574
III SHO‘BA.
MADANIYATLARARO ALOQA VA INGVOKULTUROLOGIYA
BUYUK IPAK YO‘LI XALQLARI - O‘ZBEK VA XITOY FOLKLORIDAGI
OBRAZLARNING QIYOSIY TAHLILI
Musurmanov Erkin Rabbimovich
,
filologiya fanlari doktori, Samarqand davlat chet tillari instituti dotsenti
Email:
Jurayev Hakim Ibragimovich,
Samarqand davlat chet tillari instituti o‘qituvchisi
Email:
Annotatsiya.
Turkiy folklorda “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlar, asotirlar
borki, ularda timsollarga aylangan epik obrazlarning mavjudligi, asarlarning qadimiyligi va badiiy
mukammalligi, shubhasiz, turkiy xalqlarning milliy g‘ururi va iftixorini jo‘sh urdiruvchi omil bo‘lib
qolmoqda. Bu dostonlar xitoy, yunon, hind xalqlarining buyuk eposlari bilan bir darajada
turadigan ulkan merosdir. «Alpomish» dostoniga uyg‘un «Qo‘rqut ota kitobi», «Manas» dostonlari
ham shu kabi taʼriflarga munosib. Mazkur dostonlarning ko‘p jihatlari bir-biriga yaqin bo‘lib,
ularni o‘zaro va qo‘shni, jumladan, xitoy xalq eposlari bilan qiyosiy tarzda o‘rganish maqsadga
muvofiq. O‘zbek folklori epik qahramonlariga, ayniqsa, “xitoy Herakli” nomini olgan osmon
mergani Xou Yi ko‘p jihati bilan o‘xshashdir. Uning o‘q otishdagi mahorati Alpomishni, yovuz
yirtqichlarni o‘ldirishi O‘g‘uzxonni, mangulik unsuri uchun olib borgan harakatlari Afrosiyob
badiiy obrazini yodga soladi. Xitoy folklorida jangchi va sehrgar ayollar timsollari ham borki,
ularning variantlari turkiy dostonlarda ko‘plab uchraydi. Keltirilgan maqolamizda shunday
uyg‘unlik va o‘ziga xoslik haqida o‘z fikr-mulohalarimizni bildirganmiz.
Kalit so‘zlar.
Epos, epik qahramon, Alpomish, mergan Xou Yi, jangchi va sehrgar ayollar,
qiyosiy tahlil.
BÜYÜK İPEK YOLU HALKLARI – ÖZBEK VE ÇIN
FOLKLORUNDAKI IMAJLARIN KARŞILAŞTIRMALI ANALIZI
Musurmanov Erkin Rabbimovich,
filoloji bilimleri doktoru, Semerkand devlet yabancı diller enstitüsü doçenti
Jurayev Hakim Ibragimovich,
Semerkand Devlet Yabancı Diller Enstitüsü öğretmeni
Özet.
Türk folklorunda "Alpamış," "Göröğlü" serilerindeki destanlar, efsaneler vardır ki,
içlerinde sembol haline gelen epik imgelerin varlığı, eserlerin eskiliği ve sanatsal mükemmelliği,
şüphesiz Türk halklarının milli gururunu ve iftiharını coşturan bir faktör olmaya devam etmektedir.
Bu destanlar, Çin, Yunan ve Hint halklarının büyük destanlarıyla aynı derecede büyük bir mirastır.
"Alpamış" destanına uygun "Korkut Ata Kitabı" ve "Manas" destanları da benzer tanımlara layık.
Bu destanların birçok yönü birbirine yakındır ve onları birbirleriyle ve komşu destanlarla, özellikle
Çin halk destanlarıyla karşılaştırmalı olarak incelemek uygundur. Özbek folklorunun destansı
kahramanlarına, özellikle "Çin Herakli" adını alan gök merganı Hou Yi, birçok yönüyle benzer.
Onun ok atma becerisi Alpamış'ı, kötü canavarları öldürmesi Oğuz Han'ı, sonsuzluk unsuru için
yaptığı çabalar Afrasiyab'ın sanatsal imgesini hatırlatır. Çin folklorunda, Türk destanlarında
birçok varyantı bulunan savaşçı ve büyücü kadınların sembolleri de vardır. Bu makalede, bu uyum
ve özgünlük hakkındaki görüşlerimizi dile getirdik.
575
Anahtar kelimeler.
Destan, epik kahraman, Alpamış, silahşor Hou Yi, savaşçı ve büyücü
kadınlar, karşılaştırmalı analiz.
