744
IBROYIM YUSUPOV ASARLARINI O‘QITISH METODIKASI
Bekbergenova Mariya Do‘sbergenovna,
Ajiniyoz nomidagi NDPI Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi,
filologiya fanlari nomzodi, professor
Annotatsiya.
I.Yusupov asarlarini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarga uning ijodini
chuqurroq tushunishga yordam beradigan turli pedagogik usullardan foydalanishni taqozo etadi.
Klaster tarmoq usulidan foydalanib, uning lirik asarlarini o‘rganishda keng tushunchalar beriladi.
Shu bilan birga, vizual materiallar, video va audio texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning
tasavvuri va qiziqishi oshiriladi.
Kalit so‘zlar.
Metodika, klaster usuli, vizual materiallar, texnologiyalar, lirik asarlar.
İBRAYIM YUSUPOV’UN ESERLERINI ÖĞRETME METODOLOJISI
Bekbergenova Maria Dosbergenovna
Ajiniyaz adına NDPI Karakalpak edebiyatı bölümü,
filoloji bilimleri adayı, professor
Özet.
I.Yusupov'un eserlerini öğretme metodolojisi, öğrencilerin onun eserlerini daha
derinlemesine anlamasına yardımcı olan çeşitli pedagojik yöntemlerin kullanılmasını gerektirir.
Küme ağ yöntemi kullanılarak, onun lirik eserlerini incelemek için geniş bir anlayış sağlanır. Aynı
zamanda, görsel materyaller, video ve ses teknolojileri yardımıyla öğrencilerin hayal gücü ve ilgisi
artırılır.
Anahtar kelimeler.
Metodoloji, küme yöntemi, görsel materyaller, teknolojiler, lirik eserler.
МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЯМ ИБРГАИМА ЮСУПОВА
Бекбергенова Мария Досбергеновна,
Кафедра каракалпакской литературы НГПИ имени Ажинияза,
кандидат филологических наук, профессор
Аннотация.
Методика
преподавания
произведений
И.Юсупова
требует
использования различных педагогических методов, помогающих учащимся глубже понять
его творчество. С помощью кластерной технологии представляются широкие понятия для
изучения его лирических произведений. Кроме того, использование визуальных материалов,
видео и аудио технологий способствует расширению воображения и интереса учащихся.
Ключевые слова.
Методика, кластер методика, визуальные материалы, технологии,
лирические произведения.
METHODOLOGY OF TEACHING WORKS IBRGAIMA YUSUPOVA
Bekbergenova Maria Dosbergenovna,
Ajiniyaz NSPI Karakalpak literature department,
candidate of philological sciences, professor
Annitation.
The methodology of teaching Ibrohim Yusupov's works involves using various
pedagogical methods to help students gain a deeper understanding of his creativity. By applying the
clustering method, broad concepts of his lyrical works are presented. Additionally, the use of visual
materials, video, and audio technologies enhances students' imagination and interest.
745
Keywords.
Methodology, cluster method, visual materials, technologies, lyrical works.
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri I. Yusupovning ijodi
qoraqalpoq adabiyoti tarixida katta o‘rin egallaydi va bizning milliy she’riyatimizning rivojlanish
tarixiy bosqichlarining eng baland cho‘qqisi hisoblanadi. Shuning uchun I.Yusupovning asarlarini
o‘rganish bugungi adabiyotshunoslik ilmining va adabiyotni o‘qitish nazariyasi va metodikasi
fanining muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Umumta’lim maktablarida I.Yusupovning ijodi adabiy portret sifatida o‘qitiladi. Shoir
ijodiga sharh yozish uchun klaster usulidan foydalanish kerak. Chunki bu usul asosida shoir ijodiga
butunlay keng tarzda tushuncha berish mumkin. Klaster texnologiyasi bu tarmoqlanish usuli bo‘lib,
u o‘quvchilarga ma’lum bir mavzuni tarmoqlarga bo‘lib chuqur o‘rganishlariga yordam beradi.
