Mualliflar

  • Oʻtamurodova Nafisa Mansurjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112613

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar. Pragmalingvistika pragmatizm oqimi frazeologik birliklar lugʻaviy maʼno.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada Iqbol Mirzo sheʼrlarining badiiy ahamiyati, shoir sheʼrlarida 
pragmalingvistik  birliklarning  mahorat  bilan  qoʻllanilishi,  pragmalingvistik  iboralarning  maʼno- 
mazmuni haqida soʻz boradi. 


background image

687

IQBOL MIRZO SHEʼRLARIDA PRAGMALINGVISTIK

BIRLIKLARNING ISHLATILISHI

Oʻtamurodova Nafisa Mansurjon qizi,

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Iqbol Mirzo sheʼrlarining badiiy ahamiyati, shoir sheʼrlarida

pragmalingvistik birliklarning mahorat bilan qoʻllanilishi, pragmalingvistik iboralarning maʼno-
mazmuni haqida soʻz boradi.

Kalit soʻzlar.

Pragmalingvistika, pragmatizm oqimi, frazeologik birliklar, lugʻaviy maʼno.

İKBAL MİRZO‘NUN ŞİİRLERİNDE PRAGMALİNGÜSTİK

BİRİMLERİN KULLANIMI

Utamurodova Nafisa Mansurjon kızı,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Özet.

Bu makalede İkbol Mirzo‘nun şiirlerinin sanatsal değeri, şairin şiirlerinde pragmatik

dil birimlerinin ustaca kullanımı ve pragmatik ifadelerin anlam ve içeriği ele alınmaktadır.

Anahtar kelimeler.

Pragmatik dilbilim, pragmatizm akımı, deyimsel birimler, sözcüksel

anlam.

THE USE OF PRAGMALINGUISTIC UNITS

IN THE POEMS OF IKBAL MIRZO

Utamuratova Nafisa Mansurjon qizi,

student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute

Annotation.

This article discusses the artistic value of Iqbol Mirzo‘s poems, the skillful use

of pragmatic linguistic units in his poetry, and the meaning and content of pragmalinguistic
expressions.

Keywords

. Pragmatic linguistics, pragmatism movement, phraseological units, lexical

meaning

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРАГМАЛИНГВИСТИЧЕСКИХ

ЕДИНИЦ В СТИХАХ ИКБАЛА МИРЗО

Утамурадова Нафиса Мансуржон кызы,

студентка Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В данной статье рассматривается художественная ценность стихов

Икбола Мирзо, мастерское использование прагмалингвистических единиц в его поэзии, а
также значение и содержание прагмалингвистических выражений.

Ключевые слова.

прагмалингвистика, течение прагматизма, фразеологические

единицы, лексическое значение

Oʻzbek sheʼriyatining nomdor vakillaridan biri boʻlgan, oʻzining alohida uslubi bilan boshqa

shoirlardan ajralib turgan ijodkor Iqbol Mirzo maʼnodor,takrorlanmas,mazmunli sheʼrlari bilan
xalqimiz qalbidan joy olgan adib hisoblanadi.Barchamizga maʼlumki badiiy adabiyotda asar yozma
shaklda

yoki

lirik

yoʻnalishda

yozilgan

boʻlishidan

qatʼiy

nazar

turli

badiiy

vositalarga,frazeologik,pragmalingvistik birliklarga boy boʻladi.Iqbol Mirzo ham ijod namunalarida
pragmalingvistik birliklardan unumli foydalangandir.


background image

688

“Pragmatika” (yunoncha pragma – ish-harakat) aslida falsafiy tushuncha bo‘lib, u Suqrotdan

oldingi davrlarda ham qo‘llanishda bo‘lgan va keyinchalik uni J.Lokk, E.Kant kabi faylasuflar
Aristoteldan o‘zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning
asosiy taraqqiyot davri XIX-XX asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20-30-yillarida pragmatizm
g‘oyalarining keng targ‘ibi aniq sezila boshladi. Amerika va Yevropada bu targ‘ibotning keng
yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabi olimlarning xizmatlarini alohida
qayd etmoq kerak.U. Montegyu, P.Stroson kabilar pragmatikaning tadqiqot predmeti sifatida
deyktik iboralar (“men”, “sen”, “bu yerda”, “u yerda”, “hozir”, “o‘sha paytda” kabilar) mazmunini
tavsiflashdan iborat deb qarashadi. Ushbu birliklarning referentini matnsiz aniqlash mushkul
ekanligi maʼlum.

Meni yomon ranjitding,
Sendan qattiq xafaman.
Lekin sendek kuydirgi
Qizni qaydan topaman.

[25-bet]

“Kuyganyorda yozilgan sheʼr”dan olingan parchada “kuydirgi qiz” iborasiga koʻzimiz

tushishi mumkin, bu pragmalingvistik birlikning shoir tomonidan nozik shaklda qoʻllanilganligiga
guvoh boʻlamiz. Quyida ushbu frazemaning tahlilini ko‘rib chiqamiz. “Kuydirgi qiz” – bu obrazli
ibora bo‘lib, odatda hazilkash, o‘tkir til bilan gapiradigan, biroz qitiq beradigan yoki odamlarni o‘z
gaplari bilan “kuydiradigan” qizlarga nisbatan ishlatiladi. Bu ibora ko‘pincha quyidagi ma’nolarda
qo‘llanadi:

1. Hazilkash qiz – odamlarni hazil bilan “jazavaga soladigan” yoki ularni kuldira oladigan

qiz.