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ОБРАЗОВ В УЗБЕКСКОМ
И КИТАЙСКОМ ФОЛЬКЛОРЕ НАРОДОВ ВЕЛИКОГО
ШЕЛКОВОГО ПУТИ
Мусурманов Эркин Раббимович,
доктор филологических наук, доцент Самаркандского
государственного института иностранных языков
Жураев Хаким Ибрагимович,
преподаватель Самаркандского государственного института
иностранных языков
Аннотация.
В тюркском фольклоре существуют эпосы “Алпамыш”, цыкла
“Гуругли” (Gooroglu) и мифы, в которых наличие эпических образов, ставших символами
древности и художественного совершенство произведений, несомненно, остаются
фактором, подпитывающим национальную гордость тюркских народов. Эти эпосы -
огромное наследие, стоящее на одном уровне с великими эпосами китайского, греческого,
индийского народов. Тюркские эпосы “Китаби деде Коркуд”, “Манас”, созвучные эпосу
“Алпомыш”, также достойны аналогичных определений. Многие аспекты этих эпосов
близки друг с другом, желательно изучать их в сравнительном аспекте друг с другом и с
эпосами соседних народов, включая китайские народные эпосы. Некоторые эпические герои
тюркского фольклора во многом схожи с китайскими эпическими героями, особенно с
небесным стрелком Хоу И, который носит имя “китайский Геракл”. Мастерство Хоу И в
стрельбе напоминает Алпамыша, уничтожение свирепых хищников образа Огуза, действия
в обретении элемента вечной жизни образа Афрасиаба. В китайском фольклоре также
присутствуют образы женщин воительниц или обладательниц магической силы, варианты
которых встречаются и в тюркских эпосах. В нашей статье мы приводим научные
воззрения касающихся гармонии и оригинальности вышеупомянутых эпических образов
присутствующих в тюркских и китайских эпосах.
Ключевые слова.
Эпос, эпический герой, Алпамыш, стрелок Хоу И, женщина воин и
волшебница, сравнительный анализ.
COMPARATIVE ANALYSIS OF IMAGES IN UZBEK AND CHINESE FOLKLORE
OF THE PEOPLES OF THE GREAT SILK ROAD
Musurmanov Erkin Rabbimovich,
doctor of philological sciences, associate professor
of the Samarkand state institute of foreign languages
Zhuraev Khakim Ibragimovich,
teacher of the Samarkand state institute of foreign languages
Annotation.
In Turkic folklore, there are epics of the Alpamysh series, "Gurugli"
(Gooroglu) and myths, in which the presence of epic images that have become symbols of antiquity
and the artistic perfection of works undoubtedly remain a factor fueling the national pride of the
Turkic peoples. These epics are a huge legacy, standing on a par with the great epics of the
Chinese, Greek, and Indian peoples. The epics "Kitabi dede Korkud" and "Manas", which are
consonant with the epic "Alpomish", are also worthy of similar definitions. Many aspects of these
epics are close to each other, and it is advisable to study them in a comparative aspect with each
other and with the epics of neighboring peoples, including Chinese folk epics. Some epic heroes of
576
Turkic folklore are similar in many ways to Chinese epic heroes, especially the heavenly archer
Hou Yi, who is named "Chinese Hercules". Hou Yi's shooting skills are reminiscent of Alpamysh,
the destruction of the ferocious predators of the Oguz image, and the actions in gaining the element
of eternal life of the Afrasiab image. Chinese folklore also contains images of female warriors or
holders of magical powers, variants of which are found in the Turkic epics. In our article, we
present scientific views on the harmony and originality of the aforementioned epic images present
in the Turkic and Chinese epics.
Keywords.
Epic, epic hero, Alpamish, shooter Hou Yi, female warrior and sorceress,
comparative analysis.
Turkiy, jumladan, o‘zbek va qozoq xalq doston qahramonlari adabiyotshunoslikda qo‘shni
xalqlar personajlari bilan qiyosiy o‘rganilgan, “Alpomish” va “Odisseya” dostonlari o‘rtasidagi
o‘xshash jihatlari haqida o‘z vaqtida V. Jirmunskiy o‘z fikr-mulohazalarini keltirib o‘tgan edi [1,
333]. Bu dostonlar syujeti katta ehtimol bilan, qadimgi turkiy xalqlar mifologiyasiga borib taqaladi.
Alpomish haqidagi eng arxaik tasavvurlar Oltoy xalq ertagi "Alip-Manash"da qayd etilgan deb
taxmin qilinadi. Asarda qahramon shomon xususiyatlariga ega bo‘lib, u suyuklisini olib kelish
uchun ulkan suv ortidagi yetib bo‘lmas o‘zga dunyo - o‘liklar saltanati deb tahmin qilingan [2]
o‘lkaga safar uyushtiradi.
