Mualliflar

  • Abdullayeva Farida Xayrulla qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112650

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Uch bosqichli topshiriqlar bixevioristik nazariyalar retrospektiva “Oqbo‘yin” qissasi.

Annotasiya

Annotatsiya.  Bugungi  kunda  xorijiy  tajribalar  asosida  yaratilayotgan  darsliklarimiz 
o‘zining bir qancha qulayliklari bilan afzaldir. Darsliklarda o‘quvchilar uchun juda ko‘p savol va 
topshiriqlar o‘rin olgan. Bu imkoniyatlar  yoshlarimizning savodxonligi, bilimi va aqliy faoliyatini 
oshiribgina qolmasdan jahon ilm maydonida ham o‘z o‘rnini topishiga zamin yaratmoqda. Mazkur 
maqolada  ushbu  savol  va  topshiriqlarning  dars  jarayonidagi  qulayliklari  va  afzalliklari, 
o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritiladi. 


background image

799

YANGI AVLOD DARSLIKLARIDA SAVOL VA TOPSHIRIQLARNING BERILISHI

Abdullayeva Farida Xayrulla qizi

Nukus davlat pedagogika instituti magistranti

abdullayevafarida030@mail.com.

Annotatsiya.

Bugungi kunda xorijiy tajribalar asosida yaratilayotgan darsliklarimiz

o‘zining bir qancha qulayliklari bilan afzaldir. Darsliklarda o‘quvchilar uchun juda ko‘p savol va
topshiriqlar o‘rin olgan. Bu imkoniyatlar yoshlarimizning savodxonligi, bilimi va aqliy faoliyatini
oshiribgina qolmasdan jahon ilm maydonida ham o‘z o‘rnini topishiga zamin yaratmoqda. Mazkur
maqolada ushbu savol va topshiriqlarning dars jarayonidagi qulayliklari va afzalliklari,
o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar.

Uch bosqichli topshiriqlar, bixevioristik nazariyalar, retrospektiva,

“Oqbo‘yin” qissasi.

YENİ NESİL DERS KİTAPLARINDA SORU VE ÖDEVLER

Abdullayeva Farida Xayrulla kizi,

Nukus Devlet pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisi

Özet.

Bugün yabancı deneyimlere dayanarak oluşturulan ders kitaplarımızın birçok avantajı

var. Ders kitaplarında öğrencilere yönelik birçok soru ve ödev bulunmaktadır. Bu fırsatlar
gençlerimizin okuryazarlığını, bilgisini ve entelektüel faaliyetlerini artırmakla kalmıyor, aynı
zamanda dünya bilim alanında kendilerine yer bulmalarına da zemin oluşturuyor. Bu makalede, bu
soruların ve ödevlerin ders sırasındaki rahatlığı ve avantajlarının yanı sıra öğrencilerin
aktivitelerini artırma olasılıklarından bahsedilmektedir.

Anahtar kelimeler.

Üç aşamalı görevler, davranışçı teoriler, geriye dönük, "Beyaz Boyun"

hikayesi.


ПОСТАНОВКА

ВОПРОСОВ

И

ЗАДАНИЙ

В

УЧЕБНИКАХ

НОВОГО

ПОКОЛЕНИЯ

Aбдуллаева

Фарида

Хайрулла кызы,

магистрантка Нукуского государственного педагогического института

Аннотация.

Сегодня

наши

учебники

,

созданные

на

основе

зарубежного

опыта

, пользуются

большим спросом

благодаря

нескольким

удобствам.

Учебники

содержат

много

вопросов

и

заданий

для

учащихся.

Эти

возможности

не только

повышают

грамотность,

знания

и

умственную

работоспособность

нашей

молодежи

, но и

создают

предпосылки

для того, чтобы она

нашла

свое

место

на

мировой

научной

арене.

В

данной

статье

речь

пойдет

об

удобстве

и

преимуществах

этих

вопросов

и

заданий

в

процессе

урока

,

о

возможностях

повышения

активности

учащихся.

Ключевые слова.

Трехэтапные

задания,

бихевиористские

теории,

ретроспектива,

рассказ

“Белошейка

.

THE ISSUANCE

OF QUESTIONS AND ASSIGNMENTS IN NEW

GENERATION TEXTBOOKS

Abdullayeva Farida Khairulla kizi,

Nukus state pedagogical institute, master of uzbek language and literature

Annotation

.

Today, our textbooks, created on the basis of foreign experiments, are preferable with a

number of its own amenities.

The textbooks

included a lot of questions and assignments for students.

