694
ERKIN A’ZAM HIKOYALARI TILINING SOTSIOLINGVISTIK TAHLILI
Sayfullayeva Shaxrizoda Jamshid qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
shaxrizoda.sayfullayeva.05@mail.ru
Annotatsiya.
Mazkur ilmiy maqolada Erkin A’zam hikoyalari tilining sotsiolingvistik tahlili
va ularning badiiy matnni shakllantirishdagi ahamiyati o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar.
Sotsiolingvistika, dialekt, paralingvistik vosita, argo, jargon, vulgarizm,
varvarizm, sleng.
ERKİN A’ZAM’IN HİKAYELERİNİN DİLİNİN SOSYOLİNGÜSTİK ANALİZİ
Saifullayeva Shahrizoda Jamshid kızı,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
Özet.
Bu bilimsel çalışma, Erkin A’zam’ın hikâyelerindeki dilin sosyolinguistik çözümlemesini
ve edebi metnin oluşumundaki önemini incelemektedir.
Anahtar kelimeler.
Sosyolinguistik, lehçe, paralinguistik araçlar, argo, jargon, kaba dil,
barbarlık.
SOCIOLINGUISTIC ANALYSIS OF THE LANGUAGE OF ERKIN A’ZAM’S STORIES
Sayfullayeva Shakhrizoda Jamshid qizi,
student of the Uzbek-Finnish Pedagogical Institute
Abstract.
In this scientific work, the sociolinguistic analysis of the language of Erkin Azam’s
stories and their significance in the formation of artistic text is studied.
Keywords.
Sociolinguistics, dialect, paralinguistic means, argo, jargon, vulgarism, slang.
СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЯЗЫКА РАССКАЗОВ ЭРКИНА АЪЗАМА
Сайфуллаева Шахризода Джамшид кызы
,
студентка Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация.
В данной научной статье изучается социолингвистический анализ языка
рассказов Эркина Аъзама и их значение в формировании художественного текста.
Ключевые слова.
Социолингвистика, диалект, паралингвистические средства, арго,
жаргон, вульгаризм, варварство, сленг.
Kirish
. Har bir tilning adabiy tilga mansub bo‘lmagan, biroq xalqning katta qismi uchun
asosiy muloqot vositasi hisoblangan so‘zlari mavjud. Bu so‘zlar kundalik hayotda ko‘p ishlatilgani
bois tilshunoslikda ulardan voz kechib bo‘lmaydi. Muloqot uchun qulay hisoblangan bu birliklar
tilshunoslikda sotsiolekt deb yuritiladi.
Sotsiolekt
– umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra
birlashgan ayrim guruhlarning lisoniy ehtiyojlarini qondirish asosida nutq amaliyotida ishlab
chiqilgan muloqot shakli. Mazkur shakllar ijtimoiy chegaralangan kishilar guruhining
kommunikativ ehtiyojlariga xizmat qiladi. Sotsiolingvistik nuqtayi nazaridan sotsiolektga “argo”,
“jargon” va “sleng” kiradi [3,23-b].
Shuningdek, paralingvistik so‘zlar va dialektizmlar ham
sotsiolingvistikada o‘rganiladi.
Sleng (“slang” – ingliz tilidan olingan bo‘lib jargon, oddiy, og‘zaki leksikaga xos so‘zlar”),
umumiy sleng, maxsus sleng (jargon va argon maxsus so‘zlar) hamda vulgarizm (qo‘pol so‘zlar)
695
haqida so‘zdir [2,297-b].
“U yonidagi temir sandiqdan shisha oladi.
–
Mana shundan jindakkina
otib yuborsang, odam bo‘lasan-qolasan. Nima, deysanmi? Talmovsirama. Dori bu,
dori
–
qultamitsin
. Qult-qult yutasan
–
tamo-om, olam guliston!” (E.A’zam “Ta’ziya” hikoya)
Ushbu
parchada keltirilgan “dori”, “qultamitsin” so‘zlari “aroq – spirtli ichimlik”, “otib yubormoq” so‘zi “
ichmoq” ma’nosida qo‘llangan hamda shu ma’noni yashirin va yumshoqroq ifodalashga xizmat
qilgan.
“…Hammani o‘ziga qaratib, shang‘illagancha allanimalarni vaysab ketaveradi. Lug‘ati
ham antiqa: tramvayni «uch tiyinlik» deydi, taksini
–
«pulyutar», restoranni
–
«registron»”.
Erkin
A’zamning “Anoyining jaydari olmasi” hikoyasidan olingan mzakur parchada qahramon tilida
keltirilgan
“pulyutar”, “uch tiyinlik”, “registron”
so‘zlari ham jargonlar bo‘lib, qahramonning,
qishloqlik jaydari yigitga xos qiyofasini yaqqol gavdalantirish, uslubiy maqsadni yuzaga
chiqarishda foydalanilgan.