Qadim davrlardan Alpomish haqidagi doston Turkiston xalqlari orasida juda mashhur
bo‘lgan. O‘zbek baxshilari o‘z tinglovchilarining xalq qahramoniga bo‘lgan qiziqishlariga javoban,
shajaraviy silsila tamoyillariga ko‘ra Alpomishning o‘g‘li Yodgor haqida doston yaratdilar. Qozoq
oqinlari xuddi shu shajara asosida Yodgorning o‘g‘illari va Alpomishning nabiralari Alatay va
Japarkulning qahramonliklarini kuyladilar.
Qozoq xalq dostonlarida Alpomishning afsonaviy vatani Boysun mamlakati (qozoqcha
Jideli-Baysыn), xalqning azaliy orzusidagi “Buxoro” ortidagi mamlakat deb tushunilgan. Oddiy
xalq ommasi ana shu ertaknamo utopiyadan najot izlagan va bu baxtli mamlakatga yo‘l topgan xalq
donishmandi Asan-Qayg‘i yoki pahlavon Utegen kabi obrazlarni yaratgan. Turkiy epik
qahramonlarning ayrim vakillari, keltirganimizdek, xitoy folklorida o‘z variantiga ega.
Xitoy epik qahramoni Mergani Xou Yi haqida xitoy asotirlarida quyidagicha maʼlumot
keltiriladi: Afsonalarga qaraganda, qadim zamonda osmonda ko‘k Tangrisining o‘g‘illari - o‘nta
quyosh paydo bo‘lgan. Quyoshlar o‘z navbati bilan tartibni buzmay keng osmon uzra paydo bo‘lib
nur sochar, kunlar esa shu zaylda tinch va bir maromda o‘taverarkan. Bu quyoshlar har kungi bir xil
odatdan zerikishibdi. Sharqdan chiqib kelayotgan aravadagi o‘n quyosh o‘zgacha ish tutib, barchasi
birgalikda nur socha boshlabdi. Jaziramadan tiriklikka qirg‘in kelibdi. Daryo va ko‘llarning suvi
qurib, ko‘kka bug‘ bo‘lib ko‘tarilibdi. Ekin va bog‘lar qovjirab, odamlarning tomog‘i, mollarning
yemishi qolmay, ocharchilik boshlanibdi.
Shunday og‘ir vaziyatda yosh Xou Yi degan qahramon ofat maydoniga chiqibdi. U yoy
otishda tengi yo‘q kamonchi edi, otgan paykoni mo‘ljalga aniq tegar edi. Zamin Xudosi Xou Yini
yoniga chorlab, bu ofatdan odamlarni qutqarishni iltimos qilibdi
.
Xou Yi avval bitta yirtqichni va
bitta ulkan qushni otib o‘ldirdi, so‘ng, paykoni bilan osmondagi quyoshlarni bitta – bitta ota
boshladi.
Bir pasda to‘qqiz quyosh osmon yuzidan g‘oyib bo‘libdi. Havo salqinlashib, odamlar yengil
tin olishibdi. Zamin Xudosi sharofati bilan bitta quyosh ko‘kda qolibdi.
“To‘qqizta quyoshni otgan Yi” afsonasida inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy kurash
tasvirlangan. Qadimgi odamlarning injiq va beayov tabiat ustidan umid, chidam va jasorat bilan
g‘alaba qozonganliklari mazkur afsonada o‘z aksini topgan
[3, 68].
Ushbu asotirning kengaytirilgan variantida keltirilishicha, qadimgi davrlarda odamlarga
doimiy kulfatlarni keltiruvchi yovvoyi hayvonlar yashagan. Osmon imperatori maxluqlarni yo‘q
qilish uchun yerga mergan Xou Yini yuboradi. Mergan go‘zal xotini Chane (
嫦娥
)ni yoniga olib
yerga tushadi va turkiy mifologik qahramon O‘g‘uzxon kabi ko‘plab yovuz maxluqlarga qiron
keltiradi. Osmon hukmdorining topshirig‘i bajarilganda, falokat yuz beribdi – samo egasining erka
577
o‘nta quyosh o‘g‘li ko‘kda paydo bo‘libdi, butun jonivorlarning hayoti havf ostida qolibdi. Mergan
oldin ularni insofga chaqiribdi, biroq quyoshlarning injiqliklari borgan sari kuchayibdi, yerga
yaqinlashib, tabiatga o‘t qo‘yishibdi. Bunga chiday olmagan mergan Yi o‘zining qudratli yoyi bilan
quyoshlarni nishonga olib birin-ketin urib tushiribdi. Oxiri bitta qolgan quyosh yalinib-yolvorgach,
uni kechiribdi. Quyosh boshqa sheriklari kabi samoviy tartibni buzmabdi va kun yorituvchisi
sifatida fazoda qolibdi.