These


background image

800

opportunities

lay the groundwork for our youth to gain a foothold in the world field of science without

increasing their literacy, knowledge and mental activity.

This article will talk about the convenience and

advantages of these questions and assignments in the course process, their potential in increasing student
activity.

Key

words.

Three-step assignments, behaviorist theories, retrospection, the story “The Swan”.

Ta’lim standartlari ta’limning maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilovchi asosiy hujjatdir.

Undagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun o‘quv rejalari va dasturlar tuziladi, o‘quv
qo‘llanmalar va darsliklar yaratiladi. So‘ngi yillarda ko‘plab rivojlangan davlatlarda, xususan,
O‘zbekistonda ham ta’lim standartlari kompetensiyaviylik tamoyili asosida tuzilishiga diqqat
qaratilmoqda. “Ma’lum bir vazifani adekvat tarzida bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va
ko‘nikmalar majmui hamda tajriba”[2;B. 3.] kompetensiyadir. “Kompetensiyaviy yondashuv
ta’limdagi

bixevioristik nazariyalar

(inglizcha

“behavior”

– “xatti-harakat” so‘zidan) ta’siri

ostida shakllangan bo‘lib, uning zamirida o‘quvchilar bajara olishi lozim bo‘lgan va o‘qituvchi
tomondan kuzatilib, baho beriladigan xatti-harakatlar yotadi.”[1;B.24.] Yangi davr darsliklarida
targ‘ib qilingan uch bosqichli topshiriql;arga yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Eski darsliklarimizga
e’tibor bersak savol va topshiriqlar faqat mavzu yakunida ya’ni mustahkamlash bosqichida berilgan.
Bu usul o‘quvchilarning mavzuni to‘liq tushunishida biroz qiyinchilik tug‘diradi. Z.Mirzayerva
xorijiy tajribalarga suyangan holda darsliklarda topshiriqlarni uch bosqichda amalga oshirishni
ilgari surdi va va mazkur ilmiy ishimizning obyektlari bo‘lgan 6-7-sinf darsliklarida amalda
qo‘lladi. Shuningdek, bu topshiriqlarda boshqa fanlar bilan integratsiya qilish ham mumkin. Boshqa
fanlardan egallagan bilimlari orqali ham javob berishi mumkin bo‘lgan topshiriqlardan foydalanish
o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini yaxshilashga zamin yaratadi.

7-sinf adabiyot darsligida Normurod Norqobilovning “Oqbo‘yin” qissasi berilgan. darslikda

berilgan uch bosqichli topshiriqlarni ko‘rib chiqamiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har bir savol
va topshiriq o‘quvchining yoshini hisobga olgan holda tuzilishi lozim. Dastlab qisqacha yozuvchi
hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Asarni o‘qishga tayyorlanamiz qismida esa
o‘qilmoqchi bo‘lgan qissaning it haqida ekanligi berilgan va o‘quvchilarga shunday savol
qo‘yilgan,

It – inson tomonidan qo‘lga o‘rgatilgan ilk hayvonlardan biri. Buning sababi nimada

bo‘lishi mumkin? Itlarning inson hayotidagi ahamiyati nimada?[3; B.12.]

Bunday savollarni berishdan maqsad qissani o‘qishga tayyorgarlik, itning insonga qanchalik

vafodorligi haqida o‘quvchilarda fikr uyg‘otishdan iborat. Bu kabi savollarga har bir o‘quvchi o‘z
dunyoqarashidan, fikrlash qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr bildirishi mumkin. Aytaylik ba’zi
o‘quvchilar o‘z itlarini misol tariqasida keltirib, uning oila a’zolari uchun qay darajada ahamiyat
kasb etishini dalillar asosida bayon qilib savollarga javob berishi mumkin:

Itlar qadimgi miloddan avvalgi 15-10 ming yillarda xonakilashtirilgan. Chunki itlarda hid

bilish, ko‘rish, ta’m bilish, eshitish qobiliyati juda yaxshi rivojlangan. Ular nisbatan aqlli
hayvonlar bo‘lib tez o‘rganuvchan, buyruqlarimizni bajarishga qodir va hayotning har qanday
vaziyatlarida foydali sherik bo‘la oladilar. Shu sababli asosan ovchilar tomonida mezalit davrida
qo‘lga o‘rgatilgan. Bugungi kunga kelib ham jinoyat qidiruv ishlarida itlarning roli juda katta.
Itlar bizning sodiq do‘stimizdir. Shuning uchun ham itlar haqida asarlar, kinofilmlar yaratilgan.

