916
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z TARKIBI
VA YASALISHINI O‘RGATISH METODIKASI
Saydullayeva Xumora Salohiddin qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya
. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z tarkibi va
yasalishini o‘rgatish metodikasining ilmiy-nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.
Tadqiqot so‘zning morfologik tuzilishi, o‘zagi, qo‘shimchalari hamda ularning birikishi orqali hosil
bo‘ladigan lingvistik birliklarni o‘quvchilarga samarali o‘rgatish metodlarini yoritadi. So‘z yasash
jarayoni esa yangi ma’no hosil qilishga xizmat qiluvchi morfemalarning tarkibiy o‘zgarishlari va
qo‘shimchalarning funksional vazifalarini anglashni talab qiladi. Shuningdek, maqolada ona tili
darslarida morfologik tahlil orqali o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini shakllantirish
usullari ham ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar.
So‘z tarkibi, morfema, o‘zak va qo‘shimchalar, so‘z yasalishi, morfologik
tahlil, leksik ma’no, so‘z turkumlari, fonetik va morfologik birliklar, grammatik shakllanish,
lingvistik kompetensiya, metodik ta’lim.
İLKÖĞRETIM SINIFI ANA DILI DERSLERINDE KELIME YAPISI
VE TÜRETILMESINI ÖĞRETME METODOLOJISI
Saydullayeva Xumora Salohiddin qızı,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
Özet.
Bu makalede, ilköğretim sınıfı ana dili derslerinde kelime yapısı ve türetilmesini
öğretme metodolojisinin bilimsel-teorik temelleri ve pratik önemi analiz edilmektedir. Araştırmada
kelimenin morfolojik yapısı, kökü, ekleri ve bunların birleşimi ile oluşan dilbilimsel birimlerin
öğrencilere etkili bir şekilde öğretilmesi yöntemleri ele alınmaktadır. Kelime türetme süreci, yeni
anlamlar oluşturmayı sağlayan morfemlerin yapısal değişimleri ve eklerin işlevsel rollerini
kavramayı gerektirir. Ayrıca, makalede ana dili derslerinde morfolojik analiz yoluyla öğrencilerin
dilbilimsel yeterliliklerini geliştirme yöntemleri de incelenmektedir.
Anahtar kelimeler
. Kelime yapısı, morfem, kök ve ekler, kelime türetme, morfolojik analiz,
sözcük anlamı, kelime türleri, fonetik ve morfolojik birimler, dilbilgisel oluşum, dilbilimsel
yeterlilik, öğretim metodolojisi.
МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ СОСТАВУ И СЛОВООБРАЗОВАНИЮ СЛОВ
НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Сайдуллаева Хумора Салохиддин кызы,
студентка Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация.
В данной статье анализируются научно-теоретические основы и
практическое значение методики обучения составу и словообразованию слов на уроках
родного языка в начальных классах. Исследование рассматривает методы эффективного
обучения учащихся морфологической структуре слова, его корню, аффиксам и их
комбинациям, формирующим лингвистические единицы. Процесс словообразования требует
понимания структурных изменений морфем и функциональных ролей аффиксов,
способствующих формированию новых значений. Кроме того, в статье рассматриваются
917
методы
развития
лингвистической
компетентности
учащихся
посредством
морфологического анализа на уроках родного языка.
Ключевые слова:
Состав слова, морфема, корень и аффиксы, словообразование,
морфологический анализ, лексическое значение, части речи, фонетические и
морфологические единицы, грамматическая структура, лингвистическая компетентность,
методика обучения.
THE METHODOLOGY OF TEACHING WORD STRUCTURE AND FORMATION IN
PRIMARY SCHOOL NATIVE LANGUAGE LESSONS
Saydullayeva Xumora Salohiddin qizi,
student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Abstract.
This article analyzes the scientific-theoretical foundations and practical
significance of the methodology for teaching word structure and formation in primary school native
language lessons. The study explores effective methods for teaching students the morphological
structure of words, including their root, affixes, and their combinations that form linguistic units.
The word formation process requires understanding the structural changes of morphemes and the
functional roles of affixes in generating new meanings. Additionally, the article examines methods
for developing students’ linguistic competence through morphological analysis in native language
lessons.
Keywords.
Word structure, morpheme, root and affixes, word formation, morphological
analysis, lexical meaning, parts of speech, phonetic and morphological units, grammatical
formation, linguistic competence, methodological teaching.
So‘zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda
o‘zining nazariy asosiga ega.
Morfema – so‘zning eng kichik, bo‘linmaydigan ma’noli qismi.
Morfema ikki turga bo‘linadi;
1.