To‘qqiz o‘g‘lini yo‘qotgan ko‘k imperatori mergan Xou Yi va uning xotiniga osmon
saltanatiga qaytib ko‘tarilishga ruxsat bermabdi va mangu umrlarini odamlarniki kabi o‘tkinchi
qilib qo‘yibdi. Shundan keyin mergan Yi xotini bilan yerda muqim yashay boshlabdi. Kunlar, yillar
o‘tgach, Chane osmon saltanatini sog‘inibdi. O‘limdan qo‘rqqan Chane eridan G‘arb maʼbudasi
Sivangmudan tiriklik suvini so‘rab olishni iltimos qilibdi.
Mergan katta qiyinchiliklar evaziga mangulik suvini qo‘lga kiritadi. Uni tegishli vaqtda
ichish lozimligini o‘ylab muddat kutadi va ungacha bir ko‘ngilsizlik yuz bermasligi uchun uni
xotinining ko‘zidan yashiradi. Biroq tiriklik suvini istab topgan xotin, sehrli ichimlikni oy taqvimi
bo‘yicha 8 oyning 15 kuni bir o‘zi ichib qo‘yadi, ajib yengillikni his qilib, oyga qarab ko‘tarila
boshlaydi. Xotinining ko‘kka qarab uchayotganligini ko‘rgan mergan nima yuz berganini tushunib
yetibdi. Qudratli yoyi bilan sevgilisini urib tushirishni xayoliga ham keltirmay, uni g‘amgin
nigohlari bilan kuzatib qo‘ydi, umrbod ayrilayotganligidan qattiq xafa bo‘libdi. Oyga yetib borgan
Chane Guanxan saroyida yolg‘iz yashay boshlabdi. Unga oyda dolchin donlarini havonchada talqon
qilayotgan kichkina quyoncha sherik bo‘libdi [4, 20-21].
Xitoy epik qahramoni mergan Yi nafaqat Alpomishni, balki turkiy xalqlar mifologik
qahramoni Afrosiyobni (qadimgi Turonning afsonaviy hoqoni Alp Er To‘ng‘a) yoki qadimgi
Shumer xalqi epik qahramoni Gilgamishni (Bilgamishni) ham yodga soladi. “Avesto”da
Frangrasyan nomi bilan keltirilgan Afrosiyob Xvarno (kuch-qudrat, hayot kuchi timsoli) ni qo‘lga
kiritmoq uchun uch marta Vorukasha ummonining tubiga sho‘ng‘iydi, lekin maqsadiga
erisholmaydi. Qiziq tomoni shundaki, qadimgi shumer mifologiyasining bosh epik qahramoni
Gilgamish ham Afrosiyob ishini takrorlaydi.
“Utnapishti (suv toshqini davrida odam va
hayvonlardan bir juftlarini kemasiga o‘tqazib, mangulikka erishgan maʼbud – mualliflar)
Gilgamishga O‘lim dengizi tubida kishining umri uzaytiradigan chechak o‘sishini aytadi.
Gilgamish oyoqlariga ikki og‘ir tosh bog‘lab, dengiz tubiga tushadi va baxt gulini sohilga olib
chiqadi. U oddiy suvda yuvinib olmoq niyatida bir ko‘l yonida to‘xtaydi. Shunda inidan sudralib
chiqqan ilon gulni o‘g‘irlaydi va uni yutib yuboradi
.
Ilon eski terisini tashlab, qaytadan yasharadi,
sehrli gulsiz qolgan Gilgamish esa ona shahriga qaytadi. O‘zi bir vaqtlari tiklagan Uruk kentining
ulkan devorlarini ko‘rib Gilgamishning ruhi yana yuksaladi”
[5, 427].
Xitoy mifologiyasidagi mergan Yi ham mangulik unsurini qo‘lga kiritish uchun ko‘p
qiyinchiliklarni boshidan kechiradi va maqsadiga erishadi. Undan foydalanmoqchi bo‘lganda
xotinining xiyonati qurboniga aylanadi. Afrosiyob suvga sho‘ng‘ib mangulik unsuriga erisha
olmasa, Gilgamishning ezgulik chechagini ilon o‘g‘irlasa, mergan Yi ishongan xotini fitnasi bilan
mangulik suvidan ayriladi.
