662
MADANIYATLARARO ALOQANING O‘RNI VA
LINGVOKULTUROLOGIYA HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Umarova Farangiz No‘monjon qizi,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
farngizumarova10032006@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada
madaniyatlararo
aloqa
va
lingvokulturologiya
tushunchalarining mohiyati, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda zamonaviy tilshunoslik
kommunikatsiya jarayonlaridagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada turli madaniyat vakillari
o‘rtasidagi muloqot jarayonida uchraydigan tafovutlar, stereotiplar va madaniy moslashuv
jarayoni haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, lingvokulturologiyaning til birliklari, frazeologizmlar,
nutq etiketi va madaniy qadriyatlar bilan bog‘liqligi yoritiladi.
Kalit so‘zlar.
Madaniyatlararo aloqa, kommunikativ kompetensiya, lingvokulturolgiya,
madaniy tafovutlar, nutq etiketi, mentalitet.
KÜLTÜRLERARASI İLETİŞİMİN ROLÜ VE
DİLOKÜLTÜROLOJİ İLE İLGİLİ TEMEL KAVRAMLAR
Umarova Farangiz Nomonjon kızı,
Özbekistan devlet dünya dilleri üniversitesi öğrencisi
Özet.
Bu makalede kültürlerarası iletişim ve linguokültüroloji kavramları,
bunlarınbirbirleriyle olan ilişkisi ve modern dilbilim ile iletişim süreçlerindeki önemi analiz
edilmektedir. Farklı kültürlerden gelen bireyler arasındaki iletişimde ortaya çıkan farklılıklar,
stereotipler ve kültürel adaptasyon süreçleri ele alınmaktadır. Ayrıca, linguokültürolojinin dilsel
birimler, deyimler, konuşma adabı ve kültürel değerlerle nasıl ilişkili olduğu incelenmektedir
.
Anahtar kelimeler.
Kültürlerarası iletişim, linguokültüroloji, iletişim yeterliliği, konuşma
adabı, kültürel farklılıklar, zihniyet.
РОЛЬ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ И
ОСНОВНЫЕ ПОНЯТИЯ О ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИИ
Умарова Фарангиз Номонжоновна,
студентка Узбекского государственного университета мировых языков
Аннотация.
В данной статье анализируются понятия межкультурной
коммуникации и лингвокультурологии, их взаимосвязь и значение в современной лингвистике
и процессах коммуникации. Рассматриваются различия, стереотипы и процессы
культурной адаптации, возникающие в ходе общения между представителями разных
культур. Кроме того, исследуется связь лингвокультурологии с языковыми единицами,
фразеологией, речевым этикетом и культурными ценностями.
Ключевые
слова.
Межкультурная
коммуникация,
лингвокультурология,
коммуникативная компетентность, речевой этикет, культурные различия, менталитет.
THE ROLE OF INTERCULTURAL COMMUNICATION AND BASIC
CONCEPTS OF LINGUOCULTUROLOGY
Farangiz Umarova No`monjon kizi,
Uzbekistan state world languages university student
663
Annotation.
This article analyzes the concepts of intercultural communication and
linguoculturology, their interrelation, and their significance in modern linguistics and
communication proceses. It duscusses the differences, stereotypes, and cultural adaptation
processes thar arise during communication between representatives of different cultures.
Additionally, the article explores how linguoculturology relates to linguistic units, phraseology
relates to linguistic units, phraseology, speech etiquette, and cultural values.
Keywords.
Intercultural communication, communicative competence, linguoculturology,
cultural differences, speech etiquette, mentality.
Bugungi globallashgan dunyoda madaniyatlararo muloqot muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Turli millat va madaniyat vakillari o‘rtasidagi aloqa nafaqat xalqaro munosabatlar, balki ta’lim,
biznes, diplomatiya va ijtimoiy hayotning turli jabhalarida ham tobora muhim o‘rin egallamoqda.
Bunday sharoitda samarali muloqot olib borish uchun nafaqat tilni mukammal bilish, balki o‘sha
tilda so‘zlovchi jamiyatning madaniyati, mentaliteti va urf-odatlarini ham tushunish zarur.
Madaniyatlararo aloqa – bu turli madaniyat vakillari o‘rtasida axborot almashinuvi,
tushunish va o‘zaro anglashuv jarayonidir. Har bir millat va etnos o‘ziga xos qadriyatlar,
dunyoqarash, muloqot me’yorlariga ega bo‘lib, bu jihatlar til vositasida ifodalanadi. Shuning uchun
tilni
o‘rganish
jarayonida
lingvokulturologik
jihatlarni
hisobga
olish
muhimdir.
