690
ABDULLA QAHHOR ASARLARI TILINING SOTSIOLINGVISTIK TAHLIL
Ergashova Muhayyo Azim qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Abdulla Qahhor asarlarining tili sotsiolingvistik nuqtayi
nazardan tahlil qilingan. Adib asarlarida turli ijtimoiy qatlamlar vakillarining nutqiy xususiyatlari,
dialektal unsurlar va uslubiy jihatlar qanday aks etgani o‘rganilgan. Shuningdek, yozuvchi
dialoglarining jonliligi, rasmiy va norasmiy nutq shakllari, kinoya va hazil unsurlarining til
me’yorlari bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Abdulla Qahhor
tili o‘zbek adabiy tilining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va sotsiolingvistik jihatdan qimmatli
manba hisoblanadi.
Kalit so‘zlar
. Abdulla Qahhor, sotsiolingvistika, adabiy til, ijtimoiy qatlamlar, dialektal
xususiyatlar, uslubiy jihatlar, xalqona nutq, rasmiy va norasmiy uslub.
ABDULLA KAHHAR’IN ESERLERININ DILI
SOSYOLİNGİSTİK ANALİZI
Ergashova Muhayyo Azim kızı,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
Annotasyon.
Bu makalede, Abdulla Kahhar'ın eserlerinin dili sosyodilbilimsel açıdan analiz
edilmiştir. Yazarın eserlerinde farklı sosyal sınıfların temsilcilerinin konuşma özellikleri, diyalektik
unsurlar ve üslup yönleri nasıl yansıtıldığı incelenmiştir. Ayrıca, yazarın diyaloglarının canlılığı,
resmi ve gayri resmi konuşma biçimleri, ironik ve mizah unsurlarının dil normlarıyla ilişkisi analiz
edilmiştir. Araştırma sonuçları, Abdulla Kahhar'ın dilinin Özbek edebi dilinin gelişimine büyük
katkıda bulunduğunu ve sosyodilbilimsel açıdan değerli bir kaynak olduğunu göstermektedir.
Anahtar kelimeler.
Abdulla Kahhar, sosyodilbilim, edebi dil, sosyal katmanlar, diyalektik
özellikler, üslup yönleri, halk konuşması, resmi ve gayri resmi üslup.
СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
ЯЗЫКА ПРОИЗВЕДЕНИЙ АБДУЛЛЫ КАХХАРА
Эргашова Мухайё Азим кызы,
студентка Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация.
В данной статье проводится социолингвистический анализ языка
произведений Абдуллы Каххара. Рассматриваются речевые особенности представителей
различных социальных слоёв, диалектные элементы и стилистические аспекты,
отражённые в его произведениях. Также анализируются живость диалогов, формальные и
неформальные формы речи, элементы иронии и юмора в контексте языковых норм.
Результаты исследования показывают, что язык Абдуллы Каххара внёс значительный вклад
в развитие узбекского литературного языка и является ценным объектом для
социолингвистического изучения.
Ключевые слова.
Абдулла Каххар, социолингвистика, литературный язык,
социальные слои, диалектные особенности, стилистические аспекты, народная речь,
формальный и неформальный стиль.
691
SOCIOLINGUISTIC ANALYSIS THE LANGUAGE
OF ABDULLA QAHHAR’S WORKS
Ergashova Mukhayyo Azim kizi,
student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Annotation.
This article presents a sociolinguistic analysis of the language used in the
works of Abdulla Qahhor. It examines the speech characteristics of different social groups,
dialectal elements, and stylistic features reflected in his works. The study also analyzes the
liveliness of dialogues, the use of formal and informal speech, as well as elements of irony and
humor in relation to linguistic norms. The findings indicate that Abdulla Qahhor's language has
made a significant contribution to the development of Uzbek literary language and serves as a
valuable source for sociolinguistic research.
Keywords.
Abdulla Qahhor, sociolinguistics, literary language, social groups, dialectal
features, stylistic aspects, folk speech, formal and informal style.
O‘zbek adabiyotining ulug‘ namoyondalaridan biri Abdulla Qahhor o‘zining realistik
hikoyalari va romanlari bilan xalq hayotini aniq va yorqin aks ettirgan adiblardan biridir. Uning
asarlari nafaqat badiiy jihatdan, balki tilshunoslik nuqtayi nazaridan ham qimmatlidir. Ayniqsa,
uning tili sotsiolingvistik jihatdan o‘rganishga boy material taqdim etadi. Ushbu maqolada Abdulla
Qahhor asarlarining tiliga sotsiolingvistik yondashuv orqali baho berilib, undagi ijtimoiy qatlamlar,
dialektal xususiyatlar va nutq uslublari tahlil qilinadi.