“
–
O‘tir, o‘tir!
Qo‘zilaring
qo‘lingga qaraydi, ikkita issiq patir o‘rab beray, — dedi onasi
kiftidan bosib.” (E.A’zam “Piyoda” hikoya).
“Er-xotinning orasida nimalar bo‘lmaydi, falokat-da buyam, yarashib ketar, o‘rtada
jujuqlari
bor, neki qilgan bo‘lsa
–
o‘zining sho‘riga, qo‘yinglar shuni, deb bir og‘iz arz qilib borganida-ku,
har qalay, el-yurtda obro‘si bor, bu yog‘i mahalliychilik, hammayam odam
–
chiqarib kelardi
o‘g‘lini.”( E.A’zam “Ta’ziya” hikoya)
Ikkala gapda keltirilgan “jujuqlar” va “qo‘zilar” so‘zlari
“bolalar” so‘zi o‘rnida qo‘llanib, birinchi gapda onaning tasvirini chizish va keksa onalarga xos
mehr, erkalash kabi jihatlarni ifodalashga, ikkinchi gapda esa bolalarning yosh jihatdan kichikligini
ifodalashga xizmat qilgan.
Ijtimoiy muloqot jarayonida ayol va erkaklar nutqida o‘ziga xosliklar mavjud bo‘lib, ular
yosh, irq, ijtimoiy mavqe va boshqa jihatlar bilan bogliq bo‘ladi. Shu jihatdan keksalar va yoshlar,
ayollar va erkaklar nutqida bir qancha farqlar seziladi
.
“Mana buni enang berib yubordi, suzma-chakki. «Chalob qilib ichsin, chanqog‘i bosiladi, -
dedi.- Shaharlik qizlardi ketidan yuguraverib tomoqqinalari qaqrab ketgandir bolaginamning»,
dedi.
…
U yoqda enasi og‘ir yotibdi, «Ulimning mavridginasini ko‘rmay ketadigan bo‘ldim-da»,
deb chirqillagani-chirqillagan.” (E.A’zam “Anoyining jaydari olmasi” hikoyasi)
Keltirilgan ushbu parchalarda “
Ulimning mavridgin
asi”,
“tomoqqinalari qaqrab ketgandir
bolaginamning”
birikmalarida qo‘llangan shevaga xos so‘zlar va –gina kichraytirish-erkalash
qo‘shimchalari keksa yoshli onalar nutqidagi o‘ziga xoslik, ulardagi mehr va yumshoqko‘ngillik
kabi xususiyatlarni yuzaga chiqargan.
Sotsiolingvistikada parazit so‘zlar, varvarizm va vulgarizmlar kabi umumxalq tiliga xos
salbiy unsurlar ham mavjud, ulardan badiiy asarlarda asosan qahramonni tasvirlash kabi uslubiy
maqsadlarda foydalaniladi.
“Xotinini urib g‘ilay qilib qo‘ydi. Bir yilmi, ikki yil qamoqdayam yotib
keldi.
Ukkag‘ar
bobo aralashmadi, ko‘rgani ham bormadi.” (E.A’zam “Ta’ziya” hikoya)
Mazkur
gap tarkibidagi “ukkag‘ar” so‘zi vulgar so‘z bo‘lib, erkak kishiga xos nutqni, obrazning o‘ziga
xosligini ko‘rsatish uchun nutqqa olib kirilgan.
“– Voy bolam-ey, ko‘karib ketibsan-a! Kir-kir… Qachon kelding? Man xavotir olib
o‘tiribmanki, bu izg‘irinda bolafaqir qay ahvolda kelarkan, deb. O‘lgur sovuq ham…” ( E.A’zam
“Ko‘k eshik” hikoya).
U har yili o‘qishga kirmoqchi bo‘lib keladi. Kelgani bilan koshki imtihonni o‘ylasa –
karavotim ostidagi, burnog‘i yil o‘zi tashlab ketgan darsliklarni bir-bir qo‘liga oladi-yu, ochib ham
ko‘rmay qaytib joyiga uloqtiradi
.
(E.A’zam “Anoyining jaydari olmasi” hikoyasi)
Hikoyalardan
olingan ushbu parchalardagi
“burnog‘i” – burungi
,
“ko‘karib ketmoq” – qattiq sovqotmoq
dialektlari
ham qishloq kishisiga xos nutq uslubi va emotsional-ekspressivlik, obrazlilikni namoyon
qilgan.
