678
SOTIOLINGVISTIKA FANINING SHAKLLANISHI VA MANBALARI
Habibova Sarvinoz Qahramon qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada sotsiolingvistika fanining shakllanishi, rivojlanish
bosqichlari va asosiy manbalari yoritilgan. Maqolada fan sifatida sotsiolingvistikaning XX asrda
shakllanganligi, uning asoschisi bo‘lgan olimlar, shuningdek, til va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni o‘rganishda foydalaniladigan asosiy ilmiy yo‘nalishlar haqida ma’lumot berilgan.
Tilshunoslik, sotsiologiya, antropologiya kabi fanlarning sotsiolingvistikaga ta’siri ham tahlil
qilingan. Maqola sotsiolingvistikaning nazariy va amaliy ahamiyatini ko‘rsatishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar.
Sotsiolingvistika, til va jamiyat, tilshunoslik, ijtimoiy tilshunoslik, til
variativligi, til o‘zgarishi, til siyosati, antropologiya, sotsiologiya, dialektologiya, til rejalashtirish,
madaniy kontekstda til.
SOSYOLİNGUİSTİĞİN OLUŞUMU VE KAYNAKLARI
Habibova Sarvinoz Kahraman kızı,
Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
Özet.
Bu makalede sosyodilbilim disiplininin oluşumu, gelişim evreleri ve temel kaynakları
ele alınmaktadır. Makalede sosyolinguistik biliminin 20. yüzyılda bir bilim olarak oluşumu,
kurucuları, dil-toplum ilişkisinin incelenmesinde kullanılan başlıca bilimsel yönelimler hakkında
bilgi verilmektedir. Dilbilim, sosyoloji ve antropoloji gibi disiplinlerin sosyodilbilim üzerindeki
etkisi de incelenmiştir. Makalenin amacı sosyodilbilimin teorik ve pratik önemini ortaya koymaktır.
Anahtar kelimeler.
Sosyodilbilim, dil ve toplum, dilbilim, sosyodilbilim, dil çeşitliliği, dil
değişimi, dil politikası, antropoloji, sosyoloji, lehçebilim, dil planlaması, kültürel bağlamda dil.
СТАНОВЛЕНИЕ И ИСТОКИ СОЦИОЛИНГВИСТИКИ
Хабибова Сарвиноз Кахрамон кызы,
студентка Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация.
В данной статье рассматривается формирование и развитие
социолингвистики как самостоятельной научной дисциплины. Освещены этапы
становления науки, вклад ведущих учёных ХХ века, а также основные источники и
направления исследований. Особое внимание уделено взаимосвязи языка и общества, а
также влиянию таких дисциплин, как лингвистика, социология и антропология, на
становление социолингвистики. Статья подчёркивает теоретическое и практическое
значение социолин-гвистики в современном научном пространстве.
Ключевые слова.
Социолингвистика, язык и общество, лингвистика, социальная
лингвистика, языковое разнообразие, языковые изменения, антропология, социология,
диалектология, языковое планирование, культурный контекст языка.
FORMATION AND SOURCES OF SOCIOLINGUISTICS
Khabibova Sarvinoz Kahramon kizi,
student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
679
Annotation.
This article explores the formation and development of sociolinguistics as an
independent scientific discipline. It outlines the historical stages of the field's emergence, highlights
the contributions of key 20th-century scholars, and discusses the main sources and areas of
research. Special attention is given to the relationship between language and society, as well as the
influence of disciplines such as linguistics, sociology, and anthropology on the evolution of
sociolinguistics. The article emphasizes the theoretical and practical significance of sociolinguistics
in the modern academic context.
Keywords.
Sociolinguistics, language and society, linguistics, social linguistics, language
variation, language change, language policy, anthropology, sociology, dialectology, language
planning, cultural context of languagephra-seology.
Til insoniyat jamiyatining eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. U orqali odamlar
o‘zaro aloqa qiladi, fikr almashadi va jamiyatda faoliyat yuritadi. Tilshunoslik fanida turli
yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ulardan biri – sotsiolingvistika – til va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni
o‘rganadi [4,22.]. Til va jamiyat munosabatlari uzviy bog‘liq. Jamiyat rivojlanib borgani sari til
ham taraqqiy etaveradi. Tilning paydo bo‘lish tarixi insoniyatning shakllanish tarixi kabi qadim
zamonlarga borib taqaladi. Til va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika
fani o‘rganadi. Tilning boshqa sohalar bilan bog‘liq, jumladan, falsafa, etnografiya, psixologiya
kabi jihatlarini o‘rganishda ham sotsiolingvistika fani qo‘llaniladi.