Sotsiolingvistika tilning jamiyat bilan o‘zaro aloqasini, ijtimoiy guruhlar tilidan foydalanish
xususiyatlarini, nutq madaniyati va uslublarini o‘rganadigan fan hisoblanadi. Adabiy til esa badiiy
asarlarda qanday aks etishi, unda turli ijtimoiy qatlam vakillarining nutqi qay tarzda ifodalangani
muhim masala sanaladi. Abdulla Qahhor asarlarida ham bunday sotsiolingvistik jihatlar yorqin
namoyon bo‘ladi. Adib asarlarida turli ijtimoiy qatlam vakillarining nutqi realistik tarzda berilgan.
Masalan: Oddiy xalq nutqi: “O‘g‘ri” hikoyasida dehqonlar va oddiy ishchilarning nutqi oddiy,
xalqona so‘zlashuv uslubida ifodalangan. Unda mahalliy shevaga xos so‘zlar, qisqartmalar va
emotsional ifodalar mavjud. Asarning o‘zini oladigan bo‘lsak, epigrafning o‘zida maqoldan
foydalanilgan. Ortiqcha so‘zlarsiz, aniq va tushunarli ifodalangan: Otning o‘limi itning bayrami.
Yoki “O‘ynashmagil arbob bilan, seni urar har bob bilan” kabi maqolaning ham qo‘llanilganligi
fikrimiz dalilidir. Mana shu jumla orqali ham asarni tushunib olishi mumkin. “Sinchalak” qissasida
o‘qimishli insonlarning nutqi me’yoriy adabiy til me’yorlariga yaqin bo‘lib, unda aniq fikrlash va
mantiqiy izchillik seziladi. Harbiy xizmatchilar nutqi: “Qo‘shchinor chiroqlari” romanida harbiy
xizmatdagi qahramonlarning nutqida keskinlik, buyruq ohanglari va qisqa gaplar ustunlik qiladi.
Dialektal xususiyatlar va mahalliy lahjalarning aks etishi: Abdulla Qahhor o‘z asarlarida
o‘zbek tilining turli shevalarini mahorat bilan ishlatgan. Bu, ayniqsa, qishloq aholisi bilan bog‘liq
sahnalarda ko‘zga tashlanadi. Masalan:
“O‘g‘ri” hikoyasida dehqonlarning so‘zlashuvi Farg‘ona
shevasiga yaqin bo‘lib, “kelyapsan” o‘rniga “kelyapsiz”, “bo‘lyapti” o‘rniga “bo‘layatgan” kabi
shakllarni ko‘rish mumkin. Sinchalak” qissasida ba’zi qahramonlarning nutqida Toshkent shevasiga
oid so‘zlar ham uchraydi. Masalan:
Unday
so‘zining o‘rniga
undoq
;
bunday
o‘rniga esa
bundoq
shaklida ko‘zga tashlanadi.[1,23.] Bu jihatlar yozuvchi asarlarining tabiiyligini oshiradi va
qahramonlarning individual nutq xususiyatlarini ochib beradi.
Abdulla Qahhor tilidagi uslubiy xususiyatlar. Yozuvchi tili uslubiy jihatdan boy va rang-
barangdir. Uning asarlarida dialoglar jonliligi – qahramonlarning nutqi orqali ularning xarakteri
ochib beriladi. Salbiy va ijodiy qahramonlarni nutqi orqali farqlaymiz. Masalan, Sinchalak qissani
olsak, salbiy obraz Qalandarov va Zulfiqarov ijobiylari esa Saida Nosirov misolda ko‘rishimiz
mumkun : Hazil va kinoya – sotsiolingvistik jihatdan bu uslub oddiy xalq nutqiga yaqin bo‘lib,
o‘quvchiga ta’sirini oshiradi. Rasmiy va norasmiy uslub – qahramonlar nutqida rasmiylik yoki
oddiylik darajasi muhit va sharoitga qarab o‘zgarib turadi. Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotining
692
realistik yo‘nalishdagi yirik vakillaridan biri bo‘lib, uning til uslubi ham aniq, lo‘nda va
ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. U o‘z asarlarida xalqona iboralar, jonli dialoglar va satirik
ifodalardan keng foydalanib, qahramonlarning tabiiy nutqini yaratgan. Quyida Abdulla Qahhor
tilining asosiy uslubiy xususiyatlarini tahlil qilamiz.