Varvarizmlar
– nutqda qo‘llaniladigan o‘rinsiz chet so‘zlardir. Ular asosan yoshlar tilida
ko‘p uchraydi, tilda so‘zning o‘zbekcha muqobili bo‘lgan taqdirda chet so‘zdan foydalanish uslubiy
qo‘pol xatolardan biri hisoblanadi. Badiiy asarlarda varvarizmlarning qo‘llanishi qahramonning
tasvirini to‘ldirish, uning xususiyatlarini ochib berish bilan bog‘liq.
696
a)
Qo‘ysang-chi, - deyman, uylarining to‘riga osig‘liq – otasi quroldosh og‘aynisi bilan xuddi
shunday holatda tushgan surat ko‘z oldimga kelib. – Bobom zamonidan qolgan poza-ku bu!
b)
– Bo‘lmasa, yur, sening fozangga tushamiz, jo‘rajon, padrushka qilib...
(E.A’zam
“Anoyining jaydari olmasi” hikoyasi)
Mazkur gapdagi “padrushka”, “poza” so‘zlari varvarizmlar bo‘lib, “poza” so‘zining obraz
tomonidan “foza” deya tallaffuz qilinishi unga xos oddiylik, soddalikni namoyon qilmoqda.
c)
Berdiboy, ihm, Berdiboy! Cho‘rt, cho‘rt... – deya bazo‘r, tanbalona bir qo‘zg‘alib qo‘ydi
ota… Koshki bu odam bilan tuzuk so‘rashib bo‘lsa, so‘zlashib bo‘lsa! Yuz og‘iz gapirsangiz ham
javob shu – “Ihm, ihm. Cho‘rt, cho‘rt”
(E.A’zam “Piyoda” hikoyasi).
Ushbu qo‘llanilgan “chort” so‘zi ham varvar so‘zbo‘lib, obraz tilida takror qo‘llanaverish
natijasida parazit so‘zga aylangan, shu bois qahramon nutqiga xos salbiylik bo‘yog‘ini o‘zida aks
ettirgan.
Til vositalariga funksional tomondan yondashish tamoyili tabiiy ravishda nutq vositalarining
qamrovini kengaytirishni talab qiladi. Aloqa jarayonida ekstralingvistik vositalarga nisbatan
paralingvistik vositalar, ayniqsa, keng qo‘llanadi. So‘zlovchining og‘zaki nutqi bilan birgalikda
qo‘llanib, tinglovchilar bilan bevosita aloqa qilishda nutq mazmunini to‘ldiradigan, uning
jozibadorligi, ta’sirchanligini oshiradigan imo-ishoralarning o‘zaro aloqadorligini va farqlarini
tadqiq qilish maqsadida til va nutqni sistemali o‘rganish lozim bo‘lmoqda.Hozirgi kunda bu fan
sohasi “paralingvistika” nomi bilan tilshunoslikdan mustahkam o‘rin oldi [1,151-b.]. Paralingvistika
nutq vaziyatida yuzaga keladigan imo-ishora,mimika kabi fikriy tana harakatlarini o‘rganadi [4,
1658-b].
“
–
Yana o‘sha!..
–
dedim ma’noli qilib.
–
O‘sha-ya!
–
U ko‘rsatkich barmog‘i bilan kekirdagini «kesib», «Nima, odam o‘l-dirganmi?»
demoqchi bo‘ldi.
–
Shunga yaqin,
–
dedim bu gal kamtarlik bilan: kay-fiyatim buzuq edi.
Tosh «Zo‘r ekan, tan berdim» degan kabi boshini dikillatib, leytenantning ketidan
zipilladi.” (E.A’zam “Anoyining jaydari olmasi” hikoyasi)
Ushbu gapda qo‘llanilgan “
ko‘rsatkich
barmog‘i bilan kekirdagini «kesib»”
ishoraviy harakat-lari so‘zlarsiz bevosita tinglovchiga ma’lum
ma’noni anglatishga xizmat qilgan.
“Keyin gaz, suv, kran masalalari muhokamasiga ko‘chdik. Biz o‘z vazifamizni og‘ishmay ado
etardik. Hamid «xo‘p, yaxshi, bo‘pti», deb o‘tirar, dam-badam chap ko‘zini qisgancha ko‘rsatkich
barmog‘i bilan burnining yonini qashib qo‘yar edi: ensasi qotgani, «qo‘yaver», degani.” (E.A’zam
“Ko‘k eshik” hikoyasi)
Qahramon sherigiga o‘zidagi holatni anglatish uchun
“dam-badam chap
ko‘zini qisgancha ko‘rsatkich barmog‘i bilan burnining yonini qashish”
ishorasidan foydalanadi.
