Mualliflar

  • Berdiyev Xusan Xolnazarovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112597

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Folklor asarlari dostonlar atamalar maqollar topishmoqlar matallar.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek turkiy tilida qishloq leksikasining o‘zbek adabiy tili, 
shevalari va og‘zaki ijodida, lug‘atlarda va etnografik materiallarda, shuningdek, og‘zaki va yozma 
adabiyot namunalarida qanday aks etishi haqida so‘z yuritiladi. Xususan, qishloq xo‘jaligiga oid 
leksikaning  xalq  og‘zaki  madaniyati  materiallari  bilan  ifodalanishi  aniqlanib,  chiqarilgan 
xulosalarning ilmiy-nazariy asoslarga tayanilganligi yoritilgan. 


background image

581

FOLKLOR ASARLARIDA O‘TOVSOZLIKKA DOIR BADIIY

MA’LUMOTLARNING IFODALANISHI

Berdiyev Xusan Xolnazarovich,

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti dotsenti, f.f.f.d (PhD)

rustam_berdiyev1996@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘zbek turkiy tilida qishloq leksikasining o‘zbek adabiy tili,

shevalari va og‘zaki ijodida, lug‘atlarda va etnografik materiallarda, shuningdek, og‘zaki va yozma
adabiyot namunalarida qanday aks etishi haqida so‘z yuritiladi. Xususan, qishloq xo‘jaligiga oid
leksikaning xalq og‘zaki madaniyati materiallari bilan ifodalanishi aniqlanib, chiqarilgan
xulosalarning ilmiy-nazariy asoslarga tayanilganligi yoritilgan.

Kalit so‘zlar

. Folklor asarlari, dostonlar, atamalar, maqollar, topishmoqlar, matallar.

FOLKLOR ESERLERINDE KÜÇÜK DÜZENLEME ILIŞKIN

SANATSAL BILGILERIN IÇERILMESI

Berdiyev Khusan Kholnazarovich,

Ekonomi ve pedagoji üniversitesi doçenti, felsefe doktoru (PhD)

Özet.

Bu makalede Özbek Türçesinde kırsal söz varlığının Özbek edebi dili, lehçeleri ve

ağızlarında, sözlüklerde ve etnografik materyallerde, ayrıca sözlü ve yazılı edebiyat örneklerinde
nasıl yer aldığı ele alınmaktadır. Özellikle köy ekonomisine ait söz varlığının halk sözlü kültür
malzemeleriyle ifade edildiği tespit edilmiş olup, çıkarılan sonuçların bilimsel ve teorik temellere
dayandığı ele alınmıştır.

Anahtar kelimeler.

Folklor eserleri, destanlar, terimler, atasözleri, bilmeceler, atasözleri.

ВЫРАЖЕНИЕ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ СВЕДЕНИЙ О ЮРТОВОДСТВЕ

В ФОЛЬКЛОРНЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

Бердиев Хусан Холназарович

,

доцент Университета экономики и педагогики, д.ф.н. (PhD)

Аннотация.

В данной статье рассматривается, как сельская лексика в узбекском

тюркском языке отражается в узбекском литературном языке, диалектах и устном
творчестве, в словарях и этнографических материалах, а также в образцах устной и
письменной литературы. В частности, определено, что сельскохозяйственная лексика
представлена материалами народной устной культуры, и освещено, что сделанные выводы
основаны на научно-теоретических основах.

Ключевые слова.

Фольклорные произведения, эпосы, термины, пословицы, загадки,

поговорки.

EXPRESSION OF ARTISTIC INFORMATION ON YURT

BUILDING IN FOLKLORE WORKS

Berdiyev Khusan Kholnazarovich,

Associate professor of the university of economics and pedagogy,

doctor of philosophy (PhD)


background image

582

Abstract.

In this article it is noted that the lexicon of the Uzbek language is found in the

Uzbek literary language, dialects and dialects, dictionaries and ethnographic materials, as well as
in oral and written literature. In particular, it was determined that the lexicon of grassland is
expressed in the materials of folklore, and the conclusions are scientifically and theoretically based.

