913
PEDAGOG FAOLIYATIDA ETIKET MASALASI
Hikmatova Gulandom,
Buxoro viloyat Buxoro tuman 6-umumta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Pedagog faoliyatida o‘quvchilar bilan muloqot asosiy
masala ekanligi, o‘quvchilar ruhiyati bilan ish olib borish pedagog mahoratining bosh bo‘g‘ini hal
qilinadi. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik
jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda o‘rganildi.
Kalit so‘zlar.
Pedagog etikasi, muloqot, zamonaviy metodika, o‘quvchi ruhiyati.
ВОПРОC ЭТИКЕТА В ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
Ҳикматова Гуландом,
учитель родного языка и литературы oбщеобразовательной школы № 6
Бухарского района Бухарской области
Аннотация.
В данной статъе рассматриваеся, что общение с учениками являеця
оcновной задачей в педагогической деятелъности, а работа c психикой учеников-
важнейшее звено педагогического мастерства. Проблема формированная кулътуре
обшения профессионалъой деятелности учителя изучаеця исходя из потребностей и
требований человеческого общества.
Ключевые слова.
Педагогическая этика, общение,современные методики,психика
ученика.
ÖĞRETMECİ FAALIYETİNDE ETİKET SORUNU
Hikmatova Gulandom,
Buhara bölgesi Buhara ilçesi 6 No‘lu genel eğitim okulu
ana dili ve edebiyat öğretmeni
Özet.
Bu makalede,pedagojık faalıyette öğrencılerle iletişimin temel bir mesele olduğu ele
alınmaktadır. Öğrencilerin ruh halıyle çalışmak, öğretmetmeninpedagojık becerisinin temel bır
yönü
olarak
değerlendirilir
Öğretmenin
meslekı
faaliyetinde
ietışim
kültürünü
şekıllendirme,bıreysel toplumun ihtiyaç ve talerinden yola çıkılarak incelenmiştir.
Anahtar kelimeler.
Pedagojık etik iletişim modern metodoloji, öğrenci ruh hali.
THE ISSUE OF ETIQUETTE IN PEDAGOGICAL ACTIVITY
Hikmatova Gulandom,
secondary school No. 6 of Bukhara District, Bukhara region
teacher of native language and literature
Annotation.
This article examines the importance of communication between teachers and
students in pedagogical activity. It is emphasized that working with the the students’ psychology is
essential in developing pedagogical skills. The issue of forming a culture of a teacher is analyzed ,
taking into account the needs and requirements of a humane society.
Keywords.
Pedagogical etiquette, communication, modern methodolology, student
psychology.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 12-iyundagi
914
187-sonli buyrugʻi 3 bobdan tashkil topgan bo‘lib, unda barcha pedagoglarning salohiyatidan
tashqari, gapirish muomalasi, yurish turishi haqida fikr yuritilgan. Qoidalar maktabgacha ta’lim
tashkiloti va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — ta’lim muassasalari)
faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar mavqeining daxlsizligini e’tirof etish, inson va uning
qadr-qimmati, huquqlariga hurmatni oshirish, yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, odob-axloq
qoidalariga zid boʻlgan xatti-harakatlarning oldini olish, muloqot madaniyatini rivojlantirish hamda
keng jamoatchilikda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlarga nisbatan
hurmat va ishonchni oshirishga qaratilgan. Qoidalar insonparvarlik, adolat, professionallik,
mas’uliyat, bagʻrikenglik, demokratiya, sheriklik va birdamlik kabi asosiy tamoyillarga asoslanadi.