Buryat va mo‘g‘ul xalqlarida mergan Yi syujetining yanada arxaik varianti saqlanib
qolingan. Unda keltirilishicha, qadim zamonda bir mergan yashagan ekan. Bir vaqt kelib yer yuziga
yetti quyosh chiqibdi, olamni jazirama issiq egallabdi. Shunda Erka mergan qasam ichibdi: “Agar
men yetti quyoshni yetti o‘qim bilan otib tushirolmasam, bosh barmog‘imni kesaman, erlikni
yig‘ishtirib, tiniq suvni ichmayman, o‘tgan yilgi o‘simlikni yemayman, qora o‘rada yashayman!”
Erka mergan olti o‘qi bilan olti quyoshni o‘rib tushiribdi. Yettinchisini endi otmoqchi bo‘lib
turganda oldidan olashaqshaq uchib o‘tibdi va shu sabab yettinchi quyosh omon qolibdi. Erka
mergan qahri kelib qushning ketidan quvib ketibdi, biroq oti oqsab olashaqshaqni qo‘ldan
chiqaribdi... G‘azabi kelgan Erka mergan yoyi bilan otining oyog‘ini yaralabdi. Ot tovushqonga
aylanibdi, yaralangan ikki old oyoqlari kalta bo‘lib qolibdi. Erka mergan qasam ichgandek, tiniq
suvni ichmaydigan, o‘tgan yilgi o‘tni yemaydigan bo‘lib, boyboqqa aylanibdi va qora o‘rada yashay
boshlabdi [6, 500-501]. Qahramonning “bosh barmog‘imni kesaman” degan shartining maʼlum
578
asosi bor. Qadim davrda boyboq mergan otli odam bo‘lgan ekan. Uning zamonida ham osmonda
uchta quyosh paydo bo‘libdi, u biriga o‘q uzib nishondan adashgach, jahl bilan bosh barmog‘ini
kesib tashlabdi va yerga kirib ketibdi.
Mergan Yining vafoti haqidagi mifda aytilishicha, mergan Panmen ismli shogirdini usta
kamonchi qilib yetishtiribdi. Biroq ustozini qari, o‘zini esa yosh bilgan Panmenning Yiga g‘ayirligi
kelibdi va ustozini o‘ldirish rejasini tuzibdi. Yelkasigi katta sadoq osib olgan Panmen uni
ustozinikidan ko‘p bo‘lgan o‘qlar bilan to‘ldiribdi. Bir kuni mashqlardan Yi bilan birga uyga
qaytayotgan Panmen to‘satdan osmonga o‘q uzibdi. Ustoz ham uning ketidan o‘q uzib, paykonini
urib tushiribdi. Bu holat Mergan Yining o‘qlari tugaguncha davom etibdi. Panmen ortib qolgan
o‘qlaridan birini olib, ustozi tomon uzibdi. O‘q to‘g‘ri merganning og‘ziga kirib, uni qulatibdi.
Ustozini o‘lgan deb o‘ylagan Panmen uni yoniga yaqinlashganda, mergan Yi hech narsa
bo‘lmagandek o‘rnidan turib: “Meni o‘ldirishga biroz shoshilding.” – debdi va og‘zidan o‘qning
siniq uchini tupurib tashlayotib. – “Men senga qanday qilib og‘iz bilan o‘qlarni tutib olishni va
tishlab sindirishni o‘rgatishga ulgurmagandim.” “Meni kechiring, ustoz!” – pushaymon bo‘libdi
shogird. – “Meni hasad itoatiga olgan ekan ...”.
Mergan “Xiyonatchi hech qachon usta mergan bo‘lolmaydi” – deb, uning o‘q-yoyini
sindirib tashlabdi.
Biroq ustozining uyida yashashga qolgan Panmen bundan foydalanib, boshqa xizmatkorlarni
yo‘ldan uribdi, ov vaqtida g‘aflatda qolgan Yining orqasidan to‘qmoq bilan urishib, uni shikor eti
uchun qaynab turgan qozonga tashlashibdi. Shunday qilib Ko‘kosti elini turli balo – qazolardan
saqlab qolgan qahramon halok bo‘libdi. Ayrim maʼlumotlarda uning o‘limida xiyonatkor
xotinining qo‘li borligiga urg‘u beriladi. «Menszi» (
孟子
) asarida mergan Yi ustozining undan
merganlikda ustun bo‘lganligiga g‘arazi kelgan shogirdi Panmen tomonidan o‘ldirilganligi
keltirilgan [7, 24]. Bu fojia qirg‘iz eposi qahramoni Manasning o‘limini yodga soladi.