O‘quvchilar I. Yusupovning hayoti va asarlari bo‘yicha boshlang‘ich sinfdan boshlab
tushunchaga ega. Ularning shoir haqidagi bilimlarini esga tushirish maqsadida savol tashlanadi.
Taxtaga quyoshning surati chizilib, undan nur sochish kerak.
“O‘qituvchi darslikdan va I.Yusupov ijodi bo‘yicha yozilgan olimlarning ilmiy
tadqiqotlaridan foydalangan holda, keng va aniq qilib, shoirning hayoti, asarlari haqida to‘liq
tushuncha bera olishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi chuqur nazariy bilimga va shoir asarlari
bo‘yicha keng ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham o‘qituvchidan mavzuni
tushuntirishda kasbiy bilim, pedagogik, metodik mahorat talab etiladi” [1.87.]
I.Yusupovning ijodi bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar qilgan [2.510.]. Klaster metodi bilan
o‘qitishda, birinchi navbatda, shoir asarlari tilga olinadi. O‘quvchilarga tanish bo‘lgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasining madhiyasi bilan boshlash to‘g‘ri bo‘ladi. I.Yusupov shoir
ekanligini ko‘rsatadigan asarlari tarmoqqa tiziladi. Keyinchalik 1955 yili chiqqan «Baxыt lirikasы»
she’rlar to‘plamiga kirgan asarlari «O‘atan muxabbati», «Paxtakesh baba», «Institut yestelikleri»,
«Kүnshыg‘ыs jolao‘shыsыna» to‘plamiga kirgan «Kүnshыg‘ыs jolaushыsыna» «Qara tal»,
«Kegeyli», «Al- Beruniy tuo‘ыlg‘an jerde», «Oylar» to‘plamiga kirgan she’rlardan «Qүdiretli
shыnar haqqыnda qosыq», «Tasqыn bolыp ag‘ыp өt», «Jeti asыrыm» she’rlar to‘plamiga kirgan
«Shыbыg‘ы sыnsa shыnardың», «Altыn qollar», «Jeti asыrыm», «Qobыz», «Nog‘aylarga»,
«Qaraqalpaqtы kөp maqtama kөzimshe», «Tallы jag‘ыstag‘ы yeske tүsirio‘ler», «Shөgirme»,
«Tuo‘g‘an jer», «Sekseo‘il», «Tөk tao‘ыndag‘ы oylar», «Ao‘ыl, ao‘ыl» yana boshqa she’rlarini
slaydga terib o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin.
I.Yusupov yozuvchi: 1963-yili uning «G‘arrы tutag‘ы guz» ocherk, «Seydan garrыnың
geo‘ishi» hikoya, «Yesten shыqpas yeki tүn» hikoya, «Shayыrdың baxtы» maqola, «Nөkiste
baxar» yumor, «Jasarыp, jayna, Qoңыrat» (yozuvchining yo‘l daftaridan), «Haptedegi segiz jigit»
(yozuvchining yo‘l daftaridan), Shoirning publitsistik asarlari «Səo‘ir-Shыg‘ыs samalы», «Paxta
xalqыmыzdың maqtanыshы» va b.
I.Yusupov dramaturg: A.Shamuratov bilan hamkorlikda «Qыrыq qыz» pesasini yozgan.
1966-yili «Өmirbek lakkы» komediyasi, 1986-yili «Iskender patshanың tүsi» dramasi 1973-yili
«Əjiniyaz» operasining librettosini yaratdi.
I.Yusupov adabiyotshunos: Uning qoraqalpoq adabiyotining masalalari bo‘yicha «Lirika
haqqыnda sөylesio‘» (1956), «O‘atandarlыk urыstan keyingi qaraqalpaq poeziyasы» (1956),
«Xalыq shayыrы Abbaz Dabыlov» (1958), «Dala orfeyi» (1975), «Qaraqalpaqstan
Maktumqulыnың yekinshi shayыrlыq Uatanы» (1959), «Maqtumqulы həm qaraqalpaq ədebiyatы»
(1957), «Maqtumqulыnың shыg‘armalarыn ao‘darыo‘dag‘ы ayыrыm alag‘atlыklar haqqыnda»
(1983) kabi bir qancha maqolalarning muallifi.