Sotsiolingvistika quyidagi masalalarni o‘rganadi:
1) jamiyat va til o‘zaro bog‘liq, mutanosib tarixiy jarayon, hodisadir;
2) jamiyat taraqqiy eta borgan sari tilning ijtimoiy vazifalari ham takomillashib boradi;
3) adabiy tilning, shevalarning, lug‘at boyligi kengayadi, ortib boradi;
4) yashash muhiti yaqin, turmush tarzi o‘xshash hamda o‘zaro iqtisodiy munosabatlari
shakllangan xalqlarning tillari bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi [4,23.].
Sotsiolingvistika jamiyatdagi ijtimoiy sharoitlarda til faoliyat olib boradigan va
rivojlanadigan jabhalarni o‘rganadi. Ijtimoiy sharoitlarga jamiyatdagi odamlarning ijtimoiy kelib
chiqishi, tuzilishi, yoshi, ijtimoiy mavqe, madaniyat va ta’limni bilish darajasi, yashash joyi va
so‘zlayotgan nutqi misol bo‘la oladi. Xususan, ushbu fan tadqiqotchisi so‘zlovchilar o‘z nutqida u
yoki bu variantni qanchalik ko‘p ishlatishini va bu qanday ijtimoiy parametrlarga (ijtimoiy sinf,
ma’lumot, jins, yosh, aloqa holati) bog‘liqligini aniqlashi kerak.[ Ijtimoiy tilshunoslik, bizning
fikrimizcha, til va uning ijtimoiy hamda madaniy kontekstlaridagi munosabatlarida vujudga
keladigan masalalarni o‘rganadigan fandir. Buning uchun u ma’lum bir jamiyat a’zolarining turli xil
kodlar va iboralar almashinuvini hamda og‘zaki nutqda qanday suhbatlashishlarini analiz qilib,
ushbu real vaziyatlarni o‘rganadi. Sotsiolingvistika, ya’ni ijtimoiy tilshunoslikning boshqa
fanlardan farqli jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini anglash uchun ushbu fanning kelib chiqishi,
obyekti, predmeti va olimlarning bu fan to‘g‘risidagi turli xil qarashlarini ko‘rib chiqishimiz kerak
[7,23.].
“Sotsiolingvistika” atamasini birinchi marta 1952-yilda amerikalik jamiyatshunos German
Karri qo‘llagan. Biroq, bu tilning ijtimoiy tabiati haqidagi fan 1950-yillarning boshlarida paydo
bo‘lgan degani emas. Sotsiolingvistikaning tarixi yana ham uzoqqa borib taqaladi. XX asrning
birinchi yarmidagi taniqli rus olimlari I.A.Boduen de Kurtene, E.D.Polivanov, L.P.Yakubinskiy,
V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin, A.M.Selischev, G.O.Vinokur, fransuz olimlari F.Bruno, A.Meye,
P.Lafarg, M.Koen, shveytsariyalik olimlar Sh.Balli va A.Seshe, belgiyalik J.Vandries, chexoslovak
B.Gavranek, A.Matesius va boshqalarga hozirgi sotsiolingvistika borasida bir qator g‘oyalar
tegishli.
Tilshunoslik fani doirasida sotsiolingvistika bir necha xil nomlarga ega. Ayni shu nuqtayi
nazaridan til sotsiologiyasi, sotsiologik lingvistika, sotsiologik tilshunoslik, lingvistik sotsiologiya,
lingvososiologiya, sotsiolingvistika, ijtimoiy lingvistika atamalari kirib keldi. Ushbu atamalar bir-
biridan ma’lum xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi.
680
Jahon tilshunosligida olimlar tomonidan sotsiolingvistika haqida berilgan ta’riflar turlicha.
Jumladan, chet el olimlaridan biri Devid Kristel quyidagicha ta’riflaydi: Sotsiolingvistika til va
jamiyat o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi. U ijtimoiy guruhlarning lingvistik o‘ziga xosligini, tilga
bo‘lgan ijtimoiy munosabatni, tilning standart va nostandart shakllarini, milliy tildan foydalanish
qonuniyatlari va ehtiyojlarini, tilning ijtimoiy turlari va darajalarini, ikki tilli va ko‘p tillilikning
ijtimoiy asoslarini o‘rganadi”.Yana bir manbada esa shunday izohlanadi.
“Sotsiolingvistika empirik fandir, chunki u kundalik hayotda ko‘rish mumkin bo‘lgan
faktlarga asoslanadi. Alomatlarni to‘plash va shakllantirishda bu nazariy fan deb ham aytiladi.