Yozuvchi o‘z asarlarida sun’iy bezaklardan qochib, tabiiy va hayotiy nutqni yaratishga
intilgan. Uning dialoglari hamisha jonli, ta’sirchan va xarakterga mos bo‘lib, har bir qahramonning
hayotiy pozitsiyasini ochib beradi.Masalan: “Men odam emasmanmi? Men ham baxtli bo‘lishga
haqliman!” Bu kabi dialoglarda tabiiylik va hayotiylik yaqqol sezilib turadi. Abdulla Qahhor xalq
tilini, uning so‘zlashuv uslublarini, iboralarini asarlarida mohirlik bilan qo‘llaydi. U
qahramonlarning hayot tarzi va ijtimoiy maqomiga mos ravishda ularning nutqini shakllantiradi. Bu
uning realizmga yaqin yozuvchi ekanligini ko‘rsatadi. Misol: “Qorong‘i uyga kirsang, qo‘rqasan,
lekin o‘tiraversang, ko‘nikasan”. Bu jumla hayotiy tajriba va xalqona ifodalarga boy bo‘lib, kishiga
ta’sir etuvchi kuchga ega [1,31.]. Yozuvchi o‘z asarlarida satirik unsurlardan keng foydalanib,
jamiyatdagi illatlar, kamchiliklar va odamlarning noxush fe’l-atvorlarini kinoya bilan tasvirlaydi.
Uning hikoyalarida bu, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi. Misol: “Boylarning ishi har doim
o‘ngidan keladi, kambag‘alniki esa o‘ylab ham o‘tirmaydi”. Bu kabi iboralar orqali u jamiyatdagi
tengsizlik, adolatsizlikni keskin tanqid qiladi. Abdulla Qahhor ortiqcha murakkab jumlalardan
qochib, soddalik va lo‘ndalikni afzal biladi. Uning jumlalari qisqa, aniq va ta’sirchan bo‘lib,
o‘quvchiga tez yetib boradi. Misol: “Baxt degani pul emas, yurak tinchligidir”. Bu kabi jumlalar
inson qalbiga yaqin va tushunarli bo‘lgani uchun tez esda qoladi.
Yozuvchi ba’zan o‘z qahramonlarining nutqida ularning kelib chiqishiga mos ravishda
dialektal yoki shevaga oid so‘z va iboralardan foydalanadi. Bu asarlarning tabiiyligini oshiradi.
Misol: “Yo‘g‘-e, shunaqa bo‘lishi mumkin emas-ku!” Bu kabi so‘zlashuv shakllari qahramonning
individual nutq xususiyatlarini ko‘rsatishga yordam beradi. Abdulla Qahhor asarlarida ta’rif va
tavsiflar ortiqcha bo‘lmasa ham, o‘quvchiga ta’sir qiluvchi kuchga ega. U metafora, taqqoslash va
jonlantirish kabi badiiy vositalardan me’yorida foydalanadi. Misol: “Quyosh xuddi o‘t chaqib
yuborgandek osmonning yarmida lovillab turardi”. Bu kabi tasvirlar orqali u voqealarni jonlantirib,
o‘quvchining tasavvurini oshiradi. Abdulla Qahhor tili o‘zbek adabiyotida realizmning yorqin
namunasidir. U xalqona iboralar, jonli dialoglar, satira va oddiy, lekin mazmunli tildan foydalanib,
o‘z asarlarining ta’sirchanligini oshirgan.[2,33.] Yozuvchining uslubi sodda, lo‘nda va hayotiy
bo‘lib, bu kabi xususiyatlar bevosita sotsiolingvistik xarakter kasb etadi.
A.Qahhor o‘z asarlarida xalq tiliga yaqin bo‘lish, oddiy odamlarning hayotini realistik tarzda
tasvirlashga katta e’tibor bergan. Shu bois uning hikoya va qissalarida o‘zbek tilining turli shevalari
va mahalliy lahjalari, koyne, sotsiolekt va slenglardan faol foydalangan. Bu usul qahramonlarning
ijtimoiy kelib chiqishi, yashash muhiti va madaniy muhitini aniqroq ifodalashga xizmat qiladi.