O‘zak morfema so‘zda albatta qatnashadigan va
leksik ma’no anglatadigan morfema. 2. Affiksal
morfema – mustaqil holda leksik
ma’no anglatmay, so‘zning leksik va ma’nolarining shakllanishiga xizmat
qiladigan
morfema.
2.
Qo‘shimchalar 2 turga bo‘linadi:
So‘z yasovchi qo‘shimchalar. So‘zning leksik ma’nosini shakllantirish uchun
xizmat qiladigan.
Shakl yasovchi qo‘shimchalar so‘zlarning grammatik formalarini shakllantirib,
turli grammatik
ma’nolarini ifodalaydi.
So‘zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o‘quvchilar so‘zning leksik
ma’nosini
aniqlashning asosiy usullarini bilib oladilar. Bunda
o‘qituvchining vazifasi bolalar so‘zlarining
leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir biriga bog‘liqligini bilib olish uchun eng qulay sharoit
yaratish, shu asosda ularning
lug‘atiga aniqlik kiritish maqsadga muvofiq rahbarlik qilish
hisoblanadi.
So‘z morfema rolini anglash, shuningdek qo‘shimchalarning semantik ma’nosini
bilish
o‘quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining
vazifasi o‘quvchilar
so‘zning leksik ma’nosini tushunibgina qolmay, matnda aniq
affiksli so‘zlardan ongli
foydalanishlarini oshirish hisoblanadi. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish orfografik
malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Morfologik tamoyil o‘zbek
orfografiyasining yetakchi tamoyili bo‘lib, bunga binoan so‘zlar va ularning tarkibiy qismi, (o‘zak
va qo‘shimchalar) asliga muvofiq yoziladi
[1,120 b].
O‘zak va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish
malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik so‘z yasalishiga oid, grammatik
bilimlarni
maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. Shuning uchun so‘zning
morfemik tarkibini
o‘rganishning muhim vazifalaridan biri o‘zak va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish malakasini
shakllantirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar asosini yaratish hisoblanadi.
So‘zning
morfemik tarkibini o‘rganish o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini
o‘stirishda, xususan, til birligi
918
sifatida so‘zni umumiy bilib olish uchun zarur bo‘lgan
maxsus aqliy ko‘nikmalarni shakllantirishda
ham ahamiyat qaratiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini
tashkil qilish murakkab jarayondir. Sababi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bir xillikdan zerikib
qolishadi. Bunda o‘qituvchi pedagogik mahoratini ishga solgan holda darsni noan’anaviy shaklda
olib borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Darslarda ko‘proq ularni qiziqtirish uchun innovatsion
texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, hamkorlikka asoslangan
o‘quvchilarning faolligini oshirishga mo‘ljallangan o‘quvchilarni boshqarish fikrini eshitish,
tushunish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zini boshqarish fikrini aniq, lo‘nda va puxta bayon eta
olishga o‘rgatishdan iboratdir. O‘quv dasturlariga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘zning
tarkibi bilan dastlab 2-sinfdaligidayoq tanishadilar, ular o‘zakdosh so‘zlarning umumiy qismini
topishga o‘rganadilar. 3-sinfda esa o‘zak, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarini
o‘rganadilar va shu mavzular bo‘yicha mashqlarni bajaradilar. 4-sinfda esa o‘quvchilarning 2-3-
sinflarda so‘z tarkibi yuzasidan olgan bilimlari, malaka va ko‘nikmalari amaliy mashqlar jarayonida
mustahkamlab, kеngaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Bu mavzuni takrorlashga jami 5 soatgina vaqt
ajratilgan, xolos. So‘z tarkibini tahlil qilishda o‘quvchilar o‘zak va qo‘shimchalarni topish, balki
ulardan shu so‘zni to‘g‘ri eshita olish, to‘g‘ri talaffuz qilish va to‘g‘ri yoza olishlariga erishish talab
etiladi. Buning uchun esa so‘z tarkibini aniqlashga oid mashq og‘zaki yoki yozma ravishda o‘tkazib
boriladi. O‘quvchilar so‘zning morfemik tarkibini va so‘z yasalishini o‘rganishlariga qarab, so‘zni
morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. So‘zda morfemaning ahamiyatini anglash,
shuningdek, qo‘shimchalarning semantik ma’nosini bilish o‘quvchilarda nutqning aniq
shakllanishiga ta’sir etadi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarga so‘z tarkibi va
yasalishini o‘rgatishda quyidagi metodikadan foydalanish maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinflar
ona tili dasturiga muvofiq so‘zning morfemik tarkibi 3-sinfda o‘rganiladi. 4-sinfda so‘z
turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish
ko‘zda tutiladi. Avvalo, til materialini o‘rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur. Til materialini
o‘rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o‘zaro bog‘lanishdagi bilimlar
yig‘indisini o‘zlashtirishni ta’minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish tushuniladi
[2,1320-1321 b].