Key words

. Folklore works, epic, folk, olan, riddle, proverb.


Badiiy tafakkur mahsuli bo‘lmish ijod namunalari: xalq og‘zaki ijodi dostonlari, maqollar,

topishmoqlar, iboralar, o‘lan va termalar kabi folklor janriga oid asarlarda turkiy xalqlar uysozlik,
jumladan, o‘tovsozlik madaniyatiga doir ko‘pgina ma’lumotlar uchraydi.

Navbatida, ushbu sohaga doir qadriyatlarning xalq hayotida qadim davrlardan boshlab

mustahkam o‘rin olganligidan dalolat beradi. Ma’lumki, “Alpomish” dostoni materiallari nafaqat
adabiy estetik, balki lingvistik nuqtai nazardan ham muhim ma’lumotlar beradi. Dostonda soha
leksikasi, shu jumladan, o‘tovsozlik terminlari ham anchagina. Kontekstual sinonimik qatorni
tashkil etuvchi so‘zlar ishtirok etgan quyidagi misollarni keltirish mumkin:

O‘tov: “Xonning Chibor oti poyganing oldini olib, shashti bilan kelib, baxmal o‘tovni yetti

marta aylanib, otning tizginini ushlab Qorajon to‘xtatdi...”

Yurt: “...O‘z akamga o‘zim zakot berguncha, Boshqa yurtda juz'ya berib yurayin, //

Maslahat ber, o‘n ming yurtli qarindosh!”

Uy termini shu murojaatning boshqa o‘rinlarida “Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh!”

tarzida kelgan. Yoki: “...uylarini buzib, tuyalarga ortib, ayollari ham o‘z yuki-yobini bo‘g‘ib,
bo‘g‘cha- bo‘ylarini chog‘lab, to‘polon bo‘lib, shovqin-g‘alag‘ur bo‘lib qoldi. O‘n ming uyli
Qo‘ng‘irot talato‘p bo‘lib, Kashal eliga, Qalmoq yurtiga qarab, ha deb ko‘cha berdi...”

Chodir: “...Alpomishning tanidan Qorajon poygaga bormoqchi bo‘ldi... Alpomish chodirda

o‘tirib qoldi”.

O‘tovsozlikka oid to‘r, bo‘sag‘a, poygak singari so‘zlar hozirgi paytda ham keng

qo‘llaniladi. “Alpomish”da: “Shu majlisda bir Yartiboy oqsoqol degan bor edi. Majlisli kun bo‘lsa,
to‘rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo‘sag‘aning oldida kavushga joy bermay, kavush
bilan aralashib, it yiqilish bo‘lib, poyga betda yotar edi...”

Asardan soha terminlariga oid ko‘plab misollar keltirish mumkin:
Baxmal o‘tov//baxmal uy: boy-badavlat, martabali kishilarning o‘tovi: “... bir baxmal

o‘tovni tikib... o‘z kayf-safosi bilan o‘tirib edi...”

Japsar: tirqish, tuynuk. O‘tovning uvuq va keragalari tutashgan, jipslashtirilgan joyi.

Bu so‘zdi aytib Barchin suluv turadi, Japsar yorib Chilbir cho‘lga qaradi (va b.).

Doston materiallarida, shuningdek, chodir, baqan, bo‘g‘cha-bo‘y, beshik-kertti, bo‘sag‘a,

jaylov, japsar, jarchi, jihaz, jelak, jovchi, kapa, kebanak, kuyov tovoq, kuyov uloq, ko‘nak, ko‘sov,
lo‘k, mehtar, ovsar, rasmi qa'da, saba, siriq, tarkash, tuvurlik, to‘qqiz tovoq, chanqavuz,
changg‘arog‘i, chotir, choch siypatar, shomiyon, shouloq, qiz opqochdi, qulluq bo‘lsin qilmoq, qo‘l
ushlatar, qo‘nmoq singari o‘tovsozlikka aloqador so‘zlar uchraydi.