Mergan Yi va Panmen, “Mahobhorat”dagi Arjun va Ekalavya, “Alpomish” dostonidagi
Alpomish va Shakaman mergan bilan bog‘liq voqealarni qiyoslash mumkin. Bunda ustoz va
shogirdlik munosabatlaridan tashqari ezgulik va yovuzlik yoki boshqacha qilib aytganda, In va
Yang munosabatlari o‘z aksini topgan. “Mahobhorat”dagi Ekalavya kamon otish mahoratida aslida
Arjundan ham o‘zib ketadi. Biroq uning nasabi “oriy” bo‘lmaganligi, balki “varvar” (turklar
ajdodlari) eli vakili bo‘lganligi uchun u asarda bosh qahramon sifatida ko‘rilmaydi [8, 230],
Arjunning esa uning merganligiga g‘ayirligi keladi. Xitoy, hind va o‘zbek folkloridagi merganlar
munosabati jadvali shunday ko‘rinishga ega.
Baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti “Alpomish” dostonidagi Shakaman mergan Panmen
kabi xoindir, birinchisi g‘ozni otish istagi uchun qo‘ng‘irot elining yo‘q bo‘lishiga ham rozi bo‘lsa,
keyingisi mangulik suvini qo‘lga kiritish uchun ustoziga hiyonat qiladi. Mergan Yining kamondan
o‘q uzishidagi mahorati ko‘p jihatdan o‘zbek dostoni qahramoni Alpomishni eslatadi. Alpomish
yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘zida yetilib kelayotgan ulkan kuch-qudratni namoyon qiladi, bobosi
Alpinbiydan qolgan o‘n to‘rt botmon parli yoydan o‘q uzib, Asqar tog‘ining cho‘qqisini uchirib
yuboradi.
Xou Yi odamlarni suv maxluqi Xebo, odamxo‘r buqa Yaoyuy, dahshatli to‘ng‘iz Fensi,
ulkan bo‘g‘ma ilon Dafendan xalos qilish hodisasi qadimgi “O‘g‘uznoma” bosh qahramoni
jasoratlari bilan uyg‘un. Qadim xitoy sheʼriyatining asoschisi Syuy Yuan (
屈原
, er. ol. 340—278
yy.) o‘zining “Osmonga savollar” asarida xitoy epik qahramoni-Mergan Xou Yi jasoratlarini
shunday keltiradi:
“
Sya yerini maxluqlardan tozalashga Mergan Yi elchi qilib yuborildi...
Xeboni o‘q bilan otib, nechun,
Daryo malikasi (Xebo xotini-mualiflar.) bilan to‘shakni bo‘lishdi?
Gajakdor bezakli kumush yoyidan
Qobon Fensi o‘lim topdi,-
Xou Yi qurbonlik qilgan bu go‘sht
Nimasi bilan Ko‘kka maʼqul keldi?
579
(E. Musurmanov tarjimasi) [9, 131].
Bu syujetning varianti “O‘g‘uznoma” da keltiriladi:
“Bu chog‘ga bu yerda bir ulug‘ o‘rmon
bor edi... O‘sha o‘rmon ichida katta bir qiat (karkidon) bor edi. Yilqilarni, kishilarni yer edi. Juda
katta yomon bir maxluq edi. Qiynoq va mashaqqatlar keltirib el-u yurtni azob-uqubatga botirgan
edi. O‘g‘uz qog‘on botir, xokisor, bir er kishi edi. Bu qiatni ovlamoq istadi. Kunlardan bir kun ovga
chiqdi. Cho‘qmor olib, yoy-o‘q olib otlandi. Yana qilich bilan qalqon olib bir bug‘uni ovladi.
Ushbu bug‘uni tol chivig‘i (novdasi) bilan, Daraxtga bog‘ladi va ketdi. Shundan so‘ng tong otdi.
Tong erta bilan keldi. Qiat bug‘uni yeb qo‘yganligini ko‘rdi. Yana bir ayiqni tutib keltirdi. Oltin
belbog‘i bilan o‘sha daraxtga bog‘ladi va ketdi. Shundan so‘ng yana tong otdi, tong erta yana
keldi. Ko‘rdikim qiat ayiqni ham yeb qo‘yibdi.
O‘zi o‘sha daraxtning tagida kutib turdi. Qiat keldi va boshi bilan O‘g‘uzning qalqoniga
urildi. O‘g‘uz cho‘qmori bilan qiatning boshiga urdi. Uni o‘ldirdi. Qilich bilan boshini kesib olib
ketdi. Yana kelib ko‘rdiki, bir shunqor qiatning ichak-chavog‘ini yemoqda ekan. Yoydan o‘q otib
shunqorni o‘ldirdi, boshini kesib oldi. Undan keyin shunqorning nishonasi, mana bu deb ko‘rsatdi.