I.Yusupov tarjimon: Shoir o‘z ona tiliga dunyo xalqlarining eng mashhur shoirlarining
asarlarini
tarjima
qilgan.
Shular
ichida
A.S.
Pushkinning,
M.Yu.Lermontovning,
T.Shevchenkoning, Vilyam Shekspirning sonetlarini, Umar Xayyomning ruboiylarini, Alisher
Navoiy va Hofizning g‘azallarini, Bayronning, Gyotening, Geyne, Shillerning va h.k. asarlarini
tarjima qilgan. Ushbu badiiy tarjimalar orqali bizning adabiyotimizga yangi lirik shakllar, mavzular
746
va obrazlarni olib kirdi, shunday qilib, milliy adabiyotimizni g‘oyaviy-badiiy, shakliy jihatdan har
tomonlama boyitdi.
I.Yusupov - Vatan farzandi: Uning har bir lirik she’rlarida Vatanga chuqur muhabbat
tuyg‘ulari kuylanadi.
Tuo‘ыlasaң dese mag‘an jүz ret,
Tekte usы jerde tuo‘ыlar yedim,
Jalaң ayaq may topыraqtы shaңg‘ыtыp,
Barlыq soqpag‘ыnan juo‘ыrar yedim
Burqыp aqqan ыlay suo‘ыn Əmio‘diң,
Jүzlerime sүrtip juo‘ыnar yedim,
Bunda tereң tamыr urgan terekpen,
Uatan mag‘an men O‘atang‘a kerekpen.»
[4.]
Shuningdek, I.Yusupov ijodi bo‘yicha umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga chuqur va
keng ma’lumotlar berishda zig-zag, insert, loyiha va h.k. usullaridan foydalanish mumkin. Ayniqsa,
loyiha usulida o‘qitish nazariy bilimlarga tayanib, amaliy masalalarni yechishda yordam beradi.
Masalan I. Yusupovning poemalarini o‘qitishda loyiha usulining imkoniyatlari katta.
I.Yusupov asarlarini o‘qitishda vizual materiallardan (rasmlar, xaritalar, videomateriallar)
foydalanish o‘quvchilarning tasavvurini kengaytiradi. Masalan, asar ichidagi muhim voqealar yoki
obrazlar haqida slayd-shou yaratib, o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Bu metod matnni yanada
jonli va qiziqarli qilishga yordam beradi.
Shuningdek, texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarga asarlarni yangi formatlarda
taqdim etish mumkin. Masalan, video va audio fayllar, podkastlar yoki interaktiv dasturlar
yordamida asarlarni o‘rganish yanada qiziqarli va oson bo‘ladi. O‘quvchilarga kitobni o‘qish
o‘rniga u haqidagi qisqa video yoki animatsiyalarni ko‘rsatish, ularning o‘rganish jarayonini yanada
samarali qiladi.
Xulosa qilib aytganda, Ibroyim Yusupov asarlarini o‘qitishning qiziqarli va samarali
metodlari yordamida o‘quvchilar nafaqat adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradilar, balki o‘z
fikrlarini mustahkamlash, ijodiy fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradilar. Bu
metodlar o‘quvchilarga nafaqat o‘qish, balki o‘z fikrlarini erkin ifodalash va mustaqil o‘rganish
imkoniyatlarini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Palыmbetov K., Pirniyazov I., Berdimuratova R.. Ədebiyattы oqыtыo‘ metodikasы.
Metodikalыq qollanba, – Nөkis.
2.
Paxratdinov Ə., Allambergenov K. Bekbergenova M. XX əsir qaraqalpaq ədebiyatы tarыyxы. –
Nөkis, «Qarakalpaqstan», 2011.
3.
Allambergenov K., Orazımbetov Q., Paxratdinov Á., Bekbergenova M. XX ásir qaraqalpaq
ádebiyatı tariyxı. II bólim. – Tashkent, Sano-standart. 2018.
4.
Yusupov I. Taңlamalы shыg‘armalarы. Үsh tomlыq. – Nөkis: «Bilim», 2018.