Sotsiolingvistika insonning turli vaziyatlarda til qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish qobiliyatini
tushuntirishga harakat qiladi”. Rus manbalaridan birida “sotsiolingvistika inson suhbatlashayotgan
vaqtda tilning vazifalarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Bir qator ijtimoiy guruhlarda turmush
o‘rtoqning ismini qo‘llamaslik, Yaponiyada suhbatdoshlar suhbat vaqtida bir-birining ijtimoiy
sinfini qo‘llash shartligi, rus va ingliz suhbatida bunday holatning uchramasligi sotsiolingvistika
doirasiga kiradi”. Bu kabi ijtimoiy holatlar o‘zbek mentalitetiga ham xos xususiyat hisoblanadi. Rus
olimlari sotsiolingvistika insonlarning yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqeyi, ta’lim olish darajasi va
xarakteri, madaniyat darajasidan kelib chiqib, so‘zlovchi til belgilaridan qay tarzda foydalanishiga –
bir xillilikka yoki har xillilikka – urg‘u beradi, - deb ta’kidlaydi.
Sotsiolingvistika turli fanlar bilan bog‘liq bo‘lib, uning manbalari quyidagilardan iborat:
• Tilshunoslik – fonetika, morfologiya, sintaksis va semantika sotsiolingvistik tahlillarning
asosini tashkil etadi.
• Sotsiologiya – jamiyat tuzilishi, ijtimoiy guruhlar va ularning tilga bo‘lgan ta’siri
sotsiologik yondashuv orqali o‘rganiladi.
• Antropologiya – madaniy kontekstda tilning tutgan o‘rni va uning qadriyatlar bilan
bog‘liqligi tahlil qilinadi.
• Psixolingvistika – til va tafakkur o‘zaro bog‘liqligi orqali nutq faoliyatining psixologik
jihatlari o‘rganiladi. Shuningdek, og‘zaki va yozma nutq namunalarini o‘rganish, dialektologik
kuzatuvlar, so‘rovnoma va intervyular ham bu fan uchun muhim manbalardir.
Til madaniyatning ko‘zgusi bo‘lib, unda nafaqat insonni o‘rab olgan real borliq, uning real
yashash sharoitlari, balki xalqning ijtimoiy o‘zini o‘zi anglashi, uning mentaliteti, milliy xarakteri,
hayot tarzi, an’analari, urf-odatlari, axloqi, qadriyatlar yig‘indisi va dunyoqarashi ham aks etadi. Til
madaniyat tashuvchisi bo‘lib, u ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini meros qilib
qoldiradi. Olimlarning quyidagi fikrlari bu mulohazalarimizni asoslaydi: “Til madaniyatning milliy
komponentlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Til birinchi navbatda, madaniyatga kishilik
jamiyatining ham muloqot vositasi, ham ushbu muloqotni uzib qo‘yuvchi vosita bo‘lishiga yordam
beradi. Til - uning sohiblarining muayyan jamoaga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Xalqning o‘ziga xos
asosiy xususiyati bo‘lgan tilga “ichki” va “tashqi” jihatdan yondashish mumkin. Tilga “ichki”
jihatdan yondashilganda, u etnik integratsiyaning bosh omili sifatida namoyon bo‘lsa, “tashqi”
jihatdan yondashilganda, u xalqning etnik farqlarini ko‘rsatadi.[6,11-25.] Bu ikki qarama-garshi
funksiyani o‘zida dialektik birlashtirgan til bir tomondan xalqning o‘z-o‘zini saqlash vositasi,
ikkinchi tomondan uni “o‘ziniki” va “begona”ga ajratish vositasi bo‘lib xizmat qiladi”.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, sotsiolingvistika jamiyat va til munosabatlarida
muhim o‘rin tutadi. Fanning maqsadi til funksiyalarining bajarilishini, har xil qatlam doirasida
ijtimoiy guruhning kelib chiqishi, yoshi, mavqeyi va ta’lim darajasiga qarab nutqda qanday
variantlarni qo‘llash va bularning barchasini boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganishni
nazarda tutadi. Sotsiolingvistika bugungi kunda tilshunoslikning muhim va keng qamrovli
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning shakllanishida nazariy va amaliy yondashuvlar
uyg‘unlashgan bo‘lib, tilning ijtimoiy kontekstdagi roli chuqur tahlil etiladi. Ushbu fan yordamida
jamiyatdagi til hodisalari, ijtimoiy tafovutlar, tilning obro‘si va siyosiy aspektlari o‘rganiladi.
Shuningdek, u til siyosati yuritish va ko‘p tillilik muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
681
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Elova D., Safarova G. Sotsiolingvistika. – Toshkent, 2022. – B. 7-27.
2.
Nurmonov A. O‘zbek tilining sotsiolingvistik jihatlari. – Toshkent, 2008. Milliy ensiklopediya.
– B. 42.
3.
Sultanmurodova M. Sotsiolingvistika fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. –
Toshkent, 2019. – B.12-38.
4.
Xolmanova Z.T. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 2007. – 177 b.
5.
Xojiyev A. Til va jamiyat. – Toshkent, 2007. – B. 180.
6.
Yusupova.O.S. Sotsiolingvistika. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand, 2024. – B.11-25.
7.
Запорожец М.Н. Социолингвистика. – Тольятти: Изд-во ТГУ, 2014. – 139 с.