(Qiat) bug‘uni yedi, ayiqni yedi (uni) cho‘qmorim uni o‘ldirdi”
[10]. Bu syujetlar qadimgi
shumerlarning “Bilgamish” (“Gilgamish”) dostonidagi “Bilgamishning osmon ho‘kizi bilan
jangi”ni eslatadi. “Bilgamishning pahlavonligiga qoyil qolgan Maʼbuda Innin unga sevgi izhor etadi
biroq rad javobini oladi. Innin bundan g‘azablanadi va otasidan yordam so‘raydi. Otasi xudo Anu
unga qarshi samoviy ho‘kizni yuboradi. U shunchalik bahaybatli ediki, Frot daryosining suvini bir
simirishda ichib qo‘yadi, dami bilan yerni yoradi. Bilgamish Enkidu bilan birgalikda samoviy
ho‘kizni o‘ldiradi” [11, 200-201].
Xitoy-o‘zbek adabiyotlarida jangovar qizlar talqinida maʼlum o‘xshashliklar bor. Xitoy
folklorida Xua Mulan (
花木蘭
) ismli jangchi qiz VI asrda yozilgan “Mulan haqidagi qo‘shiq”
(
木蘭詩
) [12, 295] personaji sifatida mashhurdir. Asar syujetiga ko‘ra, ushbu qahramon qiz
keksayib qolgan otasining o‘rniga urushga otlanadi. O‘sha vaqtda urushga faqat erkaklarni olishgani
uchun Mulan yigit qiyofasiga kirib oladi va jangchilar safidan joy oladi. Jangda ko‘rsatgan
qahramonligi uchun imperator uni davlat mansabiga ko‘taradi. Shundan so‘ng Mulan uyiga qaytib
ketadi. Uni yuksak lavozim bilan tabriklashga tashrif buyurgan do‘stlari Mulanni qizlar kiyimida
ko‘rishadi. Shu bilan asar xulosalanmay qoladi. Mulan bilan o‘zbek dostonlari qahramonlari
To‘maris, Barchin, o‘rtasida bog‘liqlik, aloqadorlik bor. «Qo‘rqut ota kitobi» dagi bahodir Solor-
Qozonning xotini alp Burla-xotin dushmanga asir tushgan o‘g‘li O‘ruzni qutqarish uchun o‘zining
qirq qizi hamkorligida jangga kiradi. Qoraqalpoqlarning «Qirq qiz» dostonidagi go‘zal qiz
Guloyimning qirq qizi va xorazmlik bahodir Arslon bilan birgalikda o‘z xalqini chet el
bosqinchilari qalmoq podshohi Surtaysha va «qizilboshlar» hukmdori Nodirshohdan himoya qiladi.
Go‘ro‘g‘lining yo‘qligida xotini og‘a Yunus pari vatani-Chambilni xiyonatchilardan saqlab qolish
uchun xotinlarni qurollantiradi. O‘rta Osiyo xalqlari folkloridagi alp xotin-qizlar obrazlari zaminida
turli hayotiy va afsonaviy asoslar bor. Barchinning, «Bamsi Bayrak» dagi Bonu Chechakning alp
qiz bo‘lishligi bejiz emas.
Diodor, Kursiy Ruf, Plutarx, Yustin kabi grek tarixchilari asli skiflar avlodidan bo‘lgan,
Kaspiy dengizi bo‘yida Girkaniya (qadimgi Xorazm hududi) bilan chegaradosh Fermadonta daryosi
bo‘ylarida amazonkalar qabilasi yashaganligini, Aleksandr Makedonskiy esa Sirdaryo bo‘ylarida
amazonkalar malikasi bilan uchrashganligini xabar berishadi. Buyuk muarrix Diodor o‘zining
«Tarixiy kutubxona» asarida yanada qiziqarli maʼlumotlarni keltiradi. Uning yozishicha,
«Amazonkalar faqat Osiyonigina emas, balki Yevropani ham o‘zlariga bo‘ysundira boshlashdi»
.
Diodor fikrini davom ettirib
« Hatto Fors shohi Kir ham ayollar boshqarib turgan skiflarni yenga
olmaydi»
[13, 230] deydi. Tarixchi bu yerda massagetlar malikasi To‘maris va uning qavmi haqida
so‘z yuritayotganligini anglash olish qiyin emas.
