Mualliflar

  • Narzullayeva Masuda Faxriddin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112635

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Navoiy merosi raqamlashtirish estetik tafakkur badiiy so‘z ko‘nikma adabiy ta’lim zamonaviy texnologiyalar.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  bugungi  dolzarb  mavzu  hisoblangan  mumtoz  adabiyotimiz 
durdonalarini maktablarda qaysi usul va rejalar orqali o‘qitishdagi afzalliklar haqida mushohada 
etiladi. Mazkur maqolada Navoiyshunos olimlarning asarlaridan iqtoboslar olinib, tahlil etilgan. 
Bundan  tashqari  maktab  yoshidan    Navoiy  ijod  yo‘li  va  uning  ijodini  teran  anglash  yoshlarimiz 
tarbiyasida  yetakchi  omillardan  biri  ekanligi  haqida  fikr  yuritiladi.  Maqolada  maktab  adabiyot 
darsliklaridagi ba’zi kamchiliklari aytib o‘tilgan va tavsiyalar berilgan. 


background image

729

RAQAMLASHTIRISH ORQALI MAKTABLARDA ALISHER NAVOIY

ASARLARINING O‘QITILISHIDA AFZALLIKLAR

Narzullayeva Masuda Faxriddin qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi

narzullayevamasuda75@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi dolzarb mavzu hisoblangan mumtoz adabiyotimiz

durdonalarini maktablarda qaysi usul va rejalar orqali o‘qitishdagi afzalliklar haqida mushohada
etiladi. Mazkur maqolada Navoiyshunos olimlarning asarlaridan iqtoboslar olinib, tahlil etilgan.
Bundan tashqari maktab yoshidan Navoiy ijod yo‘li va uning ijodini teran anglash yoshlarimiz
tarbiyasida yetakchi omillardan biri ekanligi haqida fikr yuritiladi. Maqolada maktab adabiyot
darsliklaridagi ba’zi kamchiliklari aytib o‘tilgan va tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar.

Navoiy merosi, raqamlashtirish, estetik tafakkur, badiiy so‘z, ko‘nikma, adabiy

ta’lim, zamonaviy texnologiyalar.

ALIŞER NAVOI'NIN ESERLERININ OKULLARDA DİJİTALLEŞTİRİLMESİ

YOLUYLA ÖĞRETİLMESİNİN ÖZELLİKLERİ

Narzullaeva Masuda Fakhriddin kızı,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Özet.

Bu makale, günümüzün güncel konusu olan klasik edebiyatımızın başyapıtlarının

okullarda hangi yöntemler ve planlar aracılığıyla öğretilmesinin avantajlarını ele almaktadır. Bu
makalede, Navoi bilimcilerinin eserlerinden alıntılar alınmış ve analiz edilmiştir. Ayrıca, okul
çağından itibaren Navoi'nin yaratıcı yolunun ve eserlerinin derinlemesine anlaşılmasının
gençlerimizin eğitiminde öncü faktörlerden biri olduğu düşünülmektedir. Makalede, okul edebiyat
ders kitaplarındaki bazı eksiklikler belirtildi ve öneriler verildi.

Anahtar kelimeler.

Navoi mirası, dijitalleşme, estetik düşünme, sanatsal söz, beceri, edebi

eğitim, modern teknolojiler.

ПРЕИМУЩЕСТВА ПРЕПОДАВАНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЙ

АЛИШЕРА НАВОИ В ШКОЛАХ ПУТЕМ ЦИФРОВИЗАЦИИ

Нарзуллаева Масуда Фахриддин кизи,

студентка Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В данной статье рассматриваются преимущества преподавания

шедевров классической литературы, которые являются сегодня актуальной темой, в
школах, посредством которых используются методы и планы. В данной статье взяты и
проанализированы цитаты из работ навоийских учёных. Кроме того, считается, что
глубокое понимание творческого пути Навои, его творчества со школьного возраста
является одним из ведущих факторов воспитания нашей молодежи. В статье отмечены
некоторые недостатки школьных учебников по литературе и даны рекомендации.

Ключевые

слова

. Наследие Навои, цифровизация, эстетическое мышление,

художественное слово, мастерство, литературное образование, современные технологии.

ADVANTAGES IN TEACHING ALISHER NAVOI'S WORKS

IN SCHOOLS THROUGH DIGITALIZATION

Narzullaeva Masuda Fakhriddin kizi


background image

730

student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute

Abstract.

