 15
Bedavo sizloviqday sizlatguvchi – g‘ashlik. = 13
Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon, = 11
Chuchvaraga chekkuvchi – g‘ashlik. = 9
Meni o‘ylab notavon va nimjon, = 10
G‘ashimga tekkuvchi – g‘ashlik. = 8
Suyaklarimni sirqiratib
= 9
Och tevatday g‘ajiguvchi, = 8
Ko‘zimda yosh tirqiratib,= 8
jig‘ildonimda achchiq bo‘zaday = 10
achiguvchi g‘ashlik. = 6
Guvohi bo‘lganimizdek, ushbu she’rda bo‘g‘inlar miqdori har xil, lekin ichki ritm
saqlangan.
She’riyatimizda adabiyotshunoslikning yangi yondashuvlari vujudga kela boshladi. Yangi davr
o‘zbek she’riyati nazariyasida postmodernizm, dekonstruksiya, intertekstualizm kabi zamonaviy
adabiy yondashuvlar o‘z aksini topdi. Ushbu nazariyalar o‘zbek adabiyotshunosligiga ham ta’sir
qilib kelmoqda. Shoirlarning ijodiy erkinligi yangi davr o‘zbek she’riyatining asosiy nazariy
tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bu shoirlarga yangi mavzular va poetik shakllarni sinab ko‘rishga
imkon berdi. Natijada, yangi o‘zbek she’riyatida inson va uning ichki dunyosiga, psixologik
kechinmalarga, shaxsiy erkinlik va individualizm mavzusida she’rlar yozila boshlandi. She’rlarda
badiiy obrazlarning yangiligi, simvolizmning ko‘pligi seziladi. Shoirlar mavhum obrazlar orqali o‘z
dunyoqarashlarini ifoda etishadi. Bundan tashqari, shoirlar o‘zlarining hissiyotlarini, fikrlari va
dunyoqarashlarini chuqurroq ochib berishga harakat qilishadi. Bu yondashuv yangi davr o‘zbek
she’riyatining badiiy-estetik asoslarini boyitdi.
Xulosa.
Yangi o‘zbek she’riyati milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda
rivojlanib kelmoqda. Mustaqillik davrining yangicha ruhiyatini o‘zida mujassam etgan bu she’riyat
Vatan, milliy qadriyatlar, insoniy tuyg‘ularni yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etmoqda. Shoirlar
o‘z asarlarida nafaqat ijtimoiy muammolarni yoritish, balki inson ruhiyatining ichki kechinmalarini
ham chuqur tahlil qilishga e’tibor qaratmoqda. Yangi davr o‘zbek she’riyatining nazariy asoslari
shoirlarning badiiy izlanishlari bilan boyib bormoqda va bu jarayon o‘zining istiqbolli rivojini
davom ettiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
461
1.
Abdurauf Fitrat. Adabiyot qoidalari. Tanlangan asarlar 4 jild. –Toshkent: Ma’naviyat 2006. -
25b.
2.
Adabiyot nazariyasi. O‘zbekiston SSR fanlar akademiyasi. 2 tomlik. –Toshkent: Fan 1979.
B.342.
3.
Buriyeva, F. (2024). The gradual development of literary tradition and innovation in poetry
(From the Post-1960s Period).
American Journal of Philological Sciences
,
4
(11), 86-89.
4.
Hamdamov U. Yangi o‘zbek she’riyati. –Т.: Adib, 2012. – 274b.
5.
Muhammad Yusuf. Ulug‘imsan Vatanim. –Toshkent: Ijod dunyosi 2004. -15b, B.48.
6.
Quronov. D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Navoiy universiteti.-2018, 345b.
7.
Xudoyberdiyev. E. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Iqtisod-moliya. 2007, B.146.
8.
Yo‘ldoshev. Q, Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot. 7-sinf, darslik. –
Toshkent: Sharq. 2017, B.329. -53-55b.
9.
Yusupova. D. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. O‘quv qo‘llanma – Toshkent:
2018.-6b.