Ma’lum bo‘ladiki, xalq dostonlarida podshohning ov yoki sayrga chiqishi tasvirlangan

o‘rinlarda chodir, boshqa tafsilotlar bayonida o‘tov leksemalari qo‘llaniladi. Chunonchi,
“Rustamxon” dostonida: “Shunday qilib, yo‘l yurib, Qurudim mamlakatini yoqalab chodir-chaman
tikib qo‘ndi”... “Bir kuni Rustam enasi va tozilarini qoldirib, zarur anjomlar topish uchun yo‘l
tortdi. Ko‘zi tog‘ bag‘ridagi o‘tovga tushdi”. Asarda o‘tovsozlikka oid boshqa terminlar ham
kuzatiladi: “Ot ustida o‘tovning bo‘sag‘asidan qaradi. Ko‘rdi:.. Ikki qo‘li orqasiga boylangan,
sochidan uyning keragasiga boylovli turibdi”. O‘tovsozlik terminlari xalq dostonlaridan namunalar
berilgan dars-liklardagi satrosti lug‘atlarda ham mavjud. Chunonchi: “Keraga – o‘tovning chetanga
(to‘qima devor) o‘xshatib ishlangan devori” [7, 103]. Shuningdek, o‘tovsozlik terminlari
“Kuntug‘mish”, “Oychinor”, “Kelin-oy yoki Norguloy” (va b.) singari dostonlarda ham faol tarzda
uchraydi.


background image

583

O‘tovsozlik terminlarining topishmoqlarda ifodalanishi.

Kuzatishlardan ma’lum

bo‘lishicha, o‘tovsozlik leksikasiga oid lingvistik birliklarning matnda bevosita ishtirok
etish/etmasligiga ko‘ra, topish-moqlarni ikki guruhga ajratish mumkin:

1.

O‘tov va uning qismlari nomi aks etgan topishmoqlar.

Bular o‘xshatish asosida boshqa

narsa-predmetlarni ifodalaydi. Bu qiyoslashlar estetik, axloqiy, tarbiyaviy munosabatni yuzaga
chiqarish uchun xizmat qiladi. Chunonchi, quloq va uning teshigi, elak, it, chumchuq, ko‘z, qosh,
burun, og‘iz, kiprik va soch haqidagi misollarni shu guruhga kiritish mumkin.

Dialogik xarakterdagi topishmoqlarda mavzuga oid xarakterli misollarni uchratish mumkin.

Topishmoqning savol qismida ko‘z, qosh, burun, og‘iz, kiprik va soch kabilarning shakliy belgilari
ifodalangan bo‘lib, ularning nomlari javob qismida keltiriladi. Bunda o‘tov va odamning yuz qismi
a’zolari shakliy belgilariga ko‘ra qiyoslanadi. Binobarin, topishmoqning savol qismida o‘tovsozlik,
javob qismida metaforik tarzda anatomik terminlar aks etganini quyidagi misolda ko‘rishimiz
mumkin:

Topishmoqning savol qismi

Topishmoqning javob qismi

-

чанғарақ

та қош чырақ, о нiмәдiр,

балқантаз?

ұй

устiдә пәрлi жәй, о нiмәдiр,

балқантаз?

зәрәң жэрдә қош төлә. о нiмәдiр,

балқантаз? ҳәвiзi бар, сувы жоқ, о нiмәдiр,
балқантаз? қатар-қатар қара нар, о
нiмәдiр, балқантаз?

ұй

артыда қош тэрәк,

о нiмәдiр, балқантаз? [8, 151].

-чанғарақта қош чырақ,

көз

дэгәнi эмәсмә?

ұй ұстдә пәрлi йәй,

қаш

дэгәнi эмәсмә?

зәрәң жэрдә қош төлә

мурун

дэгәнi

эмәсмә? ҳәвұзi бар, сувы жоқ,

авыз

дэгәнi

эмәсмә? қатар-қатар қара нар,

кiпрiк

дэгәнi

эмәсмә? ұй артыда қош тэрәк,

чәч

дэгәнi

эмәсмә? [8, 151-152].