So‘zning morfemik tarkibini tatbiq qilganda, tizim so‘z yasalishiga oid va grammatik
bilimlarni o‘zlashtirish: 1) “o‘zak”, “o‘zakdosh so‘z”, “so‘z yasovchi qo‘shimcha”, “shakl yasovchi
qo‘shimcha” tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 2) so‘zning morfemik tarkibi va so‘z
yasalishining o‘zaro bir-biriga ta’sir qilishi bilan; 3) morfemalarni to‘g‘ri yozish malakasini
shakllantirish ustida ishlash bilan bog‘liqligini belgilab beradi. O‘quvchilarni so‘z yasalish
xususiyatlarini tushunishga tayyorlash uchun o‘qituvchi ularga muayyan bir yangi so‘z qaysi
so‘zdan va qaysi morfema yordamida yasalganini aniqlashga qaratilgan topshiriq beradi. Masalan,
o‘qituvchi “
gul
” so‘zini aytadi va gullarni parvarish qiladigan kishini bildiradigan o‘zakdosh ot
tanlashni topshiradi (
gulchi
). Vazifani boshqacharoq berish ham mumkin: O‘qituvchi so‘zni va so‘z
yasovchi morfemani beradi. O‘quvchining vazifasi yangi so‘zni to‘g‘ri yasash va leksik ma’nosini
tushuntirish hisoblanadi. Masalan, suv so‘ziga
-chi
qo‘shimchasini qo‘shish yordamida yangi so‘z
yasash (
suvchi
), uning leksik ma’nosini tushuntirish, qaysi so‘z turkumiga tegishli ekanini aytish
topshiriladi. Ikkala topshiriqda ham o‘quvchilar so‘zni morfemik tahlil qiladilar. Bunda o‘qituvchi
o‘quvchilar e’tiborini hosil bo‘lgan so‘z qaysi morfema yordamida, qaysi so‘z turkumidan
yasalganiga, qanday ma’no anglatishi va qaysi so‘z turkumi ekaniga qaratadi. Bunday mashqlarda
tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibining o‘zaro bog‘liqigiga va
biror so‘z turkumiga xarakterli bo‘lgan so‘z yasalishi usuliga asoslaniladi.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘tilgan darsda
o‘quvchilar o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash
malakasiga ega bo‘ladilar. Bu esa, darsning samaradorligini oshirib, ta’lim sifatini kafolatlashga
xizmat qiladi. Ushbu maqola boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z tarkibi va yasalishini
o‘rgatish metodikasining ahamiyatini ochib beradi. So‘zning morfemik tarkibi va yasalishini
o‘rganish, o‘quvchilarga nafaqat til bilimlarini kengaytirishga, balki nutqni to‘g‘ri va aniq
919
shakllantirishga yordam beradi. Maqolada so‘zning morfemik tarkibi, o‘zak, qo‘shimchalar,
ularning grammatik va leksik ma’nosi, shuningdek, so‘z yasash jarayonlarining metodikasi haqida
batafsil tushunchalar berilgan. O‘quvchilarga so‘zning morfemik tarkibini aniqlash va to‘g‘ri yozish
malakalarini shakllantirish, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalarni amaliy mashqlar
yordamida o‘rgatish usullari yoritilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
G‘ulomov A. Ona tili o‘qitish printsiplari va metodlari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
3.
“Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi o‘quv dasturi”
.
Boshlang‘ich ta’lim jurnali.
–
Toshkent, 2005. 21-33-betlar.
4.
Qosimova K., Matchonov S. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi.
– Toshkent: Noshir,
2009. – 263 b.
5.
Satimova R. Ona tili darslarida so‘zning morfemik tarkibini o‘rganish metodikasi. Proceedings
of International Conference on Educational Discoveries and Humanities jurnali, 2023, – 120 b.
6.
Shermatova U., G‘ulomova X. Boshlang‘ich ta’limda ona tili. – Toshkent: Zebo print, 2023. –
144 b.
7.
Otabayeva Z. Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti.
Boshlang‘ich ta’lim
jurnali. – Toshkent, 2005. – 136 b.
8.
Муродовна, Р. М. Использование водных объектов при проектировании ландшафтных
объектов.
JournalNX
, 125-128.
9.
Kamol o‘g‘li, H. H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of
Phraseological Units. In
International Conference on Adaptive Learning Technologies
(Vol.
10, pp. 55-56).