Annotatsiya. Ushbu maqola o‘zbek oilalarida er va xotin o‘rtasidagi muloqotning
lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Muloqot jarayoni til va
madaniyatning o‘zaro ta’siri nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Maqolada o‘zbek oilalariga xos
bo‘lgan muloqot modellari, nutqiy odob qoidalari, murojaat shakllari, so‘zlashuv uslublari va
ularning madaniy ildizlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada gender omilining muloqotga
ta’siri, oilaviy qadriyatlarning nutqiy ifodasi kabi masalalar ham tahlilga tortilgan.