Matn savol qismidagi uy termini o‘tovni ifodalab keladi. Lug‘atlarda ham bunday

ma'nodoshlikni ifodalovchi ayrim qaydlar mavjud. Chunonchi, “O‘tov (Dhq) kelin-kuyovlar uchun
tayyorlangan, nikoh marosimiga mo‘ljallangan qora uy – yurt...» [4, 82 ].

O‘tov va uning qismlari nomi aks etmagan, biroq shu tushunchalar ifodalangan

topishmoqlar.

Ma’lum bo‘ladiki, ayrim topishmoqlarda o‘tovsozlik terminlari
bevosita tilga olinmaydi. Topishmoqning javobidan uning nima ekanligi ayonlashadi. Misol

uchun quyidagilarni keltirish mumkin:

Жiндi қыз, жiндi қыз // Жiн төбәгә чықты қыз.
Балларыны iйәртiп, // Дәрәң-дұрұң қылды қыз

(қора уй чанғороғи) [8, 142];

Бiздiң ұйдә

қырқ қыз бар, бәрi чәчпөпәклi

(увуқ ва унинг боғи) [8, 138].

Topishmoqlarda qo‘llangan o‘tovsozlik terminlari orqali narsa- predmetlarning quyidagi

xususiyatlari asos qilib olingani kuzatiladi: – shakliy belgi (... kəpə – quloq va uning teshik qismi);
– ovoz belgisi (Chang‘araqta charqillaq...) (o‘tovsozlik termini+qush ifodasi); – harakat-holat
belgisi (Kerəgədə kirkillək...) (o‘tovsozlik termini+elak ifodasi).

O‘tovsozlik terminlarining maqollarda ifodalanishi. Maqollar milliy dunyoqarashni

namoyish etishga doir lingvistik qadriyatlarni o‘z bag‘rida saqlab kelmoqda. Chunonchi, Jaman
ұydən jaman tұtұn – Jomon uydan jomon tutun. Yoki: Tіrі bop tөrdə joq, өlі bop gөrdə joq – Tiri
bo‘p to‘rda jo‘q, o‘li bo‘p go‘rda jo‘q; Japsars'z uy bomas, mesleetsiz toy (va b.).

Umuman, xalq maqollarida ham o‘tovsozlikka oid ko‘pgina so‘z terminlar ifodanganki, bu

ularning xalq ma’naviy-moddiy merosining yorqin namunasi ekanligidan dalolat beradi.

O‘tovsozlik terminlarining iboralarda ifodalanishi. Soha terminlari o‘zbek xalq iboralari

tarkibida ham faol qo‘llanishda. Bu jarayonni tadqiqot obektimiz materiallarida ham ko‘rish
mumkin: Chig‘arg‘an qiz chiyden tashqari – uzatilgan qiz, boshqa xonadon a’zosi [8, 193];
Chag‘araqtan chig‘ib ketejatqani joq – nojoiz ishlarga qo‘l urayotgani yo‘q [8, 186]; Irgəsі qөqig‘an
– irgasi qo‘qig‘on... Chechesi taza irgesi qoqig‘an g‘o‘r eken – Yangasi toza uyi qo‘qigan noshud


background image

584

ayol ekan [8, 132].

O‘tovsozlik terminlari termalar, o‘lan va olqishlar hamda yozma adabiyot namunalarida ham

tez-tez namoyon bo‘ladi. Ularda soha terminlari muayyan poetik vazifa bajaradi, she’rning
kompozision- struktur tarkibida uslubiy vositalardan biri bo‘lib keladi:

Qorauy – uvug‘i, qorauy – tuvug‘i, // Kelinoyga o‘tmaydi, qahraton-sovug‘i.
Qofiyadosh so‘zlar uvug‘i-tuvug‘i-sovug‘i paradigmatik qatorida dastlab-ki ikki so‘z

o‘tovsozlik termini bo‘lib, ular she'rning eng muhim ritmo-melodik markazida poetik vositaga
aylangan. O‘tovsozlik terminining radif bo‘lib kelishiga ham qator misollar uchraydi:

Boshimga boshpana, o‘tov, // Necha ming yoshsana-a, o‘tov (qo‘shiqdan)
O‘tovsozlik termini (uvuq) va o‘tov anjomini tayyorlashda ishlati- ladigan material (chuvuq)

nomini ifodalovchi leksema ishtrokida hosil bo‘lgan o‘xshatishga quyidagi misralar misol bo‘la
oladi:

Kelinoylar kelar uvuqday, // Egilmagan chuvuqday [5,357].
Takror san'ati: Vale bazm yuz boshliq oq uy aro, Oq uy tashi tuya mushki birla qaro (“SI”).

Tanosib san'ati: to‘r, borgoh-chodir, taxt, shoh tushunchalari aloqadorligida hosil qilingan:

To‘rida borgohning bir biyik taxt, Aning ustida bir shohi javonbaxt (“FSh”)
Ruju’ san'ati: Chotma dema hajr qaro shomi de, Zulmu taab uylarining domi de.

Ko‘rib o‘tilganlardan ma'lum bo‘ladiki, o‘tovsozlik terminlari xalq og‘zaki ijodining o‘ziga

xos janrlari hisoblanmish topishmoq, maqol, ibora, o‘lan va termalar hamda yozma adabiyotda ham
faol qo‘llaniladi. O‘tovsozlik terminlari o‘zbek xalqi bilan bir qatorda, qardosh qozoq, qoraqalpoq,
qirg‘iz, turkman tillari vakillari nutqida ham keng qo‘llanadi. Chunonchi, o‘zbeklarda: mulkin
ko‘rda bo‘zin ol, irgasin ko‘rda qizin ol (so‘zlashuv nutqi). Irga – o‘tov ichi paygoh tarafi;
changgaraqda charqilak, keragada kerkilak (badiiy nutqdan). Qoraqalpoq so‘zlashuv va badiiy
nutqida chang‘aroq so‘zi oila ma'nosini ifodalaydi: “Raxmet Ametovtiң sh a ң a r a g‘ i n a” [3,
100] (ta'kid bizniki – X.B.). Qozoq tili materiallaridan ham bunga ko‘plab misollar keltirish
mumkin: “Auil – memlekettiң k ye r ye g ye s i” [2, 34] (ta'kid bizniki – X.B.).

Nomlanishlardagi har xillikning yana bir tomoni kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga

aloqador bo‘lishi haqidagi qaydlar xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotga mansub tarixiy,
zamonaviy asarlarda ham aks etgan. Chunonchi, A. Omonturdiev tadqiqotiga ko‘ra, «Boy va
kambag‘al tushunchasi chorvadorlar yashaydigan qora uy, o‘tov, oq o‘tov, baxmal o‘tov, kapa,
chayla, olachuq, chodir kabilar orqali ham anglashiladi [6, 139].

Lingvistikada o‘tov, asosan, qora uy tarzida sharhlanib kelinganining guvohi bo‘lamiz: a)

«O‘tov (Dhq) – kelin-kuyovlar uchun tayyorlangan, nikoh marosimiga mo‘ljallangan qora uy –
yurt...» [4, 107]; b) “O‘tov 1 (Yong‘oqli) – kelin-kuyov uchun yoki boshqa maqsadlar uchun
tikilgan yangi qorauy...” [5, 400].

Ikkinchi tomondan esa, “o‘tovlar hajmi va boshqa xususiyatlariga qarab xilma-xil bo‘lishi

mumkin. Binobarin, ulardan har birining o‘z nomi mavjud. Masalan, bir qanotli keragalisi –
yerqanat, ikki qanotlisi – qo‘shqanat, sakkiz keragalisi – qanat...” [1, 98].