Lingvokulturologiya esa til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni o‘rganib, turli tillarda
ifodalangan madaniy qadriyatlar va mentalitetni tadqiq qiladi. Madaniyatlararo aloqa jarayonida
insonlar nafaqat lingvistik bilimlarga, balki o‘zga madaniyatni tushunish va hurmat qilish
qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Chunki turli xalqlarning dunyoqarashi, qadriyatlari va nutq
madaniyati o‘rtasida jiddiy farqlar mavjud bo‘lib, ular noto‘g‘ri talqin qilinganda tushunmovchilik
yoki hatto ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin.
Masalan, G‘arb jamiyatlarida shaxsiy hududga ehtiyotkorlik bilan yondashiladi, ya’ni
insonlar o‘zaro suhbatda ancha masofa saqlaydi. Sharq madaniyatlarida esa jismoniy yaqinlik va
aloqa (masalan, quchoqlashish, yelkaga qo‘l qo‘yish) do‘stona munosabat ramzi hisoblanadi.
Bunday tafovutlar xalqaro aloqalar jarayonida hisobga olinishi lozim.
Madaniyatlararo muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun quyidagi jihatlar muhim
hisoblanadi:
Til bilimi – samarali aloqa uchun chet tilini bilish muhim, lekin lingvistik bilimning o‘zi
yetarli emas.
Madaniy kompetensiya – suhbatdoshning madaniyatini, urf-odatlarini va qadriyatlarini
tushunish lozim.
Empatiya va bag‘rikenglik – turli madaniy yondashuvlarni hurmat qilish va tushunishga
intilish kerak.
Stereotiplardan voz kechish – har bir insonning individual xususiyatlari borligi e’tiborga
olinishi lozim.
Shunday qilib, madaniyatlararo aloqa nafaqat turli tillarni o‘zlashtirishni, balki o‘sha tilda
so‘zlashuvchilarning madaniyatini tushunishni ham talab qiladi. Bu jarayon turli xalqlar o‘rtasida
do‘stona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va global muloqotni
yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, madaniyatlararo muloqot tamoyillarini o‘rganish
kommunikativ shokning sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bunday identifikatsiyalash
kommunikativ shokning oqibatlarini bartaraf etishning bir usuli hisoblanadi. Xalqlarning
madaniyatlararo o‘zaro munosabatlar jarayonining asosi - murakkab yondashuvlardan foydalanib,
muloqot xususiyatlarini o‘rganish, muvaffaqiyatli madaniyatlararo muloqot mavzusi sifatida tilni
o‘rganish usullarini tanlashda sifatli o‘zgarishlar [1.https://conferencea.org].
Til nafaqat aloqa vositasi, balki u xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari, qadriyatlari va
hayot tarzining aksidir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta. Masalan, turli xalqlarning kundalik
mloqotida uchraydigan iboralar, nutq etiketi va metaforalar o‘sha jamiyatning madaniy
xususiyatlarini aks ettiradi. Ingliz tilida vaqt iqtisodiy resurs sifatida qabul qilinib, “Time is money
664
“ ( Vaqt- bu pul ) kabi iboralar keng ishlatilsa, o‘zbek madaniyatida vaqt bardavomlik va hayotiy
tajriba bilan bog‘liq bo‘lib, “Ko‘pni ko‘rgan ko‘pni biladi“ kabi iboralar uchraydi.
Til, madaniyat va jamiyatning o‘zaro aloqasi tadqiqoti “til va tafakkur“, “til va insonning
ma’naviy faoliyati“, “til va inson xulqi“, “til va jamiyat“, “til va inson qimmati“ kabi katta
muommolar doirasida olib boriladi. Bu muommolarning har tomonlama o‘rganilishi, til va
madaniyatning o‘zaro aloqasi jabhasini ajratish muhimligiga olib kelishi tabiiy va shu asosda,
ko‘plab gnoseologik, psixologik, etnik va ijtimoiy hodisalarning til aspekti orqali erishiladigan,
lingvognoseologiya, psixolingvistika, etnolingvistika va sotsiolingvistikada birlashmagan holda
mavjud bir qator muommolarni o‘rganish mumkin bo‘lgan lingvokulturologiya yo‘nalishini paydo
qiladi [2.8-9B].