This article discusses the advantages of teaching the masterpieces of classical

literature, which are a topical topic today, in schools. This article analyzes and quotes from the
works of Navoi scholars. In addition, it is considered that a deep understanding of Navoi's creative
path and his work from school age is one of the leading factors in the education of our youth. The
article highlights some shortcomings in school literature textbooks and gives recommendations.

Keywords.

Navoi’s heritage, digitization, aesthetic thinking, artistic word, skills, literary

education, modern technologies.

O‘zbek xalqining mutafakkiri shoiri Alisher Navoiy sharq adabiyoti doirasiga turkiy xalqlar

adabiyotining buyuk vakili sifatida kirib kelgan. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev
ta’kidlagandek: “Navoiy ijodi tarbiyaviy xulq atvor va diniy bilimlar ulashgan qomusiy olim desak
mubolag‘a bo‘lmaydi”. [1,56 b.] Shuning uchun bugun globallashuv davrida yoshlar ongiga Navoiy
ijodini singdirishda zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanishimiz kerakligini talab qilmoqda.

Alisher Navoiy asarlari o‘zbek adabiy tili va milliy adabiyotimiz rivojining asosini belgilab

beribgina qolmay, xalqimiz ma’naviy olamining shakllanishida ham muhim ahamyat kasb etadi.
Hazrat Navoiy merosini o‘rganish har bir insonni ilhomlantirib, aqlini teran, fikrini tiniqlashtiradi,
tafakkurini yuksaltiradi. Har bir inson kamol topishi uchun, albatta, Navoiy asarlari shuning bilan
bir qatorda lirikasidan ham yaxshigina xabardor bo‘lishi kerak. Biz bugungi rivojlanayotgan
zamonda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda maktab o‘quvchilarini Navoiy ijodi bilan
to‘laqonligicha tanishtirishimiz lozim. Biz bilamizki, maktab o‘quvchjilari orasida mumtoz adabiy
asarlari va ijodkorlari hayotiga qiziqish, o‘rganishida qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

XX asrdagi navoiyshunoslik o‘z ko‘lamining kengligi va bosib o‘tgan yo‘lning o‘ziga

xosligi bilan belgilanadi. Bu o‘ziga xoslik shundan iboratki XX asrning 20-80 -yillarida
O‘zbekistonda hamda MDH mamlakatlarida Alisher Navoiy hayoti va merosini o‘rganishda
sho‘rolar siyosati o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shunday bo‘lsa-da, Alisher Navoiy hayoti, faoliyati va
merosini o‘rganish, uning 500 yillik ( 1948), 525 yillik (1968), 550 ( 1991) yubleylarini o‘tkazish;
asarlarini (1948-yilda 3 tomlik, 1968-yilda 15 tomlik), ularning ilmiy-tanqidiy matnlarini (“Majolis
un-nafois”, “Liston ut-tayr”, “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, ,,Mezon ul-avzon’’) nashr
etish, doktorlik (A.Sa’diy, A.Hayitmetov, H.Sulaymon, A.Abdug‘afurov, S.Erkinov, N.Mallaev,
M,Hakimov va boshqalar), nomzodlik disertatsiyalarini himoya qilish, turli mavzularda
monografiya va ilmiy maqolalar to‘plamlarini nashr etish davom etdi [3,78 b.]. Navoiyshunoslik
bo‘yicha ilmiy ish qilgan olimlarimizning son sanog‘i yo‘q desak xato bo‘lmaydi. 1991-yilda
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, navoiyshunoslikda ham yangi davr
boshlandi. Chunki bu davrda milliy istiqlol g‘oyasi talablari asosida xalq va mamlakat tarixi,
qadriyatlari,boy ilmiy-adabiy merosiga xolisona va ilmiy asosda o‘rganish va yoritishga yangi
ufqlarni ochib beradi.

Odatda har bir ijodkor qalbini maftun etgan soh va siymolar, mavzu va muammolar bo‘ladi.

Dildan joy olgan ana o‘sha mavzu u yoki bu istedod sohibi faoliyatida markaziy o‘q funksiyasini
ado etadi. Yer o‘z o‘q atrofida aylangani kabi o‘sha olim va yoki shoir ham o‘zi sevgan mavzudan
sira uzoqlashib ketolmaydi. Har gal unga murojaat etganda, uning yangi bir qirrasini ilg‘ab olish,
noma’lum nuqtalarini kashf etishga intiladi. Shu yo‘sinda yangi-yangi asarlar tug‘iladi. Muxtor
Avezov umr bo‘yi Abay siymosini ko‘z o‘ngidan uzoqlashtirmagan. Huddi shunday Oybek so‘nggi
nafasigacha Alisher Navoiy haqida yozishni tark etmadi. Komil Yashin esa hamon Xamza haqida
o‘ylaydi. Sadriddin Ayniy Navoiyni “Navoiy dahosi – ilhom manbayi”,– deb bejizga aytmagan [3,
98 b.].