Bu esa obrazlarning ma’lum vaziyatdagi holati , kayfiyatini ochib berishda muhim vosita vazifasini
bajargan.
Imo-ishora, mimika, badan harakatlari, ovozdagi turli holatlar kommunikatsiyada ishtirok
etuvchi qo‘shimcha vositalar sanaladi va ular uzatish, mazmunan to‘ldirish, aniqlik kiritish
vazifalarni bajaradi. Kishi jonli so‘zlashuv nutqida ma’lumotni qisqa va lo‘nda ifodalashga, fikrning
emotsionalligi va ta’sirchanligini oshirishda holat va sharoitdan kelib chiqib tilga yondosh bo‘lgan
noverbal vositalardan foydalanadi. O‘zbekona aloqa-aralashuvda, ma’lum axborotni tinglovchiga
yetkazish jarayonida qo‘l, bosh, yelka, gavda, yuz harakatlari, ovozning baland-pastligi, cho‘ziq,
to‘xtatib talaffuz qilish orqali ham ma’lum ma’no ifoda etiladi. Shuni ta’kidlash joizki, noverbal
vositalarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari turlichadir. Ular qo‘l, yelka, lab, ko‘z, qosh, gavda,
bosh harakatlari orqali ifodalanadi. So‘zlovchi ham, tinglovchi ham o‘z nutqini va tinglash
jarayonini paralingvistik vositalar – turli xil harakatlar, imo-ishoralar bilan birga olib boradi [4,
1658-b]. “Savolni tushunmagandek ko‘zlarini pirpiratib, xonadagi yigirma chog‘liq odamga bir-bir
qarab chiqandan so‘ng shiftga tikilgan ko‘yi shunday bir gapni aytib yuboradiki,
sudya
ko‘zoynagini qo‘lga olib baqrayib qoladi: goh yelkasini qisadi, goh boshini changallaydi
.
Boshqalar ham shunday.”
“Uka, tushunsangiz-chi, biz sizga yordam qilmoq-chimiz. Yaxshilab o‘ylab, to‘g‘risini ayting.
Taqdiringiz hal bo‘lyapti, axir!
697
–
Opajon, bir marta kechiring!
–
Men sizga «opajon» emasman!
–
O‘zingiz «uka» deyapsiz-ku, men nima deyin sizni? Otingizni bilmasam, familiyan-gizni
bilmasam…
Sudya ko‘zlarini qattiq yumib, boshini changallagancha sarak-sarak qildi
”.
“
Anoyining jaydari olmasi” hikoyasidan olingan mazkur parchalarda obrazlarning sud
jarayonidagi holatlari tasvirlangan bo‘lib,
sudyaning “ko‘zoynagini qo‘lga olib baqrayib qolishi,
goh yelkasini qisib, goh boshini changallashi”, “ko‘zlarini qattiq yumib, boshini changallagancha
sarak-sarak qilishi” kabi harakatlar orqali Ramazonning qiliqlaridan taajjublanish, o‘ta
hayratlanish, tushunmaslik kabi holatlar ko‘rsatib berilgan.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bu kabi umumxalq tiliga oid unsurlar ko‘p. Chunki hech bir xalq
tili sleng, sotsiolekt, argo, jargon, vulgarizm, varvarizm, paralingvistik vositalar, dialektlardan xoli
bo‘lolmaydi, aks holda bu til rasmiy, yasama tilga aylanib qolgan bo‘ladi. Ayniqsa, badiiy adabiyot
sohasi bu kabi sotsiolingvistik vositalardan o‘ziga xos uslubiy maqsadlarda keng foydalanadi.
Tildagi mazkur unsurlarni har jihatdan tahlil qilish, varvar, vulgar va parazit so‘zlar qo‘llanishining
kamayishiga erishish sotsiolingvistika va tilshunoslik fanlari oldida turgan muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Nizomova Zarifa. Paralingvistikaning nazariy jihatlari. // Global dunyoda ilm-fan va ta’limdagi
innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari.15 dekabr, 2022-yil, 151-b.
2.
Tursunov Mirzohid. O‘zbek tilida sotsiolekt. // Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 Volume 2 Special ISSUE.13. 2023. 23-b.
3.
To‘xtasinova Muhayyo. Sleng turlari hamda uning o‘ziga xos jihatlari. //Oriental Renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences IISSN:2181-1784.
. May,
2023. 297-bet.
4.
Jurayeva Shohsanam Alisherjon qizi. Paralingvistik vositalarning verbal tasviri // ”Science and
Education” Scientific Journal. Impact Factor 3,848 (SJIF) February 2023. Volume 4 Issue 2.
1658-b.