XXI asr boshiga kelib lingvokulturologiya dunyo tilshunosligidagi yetakchi yo‘nalishlardan
biriga aylanib ulgurdi. Lingvokulturlogiya-bu til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganuvchi
fan bo‘lib, u turli millat va madaniyat vakillarining dunyoqarashi, mentaliteti va qadiyatlarini til
birlikari orqali tahlil qiladi. Ushbu fan tilida ifodalangan madaniy an’analar, urf-odatlar va
qadriyatlarni chuqur o‘rganishga yordam beradi. Jumladan, V.N.Teliya bu haqida shunday yozadi:
“ Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog‘i insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu
esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi
antropologik paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuasidir“. [3.www.kokanduni.uz] Har bir
xalqning madaniyati uning tilida aks etadi. Masalan, o‘zbek tilida mehmondo‘stlik va hurmatni
ifodalovchi ko‘plab iboralar bor: “Mehmon otangdan ulug‘“, “Kattaga hurmat, kichikka izzat“.
Ingliz tilida esa pragmatizm va shaxsiy mustaqillikni aks ettiruvchi iboralar keng tarqalgan: “Time
is money“, “Every man for himself “. Bu misollar lingvokulturologiyaning til va madaniyat
o‘rtasidagi mustahkam bog‘liqlikni qanday o‘rganishini ko‘rsatadi.
Lingvokulturologiyaning amaliy ahamiyati:
Lingvokulturologiya xorijiy tillarni o‘rganish, tarjima qilish, madaniyatlararo muloqotni
yaxshilash va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Chet tilini
o‘rganish jarayonida faqat grammatik qoidalarni bilish yetarli emas, balki o‘sha til sohiblarining
madaniy qadriyatlarini ham tushunish kerak.
Tarjima sohasida lingvokulturologik yondashuv muhim o‘rin tutadi. Chunki har bir tilning
o‘ziga xos madaniy konteksti bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima ba’zan ma’no buzilishiga olib kelishi
mumkin. Masalan, ingliz tilidagi “It's raining cats and dogs” iborasi rus yoki o‘zbek tiliga so‘zma-
so‘z tarjima qilinsa, tushunarsiz bo‘lib qoladi. To‘g‘ri tarjima esa “Juda kuchli yomg‘ir yog‘ayapti”
bo‘lishi kerak.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, madaniyatlararo muloqotda til bilan birga madaniy
kompetensiya ham katta rol o‘ynaydi. Har bir jamiyatning o‘ziga xos qadriyatlari, urf-odatlari va
nutq madaniyati mavjud bo‘lib, bu omillar lingvistik birliklarda o‘z aksini topadi. Masalan, nutq
etiketi, metaforalar, frazeologizmlar va muloqot shakllari milliy madaniyatga bog‘liq holda
shakllanadi. Shu bois, lingvokulturologiya tilda aks etgan madaniy xususiyatlarni chuqur tahlil
qilish orqali madaniyatlararo muloqotni samarali tashkil etishga yordam beradi. Shuningdek,
lingvokulturologiyaning amaliy ahamiyati xorijiy tillarni o‘rganish, tarjima qilish va xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Tilshunoslar va tarjimonlar bir
millatning tili va madaniyatini chuqur tushunmas ekan, to‘laqonli muloqot yoki aniq tarjima qilish
qiyinlashadi. Shuning uchun ham lingvokulturologik yondashuv nafaqat lingvistika va filologiya,
balki ta’lim, sotsiologiya, psixologiya va diplomatiya kabi sohalarda ham qo‘llanilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, samarali madaniyatlararo muloqot va til o‘rganish jarayoni
lingvokulturologik yondashuvsiz mukammal bo‘lishi mumkin emas. Har bir til o‘z xalqining
madaniy qadriyatlari va mentalitetini aks ettirgani sababli, tilni o‘rganish jarayonida uning
lingvokulturologik jihatlarini ham hisobga olish lozim. Bu esa insonlarning xalqaro muloqotda
tushunmovchilik va madaniy to‘qnashuvlarning oldini olishiga, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni
rivojlantirishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
665
1.
Mamadaliyeva. M Lingvokulturologik xususiyatlarning asosiy tushunchasi. International
conference on Research in Humanities. 2022,
2.
Mamatov A.E. “ Zamonaviy lingvistika (Lingvomadaniyatshunoslik asoslari ). -
Toshkent “Tafakkur avlodi“, 2020-y. 8-9-betlar.
3.
Normurodov B.H. Lingvokulturologiya til va madaniyat fani sifatida rivojlanishi va uning
tahlillari,