2. O‘ziga ishongan qiz – hech narsadan cho‘chimaydigan, o‘z fikrini ochiq aytadigan qiz.
3. O‘tkir til – keskin va ta’sirli gaplar bilan odamlarni “qizdiradigan” qiz. Bu so‘z odatda

ijobiy yoki hazilomuz ohangda ishlatiladi, ammo ba’zan ozgina kinoya ham bo‘lishi mumkin.

Dili qonga toʻlib, ko‘zlari – yoshga,

Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga:
”Bizning qayg‘umiz yo‘q boladan boshqa...”
Bolangga bogʼlidir o‘ylaring, o‘zbek.[

31-bet].

“Oʻzbek” sheʼridan olingan parchada “dili qonga toʻlib” pragmalingvistik iborasini

uchratamiz.”Dili qonga toʻlib” – pragmalingvistik iborasi chuqur gʻazab, alam yoki dard bilan
toʻlgan holatni ifodalaydi. Ushbu ibora majoziy maʼnoda ishlatiladi va insonning ichki holatini,
yaʼni qattiq ranjigan yoki adolat izlayotgan hissiyotini aks ettiradi. Bundan tashqari biz boshqa
yozuvchi va shoirlarimizning asarlarida ham dili qonga toʻlib iborasini uchratishimiz mumkin.
Misol qilib aytadigan boʻlsak. Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanida “Kampir Yusufbek
hojining soʻzlarini eshitib, dili qonga toʻldi. Bunday bexabarlikdan yuragi ezildi. Bu yerda
kampirning qayergani, ich-ichidan ezilgani koʻrsatilgan. Alisher Navoiyning gʻazalida

Dil nola bilan yonar, jismim qora tutar. Koʻzim yoshi bila daryo, dil qonga toʻldi. Bu

mislarda qalb iztirobi, ichki dard alam tasvirlangan. Yoki boʻlsa Oybekning “Navoiy” romanida
Ustod Navoiy Husayn Boyqaroning nohaqligini koʻrib dili qonga toʻlib, unga tanbeh berish uchun
yoʻl oldi. Bu misolda Navoiyning yuragi gʻam va alamga toʻlganini koʻrish
mumkin.Pragmalingvistik jihatdan, bu ibora ko‘pincha shikoyat, nolish yoki qattiq norozilikni
ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan, agar kimdir ogʻir xiyonatga uchragan yoki katta adolatsizlikka
duch kelgan bo‘lsa, u “Dilim qonga to‘ldi” deb aytishi mumkin.

Qoshlaring kamon deymi,
Yuragim nishon deymi,
Kipriging paykon deymi,

Jigar-bagʼrim qon deymi,
Ko‘zlaring cholpon deymi,

[33-bet].

“Soʻroq” sheʼridan olingan ushbu parchada esa “jigar-bagʻrim qon” va “koʻzlaring

choʻlpon” iboralariga ahamiyat beradigan boʻlsak bu iboralar yorning goʻzal ekanligini tasvirlash


background image

689

uchun shoir nozik did ila soʻz tanlagan degan fikrga kelamiz."Jigar-bagʻrim qon" pragmalingvistik
iborasi insonning chuqur iztirob, qaygʻu yoki alam chekayotganini ifodalaydi. Bu ibora majoziy
maʼnoda ishlatiladi va ogʻir ruhiy yoki jismoniy azobni anglatadi. “Koʻzlaring choʻlpon” iborasi
goʻzallik, umid yoki nur taratuvchi ko‘zlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu ibora majoziy ma’noga
ega bo‘lib, odatda insonning ko‘zlarining jozibadorligi, porlashi yoki ilhomlantiruvchi ta’sirini
ta’riflash uchun qo‘llanadi. Koʻrib turganingizdek bizning tilimiz badiiy tasvir soʻzlarga boy
oʻzgacha til hisoblanadi. Pragmalingvistik birliklarning rang -barangligi,oʻziga xosligi esa necha
yillardan buyon olim va professorlarning eʼtiborini tortib,ilmiy izlanishlar olib borishga majbur
qilib kelmoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Iqbol Mirzo “Sizni kuylayman” Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati. – Toshkent. 2007.

2. Maxamadaliyevna Y. D., O‘ljayevna O‘. F., Shavkatovna T. D. T., Anvarovna, A. O.

(2020). Pedagogical Features Of Mental Development Of Preschool Children. Solid State
Technology, 63(6), 14221-14225.

3. Shavkatovna, S. R. (2021). Developing Critical Thinking In Primary School Students.

Conferencea, 97-102.

4. Usmonova, D. S., & Xojiakbarova, R. A. (2023). Tasviriy san’atga oid atamalarning

morfologik xususiyatlari tahlili. Solution of social problems in management and economy, 2(6), 5-
6.



Bibliografik manbalar

Iqbol Mirzo “Sizni kuylayman” Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati. – Toshkent. 2007.

Maxamadaliyevna Y. D., O‘ljayevna O‘. F., Shavkatovna T. D. T., Anvarovna, A. O.

(2020). Pedagogical Features Of Mental Development Of Preschool Children. Solid State

Technology, 63(6), 14221-14225.

Shavkatovna, S. R. (2021). Developing Critical Thinking In Primary School Students.

Conferencea, 97-102.

Usmonova, D. S., & Xojiakbarova, R. A. (2023). Tasviriy san’atga oid atamalarning

morfologik xususiyatlari tahlili. Solution of social problems in management and economy, 2(6), 5-