Taʼlim muassasalarida shaffoflik, hamjihatlik, bagʻrikenglik, oʻzaro ishonch, izzat-hurmat,
xavfsiz, doʻstona muhitni yaratish pedagog-xodimlarning oʻzaro munosabatlaridagi muhim
shartlardan biri hisoblanadi. [1,4]
Maktabda faoliyat yuritish pedagoglar uchun oʻta og‘ir jarayon hisoblanadi. Chunki aynan
shu davrlarda o‘quvchi dunyoqarashi shakllanadigan payt sanalanadi.O‘quvchilarga tarbiya, yurish-
turish, izlanish etikalarini bilimli, salohiyatli, zamon talablariga javob bera oladigan pedagoggina
amalga oshirishi mumkin. Xo‘sh, buni qanday amalga oshirsa bo‘ladi? Albatta, etiket qoidalariga
amal qilgan holda. O‘qituvchi Dars jarayonida nafaqat qattiqqo‘l ustoz, balki mehribon ona
siymosida bo‘lishi, bolalar ko‘nglini topa olish qobilyatiga ega bo‘lishi o‘ta muhimdir. Bundan
tashqari,Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini
oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib
borishlari zarur. Ta'lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati
o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma'lum bir maqsad sari hamjihatlikka
yo‘naltiruvchi kuchdir. [2, 11]. Zero, biz o‘qigan adabiyotlarda o‘rganilgan nutqiy etiket, jumladan,
muloqot shakllari til birligi sifatida emas, balki tarbiya masalasi sifatida, inson shaxsiyatini
namoyon etuvchi tushunchalar sifatida tahlil etilgan. Bu kabi asarlar mohiyatiga ko‘ra ilmiylikka
nisbatan ko‘proq didaktik xarakterga ega hisoblanadi. Ularda pand-nasihat qilish, yo‘l yo‘riq
ko‘rsatish va asar maqsadiga ko‘ra ham o‘rganish emas, o‘rgatish ustuvorligi seziladi. Bunday
asarlar qatoriga Kaykovusning “Qobusnoma”, Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Ahmad
ugnakiyning “Hibbat ul haqoyiq”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Alisher
Navoiyning “Mahbub ul qulub”, Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq”,
“Pandnomalar” kabilarni kiritish mumkin.[3,16] Demak, bu kabi tarixiy didaktik asarlarimizda
ustozlarning naqadar donishmand ekanligi alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Misol uchun Yusuf Xos
Xojibning “Qutadg‘u bilig” asarida O‘gdulmish bilan Kuntug‘di elikning koptok haqidagi,
insonning to‘rt fazilatlari haqidagi fikrlar o‘sha davrdagi ustoz-shogirdlik aloqalarini ko‘rsatib
bergan.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli
ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o‘z iqtidoriga, pedagogik mahoratiga
tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida erishiladigan yutuqlar o‘qituvchining ijodiy mehnati
mahsulidir. Ushbu mehnatning salbiy va ijobiy tomonlari bo‘lishi shubhasiz. Har bir vaziyatni
oqilona baholash, uni to‘g‘ri rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan muloqotni tashkil
etish zarur. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunida kasb
tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib
qolmaslikni, balki bo‘lg‘usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish
mutlaqo zarur ekanligi ta'kidlangan. Shaxsiy muomalada o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy
qismi boʻlishi kerak va shu bilan birga oʻzida katta pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtirib
boradi. Pedagogik muomalada oʻqituvchi quyidagi faoliyatga qat`iy amal qilishi lozim:
oʻqituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy jarayonga oid soʻz
va ohangni tanlay bilishi va ta`sir oʻtkaza olishi;
muomala obyekti boʻlmish oʻquvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-
ishoralarni oʻz oʻrnida ishlatishi, tarbiyaviy ta`sirni bilishi [3,2]
915
O‘qituvchilarning nafaqat fikrlash qobilyati, balki mimikasi ham metodikaning asosini
tashkil etadi. Oddiygina ko‘z-qarashlar ham o‘quvchilarning darsdagi tartib-intizomini, fikrlashini,
qat’iyatini belgilab berishi tabiiy, albatta. Juda ko‘p ijodkor yozuvchilarning hayotiga e’tibor
bersak, ularning ko‘pchiligi “Birinchi muallim- onam”, -deya ta’kidlashadi. Masalan, Oybek,
Hamid Olimjon va boshqalar.Haqiqatdan ham, pedagogning harakatlari, muomalasi, yurish turishi
umuman olganda, mimikalari farzand uchun ona xarakterlarini ko‘rsata oladi. O‘qituvchida ona
siymosining gavdalanishi o‘quvchilar uchun butun borliq desak, adashmaymiz.
Muloqot, odob-axloq qoidalari pedagog uchun odatiy holdir va etiket qoidalariga rioya
qilish, bu tartibga solishni shu bilan bir qatorda ma’lum bir jamiyat vakillarining kommunikativ
xatti-harakatlarining an’anaviyligi tartibga soluvchi,albatta pedagog hisoblanadi. An’anaviylik
nutqning qabul qilingan me’yorlariga qat’iy, majburiy rioya qilish, nutq odob-axloqi normalaridan
foydalanish bilan bog‘liq nutq xatti-harakatlarini standartlashtirishni nazarda tutadi.Umuman
olganda, mana shunday etiket vazifalarini to‘lig‘icha angalagan pedagog jamiyat taraqqiyoti uchun
natija ko‘rsatishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil “12” iyundagi
187-sonli buyrugʻiga 1-ILOVA.
2.
http://ijournal.uz/398O‘qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi Tolipova
Ozoda Ikromovna Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi;
3.
Кaхaров Қ.Ш. Ўзбек вa немис нутқий этикетлaрининг қиёсий тaдқиқи фил. фaн. бўйичa
фaлсaфa доктори (Phd) Диссертaция, Андижон – 2020, 16-б.