Bugun Navoiy asarlarini har tomonlama tadqiq etishda raqamlashtirish texnologiyalaridan

va turli xil xronologik jadvallar tuzish orqali, yangi pedtexnologiyalaridan foydalanishni taqozo
etadi.


background image

731

Adabiyot o‘qitish metodikasi ta'lim jarayonida Navoiy asarlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan

usul va qoidalarni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu metodik raqamlashtirish texnologiyalari
o‘quvchilarga asarlarni chuqur tahlil qilish va anglashda yordam beradi. Uning o‘ziga xosligi
shundaki, u nafaqat bilim berishga, balki talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga ham
qaratilgan. Metodikani o‘rganish, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi interaktivlikni oshiradi va
adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Janr badiiy tizim ustqurtmasi tevaragida mustaqil
harakatlanuvchi, lekin undan aslo uzilib ketmaydigan umum yaxlitlikning qismidir. Mustaqil
harakatlanuvchi qism – janr, albatta, sifat o‘zgarishlariga uchrashi tabiiy. Lekin bu o‘zgarishlar
ichki evolyutsiya tarzida kechadi.

Mavzuyimiz obyekti Alisher Navoiy ijodi mumtoz adabiyotimizning ushbu qonuniyatlari,

badiiy tizim an’analarini qamrab olgan, o‘z qarashlari va iste’dodi darajasida uni qayta jonlantirgan
ijoddir [4,103 b.]. U o‘z devoniga bir necha janrga oid asarlarni kiritgan. Diqqatga sazovor jihati
shundaki, ushbu devonlarda aks etgan asarlar shoirning arab, fors va turkiy she’riyat tajribalaridan
shunchaki foydalanib yozilgan emas. Maktab darsliklariga kiritilgan Navoiy asarlarini
O‘quvchilarga yetkazishda bir qancha qiyinchiliklarning kelib chiqishi aynan shu janrning
murakkab namunalarini yaratganligi bilan izohlanadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, mutafakkir daho Alisher Navoiy o‘zidan keyin adabiyot

bo‘stoniga qadam qo‘ygan har bir ijodkorni betimsol badiiy ijod mahsullari vositasi bilan
tarbiyalaydi. Shunday ekan Navoiyning tarbiya va etikasi singdirilgan asarlarini chuqurroq tahlil
qilish va yosh avlodga yetkazib berish bugungi kundagi ustuvor vazifalarimizdan biridi. Bu borada
raqamlashtirish texnologiyalarini to‘g‘ri qo‘llagan holda rejali yondashilsa, adabiyot fani oldida
turgan ko‘pgina masalalar hal etiladi. Buning uchun adabiyot o‘qituvchilaridan ham, fan bo‘yicha,
ham texnika vositalaridan foydalanish bilimini mustahkam bo‘lishini talab etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirziyoyev Sh. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –
Toshkent: O‘zbekiston. 2017.

2.

Мирзиёев Ш.М. Эркин ва форовон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо
этамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017.

3.

Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси («Хазойинул маоний» асосида). – Тошкент: Фан, 1983. –
168 б. 19-бет.

4.

Muhiddinov M.Q. Adabiy an’ana va ijodiy o‘ziga xoslik. – Toshkent: Ma’naviyat,1990.105-b.

5.

Ҳайитметов А. Шарқ адабиётининг ижодий методи тарихидан. – Т.: Фан, 1970. – Б. 11

6.

Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. – Тошкент: Шарқ, 1999. – 240 б.

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –

Toshkent: O‘zbekiston. 2017.

Мирзиёев Ш.М. Эркин ва форовон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо

этамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017.

Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси («Хазойинул маоний» асосида). – Тошкент: Фан, 1983. –

б. 19-бет.

Muhiddinov M.Q. Adabiy an’ana va ijodiy o‘ziga xoslik. – Toshkent: Ma’naviyat,1990.105-b.

Ҳайитметов А. Шарқ адабиётининг ижодий методи тарихидан. – Т.: Фан, 1970. – Б. 11

Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. – Тошкент: Шарқ, 1999. – 240 б.