Uchinchidan, nomlanishlar ishlatiladigan materiallar (kigiz ustidan qoplangan matolar) rangi

bilan ham muayyan ma’noda aloqador bo‘lgan: oq o‘tov, qora o‘tov, duxoba o‘tov, shohi o‘tov
kabi. Prof. E.Umarov oq uy atamasi xususida to‘xtalib, uning tarkibi va nomlanishi haqida quyidagi
asosli fikrlarni ta’kidlaydi: “Oq uy ikki (oq+uy) qismdan iborat bo‘lib, qadimda chorvadorlarning
yozda salqin, qishda issiq boshpanasi hisoblangan. Bu boshpananing oq uy deyilishiga sabab,
o‘zbek qomusida yozilishicha, uning ustiga oq kigiz yopilgan. Kigiz ustidan esa oq mato qoplangan
va u oq arqonlar bilan bog‘langan” [9, 31-32].

To‘rtinchidan, zamonaviy asarlarda ham o‘tovsozlik terminlari ishlatilgan bo‘lib, ular,

asosan, tarixiy koloritni berish, yozuvchining badiiy olami bilan bog‘liq yuksak ideallarni to‘la aks
ettirish maqsadiga xizmat qiladi. Xuddi shu jihatdan o‘tovsozlik terminlari konseptual xususiyatga
egadir. Adabiy asarlar ko‘zdan kechirilganda, A.Qodiriy, Zulfiya, A.Oripov, Sh.Xolmirzaev,
T.Murod, E.Shukur (va b.) singari ijodkorlar qo‘llagan terminlar shunday maqsadga xizmat
qilganligi kuzatiladi. Mazkur masala va uning til reprezentasiyasiga aloqador antroposentrik


background image

585

xususiyatlari navbatdagi tadqiqotlar uchun keng ko‘lamli materiallar beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Abdiev M. O‘zbek tili o‘tovsozlik atamalari// O‘TA, 2001. – №6. – B. 98.

2.

Алласугуров Е. Мəңги жаса. – Нөкис: Билим, 2009.

3.

Кенжеахметүлы С. Жетi қазына. 2-кiтап. – Алматы: Ана тiлi, 2005.

4.

Mirzaev N. O‘zbek tili etnografizmlarining izohli lug‘ati. – Toshkent, 1991.

5.

T. Qashqadaryo o‘zbek xalq

so‘zlari lug‘ati. I.

– Toshkent: Muharrir, 2011.

6.

Omonturdiev A. Professional nutq evfemikasi (chorvadorlar nutqi misolida): Filol. fan. d-ri
...diss. – T., 2009.

7.

Rafiev A., G‘ulomova N. Ona tili va adabiyot. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. –
Toshkent: Sharq, 2002.

8.

To‘ychiboev B., Qashqirli Q. Zominning til qomusi. – Toshkent, 2012.

9.

Umarov E. Alishyer Navoiy asarlarida oq uy atamasi //O‘TA, 2005. – №1. – B. 31-32.

Bibliografik manbalar

Abdiev M. O‘zbek tili o‘tovsozlik atamalari// O‘TA, 2001. – №6. – B. 98.

Алласугуров Е. Мəңги жаса. – Нөкис: Билим, 2009.

Кенжеахметүлы С. Жетi қазына. 2-кiтап. – Алматы: Ана тiлi, 2005.

Mirzaev N. O‘zbek tili etnografizmlarining izohli lug‘ati. – Toshkent, 1991.

T. Qashqadaryo o‘zbek xalq so‘zlari lug‘ati. I. – Toshkent: Muharrir, 2011.

Omonturdiev A. Professional nutq evfemikasi (chorvadorlar nutqi misolida): Filol. fan. d-ri

...diss. – T., 2009.

Rafiev A., G‘ulomova N. Ona tili va adabiyot. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. –

Toshkent: Sharq, 2002.

To‘ychiboev B., Qashqirli Q. Zominning til qomusi. – Toshkent, 2012.

Umarov E. Alishyer Navoiy asarlarida oq uy atamasi //O‘TA, 2005. – №1. – B. 31-32.