Tulki-qiz kabi mifologik obrazlarga hozirga qadar xitoy adabiyotida qayta-qayta murojaat
qilib kelinmoqda. Tulki-qiz kabi pari (yuho) o‘zbeklar orasida keng tarqalgan mifologik obraz
bo‘lib, u qadimgi turklarda alvasti, mortuv deb atalgan.
580
Xitoy folklorida g‘aroyib xotin bilan bog‘liq syujetlar keng tarqalgan. “Sehrli surat”
asotirida qahramon portretdan tushgan qizga uylanadi. Boshqalarida esa inson umr yo‘ldoshi-
shaftoli daraxti ruhi – Nefrit parisi, uchinchisida – nilufar-qiz, to‘rtinchisida – qiz-laqqa baliq
bo‘ladi. Bunday o‘ziga xoslik qisman bo‘lsa-da, o‘zbek folklorida “Go‘ro‘g‘li” dostonlaridagi
Go‘ro‘g‘lining Yunus, Misqol parilarga uylanish epizodini yodga soladi.
Mifologik personajlar orasida ayol jinsidagi maʼbuda va maxluqalarning turli toifalari
muhim o‘rin tutgan. O‘rganishlarimiz natijasida ularning shartli ravishda yuksak va quyi darajadagi
guruhlarga mansub ekanligi va o‘z mavqeidan kelib chiqib ijobiy-salbiy faoliyat olib borishi, oddiy
insonlar bilan turlicha munosabatlarga kirishishi maʼlum bo‘ldi. Ular orasida o‘zbek va xitoy
folklorida ko‘plab o‘xshash, dastlab qadimgi bir badiiy ajdodga ega bo‘lgan obrazlar bor bo‘lganligi
aniqlandi.
Tadqiqotimiz natijasida, epik qahramonlar o‘rtasidagi o‘xshashliklar nafaqat qardosh turkiy
xalqlar folklorida, balki qo‘shni bo‘lgan xitoy xalq eposlari, miflari personajlari orasida ham
mavjud ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati:
1.
Жирмунский В.М. Тюркский героический эпос. Изд-во: Наука. Л.: 1974. – 333 с.
2.
Басилов В.Н. Когда сформировался эпос «Алпамыс»? (мурожаат санаси: 03.03.2025)
http://rasul.template.uz/sites/default/
яна
Создал
КондратьевЪ»1.ПМ._2.Алпамыс батыр, ПМ Казахстана, №237, 1998 год.
3.
Мусурманов Э.Р.
(叶
尔肯
, Ма Цуи Линг (
马翠玲,国家公派汉语教
). Хитой фольклори
(афсона ва эртаклар):
ўқув-услубий қўлланма. – Самарқанд: 2014. – 110 б.
4.
Юань Кэ. Мифы Древнего Китая: Наука; –Москва; 1965.– 496 с.
5.
Сказание о Гильгамеше. Муравьёва Т. 100 Великих мифов и легенд. – Москва : Вече,
2006.-472 с.
6.
Неклюдов С. Ю. Тенгри // Мифы народов мира. — М.: Большая российская
энциклопедия, 1994. – Т. 2. – С. 500 – 501.
7.
ISBN 5-85270-072-9
8.
Мэн-цзы // Сер. Чжуцзы цзичэн. Т.1, ч.2. –Пекин 1956. – 498 с.
9.
Кумарасвами А., Нобель М. Мифы буддизма и индуизма. Litres, 2017. – 330 с.
10.
Цюй Юань. Лисао. В. М. Алексеев. Цюй Юань в переводах И.Гитовича,
(Воспроизводится по изданию: Китайская классическая проза в переводах акад. В.М.
Алексеева / М.:ГИХЛ, 1959) [Электронный ресурс]: URL (время обращения: 22.04.2020).
http://www.lib.ru/POECHIN/UAN/uan1_1.txt_with-bigpictures.html
11. Ўғузнома. (Нашрга тайёрловчи: Бахтиёр Исабек). [Электрон ресурс]: URL
http://www.eadabiyot.uz/uzbek/
qadimiy/165-oguznoma.html (мурожаат вақти: 08.11.2017).
12. Афанасьева В.К. Гильгамеш и Энкиду. Эпические образы в искусстве. –М.: Наука,
1979. 219 с.
13.
木
兰
诗
(кит.).
Энциклопедия Байду
. Baidu. Дата обращения 12 октября 2017: The Global
Intercultural Communication Reader / Molefi Kete Asante, Yoshitaka Miike, Jing Yin. –
Routledge, 2013. – P. 295. — 600 p.
14. Диодор. Историческая библиотека. Часть седьмая, Санкт-Пeтербург, при ИМПАН.,
1774. – 108 с.