Qissani o‘qish davomida dastlab shunday savol berilgan:

1.

Karim podachi sizda qanday taassuroq qoldirdi?

2.

Sodiq aka nega Oqbo‘yinni unga bermadi?

O‘quvchilar qissaning savolgacha bo‘lgan ma’lum qismi bilan tanishadilar va har bir

o‘quvchi asardan kelib chiqqan holda fikr bildiradilar. Ya’ni shu qismigacha o‘zlarida tushuncha
hosil qiladilar. Ushbu savolga quyidagicha javob berish mumkin:

Karim podachi it olishga kelgan bo‘lib po‘pisa qiluvchi va hayvonlarga rahmi kelmaydigan

faqat o‘z manfaati uchungina it saqlamoqchi bo‘lgan obrazdir. Karim podachi itlarning juda yaxshi
farqiga brogan holda O‘qbo‘yinni tanlaganini, o‘rniga ikkita qo‘y taklif qilganini ko‘rgan Sodiq aka
ham itning zoti yaxshi ekanligini payqagach unga bermaydi.


background image

801

Asar davomida qahramonlar xarakterini ochib beruvchi savollar ham muhim sanaladi.

Chunki o‘quvchilar qahramonlar xatti-harakatlari, xarakterlaridan kelib chiqqan holda vaziyatga
baho berishni o‘rganadilar.Muhokama qilamiz bosqichida mavzu yuzasidan fikrlash qobiliyatini
o‘stiruvchi savollar joy olgan.

3.

Karim podachi Oqbo‘yindagi ko‘rk va mahobatni ko‘rib ham unga o‘q uzganini qanday

izohlaysiz?

Chunki Karim podachi Oqbo‘yinni ikki qo‘y evaziga ham ololmagandi. O‘zi ega chiqolmagan
itdan alamzada bo‘lgani uchun ham unga o‘q uzadi.

4.

Hayvonlar dunyosi, xatti-harakatlari, o‘zaro va insonlar bilan munosabatlari real

tasvirlangan o‘rinlarni matn asosida izohlang?

Oqbo‘yin, Oqto‘sh, Malla kabi asar qahramonlari o‘rtasidagi ziddiyatlar, ularning o‘zlarini

qanday tutishlari xatti-harakatlari orqali ochib berilgan. Oqbo‘yinning uyidagi xo‘roz bilan
hazilomuz urshishlari, Malla bilan orasidagi kuchli to‘qnashuvlar asarda real tasvirlangan. Rasul
bilan Oqbo‘yin munosabatlari ham ular o‘rtasida bir-biriga vafo va sadoqat borligidan dalolatdir.
“Ba’zan muallif asar voqealarini bayon qilishda ularning xronologik (vaqt bo‘yicha) tartibini
buzishi – voqea davomida oldinroq bo‘lib o‘tgan hodisalarga qaytishi mumkin. Bu usul

retrospektiva

deyiladi. Misol uchun, “Oqbo‘yin” qissasida Karim podachi Mallani olib ketganidan

keyin Oqbo‘yin Malla bilan o‘ynaganlarini eslaydi.[3;B.21.]

Muallifning bunday usulga murojaat qilishdan maqsad voqealar rivojining qizg‘in tus

olishini ta’minlash bilan birga voqealarni eslash orqali izohlashdan iborat. Umuman olganda, uch
bosqichli topshiriqlarning darslikda berilishi mavzuni chuqur o‘rganishda muhim ahamiyat kasb
etadi. O‘quvchilar har bir mavzuni, mavzuning har bir bandini to‘la anglay olish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirzayeva Z, Jalilov K. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi. – Toshkent 2024.

2.

Collins III J. W. and O‘Brien N. P. (Eds). The Greenwood Dictionary of Education.2

nd

Edition.

Santa Barbara: “Greenwood”, 2011.

3.

Mirzayeva Z, Jalilov K. O‘rta ta’lim muassasalarining 7-sinfi va o‘rta maxsus kasb-hunar
ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik majmua. – Toshkent:Respublika ta’lim
markazi, 2022.

Bibliografik manbalar

Mirzayeva Z, Jalilov K. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi. – Toshkent 2024.

Collins III J. W. and O‘Brien N. P. (Eds). The Greenwood Dictionary of Education.2 nd Edition. Santa Barbara: “Greenwood”, 2011.

Mirzayeva Z, Jalilov K. O‘rta ta’lim muassasalarining 7-sinfi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik majmua. – Toshkent:Respublika ta’lim markazi, 2022.