Qahramonlarning nutqini tabiiylashtirish – har bir qahramon o‘z ijtimoiy kelib chiqishiga mos
ravishda so‘zlashadi. Hududiy xususiyatlarni ifodalash – yozuvchi turli viloyatlarga oid nutq
shakllaridan foydalanib, voqelikni aniqroq tasvirlaydi. Badiiy asarning realistik ohangini
kuchaytirish – dialektal unsurlar asarning tabiiyligini oshiradi. Abdulla Qahhor asarlarida mahalliy
lahjalarning aks etishi Farg‘ona vodiysi shevalariAbdulla Qahhor asarlarida Farg‘ona vodiysi
shevasining ba’zi xususiyatlari yaqqol seziladi. Ayniqsa, qishloq odamlari nutqida quyidagi
elementlar uchraydi: So‘z oxiridagi -yapti o‘rniga -yotgan shaklidan foydalanish: Misol: “Ishni
tugatyatgan bo‘lsak, ketsak bo‘ladimi?” “Kelayapsan” o‘rniga “kelyapsiz” yoki “kelasiz”
ishlatilishi:
Misol: “Uzoq yursangiz, charchaysiz-da”.
Ortiqcha undov so‘zlar va hissiyot ifodalari:
Misol: “O‘ziyam qiziq odam ekansiz-a!”[1,56.]
Toshkent shevasi ta’siri yaqqol sezilgan va bu holat adibning ba’zi asarlarida toshkentlik
qahramonlarning nutqida bu xususiyatlar uchraydi:
“Bo‘pti” o‘rniga “bo‘g‘on” ishlatilishi:
Misol: “Kecha ko‘chaga chiqqandim, ob-havo chatoq bo‘g‘on”
693
“Gap yo‘q” yoki “zo‘r” o‘rniga “shunaqayam”. Misol: “Shunaqayam mazza qilib ovqat
yedimki!”
Qashqadaryo va Surxondaryo shevalarida ba’zan janubiy hududlarga oid nutq shakllari ham
uchraydi: “Borayapman” o‘rniga “borvomman” ishlatilishi: Misol: “Hozir ishga borvomman”.
Chakana talaffuz xususiyatlari:
Misol: “Kecha uyga bordim, odam yo‘q ekan”.
Abdulla Qahhor asarlarida dialektal unsurlar quyidagi jihatlarda muhim rol o‘ynaydi:
Qahramonlarning ijtimoiy kelib chiqishini aks ettiradi. Masalan, qishloq odamlari va shahar
odamlari nutqida sezilarli farq bor. Realizmni oshiradi. Dialektal xususiyatlar tufayli asar
qahramonlari jonli va tabiiy ko‘rinadi. Muloqotning samimiyligini ta’minlaydi. Xalq tiliga yaqinlik
asarning ta’sirchanligini oshiradi. Abdulla Qahhor asarlarida mahalliy lahjalarning qo‘llanilishi
badiiy tasvirning tabiiyligini ta’minlaydi. Uning qahramonlari o‘z hududiga xos talaffuz, so‘zlashuv
uslubi va ifodalarni ishlatganligi sababli, asarlar xalqona ruh bilan sug‘orilgan. Bu esa yozuvchining
ijodiy mahoratini yanada kuchaytirgan.vchilar ommasiga yaqinlashtiradi.
Abdulla Qahhor asarlari sotsiolingvistik jihatdan nihoyatda qimmatli manba bo‘lib, unda
turli ijtimoiy qatlamlar nutqi, dialektal xususiyatlar va uslubiy o‘ziga xosliklar aks etgan. Adibning
tili nafaqat o‘zbek adabiy tilining rivojlanishiga hissa qo‘shgan, balki xalq nutqining realistik
tasvirini ham o‘zida mujassam etgan. Shu sababli, uning asarlarini sotsiolingvistik nuqtayi nazardan
o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik uchun ham dolzarb.
Foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Qahhor A. Asarlar. (bir necha jildlik) – Toshkent: G‘ofur G‘ulom, 1926. – B. 78.
2.
Qahhor, A. Sinchalak. (qissa) – Toshkent: G‘ofur G‘ulom, 1958. – B. 78.
3.
Rasulov M. O‘zbek adabiy tilining taraqqiyoti. – Toshkent: O‘zbekiston 2005. – B. 43.
4.
Sotsiolingvistika va tilshunoslik bo‘yicha adabiyotlar.( O‘quv qo‘lanma ) SamDU nashiryoti
– Samarqand, 2023. – B. 234.